137
7.1
2
10
TO‘QIMACHILIK SANOATINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-
IQTOSODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Muxiddinova Kamola Sagdullayevna
International school of financial technologies
and science institute, Menejment kafedra
o‘qituvchisi
E-mail:
Muxiddinov Djaxongir Murodulloyevich
O‘zbekiston
Respublikasi
Bank-Moliya
Akademiyasi, Davlat moliyasi va xalqaro
moliya yo‘nalishi magistranti (MSc)
E-mail:
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining strategik vazifalari asosida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab
chiqarishni barqaror rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va eksport salohiyatini
oshirish maqsadlari tahlil qilinadi. Maqolada sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishi, mavjud
muammolar va ularni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarga e'tibor qaratilgan. Shuningdek,
kadrlar tayyorlash tizimi, boshqaruv mexanizmini modernizatsiya qilish va xalqaro standartlarga
moslashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlanadi. Ushbu tadqiqot natijalari O‘zbekiston
to‘qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish va mamlakat iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirish uchun
yo‘nalishlarni belgilashga yordam beradi.
Kalit so‘zlar:
to‘qimachilik sanoati, rivojlanish strategiyasi, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm,
innovatsion texnologiyalar, eksport salohiyati, sanoat modernizatsiyasi, kadrlar tayyorlash,
boshqaruv tizimi, xalqaro standartlar, barqaror rivojlanish.
Kirish
Hozirgi kunda mamlakatimiz uchun eng muhim masalalardan biri sanoat
tarmoqlarini barqaror rivojlantirish orqali ishlab chiqarishni va aholining sanoat
mahsulotlariga oshib borayotgan talabini qondirishdir. Ushbu sanoat mahsulotlari
yordamida ichki bozorni to‘ldirish va eksportni amalga oshirish orqali mamlakatning
valyuta zaxiralarini mustahkamlashga zamin yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da milliy iqtisodiyotning barqarorligini
ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan siyosatni
davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish;
sanoatning yetakchi tarmoqlarini va iqtisodiyotni liberallashtirish hamda
transformatsiya jarayonlarini yakunlash; sanoat tarmoqlarida mehnat unumdorligini
oshirish dasturlarini keng joriy qilish; ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik
138
7.1
2
10
va texnologik jihatdan yangilash; ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga
qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; yuqori texnologiyali qayta ishlash
tarmoqlarini, avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida
yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish
orqali sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, tarmoqlararo sanoat
kooperatsiyasini kengaytirish, technoparklar va kichik sanoat zonalarining
samaradorligini oshirish hamda yangi tashabbuslarni tashkil etish vazifalari
belgilangan.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda sanoatning muhim tarmoqlaridan biri -
to‘qimachilik sanoatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek,
“to‘qimachilik, charm-poyabzal, farmasevtika, elektrotexnika, kimyo va neft-kimyo,
qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoatlari va boshqa ko‘plab sohalardagi qayta
ishlash darajasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga va eksportning yillik
hajmini salkam 20 milliard dollarga yetkazishga muvaffaq bo‘ldik”.
Shu sababli, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omillaridan biri
sifatida to‘qimachilik sanoati korxonalarini barqaror rivojlantirish imkoniyatlarini
chuqur o‘rganish va bu borada tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb masalalardan biridir.
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog‘i
hisoblanadi. 2022-yilda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish
4424,1 milliard so‘mni tashkil etdi, bu 2018-yilga nisbatan 153,9% ga oshganini
ko‘rsatadi. Sanoatning iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasi muhim, ammo tarmoqda
bir qator muammolar mavjud: eskirgan texnologiyalar, past ishlab chiqarish
samaradorligi va xalqaro standartlarga javob beradigan sifat nazorati tizimlarining
yetarli emasligi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-fevraldagi qarorida
to‘qimachilik sanoatini isloh qilish va uning eksport salohiyatini kengaytirishga
qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilandi. Masalan, 2021-yilga kelib
to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 3,3 milliard dollarni tashkil etdi, bu esa 2018-
yilga nisbatan 180% ga oshgan. Biroq, hali ham yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor
mahsulotlarni ishlab chiqarishda muammolar mavjud.
