Из истории земельно-водных отношений Кокандского ханства

CC BY f
356-362
3
2
Поделиться
Мамуров, М. (2023). Из истории земельно-водных отношений Кокандского ханства. Актуальные проблемы истории Узбекистана, 1(1), 356–362. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/view/16515
М Мамуров, Каршинский государственный университет

Старший преподаватель кафедры истории

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье анализируются некоторые аспекты строительства водных сооружений в Коканском ханстве, водные сооружения, построенные на территории ханства в XVIII-XIX веках, их использование, культура земледелия, водораспределение и права управления. И рассматривались вопросы правителей Кокандских ханов Ердонабий, Норбутабий, Олимхан, Умархан, Мухаммад Алихану по аграрным вопросам.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

356

4.

Вохидов Ш. Холиқова Р. Марказий Осиё давлатлари бошқарув

тарихидан. – Тошкент. Янги аср авлоди, 2006; яна қаранг. Вохидов Ш.

Сабурова Чс. Хива хонлигида унвон, мансаблар ва улар эгаларининг

вазифалари.

QO‘QON XONLIGINING YER-SUV MUNOSABATLARI TARIXIDAN

Mamurov M.M.

QDPI, Tarix kafedrasi katta o

qituvchisi

m.mamurov-74@yandex.ru

Annotatsiya. Ushbu maqolada Qo‘qon xonligida amalga oshirilgan suv inshootlari qurilishining

ba’zi bir jihatlari tahlil etilib, XVIII- XIX asrlarda xonlik xududida barpo etilgan suv inshootlari, ulardan

foydalanish, dehqonchilik madaniyati, suvni taqsimlash va boshqarish huquqlari haqida so‘z boradi.

Qo‘qon xonlari Erdonabiy, Norbo‘tabiy, Olimxon, Umarxon, Muhammad Alixonlarning agrar

masalalarga oid chora-tadbirlari haqida so`z ketadi.

Kalit soz va iboralar:Qo‘qon xonligi, suv inshootlari, dehqonchilik madaniyati, suvni

taqsimlash, boshqarish huquqlari, kanal, ariq, Yangi ariq,Ulug‘nor.

Аннотация. В данной статье анализируются некоторые аспекты строительства

водных сооружений в Коканском ханстве, водные сооружения, построенные на территории

ханства в XVIII-XIX веках, их использование, культура земледелия, водораспределение и права

управления. И рассматривались вопросы правителей Кокандских ханов Ердонабий, Норбутабий,

Олимхан, Умархан, Мухаммад Алихану по аграрным вопросам.

Ключевые слова и фразы: Коканское ханство, водное хозяйство, культура земледелия,

водораспределение, право управления, канал,арик, Янги арик, Улугнор.

Annotation. ‘This article analyzes some aspects of the construction of water facilities in the

Kokan Khanate, water facilities built in the territory of the Khanate in the 18th and 19th centuries, their

use, farming culture, water distribution and management rights. The measures of Erdonabi, Norbotabi,

Olimkhan, Umarkhan, Muhammad Alikhan’s regarding agrarian issues are discussed.

Keywords and phrases: Kokand khanate, water facilities, farming culture, water distribution,

management rights, canal, ditch,Yangi ditch, Ulug‘nor.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi –

xalqimizga har tamonlama qulay sharoitlar yaratishdan iborat. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy

dasturning

eng

muhim

ustivor

yo‘nalishlariga

bag‘ishlangan

Vazirlar


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

357

Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom

va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”

deb nomlangan ma’ruzasida “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan

olijanob g‘oyani izchillik bilan hayotga tatbiq etish, aynan ana shu eng muhim

vazifalar iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va ustivor

vazifalariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish uchun poydevor bo‘lishi kerakligini

ta’kidladi

[1: 7].

Jamiyatimizdagi har qanday yangilanish, har qanday o‘zgarish

mohiyatida ana shu ezgu maqsad mujassamdir. Quyidagi maqolamizda Qo‘qon

xonlidagi yer-suv munosabatlarining ayrim jihatlarini yoritish maqsadi

qo‘yilganki, ushbu mavzu o‘zining kam tadqiq etilganligi sababdan ham o‘z

ahamiyatini va dolzarbligi bilan ko`pdan buyon diqqat markazda bo‘lib kelmoqda.

Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha Qo`qon xonligida suv

manbalarining yetarli ekanligi dehqonchilikdan mo‘l-ko‘l hosil olishni

ta’minlagan.Xonlik tarixida XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrlarda ayrim

hududlarning sug‘orish tarmoqlari qayta tiklanganligini va yangilari bunyod

etilganligini ko‘ramiz.Xonlikda ip va ip-gazlama ishlab chiqarish hajmining ortib

borishi, bu mahsulotlarning Rossiya va u orqali Sharqiy Yevropa mamlakatlari

bozorlarida ko`plab sotila boshlashi, ularga bo‘lgan talabning yildan-yilga ortib

borishi sug‘orma dehqonchilik yerlarini kengaytirish hamda yangi yerlarni

o‘zlashtirishni taqozo etgan.

Rus sharqshunosi A.P.Xaroshxin o`zining “Zametki o Kokande” asarida

“Xonlikning asosiy savdosi Rossiya, Qashqar va qisman Buxoro bilan olib

borilgan”

[2: 175]

deb ta’kidlagan bo‘lsa, N.Severstov “Mesyas plenu u

kokanstov” asarida “Qo`qonliklar bizning qo`shnimiz”

[3: 2]

deb ta’kidlaganligi

yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.

Shuning uchun ham xonlik tarixida XVIII asr o`rtalaridan 1876-yilgacha

yirik sug‘orish inshootlari, ariqlar, kanallar, to‘g‘onlar qurilganligini ko‘rishimiz

mumkin.”Mamlakatning asosiy suv ta’minoti Sirdaryo va ko‘plab daryolar

tomonidan yetkazib berilgan, suvning ko‘pligi hamda qulay geografik joylashuvi


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

358

tufayli sobiq xonlik boshqa qo`shni vohalarga nisbatan keng rivojlanish uchun eng

yaxshi sharoitga ega”

[4: 433]

shuning uchun, Sirdaryoning asosiy irmoqlaridan

bo‘lgan Norin va Qoradaryolardan suv oladigan Shahrixonsoy kanali, Yangi ariq,

Chinobod arig‘i, Andijonsoy va boshqa sug‘orish tarmoqlarining qazilishi

Farg‘ona

vodiysida

sug‘orish

tarmoqlarining

ko‘payishi,

sug‘oriladigan

maydonlarning

kengayishi

hamda

dehqonchilik

va

bog‘dorchilikning

rivojlanishiga olib kelgan.

XVIII-XIX asrlarda Qo‘qon xonligida xonlar va ayrim amaldorlar

tomonidan bir necha yangi kanallar va ariqlar qazilgan,bundan tashqari daryolar va

soylarning

suvlaridan

oqilona

foydalangan

holda

mamlakat

iqtisodini

rivojlantirganligini ko‘rishimiz mumkin.

Manbalar va adabiyotlarni qayd etishicha, Qo‘qon xonligi hududida xonlar

tomonidan bir nechta yangi suv inshootlari bunyod etilgan. XVIII asrning

o‘rtalarida, ayniqsa, xonlardan Erdonabiy (1750-1762) davridan boshlab qurilish

va obodonlashtirish ishlariga katta e’tibor berilganligini ko‘rishimiz mumkin,

Xudoyorxonzoda o‘zining “Anjum at-tavorix” asarida” Erdonaxon O‘ratepani fath

va nusrat bilan saltanat poytaxti bo‘lmish Ho‘qand shahriga qaytib kelgach,adolat

va insof bilan mashg‘ul bo‘lib, pishiq g‘ishtdan ikki qavatli bir madrasa, bir

musofirxona bino qilib,ularga ko‘p vaqflar tayin qildi. Kelasi yili So‘x daryosidan

bir ulug‘ nahr qazdirtirib, Sirdaryoning registon joyigacha tortirdi. Shu nahrdan

ko‘p qishloq va aholi joylari obod bo‘ldi. Hozir bu nahr Naymancha nomi bilan

mashhurdir”

[5: 129-130].

