RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
377
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISINING O‘ZIGA XOS PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
M.S.MAKSADOVA
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti
BERDIYOROVA GULZODA MAXMUD QIZI
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘ziga xos
psixologik xususiyatlariga aloxida e’tibor qaratilgan va taxlil etilgan.
Kalit so‘zlar:
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, kasb, kasbiy faoliyat, kasbiy tayyorgarlik,
kasbiy ustanovka, kasbiy shakllanish
Kirish:
Ta’lim tizimida olib borilayotgan tub isloxotlarning zamirida o‘quvchi yoshlarning
komil insonlar sifatida
tarbiyalanishi va shakllantirilishi masalalariga aloxida e’tibor
qaratilayotganligi bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir.
Hozirgi zamon maktabi o‘qituvchilik shaxsi va kasbiy faoliyati uchun zaruriy sifat va
fazilatlarni egallagan, yangicha fikrlaydigan, ijtimoiy faol pedagoglarni talab etmoqda.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning boy milliy madaniy-tarixiy an’analar, urf- odatlar
hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy- pedagogik-psixologik
mexanizmlari ishlab chiqildi va ta’limni insonparvarlashtirishning ustuvorligi ta’minlandi.
Talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlantirish mexanizmlarini jismonan sog‘lom, ruhan
va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy haѐtiy nuqtai nazarga ega
yoshlarni
tarbiyalash,
demokratik
islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish jaraѐnida ularning ijtimoiy faolligini oshirish asosida takomillashtirish O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi.
Bu muammoni oqilona hal qilishning eng muhim omillaridan biri- bu boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etishdir. Shunga binoan,
mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor
yo‘nalishlaridan biri-kadrlar tayyorlash sifatini jahon standarti talablari darajasiga еtkazishdir.
Endilikda oliy ta’lim muassasalari oldiga faqatgina o‘qimishli insonnigina emas, balki voqealarni
oldindan ko‘ra biladigan, to‘g‘ri qaror qabul qila olish uquviga ega, o‘zini o‘zi rivojlantirish
zaruriyatini tushunib еtadigan oqil va barkamol shaxsni shakllantirish vazifasi qo‘yilmoqda.
Darhaqiqat, o‘qimishli, ruhan tetik, sog‘lom va jismonan baquvvat kishilargina istiqlol va
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘ta oladi. Yuqoridagi mulohazalarga asoslanib shuni aytish mumkinki,
respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning yaratuvchisi tarzida shakllanayotgan yosh
avlodni voyaga еtkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi, shaxs sifatida kamol
topishi, kasb-hunar sirlarini o‘rganishi va kundalik turmush yumushlarini hal etishga tayyorgarlik
masalasi asosiy muammolar tariqasida ta’lim jarayonining kun tartibida turibdi.
O‘qituvchi psixologiyasiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning
barcha bosqichlarida amalga oshirilib kelingan va bu mavzu hozirgi davrda ham o‘zining
dolzarbligini saqlab turibdi. Buning asosiy mohiyati shundan iboratki, jamiyatning takomillashuvi
tufayli o‘qituvchi va uning kasbiga nisbatan talablar tobora ortib, sayqallashib boraveradi. Xuddi
shu boisdan ta’lim tizimining bosh va asosiy bosqichi boshlang‘ich sinflar bo‘lib hisoblanganligi
qadim o‘tmishdan bizga meros tariqasida ijtimoiy turmushda qat’iy o‘z o‘rnini topgan qimmatli
voqelikdir.
O‘quv-tarbiya jarayonining genezisi bo‘lmish boshlang‘ich ta’lim uzluksizlik, uzviylik
prinsiplari harakatining mexanizmi tarzida jamiyat qurilishining asosiy qismlaridan biri sifatida
alohida ahamiyat kasb etadi. Shuni, ta’kidlash joizki, psixikaning qonun va qonuniyatlari 20-25 yil
oralig‘ida o‘zgarib turishini hisobga olsak, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi oldiga qo‘yiladigan
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
378
talablar, kasbiy xislatlarga nisbatan ehtiyojlar, zaruriy shart-sharoitlar o‘zlarining mohiyati, shakli,
ko‘lami, tavsifi bilan boshqacha ko‘rinishni taqozo etadi.