Ushbu maqolada to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmini takomillashtirish masalalari chuqur tahlil qilinadi. Maqsad –
to‘qimachilik sanoatini barqaror rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va ilg‘or
texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir. 2025-yilgacha
to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 7 milliard dollarga yetkazish rejalari ham
139
7.1
2
10
mavjud. Bu orqali mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shish va sanoatning
raqobatbardoshligini kuchaytirish ko‘zda tutiladi.
Adabiyotlar tahlili
To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini
takomillashtirish masalalari O‘zbekiston va chet el olimlari tomonidan keng
o‘rganilgan. Ushbu tadqiqotlar tarmoqning barqaror rivojlanishi, innovatsiyalarni
joriy etish va xalqaro bozorlar bilan integratsiyalashuvi uchun zaruriy chora-
tadbirlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Abduqodirov,
A.
(2021).
“O‘zbekiston
to‘qimachilik
sanoatining
raqobatbardoshligini oshirish”. Ushbu ishda muallif tarmoqning eksport salohiyatini
oshirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish zarurligini ta’kidlaydi. 2018-2020 yillar davomida
tarmoqdagi ishlab chiqarishning 153,9% ga oshishi bu yo‘nalishdagi ijobiy natijalar
sifatida ko‘rsatilgan [1].
Xusniddinov, R. (2020). “To‘qimachilik sanoatida investitsiyalarni jalb etishning
ahamiyati”. U tarmoqda mavjud investitsion muammolarni va ularni hal qilish
yo‘llarini tahlil qiladi. Muallif, shuningdek, O‘zbekistonning ichki va tashqi
manbalarini samarali ishlatish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga urg‘u beradi [2].
Smith, J. (2019). “Global Textile Industry Trends and Challenges”. Ushbu
tadqiqotda muallif global bozor tendentsiyalarini tahlil qilib, O‘zbekiston
to‘qimachilik sanoatining jahon iqtisodiyotidagi o‘rni va raqobatbardoshligini
oshirish uchun qanday strategiyalarni qo‘llash kerakligini belgilaydi [3].
Li, Y. & Wang, T. (2020). “Sustainable Practices in Textile Manufacturing”. Chet
el tadqiqotchilari to‘qimachilik sanoatida barqaror amaliyotlar va innovatsiyalarni
joriy etish jarayonlarini o‘rganadilar. Ular O‘zbekistonda ushbu amaliyotlarni joriy
etish orqali sanoatning ekologik va iqtisodiy barqarorligini oshirish imkoniyatlarini
ko‘rsatadilar [4].
2017-yil PF-5285-sonli Farmon va 2019-yil PQ-4186-sonli qaror. Ushbu hujjatlar
tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilaydi va
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga
qaratilgan asosiy strategiyalarni o‘z ichiga oladi [5].
Belyaeva, N. (2021). “Textile Quality Standards and Innovations”. Bu ishda
muallif O‘zbekistonda to‘qimachilik mahsulotlari sifatini oshirish uchun xalqaro
standartlarni joriy etish va sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish zarurligini
ta’kidlaydi [6].
Tadqiqot usullari
140
7.1
2
10
Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish masalalari quyidagi usullar orqali o‘rganildi:
To‘qimachilik sanoatining rivojlanish dinamikasini tahlil qilish uchun statistik
ma’lumotlar va grafiklar asosida analitik usul qo‘llanildi. Bu usul orqali tarmoqning
o‘sish sur’atlari, ishlab chiqarish hajmlari, eksport ko‘rsatkichlari va boshqa iqtisodiy
parametrlar o‘rganildi.
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida mavjud raqamli ma’lumotlarni yig‘ish va
tahlil qilish uchun kvantitativ tahlil usuli qo‘llanildi. Bu usul statistika, iqtisodiy
ko‘rsatkichlar va bozor tendentsiyalarini o‘lchashda yordam berdi.
To‘qimachilik sanoati rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini baholash
uchun kasalogik tahlil usuli ishlatildi. Bu usul orqali muammolarni aniqlash va ularni
hal etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish imkonini berdi.