Bunday xayrli ishlarni keyingi davlatni idora qilgan

hukmdorlar faoliyatida ham kuzatishimiz mumkin, Norbo‘tabiy (1770-1801)

“Uning hukmronligi davrida madrasalar va masjidlar bino qilinib, ko‘p anhorlar

qazdirib suvlar chiqargan.Uning davrida Farg‘ona juda obod va ravnaq topgan edi”

[5: 157].

Mirzo Olim Maxdum Hojining “Tarixi Turkiston” asarida ham

Norbo‘tabiy hukmronligi davrga yuqori baho berib, “Ul xonning zamonida hech

bir tarafdan tashvish va betinchlik va qimmatchilik va qahatchilik bo‘lmabdur.

Qora fulus(pul)ni ul xonning zamonida joriy qilibdur va ul zamonda arzonchilik


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

359

shul darajada bo‘libdurkim, hamma xalqning omborxonasidagi g‘allani hech kim

pulga sotib olmay, aksarlarining g‘allasi chirib nobud bo‘lgan sababdin oning

sohiblari fuqorolarga bahshish qilmoqdin o‘zga chora topolmabdur. Bul tariqa

arzonchilik va kengchilik atrof-javonibdagi viloyatlarga eshitilib, ko‘p xalqning

Ho‘qandga ijtimo’iga sabab bo‘lur, Farg‘onaning obod bo‘lmog‘iga bois bo‘libdur

[6: 56].

Qo‘qon shahar O‘lkashunoslik muzeyi katta ilmiy xodimi Y.Dadaboyev

o‘zining “Xudoyorxon o‘rdasi” asarida “Qo‘qon xonlari tomonidan poytaxt

Qo‘qon atrofida ko‘plab suv inshootlari qazilib, bog‘-saroylar barpo etilganligi,

Norbo‘taxonning farzandlari Olimxon (1800-1810) va Umarxon (1810-1822)

hukmronligi davrida Roshidon deparasida Chorchaman bog‘-saroyi hamda Qo‘qon

shahri chetida Shohchaman chorbog‘-saroyi mavjud bo‘lgan. Olimxon

Chorchamanda oylab yashab, bayramlarni o‘sha yerda o‘tkazgan”

[7: 141]

deb

ta’kidlaydi.

Xudoyorxonzoda

o‘zining

“Anjum at-tavorix” asarida Umarxon

xukmronligi davrini bayon etar ekan “Oliy himmati bilan sharif binolar va joriy

xayriyalaridan bo‘lmish imoratlarni ko‘p qurgan. Jumladan, Sirdaryodan

Shahrixongacha qazigan anhor, Toshkent nohiyasidagi Xon arig‘. Bu anhorlardan

hozir ham qishloqlar aholisi foydalanishadi. Ho‘qand shahrining o‘rtasidagi

Madrasayi Oliy va masjidi Jome ham undan yodgorlik. Yana uning amirlari va

vazirlaridan ham yahshi binolar bizning zamonamizgacha yodgor qolgan-ki

ularning soni bu muxtasar asarda sig‘maydi

[5: 240]

deb yozadi.

O‘rganilgan vaqf hujjatlaridan ham ko‘rishimiz mumkinki, Amir Umarxon

poytaxt atrofidagi masjid, madrasa va qabristonlarga ko‘plab vaqf mulklarini

ajratgan, Buvayda tumani Bo‘stonbuva qishlog‘ida yashovchi Rasulov Umarjonni

shaxsiy arxivida (vaqf xujjatining asl nusxa) saqlanayotgan (tarjima muallifniki)

nodir hujjatlardan biri – 1224 hijriy (1809-1810) yilda Qo‘qon xoni Umarxon

(Umar binni Muhammad Norbo‘taxon) muhri tushirilgan farmon. Unda shunday

so‘zlar bitilgan:


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

360

Abul -muzaffar val Mansur Muhammad Umar Bahodirxon

so‘zumuz!

