Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
51
22.
Фазлаллах ибн Рузбихан Исфахани. «Михман-наме-йи Бухара»
(Записки бухарского гостя). М. Восточная литература. 1976.
O‘RTA OSIYO TARIXI MANBASHUNOSLIGI
Usmonov A.
FarDU, O‘zbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchisi
Omonov A.
FarDU, tarix fakulteti talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘rta Osiyo tarixini o‘rganish uchun muhim bo‘lgan
manbalarning manbashunoslikdagi o‘rni va ularda keltirilgan ba’zi ma’lumotlar xususida so‘z
yuritiladi.
Kalit so‘z va iboralar: "Futuh al-buldan", "Buxoro tarixi", O‘rta Osiyo, Buxoro, Yahyo
al-Balazuriy, Muhammad ibn Jafar an-Narshaxiy, Qutayba ibn Muslim.
Аннотация: В данной статье рассматривается роль источников в
источниковедении и некоторые содержащиеся в них сведения, имеющие важное значение
для изучения истории Средней Азии.
Ключевые слова и фразы: «Футух аль-булдан», «История Бухары», Средняя Азия,
Бухара, Яхья аль-Балазури, Мухаммад ибн Джафар ан-Наршахи, Кутейба ибн Муслим.
Annotation: This article discusses the role of sources in source studies and some of the
information contained in them, which are important for the study of the history of Central Asia.
Key words and phrases: "Futuh al-buldan", "History of Bukhara", Central Asia,
Bukhara, Yahya al-Balazuri, Muhammad ibn Jafar al-Narshahi, Qutayba ibn Muslim.
O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda tabiiyki biz asosan manbashunoslik faniga
murojaat qilamiz. Aynan manbalarga tayangan holda biz O‘rta Osiyo tarixini
chuqurroq, kengroq o‘rganish va tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Manbalarni o‘rganishda manbaning qaysi davrga oidligi, kim tomonidan yozilgani
va qaysi hududlar tarixi haqida ma'lumot berishi muhim jihatlardan hisoblanadi.
O‘rta Osiyo tarixiga oid muhim manbalardan birini yozgan bag‘dodlik mashhur
tarixchi olim Abul-Abbos Ahmad ibn Yahyo al-Balazuriy hisoblanadi. U otasi va
bobosi singari Abbosiylar saroyida faoliyat olib borgan. U xalifalar Al-Muhtadiy
(869-870) va Al-Mutamid (870-892) davrida arab tilida yozilgan «Futuh al-
buldan» (Mamlakatlarning fath etilishi) nomli tarixiy asarini yozgan. Asarda
arablarning VII – VIII asrlarda turli mamlakatlarga olib borgan fath yurushlari,
shuningdek Arab xalifaligining ilk davri tarixi haqida maxsus yozilgan birinchi
asardir. Asarda Xurosonning fath etilishi alohida yoritilgan.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
52
Ushbu asarda arablarning Xurosonga dastlabki harbiy harakatlari xalifa
Umar ibn Xattob davrining so‘nggi yillarida boshlanishi keltirilgan. Usmon ibn
Affon davrida bu harakatlar davom ettirilgan. Milodiy 650 yoki 651-yilda
Abdullah ibn Omir ibn Kurayzn Basraga voliy etib tayinlagan. Abdullah ibn Omir
Xurosonda bir qancha shaharlarni egallashga harakat qildi. Shunday yurishlardan
birida Abdullah ibn Omir tomonidan Xarot, Bodg‘is va Bushanj hokimlariga xat
yuboradi. Xatda aytilishicha: “Allohga itoat qilishni, musulmonlarga yaxshi
munosabatda bo‘lishni, qo‘l ostidagi yerlariga ishlov berishni amr etadi. U bilan
Xarot, uning tekisligi va tog‘lari uchun sulhda belgilangan jizyani vaqtida to‘lash,
uni barcha yerlarga adolat bilan taqsimlash haqida sulh tuzadi. Kim qilishi lozim
bo‘lgan ishidan bosh tortsa unga omonlik kafolati ham, himoya ham yo‘q” deyiladi
[1].
