RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
244
IXTISOSLIK FANLARINI O‘QITISHDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI
QO‘LLASHNING AHAMIYATI
Sattorova Mohira Aminqulovna,
Axborot texnologiylalari va menejment universiteti,
Annotatsiya:
Ushbu maqolada qo‘lladigan innovatsion ta’lim texnologiyalari ixtisoslik fanlarni
o‘qitish va ularning ahamiyati haqida ma'lumot berilgan.
Kalit so’zlar
: tarbiya, ta’lim texnologiyalari, innovatsiya, ixtisoslik fanlar,interaktiv metodlar,
axborat texnologiyalar.
Аннотaция:
В данной статье представлена информatsiя о значении инновatsiонных
образовательных технологий в преподавании специальных предметов.
Ключевые
слова:
образование,
образовательные
технологии,
инновации,
специализированные дисциплины, интерактивные методы, информационные технологии.
Abstract:
This article provides information on the importance of innovative educational
technologies in teaching special subjects.
Key words:
Education, educational technologies, innovation, specialty Sciences, interactive
methods, information technologies.
Kirish.
Azal azaldan yoshlar tarbiyasida namuna, o‘rnak ko‘rsatish tamoili alohida o‘rin
tutadi. Har tomonlama rivojlanib borayotgan talabalar kuzatuvchan bo‘lib, ustozlardan nafaqat ilm-
fanga oid ta’lim balki shaxsiy fazilatlarni xis qilib ham mutaxassis sifatida shakllanadilar. Shunday
ekan, bizning vazifamiz, oliy burchimiz–farzandlarimiz jismoniy ham ma’naviy jihatdan uyg‘un
rivojlangan, zamonaviy bilim va tajribalarni puxta egallagan, Vatanimiz va halqimiz kelajagi uchun
mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan barkamol insonlar bo‘lib voyaga etishi uchun
qo‘limizdan kelgan barcha ishlarni amalga oshirishdan iboratdir. Bugungi kunda oliy o‘quv
yurtlarining malakali kadrlar tayyorlashda zamonaviy o‘qitish usullarida innovatsion
texnologiyalardan foydalanish doirasi kengayib bormoqda. Innovatsiya tushunchasi mustaqillik
yillaridan kirib kelgan yangi iqtisodiy termin bo‘lib, inglizcha - innovation so‘zidan olingan va
yangiliklar kiritish, o‘zgartirishlar degan ma’noni anglatadi.
Innovatsion texnologiyalar asosan pedagogik jarayon va o‘qituvchi, talaba faoliyatiga
yangiliklar va o‘zgartirishlar kiritish demakdir. ixtisoslik fanlarini o‘qitilish sifati va samaradorligini
oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalarni zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlari
asosida uch turdagi o‘quv mashg‘ulotlariga: ya’ni ma’ruza, amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda keltirilganlarni kompleks holda
qo‘llash tavsiya etiladi.
Zamonaviy metodlar va ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnologik
treninglar talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirish bilan birga
ularning qobiliyatlarini rivojlantirish, raqobatbardosh yetuk mutaxassis bo‘lish hamda ijobiy kasbiy
fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Quyidagi ixtisoslik fanlarini o‘qitish jarayonida
qo‘llanilishi ehtimoli bo‘lgan metodlardan ayrimlari xususida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
“SWOT-TAHLIL” jadvali–alohida muammo yoki loyihani tashkillashtirishdek vaziyatni
tahlil qilish va manbani baholash vositasi bo‘lib, talabalarni tizimli fikrlash, qiyoslash, taqqoslash,
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
245
tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
“B\B\B” jadvali–mavzu, matn, bo‘lim bo‘yicha izlanuvchanlik olib borish imkonini berib,
tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
“INSERT” texnikasi–o‘quvchilarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish, bilimlarni
o‘zlashtirishning majmuali vazifalarini yechish va o‘quv materiallarini mustahkamlash hamda kitob
bilan ishlashning o‘quv malakalarini rivojlantirishga qaratilgan.
“BLITS-O‘YIN” metodi–harakatlar ketma ketligini to‘g‘ri tashkil etish mantiqiy fikrlash,
o‘rganayotgan predmeti asosida ko‘p, xilma xil fikrlar va ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni
o‘rgatishga qaratilgan.
“T-sxemasi” metodi biror bir tushuncha yoki mavzu bo‘yicha o‘rnatilgan tizimni qiyosiy
tahlil etish, solishtirish, taqqoslash, mustaqil munosabatlarni shakllantirish uchun imkoniyat
yaratishga qaratilgan.
“3x4” metodi–talabalarning erkin fikrlashi, keng doirada turli g‘oyalarni bera olishi, ta’lim
jarayonida yakka, kichik guruh holida tahlil etib, xulosa chiqara olishi, ta’rif bera olishiga qaratilgan.
