Авторы

  • Го’залой Ешматова
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti pedagogika kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129509

Ключевые слова:

fasilitatsiya ta’lim tarbiya pedagog bola xulq-atvor yo’nalish rivojlantirish

Аннотация

Pedagog fasilitator sifatida bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘z bilimi, ko‘nikma va resurslaridan foydalanadi. Pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtiradi, bolaning har tomonlama rivojlanishiga va uning salohiyatini ochishga hissa qo‘shadigan rivojlantiruvchi muhitni yaratadi. Buning uchun pedagog bolaning rivojlanish xususiyatlarini biladi, uning his-tuyg‘ularini tushunadi, har bir bolaning ehtiyojlari va qiziqishlarini aniqlaydi va hisobga oladi. Pedagog guruhda shunday inklyuziv muhit yaratadiki, unda har bir bola o‘zini ardoqli, qobiliyatli va ta'lim jarayoniga jalb qilingandek his qilishi kerak. Ushbu maqolada bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarda ta’lim-tarbiya jarayonida fasilitatsion yondashuvni rivojlantirishning nazariy asoslari yoritilgan.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

225

TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA FASILITATSIYA MUAMMOSINI O‘RGANISHGA

OID NAZARIY YONDASHUVLAR TAHLILI

Eshmatova Go’zaloy Ziyoyidin qizi

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi

gozaloyeshmatova@gmail.com

+998935851292

Annotatsiya:

Pedagog fasilitator sifatida bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘z bilimi, ko‘nikma va

resurslaridan foydalanadi. Pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtiradi, bolaning har tomonlama

rivojlanishiga va uning salohiyatini ochishga hissa qo‘shadigan rivojlantiruvchi muhitni yaratadi.

Buning uchun pedagog bolaning rivojlanish xususiyatlarini biladi, uning his-tuyg‘ularini tushunadi, har

bir bolaning ehtiyojlari va qiziqishlarini aniqlaydi va hisobga oladi. Pedagog guruhda shunday inklyuziv

muhit yaratadiki, unda har bir bola o‘zini ardoqli, qobiliyatli va ta'lim jarayoniga jalb qilingandek his

qilishi kerak. Ushbu maqolada bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarda ta’lim-tarbiya jarayonida fasilitatsion

yondashuvni rivojlantirishning nazariy asoslari yoritilgan.

Аннотация:

Педагог использует свои знания, навыки и ресурсы для обучения и воспитания детей

в качестве фасилитатора. Педагог планирует учебно-воспитательный процесс, создает

развивающую среду, способствующую всестороннему развитию ребенка и раскрытию его

потенциала. Для этого педагог знает особенности развития ребенка, понимает его чувства,

выявляет и учитывает потребности и интересы каждого ребенка. Педагог создает в группе такую

инклюзивную среду, в которой каждый ребенок должен чувствовать себя достойным, способным

и вовлеченным в образовательный процесс. В данной статье рассмотрены теоретические основы

развития фасилитационного подхода в учебно-воспитательном процессе у будущих педагогов-

педагогов.

Abstract:

As a facilitator, the educator uses his knowledge, skills and resources to educate and educate

children. The educator plans the process of education and upbringing, creates a developing environment

that contributes to the comprehensive development of the child and the opening of his potential. To do

this, the educator knows the features of the child's development, understands his feelings, identifies and

takes into account the needs and interests of each child. The educator creates in the group such an

inclusive environment in which every child should feel ardent, capable and involved in the educational

process. This article covers the theoretical foundations of the development of a facilitation approach in

the educational process in future educators-educators.

Kalit so’zlar:

fasilitatsiya, ta’lim, tarbiya, pedagog, bola, xulq-atvor, yo’nalish, rivojlantirish.

Ключевые слова:

фасилитация, обучение, воспитание, воспитатель, ребенок, поведение,

ориентация, развитие.

Key words:

facilitation, education, upbringing, educator, child, behavior, orientation, development.

KIRISH.