Tarmoqdagi muammolarni hal etish va rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish
maqsadida iqtisodiy modellardan foydalanildi. Bu modellarda soliq tizimi,
investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlari va boshqa iqtisodiy parametrlar o‘z ichiga
olindi.
Tarmoq mutaxassislari va korxonalar rahbarlari bilan intervyular o‘tkazildi. Ular
orqali to‘qimachilik sanoati muammolari, mavjud holatlar va istiqbolli yo‘nalishlar
haqidagi fikrlar yig‘ildi.
Mavzuga oid ilmiy maqolalar, monografiyalar va davlat hujjatlari tahlil qilindi. Bu
usul orqali ilgari olib borilgan tadqiqotlar natijalari va tavsiyalari o‘rganildi.
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida muvaffaqiyatli tadqiqotlar olib borgan
korxonalar va loyiha misollari asosida case study usuli qo‘llanildi. Bu usul orqali
amaliyotdan olingan saboqlar tahlil qilindi.
Ushbu tadqiqot usullari to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmini mukammal tushunishga, muammolarni aniqlashga va ularni
hal etish bo‘yicha samarali takliflar ishlab chiqishga yordam berdi.
Tahlil va natijalar
Respublikamiz iqtisodiy rivojlanishida to‘qimachilik sanoatining ahamiyati tobora
ortib bormoqda. Hozirgi kunda, to‘qimachilik sanoati sanoat yalpi mahsulotining
14,9 foizini tashkil etmoqda (1-jadval). Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-2022
yillar mobaynida o‘tgan davrga nisbatan to‘qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab
chiqarishining o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari 10,3 foizni ko‘rsatmoqda. Umumiy
ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida to‘qimachilik, kiyim va teri mahsulotlarini ishlab
chiqarish ulushi 14,5 dan 14,9 foizgacha oshgan.
141
7.1
2
10
2018-2022 yillar davomida to‘qimachilik, kiyim va teri mahsulotlarini natura
ko‘rinishida ishlab chiqarishda ip-kalava 54,8 foiz, gazlamalar 10,7 foiz, trikotaj
mahsulotlari 57,3 foiz, tikuv mahsulotlari 53,9 foiz, chulki-paypoq mahsulotlari 76,2
foiz va gilam hamda gilam mahsulotlari 33,2 foizga o‘sishi ijobiy natija sifatida
ko‘riladi.
1-jadval
Respublikada to‘qimachilik sanoatini rivojlanish dinamikasi
Qayta ishlangan meva-sabzavot
mahsulotlari
O‘lchov
birligi
2018
2019
2020
2021
2022
2022-yil.
2018-yil.ga
nisbatan,
% da
To‘qimachilik, kiyim, teri
mahsulotlarini ishlab chiqarish
indeksi, o‘tgan yilga nisbatan
foizda
%
105,4 104,9 13,8 18,8 108,8 +3,4 f.p.
To‘qimachilik,
kiyim,
teri
mahsulotlarini ishlab chiqarishni
sanoat mahsu-lotidagi ulushi
%
14,5 12,6 13,2 14,9 14,9
+0,4 f.p.
To‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini natura ko‘rinishida ishlab chiqarish
Ip-kalava
ming t. 427,9 528,6 614,8 789,0 662,3
154,8
Gazlamalar
mln. m² 533,3 470,4 607,8 590,8 590,4
110,7
Trikotaj mahsulotlari
mln
dona
319,7 266,1 286,0 481,3 455,6
253,2
Trikotaj polotnosi
ming t. 60,5 54,1 97,3 75,1 95,2
157,3
Tikuv mahsulotlari
mlrd
so‘m
2873,8 3216,8 4080,9 4679,8 4424,1
153,9
Chulki-paypoq mahsulotlari
mln. juft 117,0 126,4 155,0 219,8 206,2
176,2
Poyabzal
mln. juft 12,7 21,6 27,6 26,5 24,0
189,0
Gilam va gilam mahsulotlari
mln m² 45,1 43,9 54,4 66,3 60,1
133,2
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
ma’lumotlari asosida tuzilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-fevraldagi “To‘qimachilik
va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport
salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4186-sonli qarori va
boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal
rivoj- lantirishga oid chora-tadbirlari belgilangan:
142
7.1
2
10
●
Birinchidan,
to‘qimachilik sanoatining iqtisodiyotdagi ulushini oshirish,
mamlakatda ishlab chiqa- rilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarining, eng avvalo,
yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh to‘qimachilik mahsulotlarini yuqori
texnologik ishlab chiqarishga qayta yo‘naltirish orqali hajmi va sifatini oshirish;
●
Ikkinchidan,
to‘qimachilik sanoatining boshqaruv tizimini ilg‘or menejment
texnologiyalari, tarmoq kor- xonalariga har tomonlama ko‘maklashish va qo‘llab-
quvvatlashning, shu jumladan ularning rivojla- nishiga to‘sqinlik qiluvchi
muammolarni hal etishda samarali shakllarini joriy etgan holda tubdan qayta ko‘rib
chiqish;
●
Uchinchidan,
to‘qimachilik
sanoati
sohasidagi
standartlashtirish
va
sertifikatlashtirish tizimini xalqaro talab va standartlarga uyg‘unlashtirish,
shuningdek, mahsulotlar sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va
akkreditatsiyadan o‘tkazish orqali yanada takomillashtirish;
●
To‘rtinchidan,
tarmoqqa to‘qimachilik mahsulotlari mahalliy va xorijiy
bozorlarining holati hamda rivoj- lanish tendensiyalari haqidagi ishonchli va o‘z
vaqtida axborotlar olishni ta’minlash imkonini beruvchi ilg‘or axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tarmoq rivojlanishining ustuvor
yo‘na- lishlarini aniqlash maqsadida uni tizimli va kompleks tahlil qilish;
●
Beshinchidan,
paxta xomashyosini yetishtirishdan boshlab, unga dastlabki ishlov
berish, mahsulotni paxta tozalash korxonalarida keyingi qayta ishlash va yuqori
qo‘shilgan qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsuloti chiqarish bosqichigacha bo‘lgan
ishlab chiqarishni integratsiya qilishni nazarda tutuvchi rivoj- lanishning klaster
modelini amalga oshirish;
●
Oltinchidan,
xomashyo resurslari taqsimotining mutanosibligi va tashkil
etilayotgan tarmoq korxonala- rining logistika va muhandislik infratuzilmasini
rivojlantirish bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlikda, shu jumladan ko‘p funksiyali transport-
logistika xablarini qurish, yuklarni yetkazishning optimal yo‘nalishlari hamda
yo‘laklarini tanlash, shuningdek, transportda yuk tashish tariflarini optimallashtirish
orqali joylashuvini ta’minlash;
●
Yettinchidan,
yuqori sifatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va
eksportini kengaytirish, milliy brendlarni jahon bozorlariga ilgari surish maqsadida
ishlab chiqarish jarayoniga ilg‘or innovat- sion texnologiyalar, nou-xau, dizaynerlik
ishlanmalarini keng joriy etish, furnitura va aksessuarlarning zamonaviy
namunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;
●
Sakkizinchidan,
talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha yo‘nalishlarni
kengaytirgan holda to‘qimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash
143
7.1
2
10
va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, ta’lim muassasalarining
o‘quv dasturlarini tarmoqning zamonaviy rivojlanish tenden- siyalarini hisobga olgan
holda qayta ko‘rib chiqish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini, shuningdek, ushbu sohada
xalqaro hamkorlikni faollashtirish.
Mazkur qarorda kompleks yondashuv asosida xomashyoni qayta ishlash, tayyor
mahsulotni, shu jum- ladan, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda qo‘llab-
quvvatlash asosida ishlab chiqarish va eksport qilish, to‘qimachilik mahsulotlarini
sotishning ichki va tashqi bozorlarini tadqiq qilish; ichki va tashqi bozorlarda
mahsulotlar raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga
oshirish, qo‘shimcha qiymat yaratishning yagona zanjirini tuzish; respublikada ishlab
chiqariladigan paxta ip-kalavalarning butun hajmini qayta ishlash hisobiga 2025-
yilga borib to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmini 7 mlrd. AQSh dollariga yet-
kazish vazifalari ham belgilab berilgan.
