Авторы

  • Давронбек Джамолов
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129561

Ключевые слова:

Milliy tarbiya milliy madaniyat jamiyat ahloq qadriyatlar milliy qadriyatlar milliy ehtiyoj.

Аннотация

Milliy tarbiya tarbiyaning alohida shakli yoxud sohasi emas. U ijtimoiy tarbiyaning xarakterini, ruhiyatini ifodalaydigan tushuncha. Tarixning turli bosqichlarida milliy tarbiya muhim vazifalarni ado etib kelgan. U oilada, mahallada, turli maskanlarda amalga oshirilgan tarbiyaviy faoliyatga milliy ruh ato etib turgan, uni millat ehtiyoj va manfaatlariga moslashtirgan.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

365

MILLIY TARBIYA SAMARADORLIGINI

OSHIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

JAMOLOV DAVRONBEK BAXTIYOR O‘G‘LI

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti

E-

mail:

jamolovdavronbek4@gmail.com

Annotatsiya:

Milliy tarbiya tarbiyaning alohida shakli yoxud sohasi emas. U ijtimoiy

tarbiyaning xarakterini, ruhiyatini ifodalaydigan tushuncha. Tarixning turli bosqichlarida milliy

tarbiya muhim vazifalarni ado etib kelgan. U oilada, mahallada, turli maskanlarda amalga oshirilgan

tarbiyaviy faoliyatga milliy ruh ato etib turgan, uni millat ehtiyoj va manfaatlariga moslashtirgan.

Kalit so‘zlar:

Milliy tarbiya, milliy madaniyat, jamiyat, ahloq, qadriyatlar, milliy

qadriyatlar, milliy ehtiyoj.

Kirish.

O‘zbek milliy madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini asrash uchun uning tarkibiy

qismlaridan yana biri - milliy tarbiyaning ham samarasini oshirish kerak. Milliy tarbiya o‘zbek

milliy madaniyatining ajralmas qismidir. Ayni paytda aynan milliy tarbiya, bir jihatdan, milliy

madaniyat elementlariga ommaviy tus beradi, ularning millat vakillari tomonidan keng miqyosda

o‘zlashirilishini ta’minlaydi. Ikkinchi jihatdan esa, u milliy madaniyat artefaktlarining ajdodlardan

avlodlarga o‘tib borishiga, bu vorisiylik jarayonining milliy ehtiyoj va manfaatlarga mos ravishda

kechishiga xizmat qiladi. Binobarin, globallashuv tendensiyasining ijtimoiy voqelikka total ta’siri

kuchayayotgan bugungi pallada milliy tarbiya samaradorligini oshirmasdan turib, milliy

madaniyatning o‘ziga xosligini, uning ommaviyligi va vorisiyligini ta’minlash amri mahol.

Biz ta’kidlaganimizdek, milliy tarbiya tarbiyaning alohida shakli yoxud sohasi emas. U

ijtimoiy tarbiyaning xarakterini, ruhiyatini ifodalaydigan tushuncha. Tarixning turli bosqichlarida

milliy tarbiya muhim vazifalarni ado etib kelgan. U oilada, mahallada, turli maskanlarda amalga

oshirilgan tarbiyaviy faoliyatga milliy ruh ato etib turgan, uni millat ehtiyoj va manfaatlariga

moslashtirgan. Ana shunday milliy ruh ustuvorligi sharofati bilan shaxs o‘zini muayyan millatning

vakili ekanligini anglab yetgan va shu orqali uning milliy ongi qaror topgan. Aynan milliy tarbiya

yordamida shaxsning milliy his-tuyg‘ulari, e’tiqodi, yon-atrofda sodir bo‘layotgan voqea va

jarayonlarga munosabati shakllangan.

Metodlar va metodologiya

. Milliy tarbiya barcha davrlarda shaxsga milliy madaniyatning

boshqa elementlarini o‘zlashtirish imkoniyatlarini taqdim qilgan, ularni qadrlashga odatlantirgan.

Tarbiyaviy ta’sir milliy xarakterga ega bo‘lgan oilalarda voyaga yetgan yigit va qizlarda o‘zbek

tiliga hurmat tuyg‘usining kuchliligi, milliy adabiyot va san’at durdonalariga murojaatning

muntazamligi, milliy an’ana va qadriyatlarga sodiqlik kayfiyatining mustahkamligi ham shundan.

Biroq bundan milliy tarbiya shaxs uchun faqat milliy madaniyat elementlarini o‘zlashtirish

imkoniyatlarini yaratar ekan, o‘zga millatlarning madaniy yutuqlari bilan tanishish eshiklarini yopib

qo‘yadi, ularga e’tiborni susaytiradi, degan xulosaga kelmaslik kerak. Aksincha, milliy o‘ziga

xoslik asosida tarbiya topgan shaxs nafaqat o‘z millatining madaniy artefaktlarini, balki boshqa

millat madaniy taraqqiyoti yutuqlarini ham qadrlay oladi. Milliy tarbiya ta’sirida o‘z millatining

madaniy yutuqlarini o‘zlashtirishga ko‘nikkan kishi boshqa millatlarning madaniyatiga xos bo‘lgan

elementlarni ham tolerantlik bilan qabul qiladi. Milliy ruhda tarbiyalanmagan kishi o‘z milliy

madaniyatini ham, o‘zgalar milliy madaniyatini ham qadrlamaydi. Shu nuqtai nazardan fikrlaganda,

milliy tarbiya milliy mahdudlikning emas, baynalminallik, insonparvarlik va tolerantlikning muhim

manbaidir.

Natijalar.

Milliy tarbiyaning milliy ruhiyat bilan sug‘orilgani uning o‘zgarmasligini

anglatmaydi. Millat rivojlanar ekan, uning ruhiyati ham u yoki bu omillar va vositalar ta’sirida

yangilana boradi. Ruhiyatning o‘zgarishi esa milliy tarbiya mohiyatida iz qoldiradi. Biroq


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

366

o‘zgarishlar sur’ati naqadar baland va chuqur bo‘lmasin, milliy tarbiya ijtimoiy tarbiyani milliylik,

milliy ehtiyoj va manfaatlar bilan uyg‘unlashtiruvchi manba bo‘lib qolaveradi.

Tahlil.

Tarixiy taraqqiyotning biror davrida ijtimoiy tarbiya mazmuni bugungi kundagi kabi

o‘zgarishlarga duchor bo‘lgan emas. Globallashuv tendensiyasi, biz avvalgi bobda qayd

qilganimizdek, oilada, mahallada, ta’lim maskanlarida, mehnat jamoalarida amalga oshirilayotgan

tarbiya jarayonini liberallashtirdi. Bir qarashda, tarbiyaning liberallashuvi salbiy jarayon emasdek

tuyuladi. Umuman, olganda, buning ijobiy jihatlari ham talaygi-na. Biroq, tarbiyaning liberallashuvi

uni milliylikdan yiroqlashtirib yuborayotgani, tarbiya shakllari bilan milliy ehtiyojlar, manfaatlar

o‘rtasi-dagi uyg‘unlikka putur yetkazayotgani ham rost. Globallashuv ta’sirida ayrim hollarda

tarbiya asrlar mobaynida shakllangan milliy qadriyatlar, an’analar vorisiyligini ta’minlovchi emas,

o‘zga jamiyatlardan kirib kelgan qadriyatlar, normalarni targ‘ib qiluvchi vositaga aylanib qolmoqda.

Boshqacha aytganda, bugungi kunda turli mamlakatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham

tarbiyaviy jarayon o‘zining milliy xususiyatlarini yo‘qotmoqda. Shu munosabat bilan tarbiyaning

milliy xarakterini saqlash zaruriyati oshmoqda.

Tarbiyaning milliy xarakterini saqlab qolish, milliy tarbiya samarasini oshirish uchun qator

ijtimoiy vazifalarni kun tartibiga qo‘yish lozim bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. Bu o‘rinda quyidagilarga

e’tiborni qaratish mumkin:

Birinchidan,

globallashuv sharoitida milliy axloqiy tarbiyani saqlab qolish zaruriyati paydo

bo‘lmoqda. “Axloqiy tarbiya deganda o‘sib kelayotgan avlodda xulq-odob me’yorlariga mos

keladigan, zamon talablariga javob beradigan insoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan ilmiy va

amaliy harakatlar tizimi tushuniladi”.

1

Shaxs ma’naviy qiyofasining shakllanishida axloqiy

tarbiyaning ahamiyati beqiyos.Chunki “inson axloqiy tarbiya orqali axloqiy qadriyatlarni anglab

yetadi, o‘zida axloqiy tajribalar, ko‘nikma va fazilatlarni shakllantiradi, axloqiy me’yorlar va

tamoyillar asosida yashashga o‘rganadi.

