RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
257
O‘QUV MATERIALLARNI ANGLAB TUSHUNISHNING NAZARIY ASOSLARI
Shaxmuradova Diljaxon Almardanovna,
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
diljahonshaxmuradova@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘quv materiallari va o‘quv materiallarini anglab tushunishning
nazariy asoslari o‘rganiladi. Shuningdek, anglash va tushunish jarayonlari, tilga oid tushunchalarni
shakllantirish jarayoni yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
o‘quv material, bosqich, anglash, tushunish, o‘quvchi, tadqiqot.
Abstract:
This article examines the theoretical foundations of educational materials and the
understanding of educational materials. It also examines the processes of understanding and
comprehension, the process of forming language concepts.
Key words:
educational material, stage, understanding, student, research.
Аннотация:
В данной статье изучаются теоретические основы учебных материалов и
понимание учебных материалов. Также рассматриваются процесси понимания и осмисления,
процесс формирования концепций языка.
Ключевые слова:
учебный материал, этап, понимание, студент, исследование.
KIRISH.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilishning yangi bosqichida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma
va malakalarini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar,
xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish ham muhim ahamiyatga
egadir. Shu sababli mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish
sifatida ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratgan holda Prezidentimiz tomonidan “Yurtimizdagi
yangilanish jarayonlari va islohotlarga. daxldorligini chuqur his qiladigan, mamlakatimizning eng
rivojlangan davlatlar qatoriga kirishidagi o‘z o‘rni va ishtirokini teran anglaydigan, bu yo‘lda faol
fuqarolik pozitsiyasiga, kreativ va innovatsion tafakkurga ega bo‘lgan zamonaviy shaxslarni
tarbiyalashning konseptual asoslari va amaliy faoliyat mezonlari ishlab chiqilmagan. Bu esa sohada
jiddiy bo‘shliq mavjudligini yana bir marotaba isbotlamoqda” deb ta’kidlab o‘tildi.
ASOSIY QISM.
O‘quv faoliyati o‘quvchilarning atrof-olam haqidagi yangi bilimlarni o‘rganish, atrof-olam haqidagi
turli bilim va tushunchalarni o‘zlashtirishga qaratilgan o‘quv-biluv harakatidir. O‘quv faoliyati
o‘quvchining o‘rganish faoliyatining ixtiyoriy va barqaror xususiyatlarini ko‘rsatuvchi, aql sifatlari
va bilim olish jarayonlarining rivojlanishi hisoblanadi. Boshlang‘ish sinf o‘quvchilarning barcha
o‘qish faoliyati qat’iy ravishda aynan maqsadga muvofiqlashtirilgandir. Eng avvalo, o‘quvchilar
o‘qish, yozish va hisoblash malakasini egallashlari, matematika, ona tili, o‘qish va tabiiy fanlardan,
geometriyaning elementar asoslaridan katta hajmda bilimni orttirishlari kerak. Ikkinchidan,
bolaning bilim darajasi kengayishni boshlaydi va bilishga bo‘lgan qiziqishlari rivojlanadi. Keyingi
bosqichda bilim jarayonlarining taraqqiyoti, aqliy rivojlanishi yuzaga keladi. O‘zi mustaqil ijodiy
faoliyat yuritishi uchun qobiliyat tarkib toradi va so‘ngida o‘qishga bo‘lgan yo‘nalish, o‘qishga
nisbatan ma’suliyatli munosabat hissi tarkib topa boshlaydi.
Redagogik atamalar lug‘atida bilimga quyidagicha ta’rif beriladi:
Bilim - bu ta’lim jarayonida o‘quvchi va talabalarga taqdim etilgan o‘quv materialining
o‘zlashtirilganlik darajasi sanalib, atrof-olam, borliq va uning obyektiv qonuniyatlarini o‘rganish,
o‘zlashtirish, egallash jarayonida shakllanadi.
Demak, bilish faoliyati jarayonida o‘quvchi taqdim etilgan bilimlarni o‘zlashtiradi va tevarak
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
258
atrofdagi voqelikni anglab yetadi.