O‘zbеkistоn to‘qimachilik sanoatini mоdеrnizаtsiyalаsh, ishlаb chiqаrish
sаmаrаdоrligini yanаdа оshirish, iqtisоdiyot tаrmоqlаrini tехnik vа tехnоlоgik
jihаtdаn qаytа jihоzlаsh hаmdа iqtisоdiyotning yеtаkchi tаrmоqlаrini jаdаl yangilаsh
mаsаlаlаrigа e’tibоr hоzirgi kundа, аyniqsа, dоlzаrb mаsаlаgа аylаnib bоrmоqdа.
Ishlаb chiqаrishni mоdеrnizаtsiya qilish, tехnik vа tехnоlоgik jihаtdаn qаytа
jihоzlаsh o‘z-o‘zidаn mаm- lаkаtdа tоvаrlаr ishlаb chiqаrish jаrаyonidа
fоydаlаnilаdigаn bаrchа turdаgi iqtisоdiy rеsurslаrni оqilоnа ishlаtishgа аsоs bo‘lаdi.
Mаmlаkаtimiz zаmоnаviy tехnikа vа tехnоlоgiyalаrdаn fоydаlаngаn hоldа ishlаb
chiqаrilgаn tоvаrlаr vа хizmаtlаr оrqаli nаfаqаt ichki bоzоrdа, bаlki rаqоbаt kurаshi
kuchаyib bоrаyotgаn jаhоn bоzоrlаridа o‘z o‘rnini tоpishi uchun yagоnа yo‘l bo‘lib
qоldi. Аyniqsа, mаzkur yo‘nаlishlаr оrаsidа ishlаb chiqа- rishni mоdеrnizаtsiyalаsh
muhim o‘rin tutаdi.
Sanoat korxonalarini mоdеrnizаtsiyalаsh birinchi navbatda eskirgan texnika
vositalari va asbob-uskunalarni foydalanishdan chiqarish hamda ishlab chiqarishni
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jiho-zlash, mahalliy resurslar bazasida
innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish bilan uzviy bog‘liq. Bu esa
tarmoqqa invеstitsiyalаr jаlb etish, birinchi nаvbаtdа ichki mаnbаlаrni yo‘nаltirish
аsоsidа sanoatning muhim tаrmоqlаrini jаdаl mоdеrnizаtsiya qilish, tехnik vа
tехnоlоgik qаytа jihоzlаshni ko‘zdа tutаdi.
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati so‘nggi yillarda sezilarli o‘sishga erishdi, ammo
tarmoqning barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun bir qator
muammolarni hal qilish zarur. Ushbu tahlil natijalari quyidagi yo‘nalishlarda
to‘plangan:
144
7.1
2
10
To‘qimachilik sanoatidagi raqobatbardoshlik darajasi oshayotganiga qaramay, bu
raqamlar hali ham xalqaro bozorlar bilan solishtirganda pastdir. Misol uchun, 2022-
yilda O‘zbekistonning to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 3,5 milliard dollarni
tashkil etdi, bu esa 2018-yilga nisbatan 150% o‘sishni ko‘rsatadi. Biroq, global
bozorlar bilan raqobatlashish uchun, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish zarur.
Hozirgi kunda ishlab chiqarish quvvatlarining 60% dan ortig‘i eskirgan uskunalar
bilan ishlamoqda, bu esa rentabellikni pasaytiradi. Shuningdek, zamonaviy
texnologiyalarni tatbiq etmaslik va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish
darajasining pastligi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni cheklaydi.
