RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
261
KASBIY KOMPETENSIYANI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY
Xujayarova Nafisa Sultonmurodovna
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Shermamatova Mohidil Marat qizi
Axborot texnologiyalar va menejmenti unversiteti 1-bosqich magistranti
Annotatsiya.
Maqolada kompetensiyaning asosiy tarkibiy qismlari hodisalar, jarayonlar va
vaziyatlarni tahlil qilish, mavjud tajribaga tayanish, keyingi uchrashi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni
ko‘rish, faol bo‘lish, yеtakchilik va rahbarlik qilish qobiliyatlari bayon etilgan.
Kalit sо‘zlar:
kasbiy kompetentlik, ijtimoiy kompetentlik, maxsus kompetentlik, innovatsion
kompetentlik metodik kompetentlik, psixologik kompetentlik.
Аннотация.
В статье излагаются основные составляющие компетенции-умение
анализировать явления, процессы и ситуации, опираться на имеющийся опыт, видеть
препятствия, с которыми может столкнуться следующий, быть активным, руководить и
направлять.
Ключевые слова:
профессиональная компетентность, социальная компетентность,
специальная компетентность, инновационная компетентность методическая компетентность,
психологическая компетентность.
Abstract.
The article describes the main components of competence-the ability to analyze events,
processes and situations, rely on existing experience, see the obstacles that may occur next, be
active, lead and lead.
Key words:
professional competence, social competence, special competence, innovative
competence methodological competence, psychological competence.
Kirish.
Jahon ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida bo'lajak pedagoglarni integrativ
yondashuv asosida kasbiy tayyorgarligini va mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida kasbiy
kompetensiyasini rivojlantirish, talabalarda mustaqil bilim olish faoliyatini takomillashtirish
bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Ta’lim sohasidagi sifat o‘zgarishlari va yuqori
samaradorlik, ularning jahon ta’lim talablari bilan mosligi va pedagoglarning kelgusi mehnat
faoliyatlarida o‘zlashtirgan qobilyatlari qanaqa darajada amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga
bog‘liqliqdir. Ta’lim-tarbiyadagi sifat o‘zgarishlari va yuqori samaradorlik esa ushbu sohaga ijobiy
yangilik kiritish natijasida ta’limda sifat va samaradorlik ta’minlanib, pedagogik innovatsion
jarayon vujudga keladi.
ASOSIY QISM
Inglizcha "competence" tushunchasi lug'aviy jihatdan bevosita "qobiliyat" ma'nosini
ifodalaydi. Mazmunan esa "faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi
kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish" ma'nosini anglatadi.
Bugungi kunda kompetensiya, kompetentlik atamalarini har bir sohada uchratish qiyin
emas. Ko‘pgin sohalar,xodimlar faoliyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish davr
talabiga aylanib bormoqda. Ayniqsa, pedagoglar, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kopmetentligini
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
262
oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos
bo‘lgan kasbiy kompetentlik hamda uning o‘ziga xos tomonlari o‘rganilgan. Kasbiy kompetensiya
borasida olimlarning yuritgan fikrmulohazalarini tahlil qilish jarayonga doir qo‘shimcha
ma’lumotlarga ega bo‘lishni ko‘rsatadi.
"Kompetentlik" tushunchasi noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan xollarda mutaxassisning
o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi,
noanik vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va
murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalikni anglatadi. Kompetentlik va uning turlari J.
Ravenning tadqiqotlarida o‘rganiladi. Keyinchalik esa, bu kompetensiya sifatida talqin qilinadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Uning “Zamonaviy jamiyatdagi kompetentlik” asarida kompetentlik- ijtimoiy ahamiyatga
ega bo‘lgan ma’lum sohadagi hayotiy muvaffaqiyat sifatida talqin qilinadi .J. Raven
kompetensiyaning rivojlanganlik darajasi va inson faoliyati natijasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga
ishora qiladi. Muallifning fikriga ko‘ra, kompetensiya shaxs faoliyatining turli tarkibiy qismlarini
o‘ziga qulay tarzda amalga oshirish hamda muhim natijaga erishish uchun birlashtirish qobiliyati
xisoblanadi.