Oʻqish va tushunish — bu matnni qayta ishlash, uning maʼnosini tushunish va oʻqiyotgan shaxs
oldindan bilgan narsalar bilan bogʻlab anglay olish qobiliyatidir. Soʻzlarning mazmuni maʼnosini
bilish, soʻzlarning matndagi maʼnosini bilish, matn mazmuniy qismlarining oʻzaro bogʻlanishini
anglash, matn tarkibidagi narsalar asosida xulosa chiqarish, matndagi asosiy fikrini aniqlash,
berilgan savollarga matn asosida javob bera olish, matnda ishlatilgan badiiy sanʼatlar yoki soʻz
birikmalarini tanib, ajratib olish va ohangini aniqlash, vaziyatning kayfiyatini (tasdiq, inkor, soʻroq
qilish, buyruq berish), muallifning maqsadi, niyati va nuqtayi nazarini aniqlash va muallif
toʻgʻrisida xulosalar chiqarish qobiliyatlari oʻqilgan matnni samarali anglash va tushunish ushun
kerak boʻlgan koʻnikmalardan hisoblanadi.
Matnni oʻqib tushunish qobiliyatiga oʻquvchining yuqoridagi koʻnikmalari hamda maʼlumotni qayta
ishlash qobiliyati taʼsir koʻrsatadi. Agar oʻquvchi soʻzning maʼnosini bilmasa, u matnni qayta
ishlash ushun juda koʻp vaqt sarflaydi, chunki u matndagi tushunilmagan soʻzlarni individual tarzda
anglashga urinadi, bu esa tushunishga ham halal beradi. Oʻqib tushunish malakasini rivojlantirish
uchun koʻplab mashqlar mavjud, ular orasida soʻz boyligini oshirish, matnni tanqidiy tahlil qilish,
maydalab oʻqish, qayta o‘qish mashqlari.
Anglash - zamonaviy psixologiyadagi tushunchadir; joriy tajribalarning uzluksiz monitoringi, ya’ni
subyektning o‘tmishdagi yoki kelajakdagi voqealar haqidagi fikrlariga aralashmasdan hozirgi
lahzani boshdan kechirishga qaratilgan holat sifatida belgilanadi. Bu ongning o‘z faoliyatini qayta
tahlil qilish qobiliyatidir.
Bilish nazariyasiga ko‘ra anglab tushunish inson bilish jarayonining tartibiy jihatlaridan biri sifatida
o‘rganiladi. Anglab tushunish esa bilishning boshqa jihatlari bilan solishtiriladi, bu jihatlar - anglash,
tushunish, oldindan aytib berish, talqin qilish va boshqalar.
Tushunish - ongda obyektlar o‘rtasida o‘rnatilgan aloqalar asosida mazkur aloqalar foydalanilishi
mumkin bo‘lgan va lozim bo‘lgan masalalarni yechishni bilish degani. Shu bilan birga tushuntirish
va tushunish kategoriyalarini taqqoslashga alohida e’tibor qaratish lozim.
Tushunish o‘rganilayotgan narsa va hodisaning mazmunini o‘rganish, tahlil qilsih, xulosa
chiqarishdan iborat bo‘lgan, shu bilan birga voqelik va ma’lumotlarni to‘g‘ri o‘zlashtirish shakli
tushuniladi. Olamdagi hodisalar, voqea-jarayonlar ma’no-mohiyat tashuvchilari sifatida hozir
bo‘ladi. Tushunish inson tomonidan ularni bilish, o‘zlashtirish va intellektual tarzda qayta ishlab
chiqishdir.
Tushunish - bu matnni qayta ishlash, uning ma’nosini o‘rganish va o‘qiyotgan shaxs oldindan
bilgan narsalar bilan bog‘lab anglay olish qobiliyati hamdir.
Bilish komponentlaridan biri sifatidagi tushunish yangi bilimlarni o‘rganish bilan emas, balki
ko‘proq uni anglash jarayoniga bog‘liq. Tushunish bilim olish jarayonining vositasi sifatida xizmat
qiladi, unga ma’no baxsh etadi. Tushunishning bilishdagi vazifasi muammoli tavsifda bo‘lgan
ilmning anglanishi, tahlil qilinishidan, qayta ishlash jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan
imkoniyatlarini ochib berishda ko‘rinadi.
Tushunish “ma’nolar olamiga” sho‘ng‘ish, uning turli jihatlarini bilish bilan bog‘liq. Tushunish -
ma’noni izlashdir, faqat ma’no-mazmun kasb etgan narsani tushunish mumkin.
Tushunish - g‘oya, hodisa, dalillarning mohiyatini ochish, anglash, o‘zlashtirish, mavjud bilimlar
bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish, shaxs ma’noviy sohasiga yangi mazmunni kiritish jarayoni va
natijasidir.
“Tushunish” kategoriyasining ta’riflanilanotgan tavsifi “ma’no” kategoriyasi mohiyatini ochib
berishni talab qiladi. “Tushunish” muammosi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar o‘z asarlarida
tushunishni tasniflash, turli daraja, turlarini ajratishga harakat qiladilar.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.
Respublikamiz olimlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘quv-biluv faolligini oshirish (R.Ibragimov,
G.Najimova, B.Adizov, A.Hamroyev), o‘quvchilarning ilmiy tushunchalarni anglab tushunish
ko‘nikmalarini rivojlantirish (R.Shodiyev, K.Bobomurodov), o‘quvchi bilimiga baho berish
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
259
(K.Jalilov, H.Qoraboyev), o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholashga doir xalqaro
tadqiqotlar muammolari (A.A.Ismailov, N.A.Karimova, B. Q.Haydarov, SH.N.Ismailov) qator
tadqiqot ishlari obyekti sifatida o‘rganilgan.
MDH olimlaridan I.G.Petrova inson bilish jarayonini, G.V.Sherbich, G.S.Kovaleva,
E.A.Krasnovskiy o’qish savodxonligi ko‘nikmalarini shakllantirish faoliyatining tuzilishini o’z
tadqiqotlarida keng o‘rganganlar.
NATIJALAR VA MUHOKAMA.
O‘quvchilar o‘rganilgan tushuncha mohiyatini anglashlari va bilimlarni nutq tajribasiga tatbiq
etishlari uchun tushuncha ta’rifini aniq, ifodalash ustida ishlanadi. Keyingi bosqichda o‘rganilgan
kategoriyani bilib olish uchun mashq qilinadi; amaliy vazifani hal qilish maqsadida (fikrni aniq
ifodalash, so‘zni va gapni to‘g‘ri yozish uchun) o’quvchilarda tushunchaga asoslanish ko‘nikmasi
shakllantiriladi. Shunga ko‘ra, tilga oid tushunchalarni shakllantirish jarayoni shartli ravishda
bosqichlarda amalga oshirladi.
Birinchi bosqichda tusunchaning muhim belgilarini ajratish maqsadida til materiali tahlil qilinadi.
Bu bosqichda ma’lum so‘z va gaplarning leksik ma’nosidan kelib chiqib mavhumlashtirish amalga
oshiriladi va shu til hodisasi, til kategoriyasi uchun umumiy hisoblangani ajratiladi. O‘quvchilar
tahlil qilish va mavhumlashtirishning aqliy amalini bilib oladilar.
Ikkinchi bosqichda tushunchaning belgilarini umumlashtirish ular orasidagi bog‘lanishni aniqlash
(tushunchalarning ichki bog‘lanishini aniqlash), atamani berish ishlari amalga oshiriladi. Shu orqali
o‘quvchilar taqqoslash va tarkib amalini o‘rganib olishadi.
Uchinchi bosqichda tushuncha ta’rifini ifodalashni tushunish, belgilarning mohiyatini va ular
orasidagi bog‘lanishni aniqlash ishlari amalga oshiriladi.
To‘rtinchi bosqichda yangi til materiali asosida o‘rganilayotgan tushunchani aniqlashtiriladi.
Bilimni tajribaga tatbiq etiladigan mashqlar ishlanadi. O‘rganilayotgan tushunchaning ilgari
o‘zlashtirilgan tushunchalar bilan bog‘lanishi aniqlanadi.
Umuman olganda tushuncha ustida ishlash jarayoni til materiallarini tahlil qilish, tushunchaning
muhim belgilarini aniqlab olishdan boshlanadi. Ko‘pgina tekshirishlar, agar o‘quvchilar o‘qituvchi
rahbarligida muayyan vazifani bajarish bilan dastlabki til materialini o‘zlari tuzsalar yoki tanlasalar,
ularning analitik faoliyatning samaradorligi ortishini ko‘rsatadi.
O‘quvchida tushunchani shakllantirish jarayonida so‘zning leksik ma’nosi, uning gap tarkibida
ma’nosi aniqlanib, matndagi ma’nosi oydinlashtirib boriladi, og‘zaki va yozma nutqda so‘zni
uslubiy to‘g‘ri ishlatish ko‘nikmasi orta boradi.
Anglash va tushunish boshlanishi ushun dastlabki holat – o‘quvchining o‘rganishga tayyorgarligi
holati. “O‘quvchi tomonidan yangi ma’lumotni anglab tushunishning asosiy sharti – undagi
kognitiv va hissiy-qadriyatli tajribaning mavjudligidir. U anglash va tushunishning zaruriy asosini
yaratadi. Matndagi yangi ma’lumotni anglab tushunish uchun o‘quvchining hayotiy tajribasida
quyidagilar shakllangan bo‘lishi zarurdir”: assotsiatsiya, tasavvur, empirik va ilmiy tushunchalar.
Anglash va tushunish - genetik, tarkibiy va tizimli asosda amalga oshiriladi. “Genetik nuqtai
nazardan anglash va tushunish – o‘quvchining idrok etish imkoniyatlarini kengaytiradigan, turli
ko‘rinishdagi ma’lumotlar, yangi kognitiv sxemalarni shakllantirishga asos bo‘ladigan, fanda yangi
bilimlarning paydo bo‘lishi va rivojlanish qonuniyatlarini tushunishdir”. Tarkibiy asosda anglash
va tushunish – tushuncha tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi, unga tegishli bog‘lanish va amallarni
o‘zlashtirishdir. Tizimli asosda anglash va tushunish – o‘quvchining kognitiv tajribasini boyitadi,
o‘rganiladigan predmet sohasini ifodalab,
shakllangan tarkibiy tushunchalarni umumiy
tushunchalar tizimiga qo‘shilishini ta’minlaydi.
XULOSA.
O‘quv materiallarni anglab tushunishni pedagogika fani muhim vazifalar qatorida ko‘radi, lekin
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bunga kam e’tibor qaratilishini ko‘rish mumkin. O‘quv
materiallarni anglab tushunish darajalarini oshirish va baholash metodikalari ham bugungi kunga
qadar yetarli darajada ishlab chiqilmagan.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
260
Pedagogik-psixologik adabiyotlarning tahlili anglab tushunish jarayonlari turli hodisa va
axborotlardan xabardor bo‘lish, hodisa va axborotning mohiyatni chuqur o‘rganish, o‘rgangan
ma’lumotlarni intellektual ravishda qayta ishlashlari natijasi sifatida talqin qilish imkonini berdi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. –Toshkent: “O‘zbekiston”, 2021. – B.294-
295.
2. Almardanovna, S. D., & Shokirovna, A. M. (2025). The Effectiveness of Increasing Students'
Cognitive Activity in Primary Education. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 39, 66-
70.
3. Bobomurodov K.A. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy tushunchalarni anglab tushunish
darajasini oshirish metodikasini takomillashtirish. Red.fan.falsafa dokt....diss. QarDu. – T.:
20232. – 20-b.
4. Ibragimov R. Boshlang‘ich maktab o‘quvchilarida bilish faoliyatini shakllantirishning didaktik
asoslari. Red.fan.dokt....diss. Nizomiy nomidagi TDRI. – T.: 2001. – 250-b.
5. Karimova V, Sunnatova R. Mustaqil fikrlash bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish yuzasidan
uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: Sharq, 2000. – 193-b.
6. Najimova G. N. Boshlang‘ish sinf o‘quvchilari o‘quv biluv faoliyatini shakllantirishning
didaktik asoslari. Red. fan. nom. ...diss. –T.: 2006. – 159-b.
7.
Yuldashev, S., Akramov, M., Tursunova, F., Abdullaeva, K., Shakhmurodova, D., &
Ubaydullayev, A. (2024, May). A Development of AI Connected System with Adaptive
Assessments Method for Evaluation Methods in Education Field. In 2024 4th International
Conference on Advance Computing and Innovative Technologies in Engineering
(ICACITE) (pp. 826-830). IEEE.
8.
Shaxmurodova, D. . (2023). BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI ANGLASH VA
TUSHUNISH DARAJALARINI BAHOLASHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI. FAN,
TA’LIM
VA AMALIYOT
INTEGRATSIYASI, 4(2),
36-39. Retrieved
from
https://journal.bilig.uz/isepsmj/article/view/49
9. Teaching Students to Understand and Understand Learning Texts. (2025). American Journal of
Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 3(1), 215-
217.
https://grnjournal.us/index.php/STEM/article/view/6658
10.
Khayitovich, A. M. (2025). Social-Pedagogical Aspects of Forming Personal Qualities. Spanish
Journal of Innovation and Integrity, 39, 161-164.
11.
Xayitovich, A. M. (2025). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA SHAXSIY
SIFATLARNI
SHAKLLANTIRISHNING
IJTIMOIY–PEDAGOGIK
JIHATLARI. JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH, 2(5), 77-82.
