МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
98
SINONIMLARNING SEMANTIK MUNOSABATILARI HAQIDA
MULOHAZALAR
Murodova Umida Bahodir qizi
Sharof rashidov nomidagi
Samarqand davlat universiteti
2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14748658
Annotatsiya
Ushbu maqolamizda matn tahlilida semantik sinonimlarning tahlilini
amalga oshirganmiz. Semantik sinonimlar ikki va undan ortiq, hatto o‘n
atrofidagi ma’nodosh so‘zlardan tarkib topishi sinonimik qatorlarni yuzaga
keltiradi. Til boyligida semantik qatorlar ham mavjud. Bu semantik qatorlardan
sinonimik qatorlar, so‘zlarning o‘zaro semantik munosabatiga ko‘ra, farq qiladi.
Kalit so‘zlar:
semantik sinonimlar, ideografik sinonimlar, emotsional-
ekspressiv sinonimlar, uslubiy sinonimlar, uzvi ta’kidli sinonimlar.
Semantik sinonimlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1.
Ideografik sininonimlar
shunday semantik sinonimki, ular tarkibidagi
so‘zlarning leksik ma’nosi bir-biridan ifoda hajmiga ko‘ra farq qiladi. Arab tilidan
o‘zbek tiliga o‘zlashgan ishq va muhabbat sinonimiga diqqatni qaratishga to‘g‘ri
keladi. Bu so‘zlar “biror shaxsga dildan berilgan ishtiyoq” leksik ma’nosi bo‘yicha
ma’nodoshdir. Lekin bu ikki so‘z leksik ma’nolari ifodasi hajmiga ko‘ra o‘zaro
farq qiladi.
Ishq
so‘zining leksik ma’nosidagi kechinma faqat yor va olloh uchun,
muhabbat so‘zining leksik ma’nosidagi kechinma yor, olloh, ota-ona, farzand va
yaqinlarga nisbatan hamdir. Bu
ishq
va
muhabbat
so‘zlari ideografik sinonim
ekanligini ko‘rsatadi.
2.Emotsional-ekspressiv sinonimlar
ma’lum leksik ma’nosi yadro
semalari bo`yicha aynan bir xil bo`lib, pragmatik semasi, ya’ni emotsional yoki
ekspressiv semasi o`zaro farqlanadigan bo`ladi. Masalan,
jilmaymoq, iljaymoq,
ishshaymoq, irshaymoq, tirjaymoq
semantik sinonimlar qatorini keltirish
mumkin. Bu sinonimik qator “lab va ko`z muskulida xursandlik alomati hosil
qilmoq” leksik ma’nosining yadro semalariga ko`ra o`zaro bir xil. Ammo ulardan
jilmaymoq so`zigina shu leksik ma’noni ifodalash bilan cheklangan, u shu
semantik sinonim uchun dominantadir. Bu izoh shu qatordagi barcha so`zlarga
xos bo`lib, qolganlari ijobiylik yoki salbiylik pragmatikasi bilan undan farqlanadi.
Iljaymoq
fe’li leksik ma’nosida ijobiy emotsionallik,
ishshaymoq
fe’li leksik
ma’nosida salbiy emotsionallik bor
. Irshaymoq
fe’li leksik ma’nosida
“kinoyaviylik” va
tirjaymoq
fe’li leksik ma’nosida “zaharxandalik” emotsional
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
99
tuyg'u semasi o`z ifodasini topgan. Ya’ni bu qator sinonimlari leksik ma’nosi
emotik semasiga ko`ra o`zaro farqlanadi.
Sinonimik qatordagi so`zlarning leksik ma’nosi ekspressiv semaga ko`ra
ham o`zaro farqlanadi. Masalan,
bo`ychan, baland novcha, daroz, dov
sinonimik
qatoriga e’tibor beraylik. Undagi baland so`zi leksik ma’nosi “me’yordan
ortiqlik”ni o`z ko`lamida ifodalagan bo`lsa
, bo`ychan
so`zidagi pragmatik semada
“nisbatan kamroq”
novcha
so`zidagi pragmatik semada “ko`zga tashlanar
darajada ortiq”,
daroz s
o`zidagi pragmatik semada “juda ortiq”,
dov
so`zidagi
pragmatik semada “beo`xshov ortiq” holatda ifodalangan. Keyingi sinonimlar
belgi darajasini o`zidan avvalgiga nisbatan orttirib borgan. Belgilar ifodasida
ekspressivlik bo`lgan.
