Авторы

  • улугʻбек Шукуров
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, shukurov.u@gmail.com
  • азамат Жонимкулов
    Axborot texnalogiyalari va menejment universiteti “Bank ishi” mutaxassisligi 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.128977

Ключевые слова:

Yashil iqtisodiyot ekologiya atrof-muhid yashil siyosat yashil partiya ekotizm

Аннотация

Ushbu ilmiy maqolada “Yashil iqtisodiyot”ni qo’llab-quvvatlash, rivojlantirish tabiiy resurslardan foyadalanish va an’anaviy iqtisodiy yondashuvlardan farqli o’laroq, atrof- muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish kabi omillarga asoslanadi. Yashil iqtisodiyot energetika, transport, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali ekologik toza va samarali ishlab chiqarishni rivojlantirishni ko‘zlaydi. Bu model nafaqat tabiatni asrash, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, fuqarolar salomatligini yaxshilash va uzoq muddatli iqtisodiy farovonlikni ta’minlash imkonini beradi. Shu sababli, yashil iqtisodiyot bugungi kunda ko‘plab mamlakatlar rivojlanish strategiyasining ajralmas qismiga aylangan

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

79

Yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda energiya samaradorligi va resurs tejamkorlik siyosati

Shukurov Ulugʻbek Shokirovich

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti,

shukurov.u@gmail.com,

tel+998945231010

Jonimqulov Azamat Adhamjon oʻg’li

,

Axborot texnalogiyalari va menejment universiteti “Bank ishi” mutaxassisligi

1-kurs talabasi

Annotatsiya.

Ushbu ilmiy maqolada “Yashil iqtisodiyot”ni qo’llab-quvvatlash, rivojlantirish

tabiiy resurslardan foyadalanish va an’anaviy iqtisodiy yondashuvlardan farqli o’laroq, atrof-

muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va iqlim o‘zgarishiga qarshi

kurashish kabi omillarga asoslanadi. Yashil iqtisodiyot energetika, transport, sanoat va qishloq

xo‘jaligi sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali ekologik toza va samarali ishlab

chiqarishni rivojlantirishni ko‘zlaydi. Bu model nafaqat tabiatni asrash, balki yangi ish o‘rinlari

yaratish, fuqarolar salomatligini yaxshilash va uzoq muddatli iqtisodiy farovonlikni ta’minlash

imkonini beradi. Shu sababli, yashil iqtisodiyot bugungi kunda ko‘plab mamlakatlar rivojlanish

strategiyasining ajralmas qismiga aylangan.

Kalit so’zlar

.

Yashil iqtisodiyot, ekologiya, atrof-muhid, yashil siyosat, yashil partiya,

ekotizm

Kirish.

So‘nggi yillarda ekologiyaning buzilishi (iqlim o‘zgarishi, cho‘llashish, bio xilma-

xillikning yo‘qotilishi), tabiiy kapitalning tugab borayotganligi, kambag’allik miqyosining ortib

borishi, chuchuk suv, oziq-ovqat, energiyaning yetishmasligi, odamlar va mamlakatlar o‘rtasidagi

tengsizlik kabi muammolar amaldagi iqtisodiy tizimning mukammal emasligi sabablaridir. Global

inqirozlarning barchasi ish o‘rinlari qisqarishi, ijtimoiy himoyasizlik va qashshoqlik kabi, ham

rivojlangan, ham rivojlanayotgan mamlakatlardagi barqarorlikni izdan chiqaruvchi dolzarb ijtimoiy-

iqtisodiy muammolarni yanada chuqurlashtiradi. Dunyoning bugungi qiyofasi, tiklab bo‘lmas

ekologik falokatlar va atrof muhitga yetkazilayotgan ulkan zararlar

“yashil iqtisodiyot”ga o‘tish zarurligini taqozo etadi. Agar e`tibor beradigan bo‘lsak, jahondagi

yetakchi mamlakatlar allaqachon yashil iqtisodiyotga o‘tish ishlarini boshlab yuborganligini

ko‘rishimiz mumkin. Ular yashil iqtisodiyot barqaror rivojlanishni o‘rnini bosa olmasligini balki

barqaror rivojlanishga erishishga xizmat qiluvchi yo‘l ekanligini allaqachon anglab yetishgan.