2

Ammo masalaning o‘ziga xos tomoni shundaki, axloqiy tarbiya jarayonida axloqiy

qadriyatlar, tajribalar, ko‘nikma va fazilatlarga doir milliy tasavvurlar nazariy-metodologik asos

vazifasini o‘taydi. Asosning bunday milliy xarakteri axloqiy tarbiyaga ham milliy tus beradi. Turli

millatlarda amalga oshiriladigan axloqiy tarbiya mazmuni va shakllaridagi tafovutlar ham mazkur

asoslardagi farqlardan kelib chiqadi. Globallashuv jarayoni aynan ana shu asosning zaiflashuviga

sabab bo‘lmoqda. Oila, mahalla, ta’lim maskanlari, turli jamoalarda amalga oshirilayotgan axloqiy

tarbiya hamisha ham milliy axloqiy qadriyatlarni, milliy axloqiy tamoyillarni singdirishga xizmat

qilayotgani yo‘q. Globallashuv tufayli ularning o‘rnini o‘zga millatlarga xos axloqiy qadriyat va

tajribalar egallamoqda.

Masalan, o‘zbek xalqi azal-azaldan ijtimoiy burchni eng muhim axloqiy qadriyatlardan biri

deb bilgan va uni voyaga yetayotgan avlod ongiga singdirishga alohida e’tibor berib kelgan. Bunda

ijtimoiy burch deganda jamiyat ko‘zlagan maqsad-muddaolarga xizmat qilish, o‘z ehtiyoj va

manfaatlarini ijtimoiy manfaatlar bilan uyg‘unlashtirish, ijtimoiy muammolarga befarq bo‘lmaslik

tushunilgan. Vaholanki, Gʻarb mamlakatlarida shaxsiy huquq va erkinliklarni cheklamaydigan

ijtimoiy burchnigina tan olish va ado etish odat tusiga kirmoqda. Bunday yondashuv koronavirus

pandemiyasi davrida ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlandi. Ko‘pgina mamlakatlarda virus tarqalishining

oldini olish maqsadida lokdaun e’lon qilindi, kishilarning erkin harakatlanishi cheklandi. Karantinda

o‘tirish va virus tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik davr talab qilgan muhim ijtimoiy burchlardan biriga

aylandi. Biroq Gʻarb kishisi bu zaruriyatni o‘z haq-huquqlarining poymol etilishi deb baholadi,

unga qarshi keskin qarshilik ko‘rsatdi. Rivojlangan mamlakatlarda lokdaunga qarshi ko‘plab

namoyishlar bo‘lgani ham shundan.

Qizig‘i shundaki, globallashuv ijtimoiy burch kabi muhim axloqiy qadriyatlarni shaxsiy

manfaatlar va haq-huquqlarga mengzab qabul qilish, baholash tamoyilini jahon bo‘ylab yoymoqda.

1

Назаров Қ. Жаҳон фалсафаси қомуси. Биринчи жилд.- Т.:Ўзб.файл.миллий жам. нашр., 2019.- Б.124.

2

Ўша ерда.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

367

Bu jarayon, tabiiyki, O‘zbekistonni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Mamlakatimizda o‘z burchiga

e’tiborsiz bo‘lgan, jamiyat oldidagi majburiyatlarini bajarishga oshiqmaydigan, ijtimoiy

jarayonlarga befarq kishilarning paydo bo‘layotgani sababini ularning axloqiy qadriyatlar

to‘g‘risidagi tasavvurlarining o‘zgargani, o‘zgacha tamoyillar asosida axloqiy tarbiya topgani,

umuman, milliy axloqiy tarbiya asoslarining zaiflashgani bilan bog‘lamoq darkor.

Mamlakatimizda barcha davrlarda bo‘lgani kabi bugungi kunda ham turli bosqichlardagi

axloqiy tarbiya samarasini oshirish masalasiga jiddiy e’tibor berib kelinmoqda. Ammo globallashuv

tendensiyasi bu boradagi vazifalarning yangi rakursini vujudga keltirmoqda. Xususan, milliy

axloqiy tarbiyada asos vazifasini o‘tayotgan qadriyat, tajriba, normalarning o‘zga xalqlarga xos

qadriyat va normalar bilan almashinuviga chek qo‘yish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Bu vazifani

uddalash uchun milliy axloqiy qadriyatlar bilan o‘zga qadriyatlar o‘rtasidagi tafovutlarni ochib

berishga bag‘ishlangan ilmiy-publisistik adabiyotlar, lug‘atlar, targ‘ibot va tashviqot materiallarini

ko‘paytirish taqazo qilinadi. Ushbu choralar milliy axloqiy tarbiyaning saqlab qolinishiga xizmat

qiladi, deb o‘ylaymiz.

