Авторы

  • Насиба Каюмова
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
  • Зарнигор Примова
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129521

Ключевые слова:

CLIL atamasi xorijiy tilllarni o’qitish fan va til uyg’unligi innovatsion ta’lim tizim.

Аннотация

Mazkur maqolada taqdim etilgan Clil texnologiyasi XXI asr ta’lim tizimiga yangi kirib kelgan zamonaviy metod bo’lib, ushbu metodning kelib chiqish tarixi va olimlarning tadqiqot natijalari yoritilgan

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

241

TA’LIM BERISHDA CLIL TEXNOLOGIYASI AHAMIYATI

Kayumova Nasiba Ashurovna

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti professori.e-mail:

kayumovanasiba2468@gmail.com

; tel. +998914503095

Primova Zarnigor Azamat qizi

.

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti, 1-kurs magistranti.

f1a2r3r4u5x6f7@gmail.com

; tel.+998914663221

Annotatsiya.

Mazkur maqolada taqdim etilgan Clil texnologiyasi XXI asr ta’lim tizimiga yangi

kirib kelgan zamonaviy metod bo’lib, ushbu metodning kelib chiqish tarixi va olimlarning tadqiqot

natijalari yoritilgan.

Kalit so’zlar

: CLIL atamasi, xorijiy tilllarni o’qitish, fan va til uyg’unligi, innovatsion ta’lim tizim.

G’arb davlatlarida chet tillarini integratsiyalashgan holda o’qitish bir necha ming yillar

ilgari ham mavjud bo’lgan. Miloddan avvalgi 200-yillarda yunonlar Rim davlati kengayish davrida

yunon tilini bilmaydigan aholiga yunon tilini o’rgatishgan. CLIL yondashuvi XX asrning oxirlariga

kelib Yevropada til siyosati doirasida shakllangan. 1990-yillarning boshida Yevropa Ittifoqi ko‘p

tillilikni rivojlantirish va maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini oshirishga alohida

e’tibor qaratdi. Natijada an’anaviy til o‘qitish metodlarining o‘rniga integratsiyalashgan

yondashuvlar yuzaga keldi. Bundan tashqari xalqaro aloqalar va hamkorliklar xorijiy tillarni

bilishga bo’lgan talabni oshirdi. An’anaviy dars o’tish metodi va til o’rganish samaradorligi

qoniqarsiz deya hisoblanib, yangicha yondashuvlar talab etila boshladi.

CLIL aynan shu ehtiyojlardan kelib chiqqan holda paydo bo‘ldi va keng qamrovda

ommalashdi. CLIL texnologiyasi – ikki tillilikni amalga oshirish mexanizmi bo’lib, ta’lim oluvchi

o’rganayotgan soha yoki fani bilan bir vaqtning o’zida ona tili bo’lmagan xorijiy bir tilni ham

birgalikda o’rganadi. CLIL so’zining ma’nosi – content bu “fan”, “soha”, language “til”,

integrated “integratsiyalashgan” (ya’ni birlashtirilgan, uyg’un holda), learning “o’rganish” deb

tarjima qilinadi. Ushbu atamani ilk bor 1994-yilda David Marshall va ismli shaxs fanga kiritgan va

ko’plab samarali tadqiqotlar olib borgan.

“CLIL – bu o‘quvchilar biror fanni o‘z ona tillaridan boshqa bo‘lgan tilda o‘rganadigan

o‘quv modeli bo‘lib, bunda fan mazmuni va til ko’nikmalari birgalikda rivojlanadi”. Bu usul orqali

o’quvchilar tilni grammatik qoidalar va mashqlar orqali emas balki, amaliy hayotiy kontekstda

o’rganadilar.

Lavrysh, Saienko va Kyrychok (2021) texnologiyaning CLIL texnologiyasini o'rganish

uchun tadqiqot o'tkazdilar. Tadqiqot natijasiga ko’ra, texnologiyani amalda qo’llash ta’lim

oluvchilarga nafaqat til ko'nikmalarini rivojlantirishga, balki ularning mazmunan bilimlarini

oshirishga ijobiy natijalar ko’rsatdi. Lavrysh CLIL texnologiyasini xorijiy tilni o’rganishda juda

samarali yondashuv deb hisoblaydi. Uning fikricha, clil texonologiyasi ta’lim oluvchilarning tildagi

kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish bilan bir qatorda fanlararo bilim va ko’nikmalarini

mustahkamlaydi. Yana u CLIL o’quvchilarning dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirib

faollashtiradi deb hisoblaydi.