Metod va metodologiya.

Yashil iqtisodiyot — bu iqtisodiy rivojlanishni modelidir, u

ekologik barqarorlik, ijtimoiy tenglik va resurslardan oqilona foydalanishga asoslangan. Uning

asosiy maqsadi – iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga atrof-muhitga zarar yetkazmaslik, iqlim

o‘zgarishiga qarshi kurashish va tabiiy kapitalni saqlab qolishdir.

Zamonaviy dunyoda ekologik muammolar kundan-kunga oshib bormoqda. Tabiat resurslarining

cheksiz foydalanishi va ekotizimning buzilishi insoniyat oldida jiddiy xavflarni keltirib

chiqarmoqda. Shu sababli „yashil iqtisodiyot (green economy)“ tushunchasi so‘nggi o‘n yilliklarda

global iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning kamayishi va ekologik muammolarning kuchayishi

fonida keng tarqalmoqda. „Yashil iqtisodiyot” atamasi birinchi marta 1989-yilda Buyuk

Britaniyaning “Blueprint for a Green Economy” (Yashil iqtisodiyot uchun loyiha) nomli hisobotida

qo‘llanilgan bo‘lib, keyinchalik BMTning Barqaror Rivojlanish bo‘yicha dasturlari doirasida keng

ommalashdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi (UNEP) e’tirofiga koʻra, bu

iqtisodiyot nafaqat samarali, balki adolatli boʻlishi ham zarur, yaʼni global va mamlakat darajasidagi

tenglikni tan olishni, past uglerodli, resurslarni tejaydigan va ijtimoiy jihatdan qamrab oluvchi

oʻtishni taʼminlashni nazarda tutadi. UNEP ta’rifiga ko‘ra, yashil iqtisodiyot – “odamlarning


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

80

farovonligini oshiradigan va ijtimoiy tenglikni ta’minlaydigan, shu bilan birga ekologik xavf-

xatarlarni va tabiiy resurslarning tanqisligini kamaytiradigan iqtisodiyot” deb ta’riflanadi.[1].

Yashil iqtisodiyot – ekologik xavflarni va ekologik tanqislikni kamaytirishga qaratilgan va

atrof-muhitni buzmasdan barqaror rivojlanishni maqsad qilgan iqtisodiyot. U ekologik iqtisodiyot

bilan chambarchas bogʻliq, lekin asosan siyosiy termin sifatida foydalaniladi.

UNEP

2011-yildagi

Yashil Iqtisodiyot hisobotida taʼkidlanishicha, „iqtisodiyot yashil boʻlishi uchun nafaqat samarali,

balki adolatli boʻlishi ham kerak. Adolatlilik global va mamlakat darajasidagi tenglik oʻlchovlarini

tan olishni, xususan, past uglerodli, resurslarni tejaydigan va ijtimoiy jihatdan qamrab oluvchi

iqtisodiyotga adolatli oʻtishni taʼminlashni nazarda tutadi“

[2].

Koʻpgina sanoat tarmoqlari

globallashayotgan

iqtisodiyotda yashillashtirish amaliyotini

targʻib qilish usuli sifatida ushbu standartlarni qabul qila boshlaydi. Barqarorlik standartlari sifatida

ham tanilgan bu standartlar sotib olingan mahsulotlar atrof-muhitga va ularni ishlab chiqaruvchi

odamlarga zarar yetkazmasligini kafolatlaydigan maxsus qoidalardir. Ushbu standartlar soni

yaqinda oʻsib bordi va endi ular yangi, yanada yashil iqtisodiyotni qurishda yordam berishi mumkin.

Ular oʻrmon xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi, togʻ-kon sanoati yoki baliqchilik kabi iqtisodiy sohalarga

eʼtibor qaratadi; suv manbalari va biologik xilma-xillikni muhofaza qilish yoki issiqxona gazlari

emissiyasini kamaytirish kabi ekologik omillarga eʼtibor qaratish dolzarbligini koʻrsatadi. 2012

yilda ICC har ikki yilda bir marta konsultatsiya qilinadigan xalqaro ekspertlarning hissalarini oʻz

ichiga olgan Yashil iqtisodiyot yoʻl xaritasini nashr etdi. „Yoʻl xaritasi“ „yashil

iqtisodiyot“ tushunchasini oydinlashtirish va shakllantirish boʻyicha keng qamrovli va koʻp tarmoqli

saʼy-harakatlarni ifodalaydi. U global muammolarga yechim topishda biznesning rolini taʼkidlaydi.

U yashil iqtisodiyotga oʻtish uchun biznes/tarmoq ichidagi va hamkorlikdagi harakatlarga taalluqli

quyidagi 10 ta shartni belgilaydi:

Ochiq va raqobatbardosh bozorlar

Koʻrsatkichlar, buxgalteriya hisobi va hisobot

Moliya va investitsiyalar

Ogohlik

Hayotiy tsikl yondashuvi

Resurs samaradorligi va ajratish

Bandlik

Taʼlim va koʻnikmalar

Boshqaruv va hamkorlik

Integratsiyalashgan siyosat va qarorlar qabul qilish

Ushbu ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalarning samarali amalga oshirilishi quyidagi

yo‘nalishlardagi tarmoqlararo choralar bilan bir qatorda amalga oshirish lozim bo‘ladi. Masalan:

“yashil” o‘sish bo‘yicha salohiyatni oshirish va inson kapitalini rivojlantirish;

“yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun qulay siyosiy muhit yaratish, samarali institutlarni joriy

qilish;

tashqi va ichki “yashil” moliyalashtirish oqimlarini ko‘paytirish.

O‘zbekiston Respublikasida "yashil" iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi 6 ta ustuvor yo‘nalish

va vazifalari belgilangan:

1. Tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish.

2. Milliy iqtisodiyotning tabiat ofatlari va iqlim o‘zgarishiga nisbatan barqarorligini mustahkamlash.

3. Milliy iqtisodiyot, xususan, sanoatning “yashil” va kam uglerodli rivojlanishini ta’minlash.

4. Innovatsiyalarni joriy etish va samarali “yashil” investitsiyalarni jalb qilish.

5. Barqaror va inklyuziv “yashil” urbanizatsiyani rivojlantirish.

6. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish darajada katta ish o‘rni yaratish imkonini beradigan faol va

innovatsion hududlarni rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash.

Innovatsiyalarni joriy etish va samarali “yashil” investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha asosiy

yo‘nalishlar:


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

81

a) “Yashil” investitsiyalar konsepsiyasini integratsiyalash va yangi "yashil mezonlar" ishlab chiqish.

b) Sanoat korxonalari infratuzilmasini modernizatsiyalash – yangi texnologiyalar va standartlarni

joriy etish.

c) Sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida “yashil”

texnologiyalarni rivojlantirish.

d) Xususiy sektorni “yashil” iqtisodiy rivojlanishga jalb qilish va davlat-xususiy sheriklikni

rivojlantirish.

e) Davlat xarajatlarini shaffof va raqobatbardosh tarzda boshqarish, korporativ boshqaruv tizimini

takomillashtirish.

f) Innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, raqamli texnologiyalar orqali davlat boshqaruv salohiyatini

oshirish.

O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan

islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida

02.12.2022-yildagi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, O‘zbekiston

Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi doirasida “yashil” va inklyuziv iqtisodiy

o‘sishni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, qayta

tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida

resurslarni tejashni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi bir qator strategik maqsadlarga

erishishga mo‘ljallangan[3]:

- qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish va ularning

ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish;

- sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish;

- iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish,

1 million gektargacha maydonda suv tejovchi sug‘orish texnologiyasini joriy etish;

-yiliga 200 million ko‘chat ekish va ko‘chatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali

shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish masalalari qo‘yilgan;

Natijalar va tahlil.