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya

to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-son Qonunining 36-moddasi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-

tarbiya jarayoni ishtirokchilariga bag‘ishlangan bo‘lib, unga ko‘ra “Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi

ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari quyidagilardan iborat: maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bola;

bolaning qonuniy vakillari; pedagog xodimlar”. Ushbu qonunda “bolalarni Vatanga muhabbat,

mehnatga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga, shuningdek umuminsoniy qadriyatlarga

hurmat bilan munosabatda bo‘lish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashi;


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

226

oilada bolaning har tomonlama rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni

ta’minlashi shart”ligi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida-aytilishicha, maktabgacha ta’lim tashkilotini modernizatsiya

qilish maktabgacha ta’limning yangi sifatiga erishishni anglatadi: “maktabgacha yoshdagi bolalarning

har tomonlama intellektual, ma’naviy-axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar

yaratish” yo‘nalishlari belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan

qabul qilingan meyoriy hujjatlarda-bolalarni maktabga tayyorlash uchun asosiy o‘quv dasturlarining

majburiy minimal tarkibiy qismida maktabgacha yoshdagi bolalarda quyidagilar shakllantirilishi

kerakligi ta’kidlangan:

- dunyoning yagona manzarasini aniqlashni shakllantirish;

- rahmdillik, mas’uliyatlilik;

- bilish jarayonlarini rivojlantirish;

- o‘z emotsional yo‘lini tanlash va hokozo

Yuqoridagilar asosida biz davlatning ta’lim sohasidagi ijtimoiy-madaniy buyurtmasi mas’uliyatli tanlov

sharoiti yuzaga kelganda mustaqil ravishda qaror qabul qilishga tayyor bo‘lgan shaxsni tarbiyalashga

qaratilgan degan xulosaga kelindi. Pedagogik va psixologik adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, shaxs

xususiyatlari sifatida javobgarlik, tashabbus, mustaqillik, o‘z fikrlarini erkin ifoda etish kabi fazilatlar

bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uni shaxsning umumlashgan xususiyati sifatida qarash mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI.

F.R.Qodirovaning fikricha, shaxsning muhim ma’naviy sifatlari

bo‘lgan ma’naviy-axloqiy ong, hissiyot va xulqni shakllantirish, vatanparvarlik, vatanga muhabbat,

insonparvarlik, mehnatga munosabat, jamoa bilan birgalikda qilinadigan ishlarga munosabat, ongli

intizom va boshqa tuyg‘ularni kamol toptirish ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosi hisoblanadi.

P.Yusupova tadqiqotlariga ko‘ra bola 2-3 yoshga kirganidayoq unda uyatchanlik, mustaqillik yoki

o‘ziga ishonchsizlik, xudbinlik yoki g‘amxo‘rlik, o‘z tengdoshlariga e’tibor bilan munosabatda bulish

kabi shaxsiy xususiyatlar namoyon bo‘la boshlaydi. Bularning hammasi bolalarning tevarak-atrofdagilar

bilan bo‘ladigan munosabatini belgilaydi. E.A.Maslova MTT tarbiyachisining fasilitativ yo‘nalishini

shakllantirish jarayonini o‘rganadi va uni “bola, o‘ziga va faoliyatiga ijobiy munosabatni, ta’lim-tarbiya

samaradorligi va shaxsga yo‘naltirilgan muloqot va faoliyat uslubi orqali barcha sub’ektlarining xavfsiz

rivojlanishiga imkon yaratish” deb ta’riflaydi. E.A.Maslovaning fikriga ko‘ra, fasilitativ yo‘nalish

pedagogik qadruyatlarlar asosida shakllanadi, bu esa shaxsning maqsadli va motivatsion yo‘nalishini aks

ettiradigan qiymat tizimini ifodalaydi . Bugungi kunda pedagogik faoliyatda fasilitatsiya fenomeniga

umumiy yondashuv mavjud emas. Ushbu fenomenni tushunishga doir turli yondashuvlarni

solishtirganda, fasilitatsiyaning natijasi sifatida maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisini shaxsiy

rivojlanishi va ta’lim-tarbiyaning samaradorligi ko‘rsatilgan umumiy asosni ajratish mumkin (1-rasm).

Ya’ni, har bir ta’rif fasilitatsiyaning protsessual tomonini aks ettiradi, bunda MTT tarbiyachisining

maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisining tashabbusini, mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash, ularning

psixologik rivojlanish jarayoniga yordam berish va ijobiy o‘zaro munosabatlarni ta’minlash uchun

bajaradigan harakatlari mavjud bo‘ladi, bu esa maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisining o‘zini amalga

oshirishiga olib keladi. Bunday MTT tarbiyachisi, S.A.Smirnovning ta’kidlashicha , tan olingan, referent,

autoritetli hisoblanadi.