Ya’ni bundan ko‘rinib turibdiki sulhdan so‘ng bu yerlar arablar ixtiyoriga
o‘tishi, jizya olib turish hisobiga bu yerlarni himoya etishlari, agar sulh shartlari
bajarilmasa ularga rahm-shavqat qilmasliklarini bilishimiz mumkin. Al-Balazuriy
"Futuh al-buldan" asarida aytadiki arablar yurishlar davomida yangi yerlarga
hujum qilishdan oldin raqiblariga uchta narsani taklif qilishgan. Bulardan birinchisi
Islom dinini qabul qilishsa musulmonlar ularga tegishmaydi va o‘z davlatlari
tarkibiga olishadi, ikkinchisi Islomni qabul qilmagan taqdirda jizya to‘lab turib
jangu-jadalsiz tinch yashash, uchinchisi esa yuqoridagi ikki taklifga ko'nishmasa
faqat jang qilishgan. Arablarning yurishlardan asosiy maqsadlari Islom dinini
boshqa hududlarga yoyish hisoblangan. Ammo tarixiy manbalarda xususan
Balazuriy asarida ham ba’zi joylarida bosqinchilik belgilarini ko‘rishimiz mumkin.
Misol uchun arablar mahalliy hukmdorlar bilan sulh tuzganlaridan keyin sulhga
amal qilishlari xalifalik tomonidan qatiyan belgilangan bo‘lsa-da, lekin ba’zi
hollarda bunga amal qilmaslik yoki mahalliy aholiga shavqatsiz munosabatlarini
ko‘ramaiz.
Balazuriy asarida keltiradiki Xuroson vorisi etib tayinlangan Yazid ibn al-
Muhallab Xorazmga yurishida ko‘plab asrlarni qo‘lga kiritdi. Uning askarlari
asirlarning kiyimlarini yechib olib o‘zlari kiyib oldilar asirlar esa qattiq sovuqda
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
53
hammalari halok bo‘ldilar. Bu bilan arablarning mahalliy aholiga nisbatan ba’zan
yomon munosabatda bo‘lganliklarini bilishimiz mumkin. Yana shunday
holatlardan Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim milodiy 709-yilda Boykandga
hujum qilib ularni qamal qildi. Ular sulh tuzishni so‘radilar lekin Qutayba shaharni
kuch bilan egalladi. Qutayba keyin Buxoroga yurish qildi. Buxoroliklar shaharga
berkindilar Qutayba dedi: Mening bir o‘zimga shaharga kirishga imkon beringlar,
men unda faqat ikki rakat namoz o‘qiyman. Buxoroliklar uning shaharga kirishga
imkon berdilar. Qutaybaning darvoza yonida pistirmada turgan edilar. Ular
davozaga hujum qilib soqchilarni o‘ldirib shaharga kirdilar. Qutayba u yerda katta
boyliklarni qo‘lga kiritdi va uning aholisiga nisbatan o‘z so‘ziga xiyonat qildi.
Yana shunday holatlardan biri Xuroson noibi etib tayinlangan Muslim ibn Said
Afshinga qarshi yurish qilib ular bilan 6 ming bosh qul evaziga sulh tuzdi
[2: 5].
Shu o‘rinda bir narsani unutmaslik kerakki, Balazuriy va boshqa
tarixchilarning asarlarini o‘rgangan holda arablarning harbiy yurishlariga faqat bir
tomonlama qarash notog‘ri. Bu yurishlarni biz tomomila bosqinchilik yoki islomni
yoyish uchun harakatlar deya olmaymiz. Arablarning yurishlarini bosqinchilik
harakatlari desak tarixiy manbalarda xususan Futuh al-buldan asarida ham
yurishlarning katta qismi islomiy qoidalar asosida olib borilgan, lekin aynan shu
manbalarda bosqinchilik holatlari, ba’zi o‘rinlarda mahalliy aholiga nisbatan
shavqatsizlik holatlarini ham inkor eta olmaymiz.
