Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
721
Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 2019 йил 9 октябрь.
06/19/5847/3887-сон.
12.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси
Президенти ҳузуридаги давлат хизматини ривожлантириш агентлиги
фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида” 2019 йил 3 октябрдаги
ПҚ-4472-сонли Қарори / Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси,
2019 йил 4 октябрь. 07/19/4472/3906-сон.
13.
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
“Ўзбекистон
Республикасида кадрлар сиёсати ва давлат хизмати тизимини тубдан
такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” 2019 йил 3 октябрдаги ПФ-
5843-сонли Фармони / Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси,
2019 йил 4 октябрь. 06/19/5843/3900-сон
14.
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
“Ўзбекистон
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси
тўғрисида”ги ПФ-4947-сонли Фармони. – Тошкент: Адолат, 2018. – Б. 4-6.
15.
ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZI - UCHINCHI RENESSANS
POYDEVORI
Shamsiyeva M.X.
Fargʻona davlat universiteti
O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti v.b., PhD
Saydaliyev H.N
Fargʻona davlat universiteti
Tarix fakulteti 4-bosqich talabasi
saydaliyevhosilbek525@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada Oʻzbekistonda yuz berayotgan oʻzgarishlar. Yangi
Oʻzbekiston, Uchinchi Renessans haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, Islom sivilizatsiyasi haqida
va unga tayangan holda tashkil qilinayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi, unimg maqsad-
vazifalari, uning tarkibiy tuzilishi haqida ma’lumotlar beriladi.
Kalit soʻz va iboralar: Yangi Oʻzbekiston, Uchinchi Renessans, Islom sivilizatsiyasi
markazi, “Ma’rifat va diniy bagʻrikenglik”rezolutsiyasi, Shoazim Minovarov, Usmon Qurʼoni,
ilmiy-ma’rifiy maskan.
Аннотация: В данной статье описываются изменения, происходящие в
Узбекистане. Речь пойдет о Новом Узбекистане, Третьем Возрождении. Также дана
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
722
информация об исламской цивилизации и Центре исламской цивилизации, его целях и
задачах, его структуре.
Ключевые слова и фразы: Новый Узбекистан, Третье Возрождение, Центр
исламской цивилизации, резолюция «Просвещение и веротерпимость», Шоазим
Миноваров, Усман Коран, научно-образовательный центр.
Annotation: This article describes the changes taking place in Uzbekistan. New
Uzbekistan, the Third Renaissance will be discussed. Also, information is given about Islamic
civilization and the Center of Islamic Civilization, its goals and tasks, and its structure.
Key words and phrases: New Uzbekistan, Third Renaissance, Center of Islamic
Civilization, "Enlightenment and Religious Tolerance" resolution, Shoazim Minovarov, Usman
Qur'an, scientific and educational center.
Yangi
Oʻzbekiston
yangi
imkoniyatlar
mamlakatidir.
Amalga
oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy islohatlar natijasida
yurtimiz yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Aytish joizki, Oʻzbekiston
mustaqil davlat sifatida nufuzli xalqaro tashkilotlarning teng huquqli subyektiga
aylanib, tinchlik, bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik borasida yuritayotgan siyosati
orqali dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev 2017-yil
19-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtiroki va unda
muhim huquqiy hujjat – BMTning “Ma’rifat va diniy bagʻrikenglik” deb
nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilinishi haqidagi taklifi zamirida yer
sharida barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga
barham berishga koʻmaklashish yotadi.
Ushbu rezolutsiya bagʻrikenglik va oʻzaro hurmatni qaror toptirish, diniy
erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning
kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslikka koʻmaklashishga qaratilgan
[5: 62].
Movarounnahr zamini ilm-fan beshigi hisoblanadi. Bu muqaddas zamin
koʻplab dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qoʻshgan allomalarni tarbiyalagan.
Musulmon Sharqida ilm-fan va madaniyat yuksak darajada ravnaq topgan IX-XII,
XIV-XV asrlar tarixga Renessans – Uygʻonish davri nomi bilan kirdi
[1].
Bugun yurt kelajagi boʻlgan yoshlarni ajdodlarimiz yaratgan ilmiy merosga
sadoqat ruhida tarbiyalash va ularning davomchisi sifatida qoʻllab-quvvatlash
maqsadida koʻplab OTM lar, akademiyalar, ilmiy-tadqiqot institutlari va
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
723
markazlari tashkil qilindi. Jumladan, 2017-yilda Prezident Sh. Mirziyoyevning
tashabbusi bilan Buxoroda Ismoil al-Buxoriy nomli madaniy markaz, Termizda
Imom at-Termiziy nomidagi madaniy markaz, Toshkentda Islom sivilizatsiya
markazining tashkil etilishi ahamiyatga molikdir
[6: 316].