Saienko CLIL texnologiyasi haqida ilmiy ishlar va tadqiqotlar o’tkazgan olim bo’lib, u

quyidagi fikrlarni bildirgan:

Integratsiyalashgan yondashuvning muhim afzalligi shundaki, o’qitishda CLIL

texnologiyasini qo’llash orqali o’quvchida tafakkur va dunyoqarash rivojlanadi, olayotgan

bilimlarini haqiqiy hayot bilan bog’laydi va natijada xorijiy tilni tabiiy muhitda o’rganadi.

CLIL texnologiyasi asosida olib borilgan darslarda o’quvchi motivatsiyasi oshadi, sababi


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

242

darslar odatdagidek qolipda emas xilma-xil yangicha usul va metodlarda olib boriladi.

Darslarda CLIL texnologiyasini qo’llash o’qituvchidan xorijiy til ko’nikmalarini yaxshi

egallaganligini, va ushbu metod bo’yicha alohida maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Chunki CLIL

texnologiyasida ta’lim beruvchi faqat bilim beruvchi emas , balki yo’naltiruvchi va faoliyatni

boshqaruvchi ham bo’lishi kerak .

Clil texnologiyasi qisqa vaqtli faoliyat turi emas, u uzoq vaqtli o’qitish tizimidir.

O’quvchilar yaxshi dasturlangan ikki tillilik metodda 5-7 yildan so’ng akademik bilimga ega

bo’lishadi. Ushbu dastur xorijiy tilni majburiy o’rganishga emas, balki, tilni o’zlashtirishga

asoslanganligi bilan ahamiyatlidir. Ta’lim oluvchi xorijiy bir tilni o’rganish uchun alohida vaqt

sarflamaydi, u bir vaqtning o’zida ham fanni o’rganadi ham ona tili bo’lmagan chet tilini o’rganadi.

Shu vaqt mobaynida o’quvchi o’zga mamlakat madaniyatini o’rganadi, o’z davlati madaniyati, tili

bilan taqqoslaydi va natijada uning dunyoqarashi afakkuri va innovatsion bilimlari rivojlanadi.

Diab, Abdel-Haq va Aly CLIL metodining chet tilini o’rganishdagi samaradorligini tadqiq

qilishdi. Ushbu tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatdiki, til o’rganish mobaynida tabiiy ravishda

ularning madaniy ongi ham ancha sezilarli darajada o’sgani tasdiqlandi.

Harrop ham CLIL dasturida o’qitilgan talabalar, ushbu dastur bilan o’qitilmagan talabalarga

qaraganda ko’ptoq malakali va muloqot qilish qobiliyati yuqoriroq ekanligini ta’kidladi. Bu esa o’z

navbatida talabaning o’ziga bo’lgan ishonchi va motivatsiyasini oshiradi.

Yana bir Estoniyalik Peeter Mehisto ham CLILni nafaqat xorijiy tilni , balki fanni ham

samarali o`rgatish medodi deb hisoblaydi . Uning ta’kidlashicha , CLIL texnologiyasi o`quvchilarda:

Tilda ravonlik

Tanqidiy fikrlash

Ijtimoiy ko`nikmalar

Madaniyatlararo muloqot qobiliyati rivojlanadi.

Mehisto CLILni muvaffaqiyatli amalga oshirishda o’qituvchilar tilni ham, fanni ham

mukammal bilishlari lozimligini ta’kidlaydi. Ijobiy natijaga erishish uchun CLIL texnologiyasini

joriy etishda maktab rahbariyati va ota-onalar o’zaro hamkorlikni mustahkam qilishlari zarur.

Maria Luisa Perez Canado Ispaniyadagi Jaen universitetida inliz tili filologiya fakultetida

professor bo’lib, CLIL sohasida bir qancha tadqiqotlar olib borgan. U Ispaniyadagi 12 ta

provinsiyadagi 53 ta maktabda 2,024 o’quvchilar ishtirokida

olib borgan tadqiqotlarida CLIL

texnologiyasi asosida o’qitiladigan sinflar va an’anaviy usulda o’qitiladigan sinflarni solishtirgan.

Tadqiqotlar natijasiga ko’ra, CLIL o’quvchilari so’z boyligi,

grammatik bilimlari, yozish

konikmasi, xorijiy tilni tinglab tushunish ko’nikmalari ancha sezilarli darajada yaxshilanganini

ko’rsatdi.