Kompetensiyaning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat etib belgilangan: hodisalar,
jarayonlar va vaziyatlarni tahlil qilish, mavjud tajribaga tayanish, keyingi uchrashi mumkin bo‘lgan
to‘siqlarni ko‘rish, faol bo‘lish, yеtakchilik va rahbarlik qilish qobiliyati. Shundan kelib chiqib
aytish mumkinki, kompetensiya bir-biridan nisbatan o‘zaro mustaqil bo‘lgan komponentlar
yig‘indisidan iborat bo‘lib, shaxsning “yuqori subyekt” o‘ziga xos xususiyatlarini tashkil qiladi. Bu
xususiyatlar inson kasb faoliyatining turli vaziyatlarida turlicha namoyon bo‘lishi mumkin.
V.I.Andreyevning ta’kidlashicha, “kompetensiya - bu ma’lum o‘quv, kasbiy va boshqa
kompleks masalalarni yechishda namoyon bo‘luvchi, rivojlanib boruvchi integral ko‘rsatkich bo‘lib,
shaxsning (ijobiy motivatsiya, bilim, mahorat, iqtidor va ijodiy faoliyat tajribasini o‘z ichiga oluvchi)
tayyorgarlik darajasidir” deydi.
M.A.Umaraliyevaning fikricha, “kompetensiya - bu o‘zining kasbiy mahoratini mukammal
rivojlantirgan, dars jarayonini nafaqat loyihalashtiradigan, balki uni boshqara oladigan, ta’lim
islohotlarini, zamon talablarini, innovatsiyalarni tez ilg‘ab, uni dars jarayonida samarali qo‘llay
olishdir” deydi.
Kompetentlik - insonning mavjud bilim va hayotiy tajribalariga tayangan holda ma’lum bir
muammoni hal etishga doir qobiliyatidir degan xulosaga kelish mumkin. Shuni alohida ta’kidlab
o‘tish lozimki, kompetentlik tushunchasiga berilgan aksariyat ta’riflar, ilg‘or qarashlar kasbiy ta’lim,
kasbiy faoliyat bilan bog‘liqlikda bayon etilgan.
NATIJALAR VA MUHOKAMA.
Ijtimoy kompetentlik - olingan bilimlarga asoslangan holda ijtimoiy munosabatlarda to‘g‘ri
harakat qila olishlik demakdir. Kompetentlik ijtimoiy amaliyot ko‘rinishidagi bilim va
ko‘nikmalarning mavjudligi bo‘lib, u ta’lim jarayoni natijalariga ijtimoiymadaniy talablar va
jamiyat tomonidan talablar qo‘yiladigan hollarda namoyon bo‘ladi. Innovatsion faoliyat -
pedagogning o‘z kasbini mukammallashtirish va uni takomillashtirishdagi mavjud bilim,ko‘nikma
va malakalarni egallashida ijodiy yondashuvini nazarda tutadi.
V.Slastenin, I.Isayev va boshqalar o‘zining “Pedagogika” deb nomlangan o‘quv
qo‘llanmasida kasbiy kompetensiyaga pedagog kasbini boshqaruvchi va shakllantiruvchi tamoyil
deb ta’riflaydi. Bunda o‘qituvchi amaliy va nazariy tayyorgarlik asosida kasbiy mahoratini
namoyon qiladi.
Bolotov V.A. va Serikov V.V.larning fikricha, kasbiy kompentensiya o‘qituvchidagi
bilimdonlik bilan emas, balki uning vaziyatni qanday baholay olishi hamda turli muammolarga
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
263
yechim topa ola bilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi bilan o‘lchanadi. Bu esa pedagoglar uchun zarur
qobiliyat hisoblanadi.
Mutaxassisdagi kasbiy kompetensiya negizida mujassabo‘ladigan bir nechta jihatlar mavjud bo‘lib,
ular quyidagicha tavsiflanadi:
Ijtimoiy kompetentlik
- ijtimoiy hayotda faollikni talab etadigan ko‘nikmalarga ega bo‘lish
va subyektlar bilan o‘zaro muloqotga kirisha bilish.