2017-yil 21-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumaniga
tashrifi chogʻida Hazrati Imom (Hastimom) majmuasida Islom madaniyati
markazini tashkil etish taklifini bildirgan edi. Dastlab islom madaniyati markazi
nomini olgan boʻlsa, keyinchalik u madaniy, ma’rifiy, ilmiy, diniy ilmlarni keng
miyosda oʻrganadigan markaz boʻlishi koʻzlanganligi bois shu yilning sentyabr
oyida uning nomi islom sivilizatsiyasi markaziga oʻzgartirildi.
Islom sivilizatsiyasi Allohning yagona Kitobi – Qur’oni Karimga
asoslangan yagona sivilizatsiyadir. Ushbu sivilizatsiyaga ilk oʻrta asrlarda
Qur’ondagi va hadislardagi ilm, tinchlik va bunyodkorlikka da’vatlardan ruhlangan
Xitoydan Ispaniyagacha boʻlgan hududda istiqomat qilgan mutafakkirlar va
olimlar asos soldilar.
XIV-XVI asrlarda Amir Temur va temuriylar davrida qoʻlga kiritilgan ilm-
fan va madaniyat sohasidagi yutuqlar islom sivilizatsiyasining ikkinchi bosqichi
uchun zamin yaratdi. Oʻz oʻrnida bugungi kunda tashkil etilgan Islom
sivilizatsiyasi markazi uchun tamal toshi boʻlib xizmat qildi.
Islom madaniyati markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom
madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-
iyundagi PQ-3080-son qaroriga asosan tashkil etilgan
[1].
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Uchinchi Renessans –
Yangi Oʻzbekiston” gʻoyasini keng targʻib qiluvchi, mamlakat tarixining yangi
yuksalish davridagi yutuqlarini ilmiy asosda oʻrganuvchi, uni keng jamoatchilikka
yetkazib beruvchi hamda moddiy-madaniy meros namunalari, islom dini bilan
bogʻliq qadimiy va boy an’analarni targʻib qiluvchi ilmiy-ma’rifiy maskan boʻlib
xizmat qilishi shubhasiz.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
724
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu muassasa
xalqimizning boy oʻtmishini, ilm-maʼrifat rivojiga qoʻshgan katta hissasini
namoyon etadigan yaxlit majmua boʻldi. Hamma oʻz tarixini ulugʻlaydi. Lekin
bizning yurtimizdagidek boy oʻtmish, buyuk qomusiy allomalar yetishib chiqqan
yurt sanoqli. Ular yaratgan ilmiy merosni chuqur oʻrganishimiz, xalqimizga,
dunyoga yetkaza bilishimiz kerak. Bu markazga kelgan odam ulkan merosimiz
haqida toʻla tasavvurga ega boʻlishi, katta maʼnaviyat olib ketishi zarur.
Hozirda markazga filologiya fanlari doktori, professor Shoazim Minovarov
rahbarlik qilmoqda. Markazning umumiy maydoni 7 gektarni tashkil qilib, uning 4
gektar qismida markaz binosi joylashgan. Uning toʻrt tomonida 4 ta darvoza
joylashgan. Ularning peshtoqlariga ilmli, ma’rifatli boʻlishga chaqiruvchi
hadislardan namunalar yozish taklifini yurtboshimiz bu yerga tashriflarida birida
berib oʻtadi. Shunga asoslanib, markazning asosiy darvozasi peshtoqiga ilm olish
farz ekanligi haqidagi hadis bitilgan. Binoning markazida sharq me’morchiligiga
xos gumbaz barpo etildi. Markaz 3 qavatdan iborat boʻlib, Birinchi qavatda muzey
ombori, qadimiy qoʻlyozma va osori-atiqalarni saqlash hamda restavratsiya qilish
xonalari, nashriyot va kitob doʻkonlari joylashgan. Ikkinchi qavatdagi ulkan foye
markaziga Usmon Qurʼoni joylashtirildi. Shuningdek, bu yerda Islom sanʼati
muzeyi, 435 kishiga moʻljallangan konferensiya zali mavjud. Koʻrgazmalarda
Oʻzbekiston tarixi davrlar boʻyicha, har bir asr, har bir allomaga oid manbalar va
ashyolar asosida namoyish etiladi.