Ayni zamonda barcha islom qozilari, hurmatli ulamolar

jahonbonlik va sultonlik ishlari bilan shug`ullanuvchi barcha xokim

va omil, muboshir va mutloq sohibi dahl va mukarram Ho

qand

mamlakatini vatan tutgan va unda muqim istiqomat qilg`uvchilar

voqif va ogoh bo`lib bilsunlarkim, biz Ho

qand muzofotidagi nurga

to

lgan va fayzosor Sulton Boyazid Bistomiy mozorlari yonida, nurga

to`lgan ul mozorga vaqf qilingan, shul muqaddas dargoh shayxi,

sajjodanishini (shu yerda joynomozda o

turguvchi-muallif ) Qosim

Shayx tasarrufida bo`lgan vaqf mulki hududida Alloh tomonidan

yaratilgan xaloyiqning farovonligi uchun bir hovuz qazdirib

qo

ydik.”[8: 99-101].

Shunisi diqqatga molikki, mazkur hovuz hozirda Farg‘ona viloyati Buvayda

tumani “Yangi hayot” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi Bo‘stonbuva

qishlog‘ida saqlanib qolgan bo‘lib, hali-hanuz qishloqliklarning ehtiyojlariga

baholi-qudrat xizmat qilib kelmoqda.

Qo‘qon xonlaridan Olimxon (1800-1810), Umarxon (1810-1822) va

Muhammad Alixon (1822-1842) davrida xonlik hududiga Toshkent, Turkiston,

O‘ratepa, Xo‘jand qo‘shib olinadi. Asr boshida bir necha bekliklarga bo‘lingan

davlat bo‘lgan Qo‘qon xonligi 20-30 yil mobaynida O`rta Osiyoda eng yirik

davlatlardan biriga aylandi

[9: 310].

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga, ayniqsa, paxtaga bo‘lgan talabning ortishi

xonlikda dehqonchilikni rivojlantirishni, buning uchun esa yangi yerlarni

o‘zlashtirishni, irrigatsiya xo‘jaligini qayta qurishni taqozo etadi. 1819-yilda

Qo‘qon xoni Umarxon farmoni bilan Yangi ariq kanali yana uzaytirilib, uning

uzunligi 120 chaqirimga yetkazildi. Yangi ariq kanali qazilgandan keyin

Namangan vohasida 5 ta soy, 195 ta ariq mavjud bo`lib, ular orqali 131 ta qishloq


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

361

va 45 ta chorvadorlarning qishloq yerlari sug‘orilgan, suv ta’minoti va nazorati

bilan 4 ta mirobboshi va 66 ta mirob shug‘ullangan

[10: 30].

N.Aristov “Namanganskiy okrug kokandskogo xanstva” asarida “Namangan

Sirdaryodan 30 chaqirim uzoqlikda,Yangi ariq bo`yida joylashgan. Shahar atrofida

juda ko‘p qishloqlar joylashgan. Bu qishloq aholilari dehqonchilik va

bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadi. Shahar aholisi savdo-sotiq va ipak matolar

ishlab chiqaradi, tog‘larda yashovchi qirg‘iz va qipchoqlar dehqonchilikdan

tashqari chorvachilik bilan ham shug‘ullanadi”

[11: 139-140]

deb takidlaydi.

Shuni aytib o‘tish lozimki, xonlik davrida sug‘orish inshootlarini qurishda

ma’lum tartib-qoida mavjud bo‘lgan. Sug‘orish tarmoqlarini qurish ishlari ikki

toifaga ajratilib, birinchi toifaga mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan sug‘orish

inshootlari kiritilib, ularni qurishda asosan shu sug‘orish tarmoqlaridan

foydalanuvchi qishloqlar aholisi ishtirok etishgan. Ikkinchi toifa sug‘orish

inshootlariga esa, hajm jihatidan katta, yirik kanallar kiritilib, ularni qurishga

xonlikning turli viloyatlaridan qazuvchi-xasharchilar jalb etilgan. Bunday

inshootlarni qurilishiga bevosita xon yoki uning vakili boshchilik qilgan.

