Авторы

  • Гульиса Рахмонова
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129524

Ключевые слова:

deontologiya o‘qituvchi odob-ahloq kasbiy etika xulq-atvor a kompetentlik konsepsiya ta’lim pedagogika nazariyasi ta’limot.

Аннотация

Ushbu maqolada hozirgi davr pedagogika nazariyasi talablaridan kelib chiqib bo‘lajak o‘qituvchilik kasbiga tayyorlanishning ahloqiy-kasbiy jihatlari, pedagogik deontalogiyaning, mazmuni, mohiyati, muammolari, yechimlari nazariy jihatdan yoritilgan. Ayniqsa, pedagogika nazariyasida deontalogiya tushunchasi kasbiy xulq - atvor bilan bo‘g’liq tusuncha ekanligi hozirgi davr talablari asosida asoslangan. Pedagogik muammo sifatida unga yechim toppish va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

250

PEDAGOGIK TA’LIM JARAYONIDA DEONTOLOGIK YONDASHUVNING TUTGAN

O‘RNI VA AHAMIYATI

Raxmonova Gulisa Namozovna

Axborot texnologiyalari va menejment

universiteti o`qituvchisi.

gulisarahmonova@gmail.com

.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada hozirgi davr pedagogika nazariyasi talablaridan kelib chiqib

bo‘lajak

o‘qituvchilik

kasbiga

tayyorlanishning

ahloqiy-kasbiy

jihatlari,

pedagogik

deontalogiyaning, mazmuni, mohiyati, muammolari, yechimlari nazariy jihatdan yoritilgan.

Ayniqsa, pedagogika nazariyasida deontalogiya tushunchasi kasbiy xulq - atvor bilan bo‘g’liq

tusuncha ekanligi hozirgi davr talablari asosida asoslangan. Pedagogik muammo sifatida unga

yechim toppish va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

deontologiya, o‘qituvchi, odob-ahloq, kasbiy etika, xulq-atvor, a, kompetentlik,

konsepsiya, ta’lim, pedagogika nazariyasi, ta’limot.

Aннотация:

В статье теоретически освещены этические и профессиональные аспекты

подготовки к будущей профессии учителя, содержание, сущность, проблемы и пути решения

педагогической деонтологии, основанные на требованиях современной педагогической

теории. В частности, понятие деонтологии в педагогической теории основано на требованиях

современности, поскольку это понятие, связанное с профессиональным поведением. В

качестве педагогической проблемы были разработаны решения и рекомендации.

Ключевые слова:

деонтология, учитель, этика, профессиональная этика, поведение,

компетентность, концепция, образование, педагогическая теория, преподавание.

Abstract:

This article, based on the requirements of the current pedagogical theory, theoretically

covers the ethical and professional aspects of preparing for the future teaching profession, the

content, essence, problems, and solutions of pedagogical deontology. In particular, the concept of

deontology in pedagogical theory is based on the requirements of the current era. Finding a solution

to it as a pedagogical problem and developing recommendations.

Keywords:

deontology, teacher, ethics, professional ethics, behavior, competence, concept,

education, pedagogical theory, teaching

Kirish.

O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, jamiyatda o‘ziga

xos ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanish yo‘lining tanlab olinishi, shuningdek, 08.10.2019

yildagi PF-5847 “O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonda belgilanlan vazifalar asosida jahon talablariga

mos keluvchi, uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish uchun qulay shart-sharoit yaratdi. Ta’lim

sohasida olib borilayotgan hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan davlat siyosati ijtimoiy jamiyat

taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Bu yo‘nalishda amalga oshiriladigan muhim tadbirlar qatorida mutaxassislarning yangi

avlodini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, mustaqil dunyoqarashga ega, ijodiy

fikrlovchi, boy milliy meros, shuningdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqatli barkamol

shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazish vazifalari belgilangan. Jamiyatda amalga oshirilayotgan

islohotlar talablariga to‘la javob beruvchi, ishlab chiqarish sohasida yuzaga kelgan raqobatga


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

251

bardoshli, keskin o‘zgarishlarga moslasha oluvchi, shuningdek, mehnat bozorida mutaxassislar

malakasiga qo‘yilayotgan talablar darajasida samarali faoliyat yurituvchi shaxsni shakllantirish

bugunning dolzarb muammo hisoblanadi.