3.Uslubiy sinonimlar
ma’lum leksik ma’nosi yadro semalari bo`yicha
aynan bir xil bo`lib, u bilan voqelangan so`zlar muayyan bir ijtimoiy qatlamga
mansubligiga ko`ra o`zaro farqlanadi[1.6-bet]. Semantik sinonimlarning bu
ko`rinishi qaysi nutqqa xosligi bilan o`zaro semantik tafovutga egaligiga ko`ra
ayrim adabiyotlarda nutqiy sinonimlar deb atalgan[2.31-bet]. O`sha
adabiyotda
chiroyli, go`zal, ko`hli
sinonimik qatori berilib, tahlil etilgan. Ularning
birinchisi umumleksikaga, ikkinchisi poetik nutqqa, uchinchisi so`zlashuv
nutqiga oid, deb ko`rsatiladi. Bu sinonimik qatordagi so`zlar semantik tafovuti
ham uslubiy sinonimlarga berilgan mezon uchun mosdir.
4. Uzvi ta’kidli sinonimlar
ma’lum leksik ma’nosi yadro semalari bo`yicha
aynan bir xil bo`lib, shu yadro semalardan qaysi biridir ta’kid olishiga ko`ra
o`ziga xos bo`ladi. Aniqrog'i, sinonimik qatordagi so`zlar leksik ma’nosi yadro
semasi ayni bir xil ekanligi bilan xarakterlanadi, lekin shu yadro sema
tarkibidagi semalarga qaratilgan ta’kid turlicha bo`ladi. Masalan
, boqmoq,
qaramoq, ko`rmoq
sinonimik qatoridagi so`zlar leksik ma’nosi, ya’ni sememasi
“nigohni ob’ektga to`g'rilamoq”, “tushirmoq”, “sezmoq” semalaridan iborat. So`z
leksik ma’nolari kommunikatsiyada undan tashqari konnotativ ma’nolarni ham
voqelantiradi. Lekin leksema sememasining bv yadro semasi shu semalardan
tashkil topgan bo`ladi. Boqmoq fe’li leksik manosida 1-sema, qaramoq fe’lida 2-
sema, ko`rmoq fe’lida 3-sema o`z ta’kidiga ega, so`z leksik ma’nosining yadro
semalari tarkibida diqqat markaziga chiqariladi. Ya’ni boqmoq fe’lida
nigohning ob’ektga to`g'rilanganligi asosiy e’tiborda bo`lib,
qaramoq
fe’lida
nigohning ob’ektga tushirilganligi, ko`rmoq fe’lida nigohning ob’ektni his
etganligi ahamiyatli hisoblanadi. Boqmoq fe’li tilda nofaolligi, ko`rmoq fe’li
o`timliligi bilan boshqalaridan farqlanadi. Shunga bnqaramay, semantik nuqtai
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
100
nazardan, yuqoridagi farq ular ko`rinishini belgilaydi. Chunki sinonimiya
so`zlarning leksik ma’nosi e’tibori bilan belgilanadi.
5. Nofaol sinonimlar
ma’lum leksik ma’nosi yadro semalari bo`yicha
aynan bir xil bo`ladi, lekin sinonimik tarkibdagi bir so`z ma’lum sababga
ko`ra nofaol holatga ko`chadi. Buning sababi yo so`zning eskirganligi, yo
dialektalligi bilan bog'liligida kuzatiladi. Masalan,
piyoz
so`zining
so`gon, nerv
so`zining
asab
semantik sinonimlari bor. Biroq ular arxaiklashib qolgani uchun
nofaol holda, ayrim maqollar, topishmoqlar, parafrazalar tarkibidagina
qo`llanadi. A.Hojievning qayd etishicha,
ovoz, tovush, un, sado, sas, nido
semantik
sinonimlaridan
sas
so`zi;
izlamoq, qidirmoq, axtarmoq, istamoq
sinonimik
qatoridan
istamoq
so`zi dialektal, nofaol holda uchraydi[3.198-bet].
M.Mirtojiyev ta’kidlaganidek, semantik sinonimlar besh ko`rinish:
ideografik, emotsional-ekspressiv, uslubiy, uzvi ta’kidli va nofaol sinonimlarga
bo`linadi. Ideografik sinonimlarning leksik ma’nosi biri ikkinchisidan ifodasi
kengligi, emotsional-ekspressiv sinonimlarning emotiv yo ekspressiv semalari
turliligi, uslubiy sinonimlarning turli nutqqa xosligi, uzvi ta’kidli sinonimlarning
turli semasiga ta’kid tushishi, nofaol sinonimlarning biri arxaik yo dialektalligi
bilan ular o`zaro farqlanadi[4.213-bet.].