Futuh al-buldan asari arablarning harbiy yurishlari haqidagi dastlabki asar
bo‘lganligi uchun manbaviy ahamiyati yuqori. Yuqorida biz asarning ba’zi
qismlariga to‘xtalib o‘tdik. Bu asar arablar davri haqida keyingi davr
tadqiqotchilari uchun asosiy manba vazifasini bajarib bergan. Misol uchun X asrda
yashagan al-Masudiy bu asardan keng foydalanib shunday deydiki: “Men
mamlakatlarning fath etilishi haqida yozilgan bundan yaxshi kitobni bilmayman”
deb aytgan. Asarda yurishlarini uyushtirilgan mamlakatlarning madaniyatida, dini,
ijtimoiy-iqtisodiy holati, arablarning boshqaruv tizimi, xiroj yig‘imi va boshqa
masalalar haqida ma’lumot berilgan. Asarning bir nechta nusxalari bo‘lib,
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
54
dastlabki matn 1866-yilda Gollandiyaning Leydon shahrida M.de Guye tomonidan
nashr etilgan. Asar bir qancha tillarga ham tarjima qilingan.
O‘rta Osiyo tarixiga oid yana bir muhim manbalardan biri bu “Buxoro
tarixi” asari bo‘lib, uni Buxoroning Narshax qishlog‘ida tug‘ilgan Abu Bakr
Muhammad ibn Jafar an-Narshaxiy yozgan. Asar arab tilida 943-944-yillarda
yozilgan. Asar muallifining shaxsiy hayoti haqida deyarli ma’lumotlar
saqlanmagan faqat uning to‘liq ismi va 899-yida tug‘ilib 959-yilda vafot etgani
haqida ma’lumotlarni Somoniyning “Kitob ul-ansob” asarida uchratishimiz
mumkin. Asarning arab tilida yozilgan asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan yoxud
hali hanuz topilmagan. Bizgacha uning tarjimalari yetib kelgan bo‘lib uni dastlab
Quva shahrida tug‘ilgan Abu Nasr ibn Muhammad ibn Nasr al-Quvaviy arab
tilidan fors-tojik tiliga tarjima qilgan. U asardagi keraksiz deb hisoblagan ba’zi
qismlarini tarjimaga kiritmagan. Bundan biroz vaqt o‘tgandan keyin asar yana
taxrirga uchragan. Muhammad ibn Zufar tomonidan 1178-1179- yillarda fors-tojik
tilidagi tarjima ikkinchi martda qisqartirib yozilgan. Asardagi voqealar 1220-yilga
qadar davom etgan bundan ko‘rinib turibdiki asar Abu Nasr Ahmad va
Muhammad ibn Jafardan keyin ham noma’lum shaxslar tomonidan asarga ba’zi
qo‘shimchalar kiritilgan
[2].
Asarni birinchi bo‘lib tarjima qilgan Abu Nasr Ahmad
bir qancha muhim ma’lumotlarni kiritgan, o‘z davridan oldingi ma’lumotlarni
kiritishda boshqa manbalardan foydalangan. Shunday manbalardan biri
Muhammad Nishopuriyning “Xazoyin ul-ulum” nomli asaridir. Bu asarning
saqlanib qolganligi haligacha noma’lum Ammo “Buxoro tarixi” dagi keltirilgan
ma’lumotlardan bilib olishimiz mumkinki “Xazoyin ul-ulum” muhim tarixiy
manba bo‘lgani ko‘rsatadi
[2: 39].
“Buxoro tarixi” asari Buxoroning VIII-XII
asrlardagi tarixini o‘rganishdagi asosiy manba shuning uchun ham asar O‘rta
Osiyo tarixnavisligini boshlab bergan ilk asar hisoblanadi. “Buxoro tarixi” asari bir
nechta boblarga bo‘lingan quyida mana shu boblardan ba’zilariga to‘xtalib
o‘tamiz.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
55
Buxoroning turli nomlari bayonida Buxoroning bir nechta nomlari
keltirilgan. Bulardan arab tilida “Madinat us-sufriya”, ya’ni “Mis shahar” degan
ma’noni anglatadi. Arab tilida kelgan nomlardan yana biri “Madinat ut-tujjor”
ya’ni “Savdogarlar shahri” deb keltirilgan va bular ichida Buxoro degan nom
barcha nomlardan mashhurroq hisoblangan. Buxoro shahrining devor bilan
o‘ralishi haqida asarda shaharning uch marta devor bilan o‘ralgani keltirilgan.
