Неправительственные некоммерческие организации как важный институт гражданского общества (на примере НКО Ферганской долины)

CC BY f
604-610
6
3
Поделиться
Шамсиева, М. (2023). Неправительственные некоммерческие организации как важный институт гражданского общества (на примере НКО Ферганской долины). Актуальные проблемы истории Узбекистана, 1(1), 604–610. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/view/16547
М Шамсиева, Ферганский государственный университет

Доцент кафедры истории Узбекистана, кандидат исторических наук

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассмотрены негосударственные некоммерческие организации, являющиеся одним из важных институтов гражданского общества, в частности, негосударственные некоммерческие организации, действующие в Фергонской долине, а также проекты негосударственных некоммерческих описаны коммерческие организации, созданные в присутствии Олий Мажлиса, и других институтов гражданского общества, которые были признаны победителями Фондом Сообщества.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

604

3. Churganov O.A. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha sport mashg‘ulotlari

tizimi. Adaptiv jismoniy madaniyat. – T., 2013. – B.16-19.

4. Chepik D.V, Bobokov G.A, Sidorov A.S. Nogironlar sporti bo‘yicha

murabbiylar malakasini oshirish tizimida dasturlar yaratish masalasi. – T., 2011. –

B. 55-58

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-may PQ-5114-sonli

“Paralimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori

https://lex.uz/docs/-5426278

NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI FUQAROLIK

JAMIYATINING MUHIM INSTITUTI SIFATIDA

(FARG‘ONA VODIYSI NNT LARI MISOLIDA)

Shamsiyeva M.X.

FDU, O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti v.b., PhD

maxfuzaxonshamsiyeva@gmail.com

Annotasiya: Maqolada fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri bo‘lgan

nodavlat notijorat tashkilotlari, xususan Farg‘ona vodiysida faoliyat olib borayotgan nodavlat
notijorat tashkilotlari hamda joriy yilda Oliy Majlis huzurida tashkil etilgan nodavlat notijorat
tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi
tomonidan g‘olib deb topilgan loyihalari haqida bayyon etilgan.

Kalit so‘z va iboralar: islohot, nodavlat notijorat tashkilotlari, qonun, qaror, fuqarolik

jamiyati, grant, loyiha

Аннотация:

В статье рассмотрены негосударственные некоммерческие

организации, являющиеся одним из важных институтов гражданского общества, в
частности, негосударственные некоммерческие организации, действующие в Фергонской
долине, а также проекты негосударственных некоммерческих описаны коммерческие
организации, созданные в присутствии Олий Мажлиса, и других институтов
гражданского общества, которые были признаны победителями Фондом Сообщества.

Kлючевые слова: реформа, негосударственные некоммерческие организации,

закон, решение, гражданское общество, грант, проект

Annotation: In the article, non-governmental non-profit organizations, which are one of

the important institutions of civil society, in particular, non-governmental non-profit
organizations operating in the Fargona Valley, as well as the projects of non-governmental non-
profit organizations established in the presence of the Oliy Majlis, and other institutions of civil
society, which were recognized as winners by the Community Fund, are described.

Key words and phrases: reform, non-governmental non-commercial organizations, law,

decision, civil society, grant, project.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

605

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar aholining

siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga, fuqarolik jamiyatining institutlari bo‘lgan

tuzilmalar – siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari,

jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot

vositalarining rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Aytish joizki, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida qulaylik va

yengilliklar yaratish maqsadida xalqaro standartlarga javob beradigan normativ-

huquqiy baza yaratildi va bu sohaga doir 20 ga yaqin qonun va qarorlar qabul

qilindi

[1]

.

Mamlakatda yaratilgan huquqiy asoslar natijasida nodavlat notijorat

tashkilotlarning erkin va barqaror rivojlanishi yanada jadallashdi. Yillar kesimida

tahlil qilinsa, 1991 yilda respublikada 95 ta NNT faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2000

yilda 2585 ta, 2016 yilda 8417 ta, hozirgi kunda 9200 ga yaqinni tashkil etmoqda

[2]

.

Xususan, Farg’ona vodiysining Andijon viloyatida – 186 ta (NNT larning

hududiy bo‘limlari bilan), Farg‘onada – 795 ta (NNT larning hududiy bo‘limlari

bilan), Namanganda – 547 ta (NNT larning hududiy bo‘limlari bilan) nodavlat

notijorat tashkilotlari faoliyat olib bormoqda

[3]

.

