RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
218
SHAXS IJODIY SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR PARADIGMATIK
QARASHLAR TAHLILI
Berdiyeva Gulobod Shonazarovna
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasasi talabalarining ijodiy salohiyatini
rivojlantirishga doir paradigmatik qarashlarni o‘rganishda shaxs psixologiyasini metodologik
tushunish, uning pedagogik mohiyatini anglash imkonini beruvchi pedagogik shart sharoitlar tahlil
qilinadi. Shuningdek
bo’lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining psixologik va ijtimoiy
rivojlanish xususiyatlari, ularning hissiy holati, kommunikativ ko‘nikmalari va atrofdagilar bilan
o‘zaro munosabatlari yoritilgan. Ta’lim paradigmasining o‘zgarishi va ijtimoiy- madaniy faoliyat
nazariyasi, metodikasi va tashkil etilishiga yangi yondashuvlarni shakllantirish zarurati bilan bog‘liq
jarayonlarni aniqlashga qaratilgan jarayoni yoritiladi.
Kalit so’zlar
: paradigma ta’lim, ijodiy salohiyat, kasbiy kompetentlik, metod, munosabat,
professional faoliyat.
Abstract:
This article analyzes the pedagogical conditions that allow you to understand the
methodological understanding of personality psychology, to understand its pedagogical essence in
the study of paradigmatic views on the development of the creative potential of students of a higher
educational institution. Also covered are the features of psychological and social development of
future primary school teachers, their emotional state, communicative skills and interaction with
those around them. The transformation of the educational paradigm and the process of determining
the processes associated with the need to form new approaches to the theory, methodology and
organization of socio - cultural activities are highlighted.
Key words:
. paradigm education, creative potential, professional competence, method, attitude,
professional activity.
Аннотация:
В данной статье анализируются педагогические предпосылки, позволяющие
методологическое осмысление психологии личности, осмысление ее педагогической
сущности при изучении парадигматических взглядов на развитие творческого потенциала
студентов высшего учебного заведения. Также освещаются особенности психолого-
социального развития будущих учителей начальных классов, их эмоциональное состояние,
коммуникативные навыки и взаимодействие с окружающими. Освещается процесс,
направленный на выявление процессов, связанных с изменением парадигмы образования и
необходимостью формирования новых подходов к теории, методике и организации
социокультурной деятельности.
Ключевые слова:
парадигма воспитания, творческого потенциала, профессиональной
компетентности, метода, отношения, профессиональной деятельности.
KIRISH.
Zamonaviy oliy ta’lim muassasasi talabalarining ijodiy salohiyatini rivojlantirishga doir
paradigmatik qarashlarni o‘rganishda shaxs psixologiyasini metodologik tushunish, uning
pedagogik mohiyatini anglash zarur. Ijodiy salohiyatni rivojlantirishning asosiy nazariy-
metodologik sharti umuminsoniy, milliy va kasbiy madaniyatni tadqiq qilish natijasida ishlab
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
219
chiqilgan g‘oyalarga tayanadi.
Bugungi kun pedagogikasining bosh g‘oyasi ta’lim paradigmasining o‘zgarishi va ijtimoiy-
madaniy faoliyat nazariyasi, metodikasi va tashkil etilishiga yangi yondashuvlarni shakllantirish
zarurati bilan bog‘liq jarayonlarni aniqlashga qaratilgan.
ASOSIY QISM.
An’anaviy ta’lim jarayonida bilimning tayyor shaklda ta’lim oluvchilarga yetkazilishi
texnologik jarayon sifatida talqin etiladi. Ushbu yondashuv o‘quv materialining madaniyat
rivojlanish dinamikasidan ajralib qolishiga olib keladi. Bunday ta’lim jarayoni shaxsiy va ijtimoiy
ehtiyojlar kontekstidan uzilgan holda amalga oshirilishi natijasida faqat individual emas, balki
madaniyatning o‘zi ham rivojlanish jarayonidan chetda qoladi.
Shaxslararo munosabat va madaniyatning ijtimoiy shaklda mavjudligi va shaxs tomonidan
uni egallash jarayoni o‘rtasidagi muvozanatsizlik an’anaviy pedagogika doirasida hal etilmaydi.