So‘nggi yillarda tabiatni muhofaza qilish texnologiyalariga sarmoyalar

kiritish ortib bormoqda. Biroq, avvalgi tendensiya shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston 1990-yillarning

boshidan beri ekologik texnologiyalarga sarmoya kiritgan. Hususan, 2018 yilda O‘zbekistondagi

innovatsiyalarning 15 % dan ortig‘i atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, bu dunyo

bo‘yicha o‘rtacha 10% ga teng ko‘rsatkichdan yuqoridir. Davlat byudjetiga ekologik soliq

tushumlarining ulushi 2015-2018 yillarda o‘rtacha 0,01 % darajasida o‘zgarishsiz qoldi. Qattiq

maishiy chiqindilarni yig‘ish uchun to‘lovlar ekologik soliq tushumlarining 57 % ni tashkil qiladi.

Atrof-muhit bilan bog‘liq barcha soliqlarning tizimli hisobi bo‘lmasa-da, umuman olganda atrof-

muhitni ifloslantirganlik uchun yig‘imlardan, shu jumladan qattiq chiqindilar va oqava suvlarni

yig‘ish uchun yig‘imlardan olinadigan ekologik tushumlar oshdi. Buni 2018- yilda 2010-yilga

nisbatan deyarli to‘rt baravar yuqori bo‘lib, taxminan 1,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi[4].

O‘zbekiston energetika tarmoqi 2030 yilga kelib "yashil" iqtisodiyotga o‘tish davrida kam

daromadli aholini himoya qilish uchun qazib olinadigan yoqilg‘i subsidiyalaridan asta-sekin voz

kechishga intilmoqda. Bundan tashqari, hukumat "yashil" energetikaga o‘tish maqsadida

iste’molchilarning "yashil" energiyaga sarmoyalarini rag‘batlantirish uchun "soliq imtiyozlari

mexanizmi" ni joriy qildi. Sarmoyalarni rag‘batlantirish qayta tiklanadigan energiya va energiya

tejaydigan texnologiyalardan foydalanishni rag‘batlantirishi kutilmoqda.

1-jadval: 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va

“yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar.

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov

birligi

2024-yil 2026-yil 2028-yil 2030-yil

1

YaIM birligiga to‘g‘ri keladigan

energiya hajmini kamaytirish

%

14,0

22,0

27,0

30,0


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

82

(2021-yilga nisbatan)

2

Sanoatda elektr energiyasi

iste’moli, umumiy iste’molga

nisbatan ulushi

%

25,0

23,0

21,0

20,0

3

Qayta tiklanuvchi energiya

manbalarining elektr energiyasi

ishlab chiqarish umumiy hajmidagi

ulushini kengaytirish

(gidroenergiya kiritilmagan holda)

%

8,0

15,0

20,0

25,0

4

Kichik quvvatli quyosh fotoelektr

stansiyalarini qurish

MWt

150,0

400,0

800,0

1 000,0

5

Yaxshilangan ichimlik suv

manbalaridan foydalanish

imkoniyatiga ega aholi ulushi

(aholi umumiy soniga nisbatan)

%

75,0

80,0

85,0

90,0

6

O‘rmon fondi hududlarida daraxt

va butalar zahiralarini ko‘paytirish mln.m²

68,1

77,5

85,9

92,5

7

“Yashil makon” loyihasi doirasida

shaharlardagi “yashil” maydonlar

ulushining oshishi (aholi

punktining umumiy maydoniga

nisbatan)

%

10,0

12,5

15,0

17,0

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2024–2030-yillar davomida YaIM birligiga to‘g‘ri keladigan energiya

iste’moli 2021-yilga nisbatan 30% ga kamayishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu energiya samaradorligini

oshirish va resurslardan tejamkor foydalanishni ko‘zda tutadi. “Yashil makon” loyihasi doirasida

shaharlardagi yashil maydonlar ulushi 2024-yildagi 10% dan 2030-yilgacha 17% ga oshiriladi.

Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasi 2030-yilda 80% ga yetkazilishi

rejalashtirilmoqda, bu chiqindilarni iqtisodiy resurs sifatida qayta ishlash imkoniyatlarini

kengaytiradi.