Mutaxassislarni kasbiy tayyorgarligiga qo‘yilayotgan talablar bu borada quyidagi

ziddiyatlarning mavjudligini ko‘rsatmoqda:

λ

kasbiy faoliyatning turli yo‘nalishlarida talabalarning faol ta’lim olish shakllariga bo‘lgan

ehtiyoji va ijtimoiy zaruriyatning to‘la qondirilmayotganligi, shuningdek, pedagogik maslahat

hamda psixologik yordam bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar mazkur yo‘nalishdagi o‘quv-

tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish uchun yetarli darajada kasbiy-pedagogik tayyorgarlikka ega

emasliklari;

λ

soha mutaxassislarini kasbiy shakllantirishda talabalar tomonidan ta’lim tamoyillari,

mazmuni, metodi va zamonaviy vositalarini mustaqil tanlashlari uchun zarur shart-sharoit

yaratilmaganligi hamda bilim va ko‘nikmalarning shakllantirilmaganligi;

λ

oliy ta’lim tizimida bakalavr o‘qituvchilarni tayyorlash o‘quv rejalari fanlarni bloklararo,

blokning ichida va predmet doirasida integratsiyalash kasbiy pedagogik ta’limning asosiy

maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni

tashkil etish jarayonida hayotiy ko‘nikmalarni egallashga imkon beruvchi asosiy turlari yetarlicha

emasligi;

O‘qituvchi kasbiy va shaxsiy faoliyatidagi to‘siqlar, turli xil konfiliktlarni yetarlicha

bartataf etishda albatta, pedagogik deontalogiya va komptentlik juda muhim hisoblanadi.

Deontologiya — axloqiy nazariya bo‘lib, u harakatlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini

ularning natijalariga emas, balki o‘zining ichki qoidalari va majburiyatlariga asoslanib baholaydi.

Bu tamoyilga ko‘ra, ma'lum bir harakatni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik, uning

oqibatlaridan qat'iy nazar, o‘zining axloqiy majburiyatlariga yoki qoidalariga muvofiq bo‘lishi

kerak.

Deontologiyaning mashhur vakili Immanuel Kant hisoblanadi. U axloqiy qonunlarni va

majburiyatlarni belgilovchi kategorik imperativ prinsipi haqida gapirgan. Bu prinsipga ko‘ra, har bir

inson boshqa insonlarga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishini belgilovchi umumiy axloqiy

qoidalar ishlab chiqishi kerak.

Pedagogik ta'lim jarayonida deontologik yondoshuvning tutgan o‘rni juda muhim.

Deontologiya, ya'ni axloqiy majburiyatlar va mas'uliyatlar to‘g'risidagi fan, pedagogik faoliyatda

o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi munosabatlarni, shuningdek, ta'lim jarayonining axloqiy asoslarini

belgilaydi.

Deontologik yondoshuvning asosiy jihatlari:

1. O‘qituvchilar o‘z talabalariga nisbatan axloqiy majburiyatlarga ega. Ular talabalarni

tarbiyalashda, bilim berishda, ularning shaxsiy xususiyatlarini hurmat qilishda va rivojlantirishda

mas'uldir.

2. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va talaba o‘rtasida o‘zaro hurmat muhim ahamiyatga ega.

O‘qituvchilar talabalarni individual sifatida qabul qilishi va ularning fikrlarini qadrlashi kerak.

3. Har bir talaba uchun adolatli imkoniyatlar yaratish, ularning ehtiyojlari va qobiliyatlariga

mos ravishda ta'lim berish deontologik yondoshuvning ajralmas qismidir.

4. O‘qituvchilar professional etika qoidalariga amal qilishlari zarur. Bu ularning ish faoliyatini

yanada samarali qiladi va ta'lim sifatini oshiradi.

5. Ta'lim jarayoni faqat bilim berish emas, balki talabaning shaxs sifatida rivojlanishini ham

qo‘llab-quvvatlashdir. O‘qituvchi bu jarayonda ko‘makchi bo‘lishi kerak.

6. O‘qituvchilar jamiyat oldidagi mas’uliyatni his qilishlari lozim, chunki ular kelajak avlodni

tarbiyalaydilar va jamiyatni shakllantiradilar.

Sunday qilib, quyida bir qancha muammolarni ko‘rib chiqamiz:


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

252

1. Axloqiy qadriyatlarning etishmasligi ayrim o‘qituvchilar axloqiy qadriyatlarni to‘g'ri

tushunmasligi yoki ularni o‘z hayotida tatbiq etmasligi mumkin. Bu esa o‘quvchilarga yaxshi

namuna bo‘lish imkoniyatini kamaytiradi.

2.O‘qituvchilar

axloqiy

sifatlarni

shakllantirish

uchun

samarali

metodlardan

foydalanmasliklari, yoki bu borada yetarlicha bilimga ega bo‘lmasliklari mumkin.

3. Oila muhitining axloqiy tarbiyaga ta'siri katta. Agar o‘qituvchi oilasida yaxshi axloq

qoidalari mavjud bo‘lmasa, u holda bu xususiyatlar professional faoliyatiga ham aks etishi mumkin.