Sababi, an’anaviy tizimda o‘quvchilar o‘z bilimlarini birgalikda ishlab chiqish va qo‘llash
imkoniyatidan mahrum bo‘ladilar. O‘quv jarayonida hamkorlik o‘rniga individual yakkalanish,
o‘zaro ta’limiy yordamlashuvga to‘sqinlik qilish kabi holatlar rag‘batlantiriladi. Masalan,
“ko‘chirish” va “boshqa o‘quvchiga yordam berish” jazo bilan jazolanadi, aksincha, individual
yakkalanish rag‘batlantiriladi. Natijada, o‘quvchilar orasida madaniy hamkorlikka emas, balki
individual raqobatga asoslangan xatti-harakatlar shakllanadi.
Aynan shunday yondashuv o‘rniga ijodiy shaxsiyatni shakllantirish tamoyili asosida o‘qitish
haqida gapirish lozim. Bu jarayon o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat orqali, g‘oyaviy muloqot va o‘zaro
ta’sir jarayonlarida, shuningdek, jamoaviy va individual mas’uliyat sharoitida amalga oshirilishi
kerak. Bunday sharoitlar ayniqsa, ta’lim jarayonida ishbilarmonlik o‘yinlari va boshqa jamoaviy
o‘quv shakllari orqali yaratilishi mumkin. Shunday ekan, ushbu shakllarni keng joriy etish va ta’lim
jarayonida ularning samaradorligini oshirish uchun zarur nazariy asoslarni ishlab chiqish muhim
ahamiyatga ega.
“Paradigma” tushunchasi ilmiy yondashuvlar majmuasini, aniqrog‘i, muayyan ilmiy davrda
olimlar tomonidan qabul qilingan nazariyalar va usullar tizimini anglatadi. Paradigma tushunchasi
ilmiy adabiyotga T.Kun tomonidan kiritilgan bo‘lib, u ilmiy taraqqiyot jarayonlarini tushuntirishga
xizmat qiladi. Kunning ta’kidlashicha, har qanday fan uch asosiy bosqichdan o‘tadi: pre-
paradigmatik davr, normal ilm-fan bosqichi va ilmiy inqilob natijasida paradigma almashinuvi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.
Tadqiqotchi A.A.Verbitskiy tomonidan ilgari surilgan metodologik asoslar yangi psixologik
yo‘nalish — ta’lim psixologiyasini shakllantirish zaruriyatini asoslaydi. U insonni gumanistik
modelga yo‘naltirish, madaniyatga mos keluvchi shaxsni tarbiyalash va ijodiy individuallikni
shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratadi [1].
Shuningdek, yana bir olim N.A.Pasechnaya o‘z tadqiqotlarida “tuzilayotgan kontekst”
tushunchasini psixologik “yo‘nalish” va “vaziyat” tushunchalari bilan bog‘lash orqali ta’lim
jarayonining doimiyligini ta’minlash zarurligini ilgari suradi. Ushbu yondashuv A.A.Verbitskiyning
belgili-kontekstual o‘qitish konsepsiyasida o‘z aksini topgan bo‘lib, bu uzluksiz ta’lim tizimida
yangi ta’lim usullarini rivojlantirish imkoniyatini ta’minlaydi.
T.A.Krinchenko o‘tkazgan eksperimental tadqiqot esa o‘qituvchi tashqi qiyofasini turli
talqinlar orqali qabul qilishni o‘rganishga bag‘ishlangan. Ushbu tadqiqot natijalariga ko‘ra, talabalar
o‘qituvchining tashqi ko‘rinishini, nutqi va uslubini qanday baholashi ularning ta’lim jarayoniga
bo‘lgan munosabatiga bevosita ta’sir qiladi.