Ikkinchidan,

globallashuv sharoitida milliy huquqiy tarbiyani asrash zaruriyati ortmoqda.

Ma’lumki, “huquqiy tarbiya – jamiyat a’zolari madaniyati va ongiga huquqiy bilimlarni turli ta’sir

vositalari orqali uzluksiz singdirib borish jarayonini ifodalovchi tushunchadir”.

3

Bu jarayon shaxsga

huquqiy ta’lim berish, uni huquqiy amaliyotga jalb qilish, turli huquqiy bilimlarni targ‘ib qilish

orqali amalga oshiriladi. “Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi insonga xalqning vakili sifatida

davlat hokimiyatining manbai ekanligini anglatishdir”.

4

Inson o‘zini davlat hokimiyatining manbai

sifatida anglab yetishi uchun nafaqat o‘z haq-huquqlarini chuqur bilmog‘i, balki jamiyat oldidagi

majburiyatlarini ham keng tasavvur etmog‘i darkor.

O‘zbekistonda huquqiy tarbiya ko‘p asrlar mobaynida ayrim milliy xususiyatlar asosida

amalga oshirib kelingan. Avvalo, uning davomida inson o‘z haq-huquqlaridan xotirjam, o‘zgalar

huquqlarini poymol qilmagan holda foydalanishga odatlantirilgan. Bundan tashqari, shaxsning

Vatan, jamiyat, mahalla, oila oldidagi majburiyatlarini tushuntirishga alohida e’tibor berilgan.

Jamiyat a’zosining qadr-qimmati nafaqat uning o‘z haq-huquqlarini bilishiga, balki majburiyatlarini

anglashi va ijro etishiga qarab ham belgilangan.

Globallashuv sharoitida huquq va majburiyatlar to‘g‘risidagi milliy tasavvurlar birmuncha

o‘zgarmoqda. Masalan, Gʻarbda inson huquqlarini mutlaqlashtirish, barcha ijtimoiy jarayonlarni,

inson faoliyati bilan bog‘liq barcha holatlarni nuqul huquqlar nuqtai-nazaridan tahlil qilish odati

ildiz otmoqda. Jahondagi globallashuv tendensiyasi oqibatida huquq va majburiyatlar haqidagi

bunday g‘arbona tasavvurlar jahonning turli mintaqalariga yoyilmoqda, targ‘ib va tashviq etilmoqda.

Oqibatda ko‘plab mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham har qanday ijtimoiy voqeani

huquqlar bilan o‘lchash amaliyoti paydo bo‘layapti. Masalan, hamma jamiyatlarda shaxsni majburiy

mehnatga jalb qilish inson haq-huquqlarining poymol etilishi, og‘ir ijtimoiy oqibatlarga olib

keluvchi omil sifatida e’tirof qilinadi. Bu, albatta, o‘rinli nuqtai-nazar. Kishilarning majburiy

mehnatga jalb qilinishi qanday oqibatlarga olib kelishini bizning mamlakatimizda ayniqsa yaxshi

tasavvur qiladilar. Lekin, fikrimizcha, har qanday majburiy mehnat ham inson huquqlarining

buzilishi bo‘lavermaydi. Mehnat tarbiyasi doirasida tarbiyalanuvchida mehnat ko‘nikmalarini

shakllantirish niyatida amalga oshirilgan majburiy mehnatni shunday baholash mumkinmi? Ish

joyini sanitariya-gigiyena qoidalariga moslashtirish maqsadida bajarilgan majburiy mehnatni

shunday baholash mumkinmi? Afsuski, keyingi yillarda jamiyat, mehnat jamoasi manfaatlari

yo‘lida bajarilgan bunday mehnatni ham inson huquqlarining buzilishi sifatida baholash kayfiyati

vujudga kelmoqda. Buni kishilarning haq-huquqlar va majburiyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlari

o‘zgarishi oqibati sifatida qayd qilish mumkin. Ko‘proq Gʻarb jamiyatlariga xos bo‘lgan va hamisha

ham maqbul natijalarga olib kelmagan bunday tasavvurlar mamlakatimizda asrlar davomida qaror

3

Назаров Қ. Жаҳон фалсафаси қомуси. Иккинчи жилд.- Т.:Ўзб.файл.миллий жам. нашр., 2019.- Б.738.

4

Эркаев А. Маънавиятшунослик. Иккинчи китоб.- Т.: Маънавият, 2018.- Б.400.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

368

topgan milliy huquqiy tarbiya xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Xulosa.

Mamlakatimizda keyingi yillarda huquqiy-tarbiyaviy ishlar samarasini oshirishga

alohida e’tibor berilayapti. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi

Farmoni bilan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasining” qabul qilinishi

milliy huquqiy tarbiyani saqlab qolish uchun real shart-sharoit yaratdi. Chunki unda jamiyatda

huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishning asosiy vazifalaridan biri sifatida “shaxsiy manfaatlar

hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini targ‘ib qilish

5

e’tirof etil-

gan. Bu vazifani bajarish uchun esa huquqiy ta’lim uzluksizligini ta’min-lash, huquqiy targ‘ibotning

yangi uslublarini ishlab chiqish, huquq va majburiyatlar uyg‘unligini ochib berishga qaratilgan

adabiyotlarni ko‘paytirish zarur bo‘ladi.

Uchinchidan,

globallashuv sharoitida milliy siyosiy tarbiyani saqlash zaruriyati vujudga

kelmoqda. “Siyosiy tarbiyaning maqsadi konformist, loqayd yoki siyosiy radikal shaxsni tarbiyalash

emas. Balki siyosiy madaniyati yuksak, o‘z manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashtira

oladigan, siyosiy faol va erkin konstruktiv fikr yurita oladigan, sa’yharakatlari tarixiy zaruratga,

jamiyatni rivojlantirishga mos kishini tarbiyalashdir”.

6

Siyosiy tarbiya nafaqat shaxs ma’naviy

yuksalishining, balki ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning ham manbaidir. U, bir tomondan, shaxs

siyosiy qarashlari, bilimlari va fazilatlarini shakllantiradi. Ikkinchi tomondan esa, ijtimoiy-siyosiy

faollikni oshirish orqali jamiyat siyosiy tizimining muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.

Bir qarashda, siyosiy tarbiyaning milliy tarbiyaga dahli yo‘qdek tuyuladi. Aslida esa siyosiy

tarbiya kishilarga muayyan ijtimoiy tuyg‘u va g‘oyalarni singdirishga, ularni ma’lum siyosiy

maqsadlar sari safarbar qilishga yo‘naltiriladi. Vaholanki, siyosiy-tarbiyaviy faoliyat mobaynida

turli millatlar turli g‘oyalarni singdirishga, jamiyat a’zolarini turli siyosiy maqsadlar atrofida

birlashtirishga intiladilar. Holbuki, tarbiyaviy ta’sirning asosini tashkil etgan hamda millat orzu-

umidlarini o‘zida mujassam qilgan siyosiy g‘oyalar, milliy intilishlar ifodasi bo‘lgan siyosiy

maqsadlar siyosiy tarbiyaning milliy xarakterini belgilab beradi.

Globallashuv sharoitida siyosiy tarbiya milliy orzu-umidlar ifodasi bo‘lgan siyosiy g‘oyalar,

milliylikka asoslangan siyosiy pozisiyani emas, demo-kratiya haqidagi soxta tasavvurlarni

shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ta’siri jarayoniga aylanib bormoqda. Masalan,

mamlakatimizda asrlar davomida turli ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshirilgan siyosiy

tarbiya davlatga, hokimiyatga loyallik tuyg‘ularini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Gʻarb

mamlakatlaridagi siyosiy tarbiyada esa ko‘proq davlat va hokimiyatga oppozision munosabatni,

unga, uning faoliyatiga tanqidiy yondashuvni shakllantirishga urg‘u beriladi. Davlat organlari

faoliyatini tanqidiy baholash zaruriy va o‘rinli yondashuv, albatta. Biroq mazkur yondashuvning

gipertrofik tus olishi jiddiy ijtimoiy ahamiyatga molik siyosiy masalalarni ro‘yobga chiqarishga

xalal bera boshlaydi. Afsuski keyingi yillarda siyosiy tarbiyadagi milliylik elementlarining susayishi

ana shunday yondashuvning ildiz otishiga olib kelmoqda. Turli siyosiy institutlar faoliyatini

muttasil tanqid qilishga, qoralashga, davlat organlarining mutlaqo to‘g‘ri qaroridan ham nuqson

izlashga moyil bo‘lgan kishilarning ko‘payib borayotgani shundan.

Adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O’zbekiston strategiyasi.- Т.:O’zbekiston, 2021.- B.15.

2. Jamolov, D. B. (2023). The Main Part of Uzbek National Culture Features and Functions.

Procedia of Philosophical and Pedagogical Sciences, 2(5), 49-56.

3. Жамолов, Д. Б. О. (2020). НАЦИОНАЛЬНАЯ КУЛЬТУРА И ИДЕНТИЧНОСТЬ В

КОНТЕКСТЕ ГЛОБАЛИЗАЦИИ. Досягнення і перспективи науки, освіти та

виробництва: 2020 [зб. наук. пр.], 108.

4. Жамолов, Д. Б. ПРОБЛЕМЫ СОХРАНЕНИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ В

УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ. II.“ZAMONAVIY FAN VA TA’LIM-TARBIYA:

5

Жамиятда ҳуқуқий маданиятни юксалтириш Концепцияси.// nrm.uz/contentf?doc=575957.

6

Эркаев А. Маънавиятшунослик. Иккинчи китоб.- Т.: Маънавият, 2018.- Б.398.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

369

MUAMMO, YECHIM, NATIJA” Respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy, onlayn konferensiya

materiallari (5.12. 2020), 16.

5. Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob.- T.:O‘qituvchi,1965.- B.5.

6. Xajiyeva I.A. Inson va insonparvarlik mutafakkirlarimiz talqinida.//

Obrazovaniye i

vospitaniye, 2018, №3.1.- 30-b.

7. Mo‘minov I. M. Tanlangan asarlar. Tom 1.- T.:Fan, 1969.- B.197

8.

Top-10: Mustaqil O‘zbekistonning yorqin rassomlari.// darakchi.uz, 2015, 7 aprel.

9. Akimova G.R. Kulturы kollektivizma i individualizma kak storoni mejkulturnogo dialoga.//

Skif, 2019, №1. –S.45-46,48.

10. O‘zbek xalq maqollari to‘plami.// sirlar.uz, 2021, 27 iyun.

11. Ro‘ziyeva R.X. Urf-odat va an’analar – milliy qadriyatlarni shakllantiradigan mezon sifatida.

Scientific progress, 2021, №4.- 645-B.

12. Karimov H. Istiqlol davri adabiyoti.- T.:Yangi nashr, 2010.- B.5.

13. Yaxyayev M.Ya., Kamыshova Ye.G. Svetskoye i religioznoye v sovremennom obshestve.//

Islamovedeniye, 2011, №2. –S. 90, 92.

14. Religiovedeniye.// bstudy.net.

15. Majidov M. Ma’naviy tarbiyada dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligi.// nasafziyo.uz, 2020,

22 sentyabr.

16. .

Firdavs G’ulom o’g, E., & Farangiz, A. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA

O’ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN’ANALARNING

QAYTA TIKLANISHI.

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning

o'rni hamda rivojlanish omillari

,

5

(2), 35-42.

17.

Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ

ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ.

TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA

INNOVATSION G ‘OYALAR

,

1

(7), 45-49.

18.

Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF

SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY.

Academicia Globe:

Inderscience Research

,

3

(09), 59-63.

19.

Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher

professional training.

ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT

REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071

,

11

(04), 15-20.

20.

BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter

xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida.

«ACTA NUUz»

,

1

(1.2), 78-

82.

21. Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL

(ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES.

Theoretical & Applied

Science

, (3), 72-75.

22. Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES.

In

НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ

(pp. 160-162).

23. Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan.

Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences

,

1

(5), 1159-1163.

24. Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining

ahamiyati.

Journal of Social Sciences

,

2

(01).

25. Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK.

Journal of

Social Sciences

,

4

(01).

26.

Nоmоzоv,

Xurshid.

"ОMMАVIY

АXBОRОT

VОSITАLАRINING

IJTIMОIY

FUNKSIYАSI."

TAMADDUN NURI JURNALI

1.64 (2025): 253-255.

27.

Nоmоzоv, X. (2025). ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY

FUNKSIYАSI.

TAMADDUN NURI JURNALI

,

1

(64), 253-255.

28.

Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

370

MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI.

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq

etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

,

41

, 632-636.

29.

Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN

FOYDALANISH SOHALARI.

MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR

SCIENTIFIC SOLUTIONS

,

1

(2), 113-118.

30.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban

development in Samarkand region during the years of independence.

International Journal of

Artificial Intelligence

,

1

(1), 410-414.

31.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). Administrative-territorial division and demographic

indicators of Samarkand during the years of independence.

International Journal of Artificial

Intelligence

,

1

(1), 405-409.

32.

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on

experience.

Western European Journal of Historical Events and Social Science

,

2

(4), 93-97.

33.

Bo‘ronov, O. Qishloq joylarda tibbiy profilaktika va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni

ta’minlash ishi tarixi.

Journal of Social Sciences

,

1

(02).

34.

Buronov, O. (2025). Changes In The Murobak Gas Processing Plant In The Years Of

Independence.

Zien Journal of Social Sciences and Humanities

,

40

, 62-67.

35.

Бўронов, О. Қишлоқ врачлик пунктларида тиббий кадрлар салоҳиятини оширишга

қаратилган давлат сиёсати. Ўтмишга назар.№ 7.2023.

Ўтмишга назар

, (7.2023).

36.

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on

experience.

Western European Journal of Historical Events and Social Science

,

2

(4), 93-97.

37.

Khamidovich, K. G. (2020). The history of turkestan sanitary work.

Journal of Critical

Reviews

,

7

(9), 1126-1129.

38.

Каромов, Г. Х. (2020). ИСТОЧНИКОВЕДЕНИЕ И ИСТОРИОГРАФИЯ ИСТОРИИ

МЕДИЦИНЫ В ТУРКЕСТАНЕ.

ББК 1 E91

,

205

.

39.

Каромов, Г. Х. (2019). Особенности городской культуры Самарканда Раннего

Средневековья.

Евразийское Научное Объединение

, (1-7), 373-374.

40.

Khamitovich, K. G. (2022). HISTORY OF HEALTH WORKS IN TURKESTAN

ASSR.

INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY

RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036

,

11

(10), 68-72.

41.

Khamitovich, K. G. (2022). Measures in the Sphere of Maternal and Child Health in

Uzbekistan.

Miasto Przyszłości

,

29

, 12-15.

42.

O’G’Li, N. X. S. (2023). YUKSAK AXBOROT MADANIYATI–INTERNET-MAKON

RESURSLARIDAN RATSIONAL FOYDALANISH SHARTI.

Research Focus

,

2

(6), 105-

110.

43.

Shavkat o’g’li, N. X. (2022). THREATS TO INFORMATION SECURITY IN

EDUCATIONAL INSTITUTIONS.

Gospodarka i Innowacje.

,

22

, 229-231.

44.

EGAMBERDIYEV, F. (2024). O ‘SMIR BASKETBOLCHILARDA IRODAVIY SIFATLAR

SHAKLLANISHIGA

TA’SIR

ETUVCHI

OMILLARNING

PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI.

«ACTA NUUz»

,

1

(1.3), 248-252.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O’zbekiston strategiyasi.- Т.:O’zbekiston, 2021.- B.15.

Jamolov, D. B. (2023). The Main Part of Uzbek National Culture Features and Functions. Procedia of Philosophical and Pedagogical Sciences, 2(5), 49-56.

Жамолов, Д. Б. О. (2020). НАЦИОНАЛЬНАЯ КУЛЬТУРА И ИДЕНТИЧНОСТЬ В КОНТЕКСТЕ ГЛОБАЛИЗАЦИИ. Досягнення і перспективи науки, освіти та виробництва: 2020 [зб. наук. пр.], 108.

Жамолов, Д. Б. ПРОБЛЕМЫ СОХРАНЕНИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ. II.“ZAMONAVIY FAN VA TA’LIM-TARBIYA: MUAMMO, YECHIM, NATIJA” Respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy, onlayn konferensiya materiallari (5.12. 2020), 16.

Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob.- T.:O‘qituvchi,1965.- B.5.

Xajiyeva I.A. Inson va insonparvarlik mutafakkirlarimiz talqinida.// Obrazovaniye i vospitaniye, 2018, №3.1.- 30-b.