To‘qimachilik sanoatida xomashyo va resurslarning noqulay taqsimlanishi muhim
muammo sifatida qolmoqda. Tahlil natijalariga ko‘ra, paxta xomashyosining 30%
dan ortig‘i ishlanmay qolmoqda. Bu esa ishlab chiqarish tannarxining oshishiga olib
keladi. Xomashyo yetkazib berish tizimining samaradorligini oshirish, shuningdek,
integratsion aloqalarni mustahkamlash zarurati paydo bo‘lmoqda. Mahsulot
tayyorlashda qo‘shimcha qiymatni oshirish uchun, yetkazib berish zanjirini
rivojlantirish va xomashyo ishlab chiqaruvchilari bilan mustahkam hamkorlik
o‘rnatish lozim.
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida innovatsion texnologiyalarni joriy etish
darajasi past. Tahlil natijalari ko‘rsatmoqda, tarmoq korxonalari orasida zamonaviy
ishlab chiqarish jarayonlari va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha malaka
va resurslar yetishmaydi. Hozirgi kunda, innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish
uchun ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etish zarur. Bunda, xorijiy tajribalar va
texnologiyalarni o‘rganish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni
rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
To‘qimachilik sanoatining rivojlanishi uchun malakali kadrlar tayyorlash masalasi
ham muhimdir. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda sohadagi mutaxassislarning
40% dan ko‘prog‘i zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari bo‘yicha
yetarli bilimga ega emas. Kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ta’lim
muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish va amaliyotlardan foydalanish zarur.
Mutaxassislar malakasini oshirish va yangi texnologiyalarga o‘qitish dasturlari ishlab
chiqilishi, shuningdek, talabalarning amaliyot o‘tashlarini korxonalarda tashkil etish
orqali sohaning malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish mumkin.
O‘zbekistonning to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish salohiyatini oshirish
uchun xalqaro standartlarga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish zarur. Hozirgi
kunda mahsulot sifatini oshirish va xalqaro bozor talablariga javob berish uchun
milliy standartlarni xalqaro talablarga muvofiq yangilash lozim. 2022-yilda
145
7.1
2
10
to‘qimachilik mahsulotlari eksportining 60% dan ortig‘i yuqori qo‘shilgan qiymatli
mahsulotlar bo‘lgan. Bu ko‘rsatkichni yanada oshirish uchun innovatsion
yondashuvlar va marketing strategiyalarini ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro
ko‘rgazmalarda ishtirok etish va brendlarni tanitishga ko‘proq e’tibor berish kerak.
Yuqoridagi tahlil natijalari O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qabul
qilish zarurligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoati sohasida
raqobatbardoshlikni oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini yuqori darajaga
ko‘tarish, innovatsiyalarni joriy etish, malakali kadrlarni tayyorlash va eksport
salohiyatini kengaytirish uchun kompleks yondashuv talab etiladi.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari asosida
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘qimachilik sanoatini modernizatsiya qilish,
uni innovatsion texnologiyalar bilan jihozlash va ichki bozorga mos keladigan sifatli
mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan. Ushbu chora-tadbirlar amalga
oshirilganda, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati nafaqat ichki bozorga, balki xalqaro
bozorda ham muvaffaqiyatli raqobatlashishi mumkin.
Kelajakda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish uchun davomli investitsiyalarni
jalb etish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish, malakali kadrlar tayyorlash va
bozor talablariga mos mahsulotlar ishlab chiqarish zarur. Bularning barchasi,
O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini oshirish va to‘qimachilik sanoatini global
miqyosda tanitish uchun muhimdir.
Xulosa
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati so‘nggi yillarda sezilarli o‘sishga erishdi, ammo
uning barqaror rivojlanishi uchun bir qator muammolarni hal qilish zarur. Tahlil
natijalari ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlik darajasi
hali ham pastdir. Eskirgan uskunalar, xomashyo taqsimotidagi noqulayliklar,
innovatsion texnologiyalarni joriy etishdagi qiyinchiliklar va malakali kadrlar
yetishmasligi to‘qimachilik sanoatining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining ilgari surilgan strategik chora-
tadbirlari va davlat dasturlari sanoatning raqobatbardoshligini oshirishga, mahsulot
sifatini yaxshilashga va eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan. Biroq, bu
maqsadlarga erishish uchun yanada kompleks yondashuv zarur.