Paradigma almashinuvi nazariyasi haqidagi T.Kunning qarashlariga asoslanib aytish
mumkinki, pedagogik tizim odatda evolyutsion yo‘l bilan rivojlanadi. Ushbu jarayonda kichik, lekin
doimiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, biroq ular tizimning asosiy tamoyillarini tubdan o‘zgartirmaydi va
uni an’anaviy shaklda saqlab qoladi. Biroq, tarixiy inqiroz, ijtimoiy o‘zgarishlar va ta’lim tizimidagi
islohotlar strukturaviy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Evolyutsion rivojlanish sharoitida ilg‘or
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
220
pedagogik tajribalar tizimning yaxlitligini saqlagan holda amalga oshiriladi. Ammo inqiroz
davrlarida ilg‘or pedagogik tajribalar metodologiya va psixologik-pedagogik nazariyalarga yo‘l
ochib beradi. Chunki bunday davrlarda insoniyat fanlari ta’lim tizimini to‘liq yangilash
yo‘nalishlarini asoslash va dastur ishlab chiqish vazifasini bajaradi [2].
NATIJALAR VA MUHOKAMA.
Demokratiya va erkinlik tamoyillariga asoslangan pedagogik munosabatlar o‘qituvchi va
talaba o‘rtasidagi munosabatlarini butunlay istisno qilmasligi lozim. Biroq, o‘qituvchining
pedagogik obro‘si talabalarga nisbatan nafaqat majburlash yoki rag‘batlantirish tizimi orqali, balki
pedagogning jamiyat va sivilizatsiya intellektual va ma’naviy boyliklarining vakili sifatida erkin
qabul qilinishi orqali shakllanishi lozim. Bu yondashuv o‘qituvchining tayyorgarlik darajasiga
bo‘lgan talabni yanada oshiradi.
Pedagogik kasbiy mahorat quyidagi aspektlarning uyg‘unligini ta’minlashi zarur
:
Madaniyat va ta’lim inqirozini yengish uchun yangi ta’lim paradigmasi — ta’lim
psixologiyasi paradigmasini ishlab chiqish talab etiladi. Bu yondashuv an’anaviy ta’lim
psixologiyasidan ko‘ra ko‘proq mos keluvchi model bo‘lib, mahalliy va jahon madaniy merosini
ta’lim orqali gumanistik tamoyillar asosida uzluksiz davom ettirishga imkon beradi. Bu esa ta’lim
tizimini madaniyat iste’molchisi bo‘lgan ijtimoiy institutdan madaniyatni boyituvchi va kengaytirib
takror ishlab chiqaruvchi institutga aylantirishni talab qiladi.
Bo’lajak o’qituvchilar shaxsiyatining psixologik tuzilishi va ijodiy salohiyatining rivojlanish
jarayonini tahlil qilishda tahliliy-sintetik yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yondashuv
psixikaning murakkab tuzilishini, uning turli jihatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ochib berishga,
shaxsiy psixologik jarayonlar, holatlar va individual xususiyatlarni tushunishga imkon yaratadi.
Shaxs tuzilishi obyektiv omillar ta’sirida shakllanib, miyaning yuqori nerv faoliyati bilan
bevosita bog‘liq. Uning shakllanishiga hayot davomida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar va
faoliyat jarayonlari ta’sir ko‘rsatadi. B.G.Ananevning fikricha, individuallik insonning barcha
xususiyatlarini – biogenetik, ijtimoiy-madaniy va faoliyat subyekti sifatida namoyon bo‘lishini
birlashtiruvchi integral tuzilma hisoblanadi. Unga ko‘ra, insonni ochiq tizim sifatida ko‘rib chiqish
kerak, lekin shu bilan birga, u o‘z xususiyatlarining o‘zaro bog‘liqligi sababli nisbatan yopiq tizim
sifatida ham namoyon bo‘ladi.
Talabalar ijodiy salohiyatning rivojlanish jarayoni psixik jarayonlarning dinamikasi bilan
bog‘liq. Inson faoliyatining ijodiy qirralari uning ehtiyojlarini qondirish va jamiyatda o‘z o‘rnini
topish istagi bilan bevosita bog‘liq. Shu bilan birga, ong osti jarayonlari ham ijodiy tafakkurning
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Inson tafakkurining ijodiy faolligi retikulyar shakllanish va limbik
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
221
tizim faoliyati orqali rag‘batlantiriladi.