Nodavlat

notijorat

tashkilotlari

ijtimoiy-iqtisodiy,

madaniy-ma’rifiy

sohalarning turli yo‘nalishlarida, xususan, tadbirkorlik rivojlantirish sohasida – 2

000 dan ortiq, ekologiyani asrash sohasida – 100 dan ortiq, sportni rivojlantirish

sohasida – 1200 dan ortiq, imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-

quvvatlash sohasida – 600 dan ortiq, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida – 600

dan ortiq, ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishda – 300 dan ortiq, faxriylarni

qo‘llab-quvvatlash sohasida – 400 dan ortiq, milliy madaniy aloqalarni va

millatlaro do‘stlikni rivojlantirish sohasida – 200 dan ortiq, xodimlarning

huquqlarini himoya qilish sohasida – 570 dan ortiq, ta’lim, fan va ilmiy

tadqiqotlarni rivojlantirish sohasida – 240 dan ortiq, sog’liqni saqlash sohasida –


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

606

220 dan ortiq, OAV va jurnalistikani rivojlantirish sohasida – 30 ga yaqin faoliyat

yuritmoqda

[4: 13]

.

Aytish joizki, hozirda nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyatda manfaatlar

muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashish bilan birga, davlat va jamiyat

boshqaruvida ham munosib ishtirok etib kelmoqda. Davlat nodavlat notijorat

tashkilotlari faoliyatini subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shaklida

qo‘llab-quvvatlamoqda.

2008 yildan boshlab Oliy Majlis huzuridagi Jamoat Fondi tomonidan

nodavlat notijorat tashkilotlarining loyihalarini moliyalashtirilishi demokratik

qadriyatlar, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolarning o‘z

salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va

huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilda Parlament komissiyasi tomonidan “Ijtimoiy-ma’naviy muhit

barqaror bo‘lmagan mahallalarda aholini bandligini ta’minlashga ko‘maklashish”

mavzusida davlat granti uchun tanlov e’lon qilinib, unda Farg‘ona vodiysida

faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari ichidan 9-tasi g‘oliblikni

qo‘lga kiritildi hamda loyihalari moliyalashtirildi

[5]

.

(1-jadval).

T/r

Farg‘ona vodiysi viloyatlari NNT

lari

Loyiha nomi

Ajratilgan

mablag‘

1

.

Andijon viloyati

“Hamroh” NNT

“Yoshlar-kelajak

bunyodkorlari!”

100 000 000

2

O‘zbekiston “Veteran” jangchi faxriy

va nogironlari birlashmasi Andijon

viloyat bo‘limi

“Mahalladagi

uyushmagan yoshlarga

ijtimoiy-ma’naviy

ko‘mak ko‘rsatish va

ularni kasb-hunar

egallashida faxriylar ish

80 000 000

3

Andijon viloyati xotin-qizlar

tadbirkorlik markazi

“Qo‘li gul bo‘lsa ayol-

hayotda topar kamol”

80 000 000

4

“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston

ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi

Andijon tuman hududiy bo‘linmasi

“Ayollar tadbirkorligini

rivojlantirishi-iqtisodiy

barqaror oila garovi

90 000 000


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

607

5 Yangiqo‘rg’on tumani “Qorasuv”

MFY

“Madadkor”

70 000 000

6

Bolalar va oilalarni qo‘llab-

quvvatlash assotsiatsyasi Namangan

viloyat hududiy bo‘linmasi

“Inson qadrini ulug’lash

va farovon yurt kelajagi

garovi”

70 000 000

7

“Ho‘qandi latif kelajagi” jamoat fondi “Innovatsion yondashuv

orqali ijtimoiy

muammolarni xal qilish”

80 000 000

8

“Yoshlar va ayollar axborot-

texnologiya” markazi

“Yangi O‘zbekistonda

barqaror-farovon hayot”

70 000 000

9

O‘zbekiston ayollar va qizlar

uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi

“Biznes - ayolga

imkoniyatlar eshigi”

80 000 000

Parlament komissiyasining “Aholiga islohotlarning mazmun va mohiyatini

yetkazish, ularning ongi, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini o‘zgartirish”

mavzusidagi davlat granti 2-tanlovi yakuniga ko‘ra, Farg‘ona vodiysidan 5 ta

nodavlat notijorat tashkilotlari loyihalari g‘oliblik deb topildi

[6]

.