1-jadval.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

227

Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisiga MTT tarbiyachisi tomonidan ko‘rsatilgan yordam

ularning o‘ziga ishonchsizlik va o‘qish vazifalarini bajara olmaslikdan qo‘rquvini himoya qilish

vazifasini bajaradi, shuningdek, ularning psixologik maqomini, ya’ni guruhdagi o‘zaro munosabatlar

tizimidagi o‘rnini mustahkamlashga yordam beradi. Shunday qilib, pedagogik fasilitatsiya – bu

darslarda MTT tarbiyachisi va maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisi o‘rtasidagi hamkorlik, ularni

to‘liq qabul qilish va doimiy qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlariga bo‘lgan ishonch, o‘zaro

hurmat va ishonch asosida ta’lim-tarbiya muammolarini hal qilish uchun optimal muhit yaratish

jarayonidir. Bunday fasilitatsiya jarayoni aniq tashkil etilgan o‘zaro aloqalar asosida amalga oshadi.

Fasilitatsiya jarayonini amalga oshirishga qodir bo‘lgan MTT tarbiyachisi fasilitatsiyaga tayyorlikka

ega bo‘lishi kerak. MTT tarbiyachisining fasilitatsiyaga tayyorligini yanada to‘liqroq ta’riflash

maqsadida, birinchidan, "tayyorlik" tushunchasining mohiyatini aniqlashga doir turli yondashuvlarni

ko‘rib chiqish, ikkinchidan, nazariy tahlil asosida MTT tarbiyachisi-fasilitator shaxsining psixologik

sifatlari va xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish zarur.

NATIJALAR VA MUHOKAMA.

Shunday qilib, olimlar oddiy vazifalarda fasilitatsiya

effekti, murakkab vazifalarda yoki yangi bilimlarni o‘zlashtirishda esa, aksincha, inhibitsiya effekti

kuzatilganligini aniqlashgan. XX asrning ikkinchi yarmida R.Zayonts fasilitatsiya masalasini faol

o‘rganishga kirishdi. Turli olimlar tomonidan olingan qarama-qarshi natijalarni tahlil qilgan R.Zayonts,

ularni tushuntirishda asosan dominatsiya qiluvchi reaktsiya kuchayishini anglatgan tamoyilni ishlatgan.

Ushbu prinsiplarga tayangan holda, u yuqori darajadagi harakatlanuvchi hissiyotlar, oson vazifalarni

bajarishda samaradorlikni oshiradi, chunki bu vazifalarda asosiy reaksiya to‘g‘ri javob berish bo‘ladi,

ammo murakkab vazifalarni bajarishda, qo‘shimcha harakatlar talab qilinadi va noto‘g‘ri javob berish

ehtimoli yuqori bo‘lganligi sababli, harakatlanuvchi hissiyotlar samaradorlikni pasaytiradi degan

xulosaga kelgan. T.Gregori, K.Rodjers kabi, MTT tarbiyachisidan faqat o‘rgatilayotgan bilimlar bilan

emas, balki o‘zining va maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisining hissiy holatlari bilan ham ishlashni

talab qiladi. Hissiy holatlarni e'tiborsiz qoldirgan MTT tarbiyachisi ko‘pincha dars jarayonida


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

228

muammolarga duch keladi. T.Gregoriyning fikricha, tajribali MTT tarbiyachisi maktabgacha ta’lim

tarbiyalanuvchisi va sinfning hissiy holatlariga ko‘proq e’tibor beradi. Ya’ni, ilmiy nuqtai nazardan

samarali MTT tarbiyachisi - bu affektiv MTT tarbiyachisidir. “Affektiv ta’lim-tarbiya”

tushunchasining mazmuniy tarkibiga asoslanib, biz uni fasilitatsion ta’lim-tarbiya deb atashimiz

mumkin. T.Gregori affektiv ta’lim-tarbiya tarkibiy qismlarini rivojlantirish imkoniyatini ko‘rsatadi va

MTT tarbiyachisilar o‘rtasida bu rivojlanishning bir nechta bosqichlarini ajratadi:

• Birinchi bosqich: maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisining hissiy ifodalarini e'tiborsiz qoldirish, bu

esa maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisida xafa bo‘lish va ehtimoliy dushmanlik hissini keltirib

chiqaradi; maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisiga nisbatan hurmatsizlik yoki salbiy munosabatni

ko‘rsatish, maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisining hissiy holatlariga beparvolik bilan yondashish;

maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisi bilan suhbatda umumiy so‘zlarni ishlatish, ya’ni MTT

tarbiyachisi maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisining shaxsiy hissiyotlariga tegishli bo‘lmagan

umumiy iboralarni ishlatadi;

• Ikkinchi bosqich: MTT tarbiyachisining maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisining hissiy

ifodalariga javob berishi, ammo ularni noto‘g‘ri baholash; MTT tarbiyachisining maktabgacha ta’lim

tarbiyalanuvchisining fikrlarini hisobga olishini ko‘rsatishi, lekin ularning konstruktiv faoliyatga

bo‘lgan qobiliyatiga shubha qilish; maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisiga nisbatan haqiqiy his-

tuyg‘ularni, masalan, ularni yomon ko‘rish yoki tanqid qilishni og‘zaki ifodalash; maktabgacha ta’lim

tarbiyalanuvchisining shaxsiy hissiy holatlarini umumiy so‘zlar bilan muhokama qilish;

• Uchinchi bosqich: MTT tarbiyachisining maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisining yuzaga

chiqayotgan hissiyotlariga javob berishi, ammo chuqurroq hissiyotlar yoki ularga javob bermaslik;

maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisiga hurmat va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish; o‘z hissiyotlarini mimikalar,

qo‘l harakatlari, intonatsiya va pauzalarda ifodalash, ammo ularni og‘zaki tasdiqlash yo‘qligi; suhbat

maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisi bilan qisman aniq bo‘ladi;

• To‘rtinchi bosqich: maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisining yashirin, chuqur hissiyotlariga javob

berish, ularga nima uchun o‘ylashlari kerakligini tushunishga yordam berish; maktabgacha ta’lim

tarbiyalanuvchisiga nisbatan to‘liq hurmatni ko‘rsatish, bu ularga o‘zlarini erkin his qilish imkonini

beradi va o‘z shaxsini qadrlashlariga yordam beradi; MTT tarbiyachisining ijobiy va salbiy his-

tuyg‘ularni ochiq ifodalashi; MTT tarbiyachisi maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisining aniq

hissiyotlari va shaxsiy tajribalari haqida suhbatlashadi.

XULOSA.

Shunday qilib, ta’kidlash mumkinki, qo‘zg‘alish dominal reaksiyani kuchaytiradi.

Oddiy vazifani bajarishda, ishtirokchi to‘g‘ri javob olishni kutadi, chunki kerakli amallarni bajarish

uchun barcha zaruriy operatsiyalar ma’lum, ya’ni reaksiya yaxshi o‘zlashtirilgan. Bunday holatda

boshqa shaxslar mavjud bo‘lsa, ishtirokchilarning natijalari yaxshilanadi. Agar ishtirokchi murakkab

vazifani hal qilishda, yangi materialni o‘zlashtirishda, noto‘g‘ri javoblar berish ehtimoli juda katta

bo‘lsa, ya’ni dominal reaktsiya xato ishlar bo‘lsa, boshqa odamlarning mavjudligi noto‘g‘ri javoblar

sonini oshiradi. Shunday qilib, R.Zayonts tomonidan ishlatilgan tamoyilga ko‘ra, bir qarashda qarama-

qarshi bo‘lgan natijalarni tushuntirish mumkin. U, fasilitatsiyani faqat boshqa shaxslar mavjudligida

faoliyatni yaxshilash sifatida emas, balki dominal reaktsiyalarni kuchaytirish, harakatlar va

faoliyatlarni faollashtirish deb tushuntiradi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. O‘zbekiston

Respublikasining

“Maktabgacha

ta’lim

va

tarbiya

to‘g‘risida”gi

qonuni/16.12.2019. 15 b.

2. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun "ILK QADAM" davlat o‘quv

dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr. 2022 yil. 9 b.

3. Qodirova F. va boshqalar. Maktabgacha pedagogika. Darslik. -T.: “Tafakkur”, 2019. 85 b.

4. N.X.Avliyoqulov, N.N.Musayeva, Pedagogik texnologiya, Toshkent – 2012, 27 b.

5. N.M.O‘rinova, M.O.Uralova, Ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv, Farg‘ona –


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

229

2011. 65 b.

6. Islamovna, K. G. (2025). Preparing Elementary Students for Emergencies–As a Pedagogical

Problem. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 40, 169-172.

7. Khayitovich, A. M. (2025). Social-Pedagogical Aspects of Forming Personal Qualities. Spanish

Journal of Innovation and Integrity, 39, 161-164.

8. Xayitovich, A. M. (2025). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA SHAXSIY

SIFATLARNI

SHAKLLANTIRISHNING

IJTIMOIY–PEDAGOGIK

JIHATLARI. JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH, 2(5), 77-82.

9. Xosilova, Z., & Buriyeva, S. (2025). CAUSES OF NORMAL SPEECH DEVELOPMENT

AND DISORDER IN CHILDREN. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 1162-

1163.

10. BASIC PRINCIPLES OF PEDAGOGICAL DESIGN IN THE EDUCATIONAL PROCESS.

(2024). Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(2), 63-67.

11. Suyunovna, Q. S., & Nomozovna, R. G. (2024). BOSHLANGICH SINFDA IQTIDORLI

OQUVCHILARNING

SHAKLLANISHIDA

MATEMATIK

MANTIQIY

MASALALARNING

O’RNI.

JOURNAL

OF

INTERNATIONAL

SCIENTIFIC

RESEARCH, 1(4), 69-74.

12. Nomozovna, R. G. (2025). BOSHLANGICH TA’LIMNING TARBIYA DARSLARIDA

SAIDRASUL AZIZIYNING

“USTODI AVVAL” ASARIDAN

FOYDALANISH

IMKONIYATLARI. TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA INNOVATSION G

‘OYALAR, 1(7), 609-613.

13.

Raxmonova, G. (2025). USING THE PEDAGOGICAL HERITAGE OF MAKHMUDHOJA

BEHBUDI, THE MANIFESTATION OF THE IDEAS OF NATIONAL MODERNISM, IN

THE EDUCATION OF YOUNG PEOPLE. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1),

1394-1397.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonuni/16.12.2019. 15 b.

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun "ILK QADAM" davlat o‘quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr. 2022 yil. 9 b.

Qodirova F. va boshqalar. Maktabgacha pedagogika. Darslik. -T.: “Tafakkur”, 2019. 85 b.

N.X.Avliyoqulov, N.N.Musayeva, Pedagogik texnologiya, Toshkent – 2012, 27 b.

N.M.O‘rinova, M.O.Uralova, Ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv, Farg‘ona – 2011. 65 b.

Islamovna, K. G. (2025). Preparing Elementary Students for Emergencies–As a Pedagogical Problem. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 40, 169-172.

Khayitovich, A. M. (2025). Social-Pedagogical Aspects of Forming Personal Qualities. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 39, 161-164.

Xayitovich, A. M. (2025). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA SHAXSIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY–PEDAGOGIK JIHATLARI. JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH, 2(5), 77-82.

Xosilova, Z., & Buriyeva, S. (2025). CAUSES OF NORMAL SPEECH DEVELOPMENT AND DISORDER IN CHILDREN. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 1162-1163.

BASIC PRINCIPLES OF PEDAGOGICAL DESIGN IN THE EDUCATIONAL PROCESS. (2024). Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(2), 63-67.

Suyunovna, Q. S., & Nomozovna, R. G. (2024). BOSHLANGICH SINFDA IQTIDORLI OQUVCHILARNING SHAKLLANISHIDA MATEMATIK MANTIQIY MASALALARNING O’RNI. JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH, 1(4), 69-74.

Nomozovna, R. G. (2025). BOSHLANGICH TA’LIMNING TARBIYA DARSLARIDA SAIDRASUL AZIZIYNING “USTODI AVVAL” ASARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI. TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA INNOVATSION G ‘OYALAR, 1(7), 609-613.

Raxmonova, G. (2025). USING THE PEDAGOGICAL HERITAGE OF MAKHMUDHOJA BEHBUDI, THE MANIFESTATION OF THE IDEAS OF NATIONAL MODERNISM, IN THE EDUCATION OF YOUNG PEOPLE. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 1394-1397.