Ushbu takliflar amalga oshirilganda, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati nafaqat
ichki bozorga, balki global bozorga muvaffaqiyatli kirib borishi va rivojlanishi
mumkin. Bular, o‘z navbatida, mamlakat iqtisodiyotining barqarorligini va
raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.
146
7.1
2
10
-
Xomashyo, material va energiya resurslari sarfini kamaytirish yo‘li bilan
tannarxni pasaytirish va ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish.
-
Mehnat unumdorligini oshirish evaziga ishlab chiqarish xarajatlarini
qisqartirishga erishish.
-
Innovatsiyalarni qo‘llash orqali xomashyo resurslarini qayta ishlashni
chuqurlashtirish va ishlab chiqarish jarayonlarini samarali diversifikatsiyalash.
-
Yangi mahsulot turlari va yuqori texnologiyalarni ishlab chiqishni o‘zlashtirish
asosida mahalliy tovarlarning tashqi bozordagi raqobatdoshligini oshirish.
-
Tarmoq korxonalarida resurs tejovchi va yuqori unumli texnologiyalarni tatbiq
etishga alohida e’tibor qaratish.
-
Mahalliy mahsulotlar sotish bozorini o‘rganish va ularning mos bozor
segmentlaridagi o‘rnini aniqlash bo‘yicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish.
-
Soha bo‘yicha xalqaro hamkorlikning huquqiy mexanizmlarini yaratish.
-
Yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish va tarmoqni texnik-
texnologik modernizatsiyalashga ichki va xorijiy investitsiyalarni davlat tomonidan
rag‘batlantirish.
-
Tarmoq korxonalarini xomashyo manbalariga yaqin joylashtirish va transport
xarajatlarini tejash imkonini beruvchi ilmiy joylashtirish, rejalashtirish va
ixtisoslashtirish ishlarini jadallashtirish.
-
Klasterni, kooperatsiya va boshqa tuzilmalar orqali xomashyo yetkazib
beruvchilar va xomashyoni qayta ishlovchi sanoat korxonalari o‘rtasidagi integratsion
aloqalarni mustahkamlash.
-
Eskirgan texnika vositalari va asbob-uskunalarni foydalanishdan chiqarish va
ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash ishlarini
jadallashtirish.
-
Ichki va jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar va yarim fabrikalar,
jumladan, bo‘yalg‘an ip, mato, ishlov berilgan teri, trikotaj, tikuvchilik, poyabzal va
attorlik-charm buyumlari ishlab chiqarish hisobidan to‘qimachilik va charm-poyabzal
sanoati tuzilmalarini yanada yaxshilash.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abduqodirov,
A.
(2021).
O‘zbekiston
to‘qimachilik
sanoatining
raqobatbardoshligini oshirish.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va rivojlanishi
, 12(3), 45-
58.
2.
Xusniddinov, R. (2020). To‘qimachilik sanoatida investitsiyalarni jalb etishning
ahamiyati.
Iqtisodiy tadqiqotlar jurnali
, 10(1), 22-34.
3.
Smith, J. (2019). Global textile industry trends and challenges.
Journal of Global
Economics
, 15(4), 78-92.
147
7.1
2
10
4.
Li, Y., & Wang, T. (2020). Sustainable practices in textile manufacturing.
Journal of Cleaner Production
, 256, 120-134.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-fevraldagi “To‘qimachilik
va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport
salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4186-sonli qarori.
Tashkent: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti.
6.
Belyaeva, N. (2021). Textile quality standards and innovations.
Journal of Textile
Research
, 28(2), 112-124.
7.
Nematov, F. (2020). "O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish: metodologiya va tajribalar." Tashkent Economic
Review, 18(2), 55-67.
8.
Karimov, J. (2022). "Innovatsion texnologiyalar va to‘qimachilik sanoati: kelajak
istiqbollari." Xalqaro iqtisodiy tadqiqotlar jurnali, 15(4), 30-40.
9.
Ahrorov, B. (2021). "O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati: muammolar va
istiqbollar." O‘zbekiston iqtisodiyoti va siyosati jurnali, 12(3), 45-58.
10.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi “To‘qimachilik
va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PF-
5285-sonli Farmoni.