Ijodiy rivojlanishning istiqbolini aniqlash uchun uning tarkibiy xususiyatlari va mavjud
holatini baholash, asosiy va ikkinchi darajali jihatlarni farqlash lozim. Shuningdek, ijodiy
rivojlanishning tendensiyalarini aniqlash ham muhim. Bu jarayonda shaxsning individualligini
hisobga olish, umumiy va o‘ziga xos jihatlarning uyg‘unligini aniqlash talab etiladi.
XULOSA.
O’rganilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, “ijtimoiy” tushunchasi uchta asosiy ma’noga ega.
Birinchidan, u inson jamiyatining o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi, uni tabiatdan va hayvonot
olamidan ajratib turuvchi tarixiy jarayonlar hamda jamiyatning o‘ziga xos qonuniyatlari bilan
bog‘laydi. Ikkinchidan, u jamiyatning ichki tuzilishi va uning dinamikasini, odamlarning tarixiy
jihatdan o‘zgarib boruvchi hamkorlik shakllarini tavsiflaydi. Uchinchidan, u shaxs rivojlanishining
shart-sharoitlarini belgilaydi. Demak, birinchi ma’no umumiy tavsifga ega bo‘lsa, ikkinchi va
uchinchi ma’nolar aniqroq va maxsus yo‘nalishga oid. Har biri ijtimoiy-madaniy faoliyat
mutaxassislarini tayyorlash modeli asosida o‘z metodologik funksiyasini bajaradi.
ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Вербицкий
А.А.
Контекстое
образование.
Монография.
Москва-Санк-
Петербург:Издательство «Нестор-История», 2019
2. Кун Т. Структура научных революций. Второе изд. - М.: Прогресс, 1977. – С. 128-150.
3. Сластенин В.А. “Педагогика”. Раздел 5. – М., 2003.
4. Лихачев Б.Т. Педагогика. Курс лекций: учебное пособие для студентов педагогических
учебных заведений и слушателей ИПК и ФПК / Б.Т. Лихачев. - М.: Прометей, 1992. –
528-б.
5.
Бердиева,
Г.
(2025).
АКСИОЛОГИЧЕСКИЙ
ПОДХОД-КАК
ФАКТОР
ФОРМИРОВАНИЯ
У
УЧАЩИХСЯ
КУЛЬТУРЫ
ЦЕННОСТНОГО
ОБЩЕНИЯ.
Предпринимательства и педагогика, 4(2), 154–161. извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/81201
6. Рузимродов, О. ., & Бердиева , Г. (2021). Междисциплинарная связь в повышении
эффективности практической компетентности студентов.
Общество и инновации, 2(4/S),
659–665.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp659-665
7.
Berdiyeva Gulabad Shonazarovna. (2024). USE OF VIEWS IN THE HISTORY OF
NATIONAL EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS’ CREATIVE
THINKING.
Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 12(3), 164–167.
Retrieved from
https://giirj.com/index.php/giirj/article/view/6555
8.
Бердиева, Г. Ш. Гуманизация процесса профессионально-педагогической подготовки
будущих учителей / Г. Ш. Бердиева, Н. И. Джумаева. — Текст : непосредственный //
Образование и воспитание. — 2015. — № 3 (3). — С. 1-2. — URL:
https://moluch.ru/th/4/archive/9/143/ (дата обращения: 02.06.2025).
9.
Berdieva Gulobod Shonazarovna. (2023). Formation of an Analytical Attitude to Information
Among Students. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 17, 71–73. Retrieved
from
https://geniusjournals.org/index.php/ejlat/article/view/3408
10.
Ismailova, Z. K., Riskulova, K., Axmedov, M. U., Ismoilova, Y. T., & Pulatova, N. R. (2020).
The role of electronic pedagogical tools in higher education. J Crit Rev, 7(5), 396-398.
11.
Xujayarova, N. S. (2023). TALABALARDA KREATIV YONDASHUV ASOSIDA KASBIY
KOMPETENSIYASINI
SHAKLLANTIRISH.
Academic
research
in
educational
sciences, 4(KSPI Conference 1), 201-203.