Bulardan birinchi bor Ahmad ibn Xoliddin davrida 849-850-yillarda qurilgan va
o‘zaro urushlar natijasida buzilib ketgan, ikkinchi marta esa Masud Qilich
Tamg‘ochxon davrida 1164-1165-yillarda qurilgan. Uchunchisi esa Xorazmshoh
Muhammad ibn Takash hukmronligi davrida 1207-yilda qurilgan ammo bu ham
urushlar natijasida vayron bo'lgan.
Buxoro fath etilishining boshlanishi. Buxoroga arablar tomonidan dastlabki
yurishlarni Xuroson noibi etib tayinlangan Ubaydullox ibn Ziyod boshlab bergan.
Undan keyin Said ibn Usmon Xuroson noibi etib tayinlangan. U Buxoroga
yurishlarini davom ettirib, har safar yurushlari sulh bilan yakunlangan. Ammo
arablar ketgandan keyin mahalliy aholi sulhga amal qilmay qo‘yishgan. Bu holatlar
Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi etib tayinlangandan keyin ham takrorlangan.
Qutayba Buxoroga to‘rt martta yurish uyushtirgan. Uning ham har bir yurishi sulh
bilan yakunlangan. Dastlabki uchta yurishning barchasida Qutayba mahalliy
aholiga islom dinini qabul qildirgan. Lekin barchasida arablar qaytib ketgandan
keyin yana o‘zlaring eski dinlariga qaytib olganlar. To‘rtinchi yurishda ham
aholiga islom dinini qabul qilishga majbur qilishgan. Mahalliy aholing butxonasi
o‘rnida masjid barpo etildi. Qutaybaning sayyi-harakatlari natijasida Buxoro
aholisi orasida asta-sekin islom dini yoyila boshladi.
Asar arablar hokimyati asta-sekin O‘rta Osiyoda o‘rnatilgandan keyingi
voqealar, arablar hokimyatidan keyingi mintaqadagi vaziyat haqida ham so‘z
yuritiladi. Xususan Somoniylar va ularning nasabi haqida ham so‘z boradi,
shuningdek ularning siyosiy maydonga ko‘tarilishdagi kurashlar ham aks etgan.
Somoniylar hukmronligining boshlanishi, ularning Buxoroga kirib kelishi, Ismoil
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
56
Somoniyning hukmronligining tortib Somoniylar hokimyatining qulashiga qadar
bo'lgan voqealar asarda aks etgan. Undan keyingi voqealar haqidagi ma'lumotlarni
asarni tarjima qilgan Abu Nasr Ahmad va Muhammad ibn Zufarlar tomonidan
kiritigan. Xulosa qilib aytganda “Buxoro tarixi” asari O‘rta Osiyo tarixini
o‘rganish uchun muhim manba hisoblanib hozirgi davr tatqiqotchilari ham keng
foydalanib kelmoqdalar.
O‘rta Osiyoning tarixini o'rganishda muhim manbalar hisoblangan “Futuh
al-buldan” va “Buxoro tarixi” asarlarining ba’zi qisimlariga yuqorida to‘xtalib
o‘tdik. Asarlar o'zining aniqligi va voqealarning izchil bayoni, tarixiy haqqoniyligi
jihatdan boshqa manbalardan ajiralib turadi. Bu ikki asarning yana bir boshqa
manbalardan farqli tarafi ikkala asar mualliflarida ham bir jihat borki ular
birinchilar qatorida turadi. Ya’ni “Futuh al-buldan” asari arablarning fath
yurishlarini o'zida aks ettirgan dastlabki asar hisoblansa, “Buxoro tarixi” asari esa
O‘rta Osiyo tarixnavisligini boshlab bergan birinchi asardir. Shu jihatdan ular bir
biriga o‘xshashdir. Asarlar nafaqat mahalliy balki yevropalik tarixchilar nigohida
ham ahamiyati yuqori hisoblanadi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1. Abul-l-Abos Ahmad ibn Yahyo al-Balazuriy “Futuh al-buldan” (Xurosonning
fath etilishi) – T.,2017.