Xulosa qilib, hozirgi globallashuv davrda ta’lim sohasida eng samarali va tajribalarda ijobiy

natijalar ko’rsatgan metodlar, texnologiyalarni qo’llash talab etilmoqda. Ayniqsa, so’nggi yillarda

O’zbekistonda xorijiy tillarni o’rganish davlat siyosat darajasiga ko’tarildi. Bu o’z navbatida CLIL

va shunga o’xshash innovatsion metodlarni kengroq tatbiq qilish, boshlang’ich ta’limdan oliy ta’lim

muassasalariga qadar barcha tizimlarda amaliy qo’llash va qo’llab-quvvatlash, albatta, o’z

samarasini ko’rsatadi. Tashkent Medical Academy, WIUT, TTPU universitetlarda CLIL

elementlarini dars jarayoniga kiritgan va bu o’z samarali natijalarini ko’rsatmoqda. Talabalarda til

kompetensiyasi bilan birga tanqidiy fikrlash ko’nikmalari va innovatsion yondashuvlar asosida

ishlash qobiliyati rivojlanmoqda. shuningdek, ushbu innovatsion metod talabalarning vaqtini

tejaydi va so’z boyligini oshirishga ham o’z hissasini qo’shadi .

O’qituvchilar ham shu qatorda

o’z kasbiy malakalari oshib, innovatsion texnologiyalar bilan ishlash ko’nikmalari rivojlanib

shakllanmoqd.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. F.U.Qodirova , M.A. Umaraliyeva, SH. Matupayeva, M.D. Omonova INKLYUZIV VA


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

243

KORREKSION TA’LIMDA CLIL TEXNOLOGIYASI Toshkent “Sarbon LLS “ 2024-yil

2. Diab, A.A.M., Abdel-Haq, E.M. and Aly, M.A.S. (2018) The Effectiveness of Using Content

and Language Integrated Learning (CLIL) Approach to Enhance EFL Stu-dent Teachers’

Cultural Awareness

3. 1. Coyle, D., Hood, P., & Marsh, D. (2010). *CLIL: Content and Language Integrated

Learning*. 16, 113-128.

4. Sultanmurodovna, K. N., & Mohidil, S. (2025). Development of Professional Competence of

Educators on the Basis of an Integrative Approach. Spanish Journal of Innovation and

Integrity, 38, 172-174.

5. The Purpose and Importance of Static Exercises. (2025). American Journal of Language,

Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 3(1), 350-353.

6. Raxmonova, G. (2025). USING THE PEDAGOGICAL HERITAGE OF MAKHMUDHOJA

BEHBUDI, THE MANIFESTATION OF THE IDEAS OF NATIONAL MODERNISM, IN

THE EDUCATION OF YOUNG PEOPLE. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1),

1394-1397.

7. Khashimova, M. K., Maxsudov, V. G., Gaffarov, F. H., Allamuradov, A. A., Melieva, Y., &

Ismoilova, Y. T. (2021). Harmonization Of Gender Relations And Moral Development. Turkish

Journal of Computer and Mathematics Education, 12(4), 77-82.

8. Turayevna, I. Y. (2025). The Content of the Science of Pedagogical Conflict and its Importance

in the Educational Process. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 38, 214-216.

Библиографические ссылки

F.U.Qodirova , M.A. Umaraliyeva, SH. Matupayeva, M.D. Omonova INKLYUZIV VA KORREKSION TA’LIMDA CLIL TEXNOLOGIYASI Toshkent “Sarbon LLS “ 2024-yil

Diab, A.A.M., Abdel-Haq, E.M. and Aly, M.A.S. (2018) The Effectiveness of Using Content and Language Integrated Learning (CLIL) Approach to Enhance EFL Stu-dent Teachers’ Cultural Awareness

1. Coyle, D., Hood, P., & Marsh, D. (2010). *CLIL: Content and Language Integrated Learning*. 16, 113-128.

Sultanmurodovna, K. N., & Mohidil, S. (2025). Development of Professional Competence of Educators on the Basis of an Integrative Approach. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 38, 172-174.

The Purpose and Importance of Static Exercises. (2025). American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 3(1), 350-353.

Raxmonova, G. (2025). USING THE PEDAGOGICAL HERITAGE OF MAKHMUDHOJA BEHBUDI, THE MANIFESTATION OF THE IDEAS OF NATIONAL MODERNISM, IN THE EDUCATION OF YOUNG PEOPLE. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 1394-1397.

Khashimova, M. K., Maxsudov, V. G., Gaffarov, F. H., Allamuradov, A. A., Melieva, Y., & Ismoilova, Y. T. (2021). Harmonization Of Gender Relations And Moral Development. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education, 12(4), 77-82.

Turayevna, I. Y. (2025). The Content of the Science of Pedagogical Conflict and its Importance in the Educational Process. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 38, 214-216.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)