RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
123
BIZNES SAMARADORLIGINI MARKETINGDAN FOYDALANIB YANADA
OSHIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Ergashev Toxir Kurbanovich
Qarshi Davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
ORCID:0000-0002-7298-8818
Zokirov Ulug‘bek Inom o‘g‘li
Axborot texnologiyalari va menejment unversiteti assistenti,
ORCID: 0009-0001-5357-3270
Annotatsiya.
Zamonaviy marketing konsepsiyalaridan va integratsiyalangan marketing
kommunikatsiyalaridan foydalanish, mijozlarga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqish va ularni
amalga oshirish orqali tashkilotlar o‘z faoliyatini yanada samarali yo‘lga qo‘yishi, raqobat
ustunligini mustahkamlashi va barqaror rivojlanishiga erishishi mumkin. Mazkur maqola aynan
biznes samaradorligini oshirishda marketingning o‘rni va asosiy yo‘nalishlarini yoritishga
qaratilgan.
Kalit so‘zlar
: Marketingni rejalashtirish, biznes samaradorligi, strategik rejalashtirish,
marketing tamoyillari, tizimli yondashuv, individual yondashuv, ko‘p variantli faoliyat, dinamiklik,
bozor tahlili, kompaniya rivojlanish strategiyasi.
Kirish.
Bugungi raqobatbardosh va tez o‘zgarayotgan biznes muhitida marketing tashkilot
faoliyatining ajralmas qismi sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Faoliyatini marketingni
rejalashtirishdan boshlamaydigan tashkilotlar bozorda o‘z yo‘nalishini yo‘qotishi, maqsadli
auditoriyani aniqlay olmasligi va natijada katta moliyaviy yo‘qotishlarga duch kelishi mumkin.
Aksincha, marketingni tizimli ravishda rejalashtirgan va uni faol boshqaradigan kompaniyalar
bozorda vaziyatni nazorat qila oladi, o‘z mahsulot va xizmatlarini samarali targ‘ib qiladi hamda
iqtisodiy samaradorlikni izchil oshirib boradi.
Marketingni rejalashtirish bu kompaniya imkoniyatlarini bozor talablariga mos holga
keltirishga qaratilgan kompaniyaning bozordagi harakatlarini analiz qilish, ishlab chiqarish va
nazorat qilish uzluksiz jarayonidir. Umumiy ma’noda marketing rejasi bu kompaniyaning marketing
faoliyati vositasi, boshqaruv marketing qarorlari qabul qilish va amalga oshirish yo’lidir.
Amaliy jihatdan bu – kompaniyaning bozordagi maqsadlari, erishish yo‘llari va chora-
tadbirlaridan iborat bo‘lgan hujjatdir. Marketingni rejalashtirishning vazifasi eng avvalo, kelajakni
bashorat qilishdan emas, balki kompaniya menejerlarining e’tiborini mavjud bozorning asosiy
jihatlariga va yuzaga keladigan imkoniyatlardan foydalanishga jalb qilishdan iboratdir. Marketingni
rejalashtirish yordamida boshqaruvchilar kompaniya o‘z maqsadlariga erishish uchun bozorda
qanday pozitsiya egallashi lozimligini avvalo tushunishi lozim.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
F.Kotler firmaning strategik rejalashtirish haqida
quyidagi gapni ta’kidlaydi: “Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari
orasidagi strategik muvofiqlikni boshqaruv jarayonidir. Strategik rejalashtirish firmaning aniq
ifodalangan dasturiy bayonotiga, yordamchi maqsadlar va vazifalarni mo‘ljallashiga, sog‘lom
xo‘jalik portfeli va o‘sish strategiyasiga tayanadi”.
Biznes samaradorligini marketing vositalaridan foydalanish orqali oshirish bugungi global
iqtisodiy sharoitda dolzarb masalalardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Philip Kotler (2021) o‘zining
"Marketing Management" asarida kompaniya faoliyatini marketing strategiyasiga asoslagan holda
tashkil etish orqali bozorda raqobatbardoshlik va moliyaviy barqarorlikka erishish imkoniyatlarini
tahlil qilgan. Marketing 5.0 konsepsiyasida (Kotler, Kartajaya, & Setiawan, 2021) texnologiyalar va
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
124
inson ehtiyojlari uyg‘unligi orqali kompaniya qiymatini oshirish va bozorda mustahkam mavqega
erishish yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan.
Metodlar va metodologiya.
Tadqiqotda biznes samaradorligini oshirishda marketing
vositalaridan foydalanishning samaradorligini baholash uchun tizimli yondashuv, tahlil va
solishtirma metodlardan foydalanildi.
Natijalar va tahlil.
Marketingni rejalashtirish tamoyillari 1-rasmda
quyidagilardan iborat:
1-rasm. Marketingni rejalashtirish tamoyillari.
Tizimli yondashuv kompaniya rejalari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan rejalar
majmuasidan iborat tizimni tashkil qiladi. Bu tizimda marketing rejasi asosiy tarkibiy qismlardan
biri hisoblanadi va u kompaniyaning umumiy strategik rejalari bilan uzviy bog‘liq tarzda ishlab
chiqiladi. Har bir kompaniyaning maqsadlari, mahsulotlari va xizmatlarining o‘ziga xos
xususiyatlari mavjud bo‘lganligi sababli, marketingni rejalashtirishda individual yondashuv talab
qilinadi. Ya’ni, har bir kompaniya uchun maxsus va moslashtirilgan marketing rejalari ishlab
chiqilishi zarur. Marketingni rejalashtirishda bir emas, bir nechta alternativ variantlar ko‘rib
chiqilishi va baholanishi kerak. Shu orqali kompaniya turli bozor sharoitlariga tez moslasha oladi va
qiyosiy ustunlikni saqlab qoladi. Marketing rejalari kompaniya faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi har
qanday o‘zgarishlarga tezkor javob berishi kerak. Tashqi va ichki omillardagi o‘zgarishlar
aniqlangan zahoti rejalarga o‘zgartirishlar kiritilishi va ular real vaqt rejimida moslashtirilishi lozim.
Kompaniya dasturi o‘z ichiga korxonaning bugungi holati haqida, uning xaridorlari,
iste’molchilar uchun qadrli bo‘lgan tomonlari, kompaniya istiqboli haqida ma’lumotlarni oladi.
Savdo tashkiloti bunday dasturni doimo diqqat markazida saqlashi, doimiy ravishda unga tuzatishlar
kiritib turishi lozim. Kompaniya dasturi maqsad qo‘yishga, uning ahamiyatini o‘stirishga
ko‘maklashadi va maqsadga erishishga yo‘llaydi.
Kompaniya dasturida kompaniyaning faoliyat doirasi ko‘rsatiladi. Bu doiraning chegarasi
bo‘lib, mahsulotlar, texnologiyalar, xaridorlar guruhi, ular ehtiyoji yoki bir necha omilning
aralashmasi xizmat qilishi mumkin. Masalan, kompaniyada avtomashinalar, radio-tele-apparatlari,
boshqa tovarlar sotilishini ifodalash tovarlar doirasi chegarasini bildiradi. Savdo kompaniyasining
imkoni boricha tovar assortimenti kengroq bo‘lishi lozim. Kompaniyaning vazifalari va maqsadi
bosqichi har bir boshqaruvchi, rahbariyat xodimi oldiga maqsadga erishishga qaratilgan vazifalarni
qo‘yadi. O‘z vazifalarining bajarilishiga har bir ishchi javobgardir.
Kompaniyaning asosiy maqsadi foyda olish bo‘lsa,unga erishish uchun foyda keltiradigan
tovarlarni sotish miqdorini o’stirish, ular hissasini oshirish kerak. Bunday tovarlar sotilishini
1
Muallif ishi
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
125
ko‘paytirish esa,tovar manbalarini topishni, ular ichidagi eng samaraasini tanlashni talab etadi.
Bulardan o‘z navbatida bir qator vazifalar kelib chiqadi. Bu vazifalar marketing vazifalari bo‘lib,
marketing strategiyasini tuzishni talab etadi. Bunda bozorni o‘rganish, taklif manbalarini o‘rganish,
kompaniyaga tegishli har bir tovar bo‘yicha konyunkturani o‘rganish va xulosa chiqarish jarayoni
bajariladi.
Kompaniya xo‘jaligini rivojlantirish rejasi strategik rejalashtirishning muhim bosqichi
hisoblanadi. Bunda xo‘jalik faoliyatining bosh yo‘nalishlari tahlili amalga oshiriladi va ba’zi
tovarlarning rentabelligi aniqlanadi. Rentabellik darajasiga ko‘ra, uni savdoda qoldirish yoki
qoldirmaslik, jalb etish yoki jalb etmaslik qarorini qabul qilish lozim. Yuqori rentabellik tovarlarga
ko‘proq moliyaviy resurslarni safarbar etish, kam foydalilaridan chetlasha borishga qaratilgan ishlar
rejalashtiriladi.
Korxonaning rivojlanish strategiyasi o‘z ichiga korxonaning kelgusida yana qanday
tovarlarni sotishni o‘zlashtirishi, qaysi mahsulotlar bozoriga e’tiborni kuchaytirishini, kuch
sarflashini o’z ichiga oladi. Korxonaning rivojlanish strategiyasini uch bosqichdagi tahlil asosida
ishlab chiqish mumkin.
Birinchi bosqichda hozirgi faoliyat doirasidagi foydalanishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlari
aniqlab olinadi. Bunda rivojlanishga jadallashtirish omili orqali erishiladi; tovar yoki bozorning
mavjud holatida imkoniyatlarni aniqlash va rivojlanishga intilish o‘rin egallaydi. Imkoniyatlari turli
xil bo‘lishi mumkin.
Jumladan, tovarni bozorga chuqurroq targ’ibot qilish mijozning e’tiborini ko‘proq
qozonish maqsadida raqobatchisiga nisbatan tovarni arzonroq sotish, sotilgan tovarlar ma’lum
miqdorga yetganida mijozga mukofot berish bilan rag‘batlantirish, shu tovarning yangi mijozlarini
topish yo‘li bilan sotishni ko‘paytirish mumkin. Boshqa imkoniyati esa bozor chegarasini
kengaytirish, ya’ni yangi bozorlar topish va mavjud tovar bilan ularda savdo-sotiq yuritishdan
iboratdir.
Keyingi imkoniyat tovarni takomillashtirish, ya’ni mavjud tovardan keskin farq qiladigan,
sifati, iste’mol qiymati yuqori bo‘lgan tovarning ishlab chiqarilishi bilan bog‘liqdir. Ikkinchi
bosqichda kompaniya tarmoq doirasida boshqa korxonalar bilan hamkorlikda ya’ni integratsiya
tarzida ishlashi mumkin. Bunda shu tarmoq doirasida taqsimot tizimi qattiqroq nazorat qilinadi.
Bunda raqobatchi tashkilotlar ustidan doimiy nazorat olib boriladi.
Kompaniyaning rivojlanish strategiyasining uchinchi bosqichida tarmoq doirasida o‘sish
imkoniyatlari qolmagan bo‘lsa, kompaniyaning mavjud turiga yaqinroq yangi yo‘nalishini tanlash,
o‘zlashtirishdan iborat jarayon bajariladi. Strategik rejalashtirish kompaniya faoliyatining asosiy
yo‘nalishlarini belgilaydi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasidagi barcha harakatlarning
maqsadga to’g’ri yo‘nalishi aks ettiradi.
So‘ngra har bir yo‘nalish bo‘yicha chuqur rejalar tuziladi, chunki, marketing
konsepsiyasini qo‘llaydigan kompaniyalar faoliyat natijalari ko‘proq savdo sohasi bilan belgilanadi,
rejalar orasida tovar nusxasini yaratishdan boshlab, to tayyor mahsulotgacha bo’lgan, sotishga qadar
tovar harakati jarayonlarini qamraydigan marketingni rejalashtirish o’ziga xos muhim o‘rinni
egallaydi.
Xulosa:
Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, biznes samaradorligini
oshirishda marketingni tizimli rejalashtirish va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish muhim
ahamiyat kasb etadi. Marketingni rejalashtirish kompaniyaning bozor sharoitlariga moslashishini
ta’minlab, bozorda o‘z pozitsiyasini mustahkamlash, maqsadli auditoriyaga samarali xizmat
ko‘rsatish va raqobat ustunligini oshirish imkonini beradi.
Tadqiqotda marketingni rejalashtirish tamoyillari — tizimli yondashuv, individual
yondashuv, ko‘p variantli faoliyat va dinamiklik — kompaniya muvaffaqiyatining asosiy tayanchi
sifatida belgilandi. Ayniqsa, korxona faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi o‘zgarishlarga mos ravishda
marketing rejasini tezkor yangilab borish zaruriyati ta’kidlandi.
Kompaniya dasturini doimiy tahlil qilish va takomillashtirish orqali, kompaniya o‘z
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
126
faoliyat doirasini kengaytirishi, bozordagi imkoniyatlardan samarali foydalanishi va istiqbolli
rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishi mumkin. Marketingni rejalashtirish orqali bozorni
o‘rganish, tovarlar assortimentini optimallashtirish, foydali mahsulotlar ulushini oshirish va
marketing strategiyasini amaliyotga joriy etish natijasida kompaniyaning iqtisodiy samaradorligi
sezilarli darajada oshadi. Zamonaviy marketing yondashuvlari va texnologiyalaridan foydalanib,
strategik rejalashtirishni asosli tashkil etgan kompaniyalar raqobatbardoshligini mustahkamlash
bilan birga, barqaror va uzluksiz rivojlanishni ta’minlay oladi.
Adabiyotlar:
1. Djuraevna, A. N., & Inom o‘g, Z. U. B. (2025). MENEJERLARNING INNOVATSION
BOSHQARUV KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI.
YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 2(5), 503-507.
2. Muxitdinov, X., & Zokirov, U. B. (2023). BIZNES JARAYONLARI
RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNI MODELLASHTIRISHNING MATEMATIK VA
INSTRUMENTAL USULLARI. THE INNOVATION ECONOMY, 1(01), 152-161.
3. Kotler, P., Burton, S., Deans, K., Brown, L., & Armstrong, G. (2015).
Marketing
.
Pearson Higher Education AU.
4. Baines, P., Fill, C., & Rosengren, S. (2017). Marketing. Oxford University Press.
5. Djuraevna, A. N., & Inom o‘g, Z. U. B. (2025). YUMSHOQ KO ‘NIKMALAR:
QATTIQ KO ‘NIKMALARNI ORTDA QOLDIRADIGAN YANGI USTUNLIK.
YANGI
RENESSANS
,
2
(1), 42-47.
6.Normamatov, I. B. (2022). Sources of financing innovative development of economic
sectors.
Экономика и социум
, (10-1 (101)), 121-126.
7.Normamatov, I. B. (2022). Ways to ensure continuation of payments in the interbank
payment system.
Galaxy International Interdisciplinary Research Journal
,
10
(6), 1162-1167.
8. Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят иқтисодиётига хорижий
инвестициялар жалб этиш омиллари. In
international conferences
(Vol. 1, No. 18, pp. 131-134).
Zoyirovna, M. K. (2022). Importance of enterprises with foreign investment in the
development of the regional economy.
Gospodarka i Innowacje.
,
29
, 219-225.
Muzaffarova, K. Z. (2023). TASKS OF ATTRACTING FOREIGN INVESTMENTS TO THE
REGIONS.
Gospodarka i Innowacje.
,
41
, 404-408.
Музаффарова, К. З. (2023). Приоритеты привлечения иностранных инвестиций в
региональную промышленность в условиях развития цифровой экономики.
Muzaffarova, K. Z., & Abdukarimov, X. R. (2023). Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda tijorat
banklarining faolligini oshirish asoslari.
Gospodarka i Innowacje.
, 473-478.
Музаффарова, К. З., & Эшмуродова, С. У. (2023). Иқтисодиётнинг ривожланишида тижорат
банкларининг инвестицион фаолиятининг аҳамияти.
Gospodarka i Innowacje.
, 371-376.
Бердиев, A. Ҳ., & Музаффарова, К. З. (2023). Мамлакат иқтисодиётига хорижий
инвестициялар жалб этишнинг аҳамияти.
Gospodarka i Innowacje.
, 145-151.
Muzaffarova, K. Z. (2024). Conditions for the development of tourism in the Kashkadarya
region.
Экономика и социум
, (4-2 (119)), 329-332.
Музаффарова, К. З. (2023). Основы привлечения иностранных инвестиций в экономику
Кашкадарьинской области.
Экономика и социум
, (11 (114)-2), 828-832.
Zoyirovna, M. K., & O’gli, A. H. R. (2022). Strong directions for improving economic capital in the
territory of kashkadarya region.
Gospodarka i Innowacje.
,
29
, 243-247.
Muzaffarova, K., & Abdukarimov, K. (2022). Factors influencing the formation of the investment
environment in the regions.
Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
,
2
(5),
278-28.
Muzaffarova, K. (2021). Қашқадарё вилоятининг инвестицион салоҳияти асосида хорижий
инвестицияларни жалб қилишнинг минтақавий жиҳатлари.
Архив научных исследований
.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
127
Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm salohiyatini oshirish
mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In
conference on the role and importance of science in the
modern world
(Vol. 1, No. 7, pp. 23-33).
Узоқов, Ж. Н. (2024, May). Зиёрат туризмнинг ривожланиш босқичлари ҳамда тармоқ
сифатида шаклланиш тарихи. In
conference on the role and importance of science in the modern
world
(Vol. 1, No. 4, pp. 98-102).
Xаmrоyevnа, B. S., & Аlisher о'g'li, А. B. (2024). Kоmmunаl xо'jаligining institutsiоnаl jihаtlаrini
tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning о'rni.
World of science
,
7
(12), 88-91.
Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye syndrome: a
comprehensive review.
oriental journal of medicine and natural sciences
,
2
(3), 4-8.
Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries in increasing the
investment attractiveness of the regions.
Gospodarka i Innowacje.
,
24
, 234-238.
Shukurov, U. S. Peculiarities of industrial location in cities and districts of Kashkadarya
region.
Gwalior management academy
, 73.