2. Abu Bakr Muhammad Ibn Jafar an-Narshaxiy. Buxoro tarixi. - T.: Fan, 1996.
1.
Usmonov B. A. On the dates of the military clashes between sultan Ahmad
Mirza and Umarshaikh Mirza //Asian Journal of Multidimensional Research
(AJMR). – 2020. – Т. 9. – №. 5. – С. 397-404.
2.
Bahriddin U. Ferghana in the period of Amir Timur's struggle for power
(1360-1370) //International Journal of Innovative Technology and Exploring
Engineering. – 2019. – Т. 9. – №. 1. – С. 3180-3187.
3.
Usmonov B. A. A Study of Political Processes in the Fergana Valley In
1371-1376 //Design Engineering. – 2021. – С. 6174-6187.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
57
4.
Musaev A. THE FERGHANA VALLEY IN THE FIRST HALF OF THE
17TH CENTURY AS VIEWED BY RESEARCH HISTORIANS: https://doi.
org/10.47100/conferences. v1i1. 1234 //RESEARCH SUPPORT CENTER
CONFERENCES. – 2021. – №. 18.05.
5.
Abdurasulovich N. A. THE HISTORY OF THE SHEIBANID PERIOD OF
THE FERGANA VALLEY IN FOREIGN HISTORIOGRAPHY.
6.
Musayev A. B. Political processes in the Fergana valley at the turn of the
XVI-XVII centuries //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). –
2020. – Т. 9. – №. 11. – С. 16-21.
MUSULMON OLAMI VAKILLARINING ХRОNОLОGIYA FАNI
RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI XUSUSIDA (IX-XV asrlar)
Hamayev N.M.
FarDU dotsenti, PhD.
Musayeva T.O.
FarDU Tarix yo‘nalishi II bosqich talabasi
hamayev@mail.ru
Annotatsiya: O‘rta Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardanoq ishlab chiqaruvchi
xo‘jalikdan foydalana boshlagan. Bu yo‘lda ularga Oy, Quyosh kabi osmon jismlarining
harakatini kuzatish orqali to‘plangan ko‘nikmalar yordam berdi. Ularning aylanma harakatini
muntazam ravishda kuzatib borish ajdodlarimizga yerga urug‘ qadash, sug‘orish mavsumi,
hosilni yig‘ib olish vaqtini aniq bilishga imkon berdi. Bunday ko‘nikmalar mingyillar davomida
to‘planib vaqt hisobi haqidagi fan – Xronologiyani vujudga keltirdi. Mazkur maqolada
xronologiyaning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ayrim o‘rta osiyolik olimlarning ayni fanga
bag‘ishlangan tadqiqotlari xususida so‘z boradi.
Kalit so‘z va iboralar: xronologiya, kun-tun, oy, yil, fasl, kun-tun tengligi, ekileptika, Yer,
Oy, Quyosh.
Аннотация: С древних времен народы Средней Азии использовали производящее
хозяйство. В этом им помогли навыки, полученные при наблюдении за движением
небесных тел, таких как Луна и Солнце. Наши предки могли точно предсказать время
посева семян, сезон полива и время сбора урожая благодаря регулярному наблюдению за
их перемещением. Эти способности развивались на протяжении тысячелетий и к
появлению хронологии, науке об исчислении времени. Предметом настоящей статьи
являются исследования ряда среднеазиатских ученых, внесших значительный вклад в
развитие хронологии.
Ключевые слова и фразы: хронология, день и ноч, месяц, год, времена года,
равноденства, экилептика, Земля, Луна, Сольнца.
Annotation: Since ancient times, the inhabitants of Central Asia have used a producing
economy. In this way, they were helped by the skills gained by observing the movement of