Uchinchi qavatdan esa 100 mingtagacha qoʻlyozmalar fondida ega
kutubxona, axborot-resurs markazi, ilmiy kafedralar va maʼmuriy xonalar
joylashgan.
Markaz faoliyatining asosiy maqsadi - e’tiqodi islom dini bogʻliq boy va
noyob merosni ilmiy asosda har tomolama chuqur oʻrganish, yurtimizdan yetishib
chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida
yaxlit tasavvur uygʻotish, ular bilan xalqimiz va jahon jamoatchiligini keng
tanishtirish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalaro muloqotni yoʻlga
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
725
qoʻyish, islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi
ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik gʻoyalar milliy gʻurur va iftixor
ruhida tarbiyalashdan iborat.
2021-yil
16-iyuldagi
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom
sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha
chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5186-son qarori negizida qiyidagi vazifalar
belgilandi:
•
“Uchinchi Renessans - Yangi Oʻzbekiston” gʻoyasini keng targʻib
qilish;
•
mamlakat tariхining yangi yuksalish davridagi yutuqlarini ilmiy
asosda oʻrganish, uni keng jamoatchilikka yetkazib berish;
•
moddiy madaniy meros namunalarini, islom dini bilan bogʻliq
qadimiy va boy an’analarni targʻib qilish.
Markazning yangilangan asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
•
muqaddas islom dini bilan bogʻliq boy merosni ilmiy tadqiq etish,
uning Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi rivojidagi oʻrnini innovatsion usullar orqali
targʻib qilish;
•
Oʻzbekistonda yuz bergan umummilliy yuksalishlar, tarixiy
renessanslarning ildizlari va mazmun-mohiyatini mamlakat aholisi, ayniqsa,
yoshlarga yetkazish boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
•
buyuk ajdodlarning jahon tamadduni, diniy va dunyoviy ilmlar
rivojiga qoʻshgan hissasini eng zamonaviy usullar va vositalar orqali yoritib
borish;
•
yoshlarni ilm-ma’rifatga da’vat etadigan, milliylik va diniylik
oʻrtasidagi uygʻunlik mohiyatini keng targʻib qilishga qaratilgan media
mahsulotlar, ilmiy ishlanma va tavsiyalarni tayyorlash;
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
726
•
ziyorat turizmining ilmiy asoslari boʻyicha yetarli nazariy bilim va
amaliy koʻnikmalarga ega gid-tarjimonlarni tayyorlash hamda ularning malakasini
tizimli oshirib borishni ta’minlash;
•
ilm-fanning jadal taraqqiyotini koʻrsatib beruvchi sermazmun
eksponatlar fondi, qoʻlyozma va zamonaviy nashrlardan iborat boy kutubxonalar
tizimini shakllantirish hamda ularning jahon muzeylari va kutubxonalari
tarmogʻiga ulanishini ta’minlash;
•
Oʻzbekiston xalqining islom sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi
boʻyicha fundamental tadqiqotlar dasturlari va ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va
ularning amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash;
•
islom sivilizatsiyasini tadqiq etish sohasining dolzarb ilmiy-nazariy va
uslubiy masalalariga bagʻishlangan konferensiyalar, simpoziumlar, koʻrgazmalar
va ilmiy ma’ruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy
tadbirlarni doimiy tashkil etib borish;
•
islom sivilizatsiyasi yoʻnalishida amalga oshirilgan yangi tadqiqotlar
natijalaridan ilmiy jamoatchilikni xabardor qilib borish, respublika muzeylari va
kutubxonalarida ishlayotgan xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish boʻyicha
ilmiy-amaliy va uslubiy treninglarni yoʻlga qoʻyish;
.
•
islom tarixi va madaniyati yoʻnalishiga oid bilimlarni oshirish,
qadimiy qoʻlyozma, toshbosma va tarixiy hujjatlarni konservatsiya va restavratsiya
qilish, qogʻoz, muqovasozlik, xattotlik san’atini tiklash, islom manbalarini
oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslari va Kitobat ilmi maktabini tashkil etish;
•
“Uchinchi Renessans – Yangi Oʻzbekiston” gʻoyasining mazmun-
mohiyatini, jumladan, uning ilm-fan rivoji, dinlararo va millatlararo
bagʻrikenglikni ta’minlashdagi roli va ahamiyatini jamoatchilik orasida keng
targʻib qilish
[2].
Xulosa qilib aytganda, bugun Islom sivilizatsiyasi markazi jahonning yana
bir ilmiy tadqiqotlar markaziga aylandi. Undan nafaqatlar mahalliy, balki xalqaro
doiradagi tadqiqotchilar ham hech qanday toʻsiqlarsiz foydalanishi mumkin.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
727
Bugungi globallashuv zamonida u ilm, madaniyat, ma’rifat tarqatuvchi vazifasini
bajarmoqda. Bu markaz yaqin kelajakda Yangi Oʻzbekistonning poydevori boʻlib
xizmat qiladi.
Shu oʻrinda davlat rahbarimizning quyidagi fikrlarini keltirib oʻtish joiz:
“Bugun biz intilayotgan Yangi Oʻzbekistonni, Uchinchi Renessansni poydevorini
bunyod etish – bu shunchaki orzu emas. Bu – aniq strategik maqsad va umumxalq
harakatiga aylanib borayotgan beqiyos amaliy jarayondir. Ishonamanki, bunday
ulkan jarayonning natijasi ham, albatta, ulkan boʻladi”
[3: 19-20].
Yagona maqsad asosida yanada hamjihat boʻlib, tinimsiz oʻqib-oʻrgansak,
ishimizni mukammal va unimli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, oʻzimizni
ayamasdan mehnat qilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz oʻzgaradi,
dunyoqarashimiz oʻzgaradi va shular orqali avlodlarimizga munosib meros,
rivojlangan davlatni qoldira olamiz.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazini
tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 23-iyundagi PQ-3080-
ri.
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi
faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5186-son qarori.
3.
Mirziyoyev SH.M. Yangi Oʻzbekiston
⎯
taraqqiyot strategiyasi. –
T.:“Oʻzbekiston”,2022. – B, 416.
4.
Gʻoibnazarov Shuhrat. Islom terrorizmga qarshi. – T.: “Oʻzbekiston”,2021.
– B,320.
5.
Alimov U.I. “Ma’rifat va diniy bagʻrikenglik” oʻzaro ishonchni rivojlantirish
borasidagi rezolutsiyasi barqarorlik asosi
“Bagʻrikenglik – oʻzaro ishonchni
rivojlantirishning vositasi sifatida” xalqaro ilmiy anjuman. – T.:2018. – B. 61-63.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
728
6.
Botirov B.M, Mahmudov S.A. Oʻzbekiston – IHT: Barqaror rivojlanish va
taraqqiyot
yoʻlidagi
hamkorlik
“Bagʻrikenglik
–
oʻzaro
ishonchni
rivojlantirishning vositasi sifatida” xalqaro ilmiy anjuman. – T.:2018. – B,315-317
7.
Siddiqova
R.B.
Talaba
yoshlarda
bagʻrikenglikni
shakllantirish
“Bagʻrikenglik – oʻzaro ishonchni rivojlantirishning vositasi sifatida” xalqaro
ilmiy anjuman. – T.:2018. – B, 277-279.
8.
Radjabova M.Z. Islom dinining bagʻrikenglik tamoyillari
“Bagʻrikenglik –
oʻzaro ishonchni rivojlantirishning vositasi sifatida” xalqaro ilmiy anjuman. –
T.:2018. – B,167-170.
Internet manbalari:
1.
2.
3.
4.
FARG‘ONA VILOYATIDA MUSIQA MAKTABLARI QURILISHI VA
REKONSTRUKSIYA QILINISHI TARIXIDAN
Alimova N.O.
FDU, O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti, PhD
Akbarova N.A.
O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar musiqa
va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada
yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-910-
sonli Qaror va “Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish
bo‘yicha 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2435-sonli
Qarorlar ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyati musiqa maktablarida amalga oshirilgan
bunyodkorlik va rekonstruktsiya ishlari va uning yo‘lga qo‘yilishiga oid ma’lumotlar yoritilgan.
Kalit so‘z va iboralar: ta’lim tizimi, musiqiy ta’lim, ruhan sog‘lom, milliy urf-odat,
umumbashariy qadriyatlar, musiqiy tarbiya, san’at tarbiyasi, bolalar musiqa va san’at
maktablari, rekonstruksiya, davlat dasturi, jamg‘arma.
Аннотация: В данной статье рассмотрены вопросы создания и реконструкции
музыкальных школ Ферганской области в рамках исполнения задач, определенных в
Постановлениях Президента республики Узбекистан № ПП-910 “О государственной
программе укрепления материально-технической базы и дальнейшего улучшения
деятельности детских школ музыки и искусства на 2009-2014 годы” и № ПП-2435 “О