So`zlarning o`zaro sinonim bo`lishida ular leksik ma’nosi o`rtasidagi
semantik munosabat mezon vazifasini o`taydi. Leksik ma’nosi bo`lmagan so`zlar
ham sinonim bo`lishi mumkin. Masalan,
biroq, ammo, lekin
so`zlari, yana ham
aniqrog'i, bog'lovchilar o`zaro sinonimdir. Ular o`zaro sintaktik vazifasi,
gaplarni o`zaro semantik bog'lashiga ko`ra aynan bir xil. Shunga ko`ra ular
o`zaro
absolyut
sinonimdir. Chunki absalyut sinonim o`zaro semantik va
grammatik jihatdan aynan bir xil bo`lgan birdan ortiq so`zlar hisoblanadi.
Sh.Rahmatullaev ideografik sinonimlar uchun
kerak, lozim
so`zlarini
keltiradi[5.30-bet.]. Bu so`zlar haqiqatda ham modallik semantikasiga ko`ra bir
xil. Lekin ekspressivlikka ko`ra
kerak
so`ziga nisbatan lozim so`zi kuchli, ya’ni
darajalanish bor. Bular yoniga yana
shart, zarur
so`zlarini ham qo`yish mumkin.
Ular semantikasi ham kerak, lozim so`zlari semantikasi bilan bir xil.
Ekspressivligi esa lozim so`zidagiga nisbatan shart so`zida, shart so`zidagiga
nisbatan zarur so`zida kuchliroq. Shunga ko`ra bu so`zlar qatorini semantik
sinonim deb bemalol aytsa bo`ladi. Lekin ular ideografik sinonim emas,
emotsional-ekspressiv sinonim deb qaraladi. Chunki sinonimik qatorning belgini
darajalab ko`rsatishi faqat emotsional-ekspressiv sinonimlarga xos.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
101
Demak, semantik sinonimning tashkil topishi uchun so`zlar leksik ma’nosi
bo`lsa ham, konnotativ ma’no bo`lsa ham, xullas, har qanday semantikasiga
ko`ra bir xil kelishi qat’iy mezondir.
M.Mirtojiyev sinonimlarning xususiyatlarini tahlil qilib, quyidagi xulosani
bildiradi: Sinonimlar ikki tip: 1)
absolyut sinonimlar
, 2)
semantik
sinonimlar
ga ajraladi. Semantik jihatdan aynan bir xil so`zlar absolyut
sinonimlar bo`lib, yadro semalariga ko`ra leksik ma’nolari bir xil bo`lgan so`zlar
semantik sinonimlardir. Sinonimlar ayni bir til vakilida ayni bir davrda
qo`llanadigan bir turkum doirasidagi so`zlardan tashkil topadi. Ular chet
tilidan, shevalardan adabiy tilga so`z o`zlashtirish hisobiga boyiydi. Absolyut
sinonimlar asosan terminlardan iboratligi holda, tilda uzoq yashamaydi.
Semantik sinonimlar yana so`z yasash, polisemantiklik, ma’no taraqqiyoti
hisobiga ham yuzaga keladi. Sinonim tarkibidagi so`z leksik ma’nolari jins va tur
ifodasiga ega bo`lishi va ijtimoiy-siyosiy jihatdan nomos kelishi mumkin emas.
Semantik sinonimlar leksik ma’nolaridagi farqli semalariga ko`ra ideografik
sinonim, emotsional-ekspressiv sinonim, uslubiy sinonim, uzvi ta’kidli sinonim,
nofaol sinonimlarga bo`linadi. Sinonimik qator tarkibidagi leksik ma’nosi yadro
semalaridangina iborat so`z dominanta bo`lib, u bilan yadro semalari bir xil,
lekin qolgan semalari farq qiladigan leksik ma’noli so`zlar guruhi sinonimik
qator deyiladi[6.214-215-b].
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.Орифжонова Ш.А. Ўзбек тилида луғовий градуонимия. Филол. фан.
номз. .дисс. автореф. – Тошкент: 1996, 6-бет.
2.Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ўша асар. - 31-бет.
3.Ҳожиев А. Семасиология.// Ўзбек тили лексикологияси. – Тошкент: Фан,
1981. – 198 бет.
4.Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. - Тошкент: “ Mumtoz so`z”,
2010, 213-бет.
5.Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. 2-
нашри. – Тошкент: Ўқитувчи, 1975, 30- бет.
6.Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. - Тошкент: “Mumtoz so`z”,
2010, 214-215-бетлар.