Maxsus kompetentlik
- kasbiy-pedagogik jarayonni tashkil eta olish, kasbiy-pedagogik
vazifalarni hal eta olish, o‘z faoliyati natijalarini real hamda oqilona baholay bilish. Maxsus
kompetentlik ham o‘z ichida bir qanvha bo‘linishlarga ega bo‘lib, ular:
psixologik kompetentlik
-pedagogik jarayonda sog‘lom muhitni yarata olish, jarayonda
yuzaga keladigan, uning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z
vaqtida oldini olish;
metodik kompetentlik
- kasbiy faoliyatni metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil eta olish, ta’lim
jarayonida metod, usul va vositalardan o‘z o‘rnida, oqilona foydalana bilish;
informatsion kompetentlik
- o‘z faoliyati davomida kerakli, muhim, foydali ma’lumotlarni
topa olishi va shu bilan birga ulardan maqsadli, o‘rinli foydalana bilishi;
kreativ kompetentlik
- pedagogik jarayonga ijodiy va tanqidiy yondosha bilish hamda
o‘zidagi ijodkorlik qobiliyatini ko‘rsata bilishi;
shaxsiy kompetentlik
- doimo kasbiy malakalarini takomillashtirishga harakat qilishi;
kommunikativ kompetentlik
- ta’lim jarayoniga aloqador barcha shaxslar bilan o‘zaro
samimiy muloqot shaklini amalga oshira olishi;
innovatsion kompetentlik
- ta’lim sifatini yaxshilash hamda jarayonni takomillashtirishga
xizmat qiladigan xalqaro ilg‘or tajribalar, innovatsiyalar bilan tanish bo‘lishi va ularni amaliyotda
tadbiq eta olishi;
texnologik kompetentlik
- bilim, ko‘nikma va malakalarni boyitb borishga yordam beradigan
zamonaviy texonologiya vositalaridan foydalana olishi ekstremal kompetentlik - favqulodda
vaziyatlarda, shuningdek, kuchli ziddiyatlar yuzaga kelaganda oqilona qaror qabul qila olishi hamda
to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarigega bo‘lishi.
Xulosа.
Pedagogda kasbiy kompetensiyaning shakllanishi ta’lim sifatini oshiruvchi omillardan biri
hisoblanadi. Zero, o‘qituvchining jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi o‘zida kasbiy faoliyatga doir
kompetensiyalarni, ko‘nikma va malakalarni qay darajada shakllantirishi hamda rivojlantirishi bilan
chambarchas bog‘liq. Bugungi jadal rivojlanib borayotgan ijtimoiy hayotda o‘zining kasbiy
faoliyati, pedagogik mahorati bilan nom qozonishni istagan har qanday jonkuyar pedagog tinimsiz
izlanish, o‘rganishni amalga oshirgan holda jarayonni tashkil qilishi joiz. O‘qituvchilarda kasbiy
kompetensiyaning yuzaga kelishi uchun talab etiladigan barcha kerakli shart-sharoitlarni yaratish
lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Xalq ta’limi tizimini 2030-
yilgacha
rivojlantirish
Konsepsiyasi
to‘g‘risida”
PF-5712-son
Farmoni.
https://lex.uz/doss/4312785
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi “O‘zbekiston
Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini
tashkil etish choralari to‘g‘risida” 287-sonli Qarori. https://lex.uz/doss/4814154
3. Muslimov N., Usmonboyeva M., Sayfurov D., To‘rayev A. (2015)Pedagogik kompetentlik va
kreativlik asoslari. -Toshkent. 120 b.
4. Axmedova M.T. (2018) Pedagogik kompetentlik. Uslubiy qo‘llanma. T.:Nizomiy nomidagi
TDPU.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
264
5. Asadov Y.M. (2014) Boshlang‘ich ta’limda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan
ta’lim paradigmasi // Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi tezislari to‘plami.Toshkent. 14 b
6. Xutorskoy
A.V.
(2003)Klyuchevyye
kompetentsii
kak
komponent
lichnost-no-
oriyentirovannoy paradigmy obrazovaniya // Nar. Obrazovaniye. - Moskva. -№ 2. - S. 58-64.
7. Khashimova, M. K., Maxsudov, V. G., Gaffarov, F. H., Allamuradov, A. A., Melieva, Y., &
Ismoilova, Y. T. (2021). Harmonization Of Gender Relations And Moral Development. Turkish
Journal of Computer and Mathematics Education, 12(4), 77-82
8. Khayitovich, A. M. (2025). Social-Pedagogical Aspects of Forming Personal Qualities. Spanish
Journal of Innovation and Integrity, 39, 161-164.
9. XUJAYAROVA,
N.
(2024).
TALABALARDA
INDIVIDUAL
TA’LIM
TRAEKTORIYASINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK KOMPETENSIYANING
MAZMUNI. «ACTA NUUz», 1(1.5. 1), 242-244.
10.
Suyunovna, Q. S., & Nomozovna, R. G. (2024). BOSHLANGICH SINFDA IQTIDORLI
OQUVCHILARNING
SHAKLLANISHIDA
MATEMATIK
MANTIQIY
MASALALARNING
O’RNI.
JOURNAL
OF
INTERNATIONAL
SCIENTIFIC
RESEARCH, 1(4), 69-74.