Hozirgi zamon boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiy-faoliyatli moslashuvining samarali
kechishida zamonaviy o‘qitish uslubining o‘ziga xos xususiyatlari hisoblangan quyidagi jabhalarga
qat’iy amal qilishi maqsadga muvofiqdir:
-ta’lim jarayonini ilmiy-g‘oyaviy tamoyillarga moslab dasturlashtirish (rejalashtirish);
-o‘quv-biluv materialining murakkablik darajasi va o‘rganish sur’atini o‘quvchilarning yosh
va individual psixologik xususiyatlariga moslash;
-o‘quvchilarning nazariy va amaliy tayyorgarliklarini o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga
singishini ta’minlash;
-o‘quvchilarning faolligi va ta’lim jarayonining avtonomligini oshirish;
-ta’lim oluvchilarning individual-amaliy va jamoaviy ishlarini birga qo‘shib olib borish;
-o‘quv jarayonini zamonaviy texnik vositalar hamda ko‘plab texmoduslar yordamida
jadallashtirish;
-ta’limni tabaqalashtirish va o‘quv fanlarini kompleks-kompyuter dasturlarini eng yangi
loyihalarda birlashtirish.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ta’lim va tarbiya jarayonida quyidagi prinsiplarga amal qilishi
lozim:
a) O‘zini-o‘zi tashkil etish prinsipi-o‘quv-biluv faoliyatini samarali tashkil etishning
muntazam shakllanib va takomillashib borish qonuniyatlariga amal qiladi;
b) Evolyusiya prinsipi- o‘quv-psixologik jarayonining shakl va usullarini doimiy o‘zgartirib
borishni nazarda tutadi;
v) Avtonomlik prinsipi-ustoz va tarbiyalanuvchini ta’lim jarayonida tashabbuskor hamda
faol dinamik harakatlarni bajarishga yo‘naltiradi;
g) Mas’uliyatlilik prinsipi-bu, bilim olish, malaka va ko‘nikmalarni egallashda o‘zi
bajaradigan amallar, hatti-harakatlarni izchil nazorat qilib borishini taqozo etadi;
d) Rolli ishtirok prinsipi-bu, ustoz va ta’lim oluvchidan spesifik funksiyalar bajarishni talab
etadi: ustoz o‘quvchining o‘quv-biluv faoliyatini tashkil etuvchi, boshqaruvchi; talaba esa ijro
etuvchi rolini bajaradi.
е) Psixologik sifat va samaradorlikni ta’minlash prinsipi-bu, o‘qituvchi va o‘quvchilar
faoliyatining barcha komponentlari muvofiqlashtirilgan yagona mexanizmdek bo‘lishini nazarda
tutadi; bunda jamoaning barcha a’zolari umumiy maqsadga erishish yo‘lida bir-birlariga yordam
berib, qiyinchiliklarni birgalikda bartaraf etishga intilishlari va ma’naviy-ruhiy hamkorligini
ko‘rsatadi.
Pedagog va psixolog olimlarning ta’kidlashicha, zamonaviy maktab o‘qituvchisining eng
muhim xislatlari quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
1. O‘qituvchining shaxsiy xislatlari: o‘z vataniga, xalqiga sodiqlik, bolalarni sevish, amaliy-
psixologik savodxonlik, mehnatsevarlik va ijodkorlik, jamoat ishlarida faollik, mehribonlik,
dilkashlik, odamiylik , kamtarlik, samimiylik, qat’iylik, dadillik va mustahkam xarakterga ega
bo‘lish, o‘z bilimi va mahoratini izchil oshirishga intilish.
2. O‘qituvchining kasbiga xos bilimi: ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyatini chuqur anglash,
uning maqsad va vazifalarini tushunish, umumiy psixologiya, pedagogik va yosh davrlari
psixologiyasi, etnopsixologiya bilim asoslarini egallash, hozirgi zamon pedagogikasining nazariy va
amaliy asoslarini bilish, o‘z fanini o‘qitish metodikasini bilish, maktab yoshidagi bolalarning bilish
jarayonlari va psixologik xususiyatlarini tushunish, ularga tarbiyaviy ta’sir etishning samarali
usullarini bilish, ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmun-
mohiyatini bilish.
3. O‘qituvchining kasbiga xos xislatlari: milliy g‘oya va milliy mafkurani tushunish va unga
sodiq bo‘lish, zamonaviy o‘quv-tarbiya asosini tashkil etgan umuminsoniy va milliy boyliklar,
an’analar, qadriyatlar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunish, o‘qituvchi faoliyatining sifat va
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
379
samaradorligini ta’minlovchi pedagogik qobiliyatlar, pedagogik kuzatuvchanlik, o‘z diqqat-
e’tiborini taqsimlay olish, pedagogik fantaziyaning rivojlanganligi, o‘ziga tanqidiy munosabatda
bo‘lish, o‘zini tuta bilish, pedagogik taktning mavjudligi va nutqning emotsional ifodalanishi kabi
komponentlarning o‘zaro uyg‘un namoyon bo‘lishi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xislatlardan tashqari hozirgi zamon o‘qituvchisi yana, maqsad
sari intilish, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik, fidoyilik kabi qator ijobiy xislatlarga ham ega
bo‘lishi lozim. Shu bilan birga boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi doimiy ravishda o‘z malaka va
mahoratini oshirib, o‘z faoliyati muvaffaqiyatini yuqori darajada ta’minlashga yordam beradigan
shaxsiy va kasbiy xislatlarni o‘zida tarbiyalab borishi zarurdir.
Adabiyotlar
1. Климов Е.А. Пут в профессию. - Л.: 1974. – 143 с.
2. Davletshin. M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi. –
T. :
O‘zbekiston, 1999. – 30 b.
3. Jabborov A.M. Pedagogik psixologiyaning etnik asoslari. – T.: Zarqalam, 2006. – 48 b.
4. Maqsadova M.S.
O‘qituvchi psixologiyasi- Qarshi.: Nasaf, 2020. – 100 b.
5.
.
Firdavs G’ulom o’g, E., & Farangiz, A. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA
O’ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN’ANALARNING
QAYTA TIKLANISHI.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni
hamda rivojlanish omillari
,
5
(2), 35-42.
6.
Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ
ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ.
TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA
INNOVATSION G ‘OYALAR
,
1
(7), 45-49.
7.
Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF
SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY.
Academicia Globe:
Inderscience Research
,
3
(09), 59-63.
8.
Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher
professional training.
ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT
REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071
,
11
(04), 15-20.
9.
BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter
xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida.
«ACTA NUUz»
,
1
(1.2), 78-
82.
10. Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL
(ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES.
Theoretical & Applied
Science
, (3), 72-75.
11. Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES.
In
НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ
(pp. 160-162).
12. Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan.
Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences
,
1
(5), 1159-1163.
13. Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining
ahamiyati.
Journal of Social Sciences
,
2
(01).
14. Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK.
Journal of Social
Sciences
,
4
(01).
15.
Nоmоzоv,
Xurshid.
"ОMMАVIY
АXBОRОT
VОSITАLАRINING
IJTIMОIY
FUNKSIYАSI."
TAMADDUN NURI JURNALI
1.64 (2025): 253-255.
16.
Nоmоzоv,
X.
(2025).
ОMMАVIY
АXBОRОT
VОSITАLАRINING
IJTIMОIY
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
380
FUNKSIYАSI.
TAMADDUN NURI JURNALI
,
1
(64), 253-255.
17.
Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY
MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq
etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
,
41
, 632-636.
18.
Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN
FOYDALANISH SOHALARI.
MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR
SCIENTIFIC SOLUTIONS
,
1
(2), 113-118.
19.
Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban development in
Samarkand region during the years of independence.
International Journal of Artificial
Intelligence
,
1
(1), 410-414.
20.
Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). Administrative-territorial division and demographic
indicators of Samarkand during the years of independence.
International Journal of Artificial
Intelligence
,
1
(1), 405-409.
21.
Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on
experience.
Western European Journal of Historical Events and Social Science
,
2
(4), 93-97.
22.
Bo‘ronov, O. Qishloq joylarda tibbiy profilaktika va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni
ta’minlash ishi tarixi.
Journal of Social Sciences
,
1
(02).
23.
Buronov, O. (2025). Changes In The Murobak Gas Processing Plant In The Years Of
Independence.
Zien Journal of Social Sciences and Humanities
,
40
, 62-67.
24.
Бўронов, О. Қишлоқ врачлик пунктларида тиббий кадрлар салоҳиятини оширишга
қаратилган давлат сиёсати. Ўтмишга назар.№ 7.2023.
Ўтмишга назар
, (7.2023).
25.
Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on
experience.
Western European Journal of Historical Events and Social Science
,
2
(4), 93-97.
26.
Khamidovich, K. G. (2020). The history of turkestan sanitary work.
Journal of Critical
Reviews
,
7
(9), 1126-1129.
27.
Каромов, Г. Х. (2020). ИСТОЧНИКОВЕДЕНИЕ И ИСТОРИОГРАФИЯ ИСТОРИИ
МЕДИЦИНЫ В ТУРКЕСТАНЕ.
ББК 1 E91
,
205
.
28.
Каромов, Г. Х. (2019). Особенности городской культуры Самарканда Раннего
Средневековья.
Евразийское Научное Объединение
, (1-7), 373-374.
29.
Khamitovich, K. G. (2022). HISTORY OF HEALTH WORKS IN TURKESTAN
ASSR.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY
RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036
,
11
(10), 68-72.
30.
Khamitovich, K. G. (2022). Measures in the Sphere of Maternal and Child Health in
Uzbekistan.
Miasto Przyszłości
,
29
, 12-15.
31.
O’G’Li, N. X. S. (2023). YUKSAK AXBOROT MADANIYATI–INTERNET-MAKON
RESURSLARIDAN RATSIONAL FOYDALANISH SHARTI.
Research Focus
,
2
(6), 105-
110.
32.
Shavkat o’g’li, N. X. (2022). THREATS TO INFORMATION SECURITY IN EDUCATIONAL
INSTITUTIONS.
Gospodarka i Innowacje.
,
22
, 229-231.
33.
EGAMBERDIYEV, F. (2024). O ‘SMIR BASKETBOLCHILARDA IRODAVIY SIFATLAR
SHAKLLANISHIGA
TA’SIR
ETUVCHI
OMILLARNING
PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI.
«ACTA NUUz»
,
1
(1.3), 248-252.