“Charxpalak” texnologiyasi–talabalarda muayyan mavzu bo‘yicha o‘zlashtirilgan kasbiy
axborotlarni mustahkamlash, analiz-sintez qilish, takrorlash, baholash va mustaqil ijodiy ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Dars jarayonida imkoni boricha talabalarni mavzuga jalb qilish, qiziqtirish, jamoa bo‘lib
fikrlashni shakllantirish, ularni shu mavzu to‘g‘risida kengroq tushunchaga ega bo‘lishlariga imkon
yaratadi. Ma’ruza va amaliy mashg'ulot darslarini kompyuter xonalarida olib borish, mavzularni
yoritishda va amaliy mashg'ulot darslarini imkoni boricha talabalarni jalb etgan holda olib borish
dars o‘tish sifatini yaxshilaydi. Jamoa bo‘lib fikrlash pedagogik ta’sir etish usullaridan biri bo‘lib,
ta’lim berish sifatini oshiradi. O‘qitish jarayonida o‘qituvchi va talaba hamkorlikda ko‘zlangan
natijaga erishishi ko‘p jihatdan tanlangan texnologiyalarga bog‘liq, chunki, qo‘llanilgan ta’lim
texnologiyasi o‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlikni tashkil eta olsa, bu o‘qituvchining
yutig‘idir. Ma’ruza va amaliy mashg'ulot darslarini olib borishda innovatsion va axborot
texnologiyalarini qo‘llash talabalarni erkin fikrlashga, mavzuni yoritishda ijobiy yondoshishga,
adabiyotlardan samarali foydalanishga va pirovard natijada o‘zi tanlagan kasbiga to‘liq qiziqishi
ortishiga olib keladi.
Qo‘llaniladigan texnologiyalarning eng maqbullari va samara keltiradiganlarini tanlab olish
va dars jarayonida ulardan keng foydalanish lozim. Bu asosan o‘qituvchining pedagogik mahoratiga
bog‘liq. Hozirgi sharoitda o‘qitish jarayonida “Savol-javob”, “Aqliy hujum”, “Dialog”, “Bahs”,
“Guruh bo‘lib ishlash”, “Taqdimot”, “Debat” kabi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
o‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik faoliyatini shakllanishiga, talabalarni fanlarni chuqur
o‘zlashtirishiga hamda malakali mutaxassis bo‘lib etishishlariga olib keladi. O‘quv mashg‘ulotlarida
innovatsion texnologiyalarni qo‘llash vaqtini tejash bilan birga, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish,
fikrini erkin bayon eta olish, o‘tilayotgan materiallarni tez o‘zlashtirish va talaba yoshlarning aniq
fanlarga qiziqishlari oshishiga imkon yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘.O‘.Tolipov, M.O‘smonboeva “Pedagogik texnologiya nazariya va amaliyot” O‘z.RFA
nashriyoti T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI, 2005 y.
2. Nasirova Sh.N., Maxmudova M.A. The importance of electronic education resources in the
effectiveness of the lesson Electronic journal of actual problems of modern science, education
and training december 2019-V ISSN 2181-9750, Urganch, № 5, 2019. –S.1-8.
3. Khayitovich, A. M. (2025). Social-Pedagogical Aspects of Forming Personal Qualities. Spanish
Journal of Innovation and Integrity, 39, 161-164.
4. Sultanmurodovna, K. N., & Dildora, X. (2025). Effectiveness of the Application of Pedagogical
Technologies. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 38, 210-213.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
246
5. Xosilova, Z., & Buriyeva, S. (2025). CORRECTIONAL WORKS WITH MENTALLY DEAD
CHILDREN. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 937-940.
6. PRACTICAL USE OF PROJECT-BASED LEARNING TECHNOLOGIES BY A SPORTS
COACH. (2024). Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods,
2(1), 1-6.
7. Suyunovna, Q. S., & Nomozovna, R. G. (2024). BOSHLANGICH SINFDA IQTIDORLI
OQUVCHILARNING
SHAKLLANISHIDA
MATEMATIK
MANTIQIY
MASALALARNING O’RNI. JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH,
1(4), 69-74.
8. Turaevna, I. Y. (2020). MORALITY AS A COMPONENT OF THE IMAGE OF THE
MODERN TEACHER. European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences, 8(2), 141.
9. Suyunovna, Q. S., & Nomozovna, R. G. (2024). BOSHLANGICH SINFDA IQTIDORLI
OQUVCHILARNING
SHAKLLANISHIDA
MATEMATIK
MANTIQIY
MASALALARNING
O’RNI.
JOURNAL
OF
INTERNATIONAL
SCIENTIFIC
RESEARCH, 1(4), 69-74.
10.
Allanazorov, M. K. (2025). THE INTERACTION OF RATIONALITY AND
IRRATIONALITY IN ISLAMIC PHILOSOPHY. SCHOLAR, 3(1), 102-107.