Elektr energiyasi va qazib olinadigan yoqilg‘i narxi ko‘tarilmoqda, ammo u baribir ishlab chiqarish

tannarxini aks ettirmaydi. Energiya manbalaridan foydalanish tariflari ishlab chiqarish tannarxini

aks ettirmaydi, ammo energiya narxlarini isloh qilish kam daromadli aholini ijtimoiy himoya qilish

siyosati bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqilmoqda. Shunga ko‘ra, 2019 yildan boshlab

iste’molchilarning barcha toifalari uchun yagona tarif emas, balki turli toifadagi iste’molchilar

uchun turli xil tarif sxemalari o‘rnatildi. Shunday qilib, tijorat iste’molchilari uchun tarif maishiy

ehtiyojlarga qaraganda 30-50% yuqori bo‘ldi.

Xulosa.

O’zbekiston “yashil iqtisodiyot”ga o’tmoqda va buning negizida aholini sog’lig’ini saqlash,

tabiiy resurslardan foydalanish va umumiy “yashil iqtisodiyot” ga o’tish bo’yicha “ O’zbekiston

2030” strategiyasi ham ishlab chiqildi. Bu borada Yevropa davlatlari ham anchagina tajribaga ega

va ular bu tajribani ko’p yillardan beri amalda qo’llashmoqda.

Fikrimizcha, 2030-yilgacha "yashil" iqtisodiyotga o‘tish va "yashil" o‘sishni ta’minlash natijasida

sanoat tarmoqlarida 3,9 milliard metr kub tabiiy gaz, 4 milliard kVt/soat elektr energiyasi va 21

million tonna neft mahsulotlarini tejash, qoplamali energiya sig‘imini 20 foizga kamaytirish ko‘zda

tutilgan.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:

Bino va inshootlarda energiya samaradorligini 30 foizga oshirish;

Har bir tarmoq kesimida resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish va energiya

tejamkorligi dasturlarini ishlab chiqish;

Chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalarini rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish;


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

83

Iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat turlari bo‘yicha iqtisodiyoting energiya sarfini (energiya

sig‘imi) 2026-yilga borib 22 foizga kamaytirishga erishish;

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy

hajmidagi ulushini kengaytirib, 40,7 kVt/soat darajaga yetkazish;

"Yashil makon" loyihasi doirasida shaharlardagi "yashil" maydonlar ulushini 30 foizga

yetkazish.

Adabiyotlar.

1.

Blueprint for a Green Economy: David Pearce, Anil Markandya and Edward B. Barbier.

Earthscan, London, Great Britain, 1989. 192 pp

2.

https://web.archive.org/web/20160327113927/http://www.unep.org/greeneconomy/AboutG

EI/WhatisGEI/tabid/29784/Default.aspx

-

„United Nations Environment Programme (UNEP)“

.

3.

2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan

islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida

02.12.2022-yildagi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

4.

https://ggi-uzbekistan.onrender.com/group5_uz

- Yashil iqtisodiyot platformasi

5.

U.Sh.Shukurov “Yashil” iqtisodiyot tamoyillari orqali hududlar sanoatini rivojlantirishni

takomillashtirish” Cовременные проблемы региональной экономики: опыт, тенденции и

перспективы, сборник материалов II республиканской научно-практической конференции

2024 г. 415-517 betlar.

6.

Gulbakhor, E. (2023). Possibilities of increasing the standard of living of the population of the

regions in socio-economic development. Best Journal of Innovation in Science, Research and

Development, 2(9), 412-416.

Библиографические ссылки

abiyotlar. 1. Blueprint for a Green Economy: David Pearce, Anil Markandya and Edward B. Barbier. Earthscan, London, Great Britain, 1989. 192 pp

EI/WhatisGEI/tabid/29784/Default.aspx -„United Nations Environment Programme (UNEP)“. 3. 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan

islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida 02.12.2022-yildagi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

https://ggi-uzbekistan.onrender.com/group5_uz - Yashil iqtisodiyot platformasi

U.Sh.Shukurov “Yashil” iqtisodiyot tamoyillari orqali hududlar sanoatini rivojlantirishni

takomillashtirish” Cовременные проблемы региональной экономики: опыт, тенденции и

перспективы, сборник материалов II республиканской научно-практической конференции

г. 415-517 betlar. 6. Gulbakhor, E. (2023). Possibilities of increasing the standard of living of the population of the

regions in socio-economic development. Best Journal of Innovation in Science, Research and

Development, 2(9), 412-416.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)