4. Bo‘lajak o‘qituvchilarning psixologik holati va stress darajasi ularning axloqiy qarorlariga

ta'sir ko‘rsatishi mumkin. O‘z ichki kurashlari va tashvishlari bilan shug'ullanish ularning

professionalligi va axloqiy sifatlarini pasaytirishi ehtimoli bor

5. Ta'lim tizimidagi kamchiliklar, masalan, dars dasturlaridagi e'tiborsizliklar yoki

amaliyotning yetarlicha rivojlanmaganligi, o‘qituvchilarni axloqiy tarbiyada qiyinchiliklarga duchor

qilishi mumkin.

6. O‘qituvchilik sifatlariga e'tibor berilmaslik. O‘qituvchi sifatlarini baholashda faqat bilim

darajasiga e'tibor berilishi, lekin uning axloqiy sifatlarga ega ekanligini inkor etishi muammo

yaratadi.

Demak bu muammolarga duch kelmasligimiz uchun bo`lajak mutaxasislarni tayyorlashda

ularga axloqiy sifatlarni shakllantirish uchun bir qator tavsiya va usullar ishlab chiqish lozim bo`ladi.

Shundagina jamiyatimiz taraqqiyoti uchun suv va havodek zarur yosh avlodni har jihatdan

intelektual qilib yetishtirishga qodir kadrlarni tayyorlashga erisha olamiz. Ushbu muammolarni hal

qilish uchun ta'lim tizimida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur bo`ladi:

- Axloqiy tarbiya kurslarini joriy etish.

- O‘qituvchilarni doimiy ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

- Oila va maktab o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish.

- O‘qituvchilarning psixologik salomatligini nazorat qilish va qo‘llab-quvvatlash.

- Axloqi qadriyatlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqish.

Bular orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda mustahkam axloqiy sifatlarni shakllantirishga erishish mumkin.

Xulosa

qilib aytganda, deontologik yondoshuv pedagogik ta'lim jarayonining asosini

tashkil etadi. U nafaqat o‘qitish sifatini oshirishga yordam beradi, balki talabalar bilan sog'lom

munosabatlarni rivojlantirib, ularni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda axloqiy

sifatlarni shakllantirish muammolari zamonaviy ta'lim tizimining muhim jihatlaridan biridir.

O‘qituvchilik kasbi nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarni ma'naviy va axloqiy jihatdan

tarbiyalashni ham talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1. Mirziyoev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”.

Toshkent.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.

2. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,

2017yil, 6-son,70-modda.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabr “O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-

son Farmoni.

4. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O‘quv qo‘ll. - T.:

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, 2006. -159 b.

5. Axmedova M.T. Pedagogik kompetentlik. Uslubiy qo‘llanma. -T.: BROK CLASS SERVIS,

2016. – 84 b.

6. Axmedova M.T. Pedagogik konfliktologiya. O‘quv qo‘llanma. -T.: Adabiyot uchqunlari, 2017.

– 320 b.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

253

7. Ziyomuhammedov B. Pedagogik mahorat asoslari. O‘quv qo‘ll.-T.: TIBKITOB, 2009. -183 b.

8.

Xayitovich, A. M. (2025). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA SHAXSIY

SIFATLARNI

SHAKLLANTIRISHNING

IJTIMOIY–PEDAGOGIK

JIHATLARI. JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH, 2(5), 77-82.

9. Исмоилова, Ю. Т. (2015). Формирование педагогического мастерства и культуры речи

будущего учителя в процессе профессиональной подготовки. Образование и воспитание,

(3), 9-11.

10. Suyunovna, Q. S., & Nomozovna, R. G. (2024). BOSHLANGICH SINFDA IQTIDORLI

OQUVCHILARNING

SHAKLLANISHIDA

MATEMATIK

MANTIQIY

MASALALARNING O’RNI. JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH,

1(4), 69-74.

Библиографические ссылки

Mirziyoev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”. Toshkent.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017yil, 6-son,70-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabr “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni.

Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O‘quv qo‘ll. - T.: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, 2006. -159 b.

Axmedova M.T. Pedagogik kompetentlik. Uslubiy qo‘llanma. -T.: BROK CLASS SERVIS, 2016. – 84 b.

Axmedova M.T. Pedagogik konfliktologiya. O‘quv qo‘llanma. -T.: Adabiyot uchqunlari, 2017. – 320 b.

Ziyomuhammedov B. Pedagogik mahorat asoslari. O‘quv qo‘ll.-T.: TIBKITOB, 2009. -183 b.

Xayitovich, A. M. (2025). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA SHAXSIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY–PEDAGOGIK JIHATLARI. JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH, 2(5), 77-82.

Исмоилова, Ю. Т. (2015). Формирование педагогического мастерства и культуры речи будущего учителя в процессе профессиональной подготовки. Образование и воспитание, (3), 9-11.

Suyunovna, Q. S., & Nomozovna, R. G. (2024). BOSHLANGICH SINFDA IQTIDORLI OQUVCHILARNING SHAKLLANISHIDA MATEMATIK MANTIQIY MASALALARNING O’RNI. JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH, 1(4), 69-74.