Mo‘minov I. M. Tanlangan asarlar. Tom 1.- T.:Fan, 1969.- B.197

Top-10: Mustaqil O‘zbekistonning yorqin rassomlari.// darakchi.uz, 2015, 7 aprel.

Akimova G.R. Kulturы kollektivizma i individualizma kak storoni mejkulturnogo dialoga.// Skif, 2019, №1. –S.45-46,48.

O‘zbek xalq maqollari to‘plami.// sirlar.uz, 2021, 27 iyun.

Ro‘ziyeva R.X. Urf-odat va an’analar – milliy qadriyatlarni shakllantiradigan mezon sifatida. Scientific progress, 2021, №4.- 645-B.

Karimov H. Istiqlol davri adabiyoti.- T.:Yangi nashr, 2010.- B.5.

Yaxyayev M.Ya., Kamыshova Ye.G. Svetskoye i religioznoye v sovremennom obshestve.// Islamovedeniye, 2011, №2. –S. 90, 92.

Religiovedeniye.// bstudy.net.

Majidov M. Ma’naviy tarbiyada dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligi.// nasafziyo.uz, 2020, 22 sentyabr.

. Firdavs G’ulom o’g, E., & Farangiz, A. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN’ANALARNING QAYTA TIKLANISHI. Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari, 5(2), 35-42.

Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ. TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA INNOVATSION G ‘OYALAR, 1(7), 45-49.

Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(09), 59-63.

Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher professional training. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071, 11(04), 15-20.

BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida. «ACTA NUUz», 1(1.2), 78-82.

Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL (ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES. Theoretical & Applied Science, (3), 72-75.

Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES. In НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ (pp. 160-162).

Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1159-1163.

Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining ahamiyati. Journal of Social Sciences, 2(01).

Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK. Journal of Social Sciences, 4(01).

Nоmоzоv, Xurshid. "ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY FUNKSIYАSI." TAMADDUN NURI JURNALI 1.64 (2025): 253-255.

Nоmоzоv, X. (2025). ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY FUNKSIYАSI. TAMADDUN NURI JURNALI, 1(64), 253-255.

Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI. Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari, 41, 632-636.

Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN FOYDALANISH SOHALARI. MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS, 1(2), 113-118.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban development in Samarkand region during the years of independence. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 410-414.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). Administrative-territorial division and demographic indicators of Samarkand during the years of independence. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 405-409.

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on experience. Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(4), 93-97.

Bo‘ronov, O. Qishloq joylarda tibbiy profilaktika va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash ishi tarixi. Journal of Social Sciences, 1(02).

Buronov, O. (2025). Changes In The Murobak Gas Processing Plant In The Years Of Independence. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 40, 62-67.

Бўронов, О. Қишлоқ врачлик пунктларида тиббий кадрлар салоҳиятини оширишга қаратилган давлат сиёсати. Ўтмишга назар.№ 7.2023. Ўтмишга назар, (7.2023).

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on experience. Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(4), 93-97.

Khamidovich, K. G. (2020). The history of turkestan sanitary work. Journal of Critical Reviews, 7(9), 1126-1129.

Каромов, Г. Х. (2020). ИСТОЧНИКОВЕДЕНИЕ И ИСТОРИОГРАФИЯ ИСТОРИИ МЕДИЦИНЫ В ТУРКЕСТАНЕ. ББК 1 E91, 205.

Каромов, Г. Х. (2019). Особенности городской культуры Самарканда Раннего Средневековья. Евразийское Научное Объединение, (1-7), 373-374.

Khamitovich, K. G. (2022). HISTORY OF HEALTH WORKS IN TURKESTAN ASSR. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036, 11(10), 68-72.

Khamitovich, K. G. (2022). Measures in the Sphere of Maternal and Child Health in Uzbekistan. Miasto Przyszłości, 29, 12-15.

O’G’Li, N. X. S. (2023). YUKSAK AXBOROT MADANIYATI–INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN RATSIONAL FOYDALANISH SHARTI. Research Focus, 2(6), 105-110.

Shavkat o’g’li, N. X. (2022). THREATS TO INFORMATION SECURITY IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Gospodarka i Innowacje., 22, 229-231.

EGAMBERDIYEV, F. (2024). O ‘SMIR BASKETBOLCHILARDA IRODAVIY SIFATLAR SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. «ACTA NUUz», 1(1.3), 248-252.