(2-jadval)

T/r

Farg‘ona vodiysi viloyatlari

NNT lari

Loyiha nomi

Ajratilgan

mablag‘

1

“Iqbol” gazetasi tahririyati

“Islohot samarasi

va inson qadrini

ulug’lash-jamiyat

taraqqiyotining

muhim mezoni”

60 000 000

2 O‘zbekiston Nogironlar jamiyati

Izboskan tuman bo‘linmasi

“Savob ishni har

kim har kuni qilishi

kerak”

60 000 000

3

O‘zbekiston iste’molchilar

huquqlarini himoya qilish

jamiyatlari federatsiyasi Namangan

viloyati hududiy birlashmasi

Davlatobod tuman ijro etuvchi

apparati

“Vatan sajdagoh

kabi muqaddasdir”

60 000 000


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

608

4

“Muloqot” telekanali

“Qurolimiz ilm

ma’rifat”

60 000 000

5

Bog‘dod tuman “Nurafshon” MFY

“Uchinchi

Renessansga

ma’rifat bilan”

60 000 000

Yuqoridagi ma’lumotlar Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan

e’lon qilinayotgan tanlovlarda Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarida faoliyat

olib borayotgan NNT lar ishtiroki pastligi, tanlov mavzularidan kelib chiqqan

holda bugungi kunda dolzarb bo‘lgan oilada va jamiyatda yoshlarni ma’naviy-

ma’rifiy dunyoqarashlarini milliy qadriyatlar asosida rivojlantirish hamda ularni

“ommaviy madaniyat” xurujidan saqlashga qaratilgan loyihalar sanoqli ekanligini

ko‘rishimiz mumkin.

Shuni aytish o‘tish joizki, bugun faoliyat olib borayotgan o‘n mingga yaqin

nodavlat notijorat tashkilotlarning loyihalarini barchasini respublika miqyosida

moliyalashtirish qiyin. Ushbu masalaning yechimi sifatida mamlakatimizda 2015-

yildan kuchga kirgan “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida”gi qonunning 18-

moddasiga asosan Xalq deputatlari viloyat kengashlari huzurida jamoat

komissiyalari tashkil etilgan. Jamoat komissiyalari hududlardagi mahalliy nodavlat

notijorat tashkilotlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy sohalarni rivojlantirishga,

ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan loyihalarini homiylik, mahalliy

byudjet, xalqaro hamkorlik hisobidan moliyalashtirish asosida ijtimoiy

sherikchilikni rivojlantirishni ko‘zda tutadi

[7]

.

“Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida”gi qonunning ijrosi bo‘yicha bugun

respublikamizning barcha viloyatlarda ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, 2021-

yilda Farg‘ona viloyati Xalq deputatlari viloyat kengashlari huzurida tashkil

etilgan jamoat komissiyasi tomonidan e’lon qilingan tanlovlar bo‘yicha mahalliy

nodavlat notijorat tashkilotlarining loyihalari jami 570 mln. so‘m miqdorida

moliyalashtirildi.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

609

2022-yilda e’lon qilingan tanlovlar asosida 15 ta mahalliy nodavlat notijorat

tashkilotlarining loyihalari g‘olib deb topilib, har bir loyiha uchun 40 mln.so‘mdan

ajratilgan

[8]

.

Xulosa o‘rnidan aytish mumkinki, ijtimoiy sherikchilik tizimini

takomillashtirish borasida Yevropa Ittifoqining Buyuk Britaniya, Estoniya, Polsha

kabi davlatlarining tajribalaridan o‘rganish maqsadga muvofiq. Bu yerda mahalliy

davlat tuzilmalari va nohukumat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik dasturi ishlab

chiqilib, unda hamkorlik mahalliy byudjetdan tanlov asosida va dasturda

belgilabqo‘yilgan talablarga muvofiq moliyalashtiriladi

[9: 37-41]

.

Bugun mahalliy hokimiyat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari

bilan hududlardagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan hamkorlik

dasturining ishlab chiqilishiga erishish sherikchilikning eng maqbul yo‘li

hisoblanadi. Bunda notijorat sektor uchun ham, hukumat uchun qonun kuchiga ega

deb hisoblangan majburiyatlar ijrosining aniq muddatlari ko‘rsatilishi ijtimoiy

sherikchilik mexanizmini takomillashuviga asos bo‘ladi.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:

1.

minjust.uz//Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati sohasiga nazar: nimalar

o‘zgarmoqda? 15.11.2022

2.

strategy.uz.taraqqiyot strategiyasi markazi.

3.

minjuist.uz. // NNTining davlat reestri.20.11.2022.

4.

minjust.uz // Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati sohasiga nazar:nimalar

o‘zgarmoqda?15.noyabr 2022

5.

hsti.uz // Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati haqida nimalarni bilamiz?

21.09.2021.