Xonlik iqtisodini yuksalishiga va xalqning ijtimoiy ahvolini yahshilashga

yordam beradigan omillardan yana biri, unchalik katta bo‘lmasa ham lekin mavjud

bo‘lgan xususiy shaxslarga qarashli yerlarning ko‘pligidir. “Xususiy shaxslarga

tegishli dalalar unchalik katta emas,ularda hosilni yetishtirish uchun aholining

kambag‘al qatlami yoki mustaqil yollanma ishchilar ishlaydi, har yili tog‘lik

xalqlar ham Farg‘ona vodiysiga ishlash uchun yollanadi. Ularning o‘rtacha yillik

daromati 5-7 tilla bo‘lgan”

[12: 135].

Xulosa tariqasida shuni aytish mumkinki, XVIII-XIX asrlarda mavjud

bo‘lgan Qo‘qon xonligi agrar davlat sifatida suv va undan foydalanish, suv

inshootlarini barpo qilish, eskilarini ta’mirlashga katta e’tibor qaratganligini

ko‘ramiz. Shu bilan birga ota-bobolarimiz yerni, suvni juda e’zozlaganligini,

undan foydalanishda ulkan tajribaga ega bo‘lganliklarini bilishimiz mumkin.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

362

1. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий

жавобгарлик ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.

– Тошкент: Ўзбекистон, 2017.

2. Хорошхин А.П. Заметки о Кокане // Туркестанский сборник. Том 23. –

СПб., 1870.

3. Северцов Н. Месяц плену у коканцов. – СПб., 1860. // Туркестанский

сборник. Том 373. 1883.

4. Кун А.Л. Некоторые сведения о Ферганской долине // Туркестанский

сборник. Том 117. 1876.

5. Xudoyorxonzoda. Anjumat-tavorix. Toshkent. 2014.

6. Mirzo Olim Maxdum Hoji. Tarixi Turkiston. Toshkent. 2008.

7. Muhammad Yahyoxon Ho‘qandiy. Xudoyorxon o‘rdasi. Namangan. 2016.

8. Mamurov M.M. Qo‘qon xonligidagi suv inshootlari qurilishi tarixidan.

“Qo‘qon xonligi davlatchiligi tarixi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy

konferensiya materiallari. Qo‘qon.2022.

9. Sadullayev va b. O‘zbekiston tarixi. 1 qism, Toshkent; 1997.

10. Миддендорф А.Ф. Очерки Ферганской долины / перевод с немецкого

В.И. Ковалевского. – СПб, 1882.

11. Аристов Н. Наманганский округ коканского ханства // Туркестанский

сборник. Том 60. 1873.

12. Коканъ //Туркестанский сборник. Том 30. 1870.

Библиографические ссылки

Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017.

Хорошхин А.П. Заметки о Кокане // Туркестанский сборник. Том 23. – СПб., 1870.

Северцов Н. Месяц плену у коканцов. – СПб., 1860. // Туркестанский сборник. Том 373. 1883.

Кун А.Л. Некоторые сведения о Ферганской долине // Туркестанский сборник. Том 117. 1876.

Xudoyorxonzoda. Anjumat-tavorix. Toshkent. 2014.

Mirzo Olim Maxdum Hoji. Tarixi Turkiston. Toshkent. 2008.

Muhammad Yahyoxon Ho‘qandiy. Xudoyorxon o‘rdasi. Namangan. 2016.

Mamurov M.M. Qo‘qon xonligidagi suv inshootlari qurilishi tarixidan. “Qo‘qon xonligi davlatchiligi tarixi” mavzusidagi xalqaro ilmiy nazariy konferensiya materiallari. Qo‘qon.2022.

Sadullayev va b. O‘zbekiston tarixi. 1 qism, Toshkent; 1997.

Миддендорф А.Ф. Очерки Ферганской долины / перевод с немецкого В.И. Ковалевского. – СПб, 1882.

Аристов Н. Наманганский округ коканского ханства // Туркестанский сборник. Том 60. 1873.

Коканъ //Туркестанский сборник. Том 30. 1870.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов