Авторы

  • Камола Музаффарова
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti katta oʻqituvchisi
  • софия Хасанова

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129182

Ключевые слова:

yashil iqtisodiyot barqaror rivojlanish energiya samaradorligi ekologik barqarorlik “yashil” texnologiyalar “sof” transport “Yashil” mezonlar energiya tejamkorligi yashil subsidiya soliq imtiyozlari

Аннотация

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda barqaror iqtisodiyotni rivojlantirishda yashil iqtisodiyotning oʻrni va ahamiyati haqida, hamda mamlakatimizda yashil iqtisodiyotga oʻtish imkoniyatlarini oshirish va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari keltirib oʻtilgan

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

147

BARQAROR IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA YASHIL IQTISODIYOTGA

OʻTISH MUAMMOLARI VA IMKONIYATLARI

MUZAFFAROVA KAMOLA ZOYIROVNA

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti katta oʻqituvchisi

XASANOVA SOFIYA KAMOLIDDINOVNA

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti magistri

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda barqaror iqtisodiyotni rivojlantirishda yashil

iqtisodiyotning oʻrni va ahamiyati haqida, hamda mamlakatimizda yashil iqtisodiyotga oʻtish

imkoniyatlarini oshirish va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari keltirib oʻtilgan.

Kalit soʻzlar:

yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, energiya samaradorligi, ekologik

barqarorlik, “yashil” texnologiyalar, “sof” transport, “Yashil” mezonlar, energiya tejamkorligi,

yashil subsidiya, soliq imtiyozlari.

Kirish.

Yashil iqtisodiyotga oʻtish — bu tabiiy resurslardan samarali foydalanish, atrof-

muhitni himoya qilish, energiya samaradorligini oshirish va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashga

qaratilgan iqtisodiy rivojlanish modelidir. Bu jarayon insoniyat uchun zarur boʻlgan ekologik

barqarorlikni taʼminlash bilan birga iqtisodiy oʻsishning yangi yoʻnalishlarini ochib beradi. Yashil

iqtisodiyotga oʻtish, ayniqsa, iqlim oʻzgarishi, tabiiy resurslarning kamayishi va atrof-muhit

ifloslanishi kabi global muammolarni hal qilish uchun juda muhimdir.

2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Parij bitimini (Parij, 2015-yil 12-dekabr) ratifikatsiya

qildi va uni amalga oshirish yuzasidan milliy miqyosda belgilanadigan hissa boʻyicha — 2030-yilga

qadar issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-

yildagi darajadan 10 foizga qisqartirish miqdoriy majburiyatini qabul qildi.[1]

Ushbu strategiyaning asosiy maqsadi mamlakatda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy

islohotlarga “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini integratsiya qilish orqali ijtimoiy rivojlanishga,

issiqxona gazlarining ajratmalari darajasini pasaytirishga, iqlim va ekologiya barqarorligiga imkon

beruvchi mustahkam iqtisodiy taraqqiyotga erishishdan iborat, boʻlib hisoblanadi.

Adabiyotlar sharhi.

“Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga bagʻishlangan ilk ilmiy

tadqiqotlar XX asrning 70 yillaridan boshlangan. Jumladan, 1972-yilda Stokgolmda ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanish va ekologiya muammolariga bagʻishlangan xalqaro konferensiyada atrof-

muhitni saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan 26 ta tamoyil ishlab chiqildi [2]

Iqtisodiy adabiyotlarda “yashil iqtisodiyot” tushunchasi ilk marotaba 1989-yilda [3]

qoʻllanilgan. Lekin uning mohiyati hozirga qadar turlicha talqin etiladi. Ayrim anbalarda “yashil

iqtisodiyot” mamlakat tabiatini yaxshilashga koʻmaklashuvchi iqtisodiyotning yangi tarmoqlari

sifatida tadqiq qilinsa, baʼzi tadqiqotlarda “yashil iqtisodiyot” tabiatga yordam beruvchi va foyda

keltiruvchi yangi texnologiyalar, ekotizimlar sifatida oʻrganiladi, uchinchi guruh tadqiqotlarda esa

“yashil iqtisodiyot” – bu ekologik toza mahsulotlar yaratishga yoʻnaltirilgan rivojlanishning yangi

bosqichiga oʻtish hisoblanib, uning asosini sof yoki “yashil” texnologiyalar tashkil etadi deyiladi. [4]

“Yashil iqtisodiyot” tushunchasining keng tarqalgan, nisbatan toʻliq taʼrifi UNEP tomonidan

ishlab chiqilgan boʻlib, “yashil iqtisodiyot” – bu “insonlar farovonligi va ijtimoiy tengligining

yaxshilanishi, ekologik risklar va ekologik taqchillikni sezilarli darajada kamaytirish”ga olib

keluvchi iqtisodiyotdir.[5]

Muhokama va natijalar.

Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotga oʻtish jarayonida bir qator

muammolar va imkoniyatlar mavjud. Yashil iqtisodiyot — bu iqtisodiy rivojlanishni tabiatni

muhofaza qilish, resurslarni tejash va atrof-muhitga boʻlgan taʼsirni kamaytirishga qaratilgan mode.

Oʻzbekistonning yashil iqtisodiyotga oʻtishidagi asosiy muammolarga quyidagilarni koʻrsatish

mumkin :

-

texnologik infratuzilmani yangilash talablari

: Oʻzbekistonda koʻpincha anʼanaviy


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

148

energiya manbalari (gaz, uglerod) ishlatilmoqda. Bu esa yashil iqtisodiyotga oʻtish uchun

zamonaviy tozalik va energiya samaradorligi texnologiyalariga investitsiyalarni talab qiladi.

- energiya samaradorligini oshirish

: Energiya samaradorligini oshirish uchun infratuzilma

va tadbirkorlik sohasidagi ishlash tizimi yoki davlat siyosati yangilanishi kerak. Oʻzbekistonda

energiya tejashga yoʻnaltirilgan toʻgʻri mexanizmlar va qonuniy kafolatlar yetarli emas.

- qarz va moliyaviy manbalar muammolari

: Yashil iqtisodiyotga oʻtish koʻpinicha katta

sarmoyalarni talab qiladi. Loyihalarni moliyalashtirish va davlatning moliyaviy qoʻllab-quvvatlashi

masalalari kutilgan darajada emas.

- maʼlumotning yoki bilimning yetishmovchiligi

: Yashil iqtisodiyotning konsepsiyasi va

uning ahamiyati haqida umumiy aholining kam maʼlumotga ega boʻlishi yoki bu sohada bilimning

yetishmasligi. Bu, oʻz navbatida, jamiyatda va ishlab chiqarishda oʻzgarishlarni joriy etishda

muammolar tugʻdiradi.

- sanoat va qishloq xoʻjaligidagi taʼlim va malaka yetishmasligi

: Yashil iqtisodiyotga

oʻtish uchun sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalarida mutaxassislar va yangi ishlab chiqarish

texnologiyalariga yoʻnaltirilgan dasturlar zarur.

Mamlakatimizda “yashil iqtisodiyot”ga oʻtish konsepsiyasi doirasida Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining “2019 — 2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil”

iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorda

belgilangan ustuvor yoʻnalishlardan biri “Yashil iqtisodiyot”ni qoʻllab-quvvatlashning moliyaviy va

nomoliyaviy mexanizmlarini ishlab chiqish boʻlib hisoblanadi. Yuqoridagi muammolardan kelib

chiqadigan boʻlsak, ushbu yoʻnalishning ustuvor sohalaridan biri “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini

taʼlim va fanga integratsiya qilishga bagʻishlangan[6] boʻlib hisoblanadi:

— “yashil” iqtisodiyot asoslari, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, “sof”

transportni rivojlantirish, energiya tejash va boshqa masalalarni eʼtiborga olgan holda oliy va oʻrta

maxsus taʼlimning tegishli yoʻnalishlari oʻquv dasturlarini takomillashtirish, shuningdek, umumiy

oʻrta taʼlimning tegishli dasturlariga “yashil” iqtisodiyot asoslari boʻyicha mavzular kiritish;

- oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar, umumiy oʻrta taʼlim uchun tegishli oʻquv adabiyotlarini

(yoʻnalishlar boʻyicha) tayyorlash yoki qayta nashr etish jarayonida ularga “yashil” iqtisodiyot

asoslari boʻyicha mavzular kiritish;

- pedagog va ilmiy xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturlariga “yashil”

iqtisodiyot asoslari, jumladan, “Yashil texnologiyalar”, “Yashil mezonlarni hisobga olgan holda

ekologik meʼyorlashtirish asoslari”, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari texnologiyalari”,

“Energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi muammolari” mavzularini joriy etish;

- “yashil” texnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qoʻllab-

quvvatlash.

Mamlakatimizda yashil iqtisodiyotga oʻtish imkoniyatlarini quyidagilar tarzida belgilashimiz

mumkin boʻladi:

-

yangi sanoat tarmoqlari va texnologiyalar

:

Yashil iqtisodiyot yangi sanoat tarmoqlari va

innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishni talab etadi. Masalan, quyosh va shamol energiyasini

ishlab chiqarish, suvni toza saqlash texnologiyalari, chiqindilarni qayta ishlash va biomassa

energiyasini ishlab chiqarish kabi sohalarda yangi ish oʻrinlari va biznes imkoniyatlari paydo

boʻladi.

-

energiyani tejash va samarali foydalanish

:

Yashil iqtisodiyot energiya samaradorligini

oshirishga katta urgʻu beradi. Bu, oʻz navbatida, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va tabiiy

resurslarni yanada samarali ishlatish imkonini yaratadi. Yashil energiya manbalariga, masalan,

quyosh, shamol va boshqa qayta tiklanadigan energiya manbalariga investitsiyalarni koʻpaytirish

zarur.

-

qayta ishlash va chiqindilarni boshqarish: Yashil iqtisodiyot chiqindilarni qayta ishlash va

ularni resurs sifatida foydalanishni koʻzda tutadi. Bu orqali nafaqat ekologik taʼsirni kamaytirish,

balki yangi biznes imkoniyatlarini yaratish mumkin. Masalan, plastmassa va qogʻozni qayta ishlash,


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

149

elektron chiqindilarni boshqarish va boshqa turdagi chiqindilarni qayta ishlash orqali foydali

mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin.

- agrar sektorda yashil texnologiyalar: Qishloq xoʻjaligida ekologik toza va barqaror ishlab

chiqarish texnologiyalarini joriy etish muhimdir. Bu nafaqat atrof-muhitni himoya qilish, balki

ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash imkonini

yaratadi.

Xulosa va takliflar.

Yashil iqtisodiyotga oʻtishda davlat siyosatining ahamiyati katta.

Davlatning qarorlar qabul qilish jarayonida yashil iqtisodiyot tamoyillarini inobatga olishi zarur.

Qonunlar va normativ-huquqiy bazaning takomillashtirilishi: Yashil iqtisodiyotga oʻtish

jarayonida davlatning asosiy roli qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda

namoyon boʻladi. Yashil iqtisodiyotga oid meʼyoriy hujjatlar, ekologik standartlar va qayta

tiklanadigan energiya manbalarini ragʻbatlantirish boʻyicha qonunlar ishlab chiqilishi kerak.

Yashil moliya va investitsiyalarni ragʻbatlantirish: Yashil iqtisodiyotga oʻtish uchun davlat

yashil moliya tizimini rivojlantirishga eʼtibor qaratishi zarur. Bu, qayta tiklanadigan energiya

loyihalarini, atrof-muhitni himoya qilishga qaratilgan texnologiyalarni va boshqa ekologik

dasturlarni qoʻllab-quvvatlashni oʻz ichiga oladi. Davlat yashil obligatsiyalar chiqarish, subsidiyalar

va soliq imtiyozlari orqali yashil loyihalarga investitsiyalarni jalb etishi mumkin.

Xalqaro hamkorlik va tajriba almashish: Yashil iqtisodiyotga oʻtishning muvaffaqiyatli

tajribalari koʻplab mamlakatlarda mavjud. Davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik, texnologiya transferi va

tajriba almashish jarayonlarini kuchaytirish orqali yashil iqtisodiyotga oʻtish tezlashadi. Shu bilan

birga, xalqaro iqlim kelishuvlari va kelajakdagi iqlim oʻzgarishlariga qarshi kurashishdagi

hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega.

Taʼlim va bilimlarni oshirish: Yashil iqtisodiyotga oʻtish jarayonida ilmiy-tadqiqotlar va

taʼlim tizimi katta rol oʻynaydi. Davlat ekologik barqarorlik, yashil texnologiyalar va atrof-muhitni

himoya qilish masalalarida taʼlimni kuchaytirishi, kadrlarni tayyorlash va ilmiy izlanishlarni

qoʻllab-quvvatlashi lozim.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, yashil iqtisodiyotga oʻtish — bu faqat atrof-muhitni

himoya qilish emas, balki yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratish va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash

uchun zarur bir jarayondir. Davlat siyosati yashil iqtisodiyotga oʻtish jarayonida muhim omil boʻlib,

yuqori texnologiyalarni rivojlantirish, yashil moliya tizimini joriy etish, xalqaro hamkorlikni

kuchaytirish va ilmiy-tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash orqali ushbu oʻzgarishlarni amalga oshirish

mumkin. Oʻzbekistonning yashil iqtisodiyotga oʻtish yoʻli global iqlim oʻzgarishlariga qarshi

kurashishda muhim qadam boʻlib, mamlakatning iqtisodiy barqarorligini taʼminlashda muhim

ahamiyatga ega boʻladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2030-yillar davrida Oʻzbekiston

Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi” toʻgʻrisidagi 2019-yil 4-oktyabrdagi

PQ-4477-son

2. Deklaratsiya Konferensii OON po problemam okrujayuщey cheloveka sredы ot

16.06.1972 // Konsultant plyus 4012.00.32 2002-2013.

3. Blueprint for a green economy: David Pearce, Anil Markandya and Edward B. Barbiyer.

Earthscan, London, Great Britain, 1989. 192 pp.

4. Yashil iqtisodiyot: Darslik./A.V.Vaxabov, Sh.X.Xajibakiyev va boshqalar. –Toshkent.:

“Universitet”, 2020. -262 b.

5. Navstrechu “zelyonoy” ekonomike: puti k ustoychivomu razvitiyu i iskoreneniyu bednosti

/ Shtayner A., Ayris R., Bessa S. I dr: YUNEP/Grid Arendal, 2011. S. 17.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2030-yillar davrida Oʻzbekiston

Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2019-yil 4-

oktyabr, PQ-4477-son Qarorining 1-ilovasi

7.Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

150

salohiyatini oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In

conference on the role and

importance of science in the modern world

(Vol. 1, No. 7, pp. 23-33).

8.Узоқов, Ж. Н. (2024, May). Зиёрат туризмнинг ривожланиш босқичлари ҳамда

тармоқ сифатида шаклланиш тарихи. In

conference on the role and importance of science in the

modern world

(Vol. 1, No. 4, pp. 98-102).

9.Xаmrоyevnа, B. S., & Аlisher о'g'li, А. B. (2024). Kоmmunаl xо'jаligining institutsiоnаl

jihаtlаrini tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning о'rni.

World of science

,

7

(12), 88-91.

10.Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye syndrome: a

comprehensive review.

oriental journal of medicine and natural sciences

,

2

(3), 4-8.

11.Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries in increasing

the investment attractiveness of the regions.

Gospodarka i Innowacje.

,

24

, 234-238.

12.Shukurov, U. S. Peculiarities of industrial location in cities and districts of Kashkadarya

region.

Gwalior management academy

, 73.

13.

U.Sh.Shukurov “Hududlarning investitsion jozibadorligini aniqlashning zamonaviy

yondashuvlari”

Ilm-fan xabarnomasi Volume 5, issue 2, Yanvar 2025

.

14.Normamatov, I. B. (2022). Sources of financing innovative development of economic

sectors.

Экономика и социум

, (10-1 (101)), 121-126.

15.Normamatov, I. B. (2022). Ways to ensure continuation of payments in the interbank

payment system.

Galaxy International Interdisciplinary Research Journal

,

10

(6), 1162-1167.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2030-yillar davrida Oʻzbekiston

Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi” toʻgʻrisidagi 2019-yil 4-oktyabrdagi

PQ-4477-son

Deklaratsiya Konferensii OON po problemam okrujayuщey cheloveka sredы ot

06.1972 // Konsultant plyus 4012.00.32 2002-2013. 3. Blueprint for a green economy: David Pearce, Anil Markandya and Edward B. Barbiyer. Earthscan, London, Great Britain, 1989. 192 pp. 4. Yashil iqtisodiyot: Darslik./A.V.Vaxabov, Sh.X.Xajibakiyev va boshqalar. –Toshkent.: “Universitet”, 2020. -262 b. 5. Navstrechu “zelyonoy” ekonomike: puti k ustoychivomu razvitiyu i iskoreneniyu bednosti

/ Shtayner A., Ayris R., Bessa S. I dr: YUNEP/Grid Arendal, 2011. S. 17. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2030-yillar davrida Oʻzbekiston

Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2019-yil 4- oktyabr, PQ-4477-son Qarorining 1-ilovasi

Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

salohiyatini oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In conference on the role and

importance of science in the modern world (Vol. 1, No. 7, pp. 23-33). 8.Узоқов, Ж. Н. (2024, May). Зиёрат туризмнинг ривожланиш босқичлари ҳамда

тармоқ сифатида шаклланиш тарихи. In conference on the role and importance of science in the

modern world (Vol. 1, No. 4, pp. 98-102). 9.Xаmrоyevnа, B. S., & Аlisher о'g'li, А. B. (2024). Kоmmunаl xо'jаligining institutsiоnаl

jihаtlаrini tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning о'rni. World of science, 7(12), 88-91. 10.Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye syndrome: a

comprehensive review. oriental journal of medicine and natural sciences, 2(3), 4-8. 11.Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries in increasing

the investment attractiveness of the regions. Gospodarka i Innowacje., 24, 234-238. 12.Shukurov, U. S. Peculiarities of industrial location in cities and districts of Kashkadarya

region. Gwalior management academy, 73. 13. U.Sh.Shukurov “Hududlarning investitsion jozibadorligini aniqlashning zamonaviy

yondashuvlari” Ilm-fan xabarnomasi Volume 5, issue 2, Yanvar 2025. 14.Normamatov, I. B. (2022). Sources of financing innovative development of economic

sectors. Экономика и социум, (10-1 (101)), 121-126. 15.Normamatov, I. B. (2022). Ways to ensure continuation of payments in the interbank

payment system. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(6), 1162-1167

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)