6.

ngo.uz // Парламент комиссиясининг 2022 йил 27 июлдаги

20-сонли қарорига 1-илова. 2022 йил 30 апрелдан 30 майгача ўтказилган

“Ижтимоий-маънавий муҳит барқарор бўлмаган маҳаллаларда аҳолини

бандлигини таъминлашга кўмаклашиш” мавзусидаги давлат гранти 1-


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

610

танлови якуни натижаларига кўра Парламент комиссияси томонидан ғолиб

деб топилган лойиҳалар рўйхати

7.

ngo.uz // Парламент комиссиясининг 2022 йил 27 июлдаги 20-сонли

қарорига 2-илова. 2022 йил 30 апрелдан -31 майгача ўтказилган “Аҳолига

ислоҳотларнинг мазмун ва моҳиятини етказиш, уларнинг онги, маънавий-

маърифий дунёқарашини ўзгартириш” мавзусидаги давлат гранти 2-танлови

якуни натижаларига кўра Парламент комиссияси томонидан ғолиб деб

топилган лойиҳалар рўйхати

8.

Farg‘ona viloyati Xalq deputatlari viloyat kengashlari huzurida tashkil

etilgan jamoat komissiyasining joriy arxiv ma’lumotlari.

9. Ижтимоий шериклик ва давлат қарорларини қабул қилишда

жамоатчилик масалалари бўйича халқаро тажриба // Инсон ҳуқуқлари бўйича

Ўзбекистон Республикаси Миллий Маркази. Ҳуқуқий муаммоларни ўрганиш

маркази. – Тошкент.: ART FLEX, 2012. – Б. 37 - 41.

ЎЗБЕКИСТОН ТАРИХИНИ ЎРГАНИШДА ЭТНОГРАФИК

МАЪЛУМОТЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ

Йўлдошев С.В.

ФарДУ, Ўзбекистон тарихи кафедраси доценти, PhD

Salimjon660@fardu.uz

Хожалиев Х.И.

ФарДУ магистранти

Аннотатция: Мазкур мақолада Фарғона водийси табиий шарт-шароит ва

хўжалик анъаналаридан келиб чиққан, ижтимоий-иқтисодий тараққиёт босқичларида
асрлар давомида сайқалланиб борган удумлари ҳақида этнографик маълумотлар асосида
мушоҳада юритилиши этнотарихий жараёнларни чуқурроқ идрок этишга имкон беради.

Калит сўз ва иборалар: локал, хўжалик анъаналари, этнографик маълумотлар,

этнографик тавсиф, меҳмон, қўним, жой бериш, «қўниқ», «қўнуқ», «қўшхона»,
меҳмондорчилик, қўноқхона, этносоциал, этнотарихий, жараёнлар.

Аннотация: В представленной статье, основанной на этнографических данных,

рассматриваются обычаи жителей Ферганской долины, происходящие из природных
условий и хозяйственных традиций и совершенствующиеся на протяжении веков на
этапах социально-экономического развития, что позволяет глубже понять
этноисторические процессы.

Библиографические ссылки

minjust.uz//Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati sohasiga nazar: nimalar o‘zgarmoqda? 15.11.2022

strategy.uz.taraqqiyot strategiyasi markazi.

minjuist.uz. // NNTining davlat reestri.20.11.2022.

minjust.uz // Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati sohasiga nazar:nimalar o‘zgarmoqda?15.noyabr 2022

hsti.uz // Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati haqida nimalarni bilamiz? 21.09.2021.

ngo.uz // Парламент комиссиясининг 2022 йил 27 июлдаги 20-сонли қарорига 1-илова. 2022 йил 30 апрелдан 30 майгача ўтказилган “Ижтимоий-маънавий муҳит барқарор бўлмаган маҳаллаларда аҳолини бандлигини таъминлашга кўмаклашиш” мавзусидаги давлат гранти 1-танлови якуни натижаларига кўра Парламент комиссияси томонидан ғолиб деб топилган лойиҳалар рўйхати

ngo.uz // Парламент комиссиясининг 2022 йил 27 июлдаги 20-сонли қарорига 2-илова. 2022 йил 30 апрелдан -31 майгача ўтказилган “Аҳолига ислоҳотларнинг мазмун ва моҳиятини етказиш, уларнинг онги, маънавиймаърифий дунёқарашини ўзгартириш” мавзусидаги давлат гранти 2-танлови якуни натижаларига кўра Парламент комиссияси томонидан ғолиб деб топилган лойиҳалар рўйхати

Farg‘ona viloyati Xalq deputatlari viloyat kengashlari huzurida tashkil etilgan jamoat komissiyasining joriy arxiv ma’lumotlari.

Ижтимоий шериклик ва давлат қарорларини қабул қилишда жамоатчилик масалалари бўйича халқаро тажриба // Инсон ҳуқуқлари бўйича Ўзбекистон Республикаси Миллий Маркази. Ҳуқуқий муаммоларни ўрганиш маркази. – Тошкент.: ART FLEX, 2012. – Б. 37 - 41

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов