Авторы

  • Голиб Холиков
    Axboroty texnologiyalari va menejment universiteti dotsent
  • Бехруз Сувонкулов
    Axboroty texnologiyalari va menejment universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129655

Ключевые слова:

AQSh YuSAID Amerika Kers Amerika HOPE “Project HOPE” Sog‘lom oila Medical Times International Chegara bilmas shifokorlar Maunt Cinay CDAF COVID-19 tibbiyot “Umid loyihasi” “Heart to heart” “International” “Konterpart” “International” “Amerika Kers” “Amerika qizil xochi

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbekistonning AQSh bilan hamkorlik aloqlarida asosan, gumanitar sohadagi aloqalari yoritilgan bo’lib, sog’liqni saqlash bo’yicha qator tashkilotlar tomonidan tibbiy texnik yordam, mutaxassislar almashinuvi va insonparvarlik yordamlari keltirilgan. AQShning xalqaro tashkilotlari YuSAID, Amerika Kers, Projekt HOPE kabi xalqaro tashkilotlari bilan sog’liqni saqlashning turli sohalarida hamkorlik aloqlari yo’lga qo’yildi. Buning natijasida bu tashkilotlar orqali AQSh O’zbekistonga qator insonparvarlik yordamlari ko’rsatildi va gumanitar aloqalar mustahkamlandi

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

427

AQSHNING О‘ZBEKISTONGA SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASI

BO’YICHA

GUMANITAR YORDAMI

XOLIQOV G‘OLIB JAHONGIROVICH

Axboroty texnologiyalari va menejment universiteti dotsent

SUVONQULOV BEHRUZ

Axboroty texnologiyalari va menejment universiteti magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O’zbekistonning AQSh bilan hamkorlik aloqlarida asosan,

gumanitar sohadagi aloqalari yoritilgan bo’lib, sog’liqni saqlash bo’yicha qator tashkilotlar

tomonidan tibbiy texnik yordam, mutaxassislar almashinuvi va insonparvarlik yordamlari keltirilgan.

AQShning xalqaro tashkilotlari YuSAID, Amerika Kers, Projekt HOPE kabi xalqaro tashkilotlari

bilan sog’liqni saqlashning turli sohalarida hamkorlik aloqlari yo’lga qo’yildi. Buning natijasida bu

tashkilotlar orqali AQSh O’zbekistonga qator insonparvarlik yordamlari ko’rsatildi va gumanitar

aloqalar mustahkamlandi.

Kalit so’zlar:

AQSh, YuSAID, Amerika Kers, Amerika HOPE, “Project HOPE”, Sog‘lom

oila, Medical Times International, Chegara bilmas shifokorlar, Maunt Cinay, CDAF, COVID-19,

tibbiyot, “Umid loyihasi”, “Heart to heart” “International”, “Konterpart” “International”, “Amerika

Kers”, “Amerika qizil xochi”.

Kirish:

Hozirgi globallashuv davrida jahon mamlakatlari o‘rtasida integratsiyalashuv hamda

turli sohalarda hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. Dunyo mamlakatlari xo‘jaligida

yetakchi sohalar qatorida tibbiyot va aholi salomatligini muhofaza qilish, sifatli tibbiy xizmatni

tashkil etish masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va

boshqa xalqaro tashkilotlar yuqoridagi masalalar yechimiga qaratilgan qator tadbirlarni amalga

oshirmoqda. Mazkur tashkilotlar aholi salomatligini muhofaza qilish, ularning turmush sharoitini

yaxshilash va strategik dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha muayyan chora-tadbirlar amalga oshirib

kelmoqda.

Ayni paytda dunyoning AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Koreya

Respublikasi, Hindiston, Isroil kabi davlatlari ilmiy markaz va tadqiqot institutlarida tibbiyotning

turli sohalari bo‘yicha tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, davolashning zamonaviy

usullarini ishlab chiqish, diagnostika texnologiyalarini takomillashtirish, tibbiy reabilitatsiya, ijtimoiy va

yuqumli kasalliklar patologiyasi, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, tibbiy ta’limni rivojlantirish,

kadrlar tayyorlashning samarali mexanizimini shakllantirish, sanitariya xizmati, farmatsevtika

sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

TАDQIQОT MЕTОDОLОGIYАSI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son “O‘zbekiston

Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son “Sog‘liqni saqlash tizimida olib

borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun

zarur shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida”gi, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonlari, 2021-yil 28-

iyuldagi PQ-5199-son “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish

tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-6-son

“Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash va sog‘liqni saqlash sohasida kadrlar

salohiyatini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari va soha faoliyatini

takomillashtirishga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda

mazkur dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

NАTIJАLАR VА MUHОKАMА

Jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan hamkorlikda О‘zbekiston uchun Amerika


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

428

Qо‘shma Shtatlari bilan diplomatik aloqalarning о‘rnatilishi muhim ahamiyatga ega. О‘zbekiston

AQSH bilan davlatlararo aloqani 1992-yil

19-fevraldan boshlab yо‘lga qо‘ydi. Shu yilning

may oyida bir guruh amerikalik mutaxassislar va shifokorlar Toshkentga tibbiy yordam kо‘rsatish

uchun keldi. Amerikalik mehmonlar toshkentlik hamkasblarining uylarida istiqomat qildi. Ular

orasida terapevtlar, jarrohlar, pediatrlar, oftalmologlar, tibbiy ekologiya mutaxassislari bor edi[1].

О‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov ta’kidlagan ediki, “Bizning Amerika

Qо‘shma Shtatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarimiz davlatlararo aloqalarning g‘oyat muhim

yо‘nalishlari bо‘yicha izchil va sobitqadamlik bilan rivojlanib bormoqda. О‘zbekiston rasmiy

delegatsiyasining 1996-yil yozida AQShga tashrifi esa aloqalarning yanada mustahkamlanishiga

yordam berdi”[2]

Ikki mamlakat о‘rtasidagi diplomatik aloqalarda 100 dan ziyod hujjatlar huquqiy asos bо‘lib

xizmat qilmoqda. Bunda, ayniqsa, 2002-yil 12 martda О‘zbekiston va AQSH о‘rtasida imzolangan

Strategik sheriklik va hamkorlik asoslari tо‘g‘risidagi deklaratsiya muhim ahamiyatga ega bо‘ldi.

1992-yil 20-aprelda Toshkentda xalqaro tadqiqotlar va ilmiy almashuvlar bо‘yicha Amerika

kengashining vakolatxonasi ochildi (IREX-International Research & Exchange Board). Bu xalqaro

notijorat tashkilot bо‘lib, uning faoliyati innovatsion dasturlarni taraqqiy ettirishga qaratilgan edi.

1992-yil 28-noyabrda AQShning О‘zbekistondagi elchisi Genri Li Klark ishtirokida Toshkent

shahrida Orol muammolari muhokama qilindi. Muhokama jarayonida Orol dengizining qurishi

aholi salomatligiga qanday ta’sir kо‘rsatishi bо‘yicha qimmatli fikrlar ilgari surildi.

Umuman, AQShning О‘zbekiston bilan olib borgan aloqalarida YuSAID tashkilotining roli

katta bо‘ldi. YuSAID 1961-yili tuzilgan bо‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarning turli sohalarini

qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha loyihalarni amalga oshirib keldi. Bunda sog‘liqni saqlash sohasi

markaziy о‘rinlardan birida turdi. 1994-yil 15-martda AQSH va О‘zbekiston Toshkentda YuSAID

tashkiloti doirasida hamkorlik qilish bо‘yicha ikkiyoqlama bitimni imzoladi. Bitimning vazifasi

О‘zbekistonda YuSAID doimiy vakolatxonasi uchun asos yaratib, hamkorlik qilish bо‘ldi. YuSAID

100 dan ziyod mamlakatlarga iqtisodiy va insonparvarlik yordamini kо‘rsatib kelgan[3].

1995-yil 12-iyulda YuSAIDning delegatsiyasi О‘zbekistonga tashrif buyurdi.

О‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov о‘z qarorgohida YuSAID agentligi rahbarining

о‘rinbosari Tomas Daynni qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida Orol dengizi muammolari, iqtisodiyot

va moliyaviy sohalar, mamlakatlarning hamkorligi masalalari va О‘zbekiston-Amerika aloqalarini

bundan keyin ham kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, 1995-yil 10-martda

Nyu-York Fanlar akademiyasi О‘zbekistonning bir qator olimlarini e’tirof etib, ularni “Dunyoning

yetuk insonlari” xalqaro ma’lumotnomasiga kiritdi. Ular orasida tibbiyot yо‘nalishi bо‘yicha

professor, t.f.d., Kardiolog ITI laboratoriyasi mudiri S.Z.Kostko, professor nevrolog, Yevroosiyo

tibbiyot akademiyasining akademigi, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi,

Nyu-York akademiyasining haqiqiy a’zosi Nabi Majidov ham bor edi. Qolaversa, AQSH Jahon

bankining О‘zbekistonda amalga oshirilgan loyihalarida 1998-yildan e’tiboran qatnashdi.

Toshkent shahrida 2002-yil 28-oktyabrdan 1-noyabrga qadar О‘zbekiston Respublikasi SSV

va AQShning “Heart to Heart Iternational” tashkilotlarining loyihasi doirasida “Akusherlikda

shoshilinch holatlar” mavzusida о‘quv seminari о‘tkazildi[4].

AQSH О‘zbekistonga doimiy ravishda insonparvarlik yordamini yuborib turdi. 2002-yil 20-

fevralida AQShning insonparvarlik yordami “Amerika Kers” Xalqaro notijorat xayriya

agentligining insonparvarlik yuklari ortilgan maxsus samolyot AQShdan keldi. Unga qiymati 1,5

mln. dollarlik dori-darmonlar va tibbiy jihozlar ortilgan edi. Barcha dori-darmonlar va tibbiy

jihozlar, asosan, bolalar va faxriylar shifoxonalariga tarqatildi. Ikki davlat о‘rtasida о‘rnatilgan havo

kо‘prigi yordamida hammasi bо‘lib 15 mln. dollar qiymatidagi insonparvarlik yordami keltirildi.

Tadbir AQShning О‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda о‘tkazildi. 2002-yil davomida

AQSH hukumatining О‘zbekistonga kо‘rsatgan yordami 20 konteynerdan ortiqroq bо‘lib, umumiy

qiymati 30 mln. dollarni tashkil etdi. Amerikaning “Fizishens Heart” (“Oq kо‘ngil doktorlar)

tashkiloti О‘zbekistonga 8 mln. dollarlik insonparvarlik yordamini yubordi.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

429

Insonparvarlik yuklarining katta qismi Orolbо‘yi hududlariga yuborildi. Ular Xorazm

viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi muolaja muassalari uchun mо‘ljallangan edi. Mazkur

salmoqli yordam “Heart to heart” (“Yurakdan yurakka”) Xalqaro insonparvarlik tashkiloti, AQSH

Davlat departamenti va AQShning О‘zbekistondagi Elchixonasi hamkorligida Amerika oilaviy

shifokorlar yordamida о‘tkazildi. Amerikaning “Umid loyihasi”, “Heart to heart” “International”,

“Konterpart” “International”, “Amerika Kers”, “Amerika qizil xochi” nohukumat tashkilotlari qator

respublikalar va eng avvalo, Orolbо‘yi respublikalari ekologik sharoitlarini yaxshilashda jiddiy

yordam kо‘rsatdi. AQShning “Yurakdan yurakka” xayriya tashkilotidan yordami tariqasida

О‘zbekistonga dori-darmonlar ortilgan insonparvarlik yordami yuborildi[5].

2004-yil 20-aprelda AQSH hukumatining “Project HOPE” doirasida О‘zbekistonga 7 mln.

dollardan ortiqroq insonparvarlik yordami yetkazib berildi. Yukning katta qismi sog‘liqni saqlash

sohasiga yо‘naltirilgan edi. Keltirilgan dori-darmonlar va jihozlarning qiymati 4 mln. dollarni

tashkil etdi. Insonparvarlik yordami asosan, Navoiy, Zarafshon, Muruntov shaharlari davolash

muassasalariga tarqatilib, 2 mln. dollarlik yuk butun mamlakatdagi tibbiy muassasalarga

taqsimlandi. Umuman, shu yillar davomida AQShdan О‘zbekistonga 9 marta insonparvarlik yuki

keltirildi va tibbiy dori-darmonlar va jihozlar kо‘rinishida hammasi bо‘lib 40 mln. dollarlik

beg‘araz yordam kо‘rsatildi. Umuman, 2002–2004-yillar davomida “Amerika-Kers” xayriya

tashkiloti tomonidan 11 mln. AQSH dollari teng dori-darmonlar va tibbiy buyumlar О‘zbekistonga

yuborildi[6].

YuSAID tomonidan 2004-yili “Project HOPE”, “Sog‘lom oila” loyihasi doirasida

Surxondaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalariga birinchi yirik gumanitar yordam taqdim etildi.

Ushbu loyiha Qashqadaryo va Tojikistonning Xatlon viloyatini ham qamrab oladi. U ona va bola

salomatligini mustahkamlashga qaratilgan oltita strategik yо‘nalishni о‘z ichiga oldi. Loyiha

doirasida davolash muassasalariga gepatitga qarshi vaksina, dori-darmon, dori vositalari, tibbiy

asbob-uskunalar va apparatlar yetkazib berildi. Shuningdek, tibbiyot muassasalariga kompyuterlar

tо‘plami ham berildi. Gumanitar yuk tarkibida 2 million dollardan ortiq vaksina va 291 ming

dollarlik dori-darmon bor edi. Gumanitar yuklar Surxondaryo viloyat tug‘ruqxonasi hamda pilot

loyihasiga kiritilgan Muzrabot, Termiz va Jarqо‘rg‘on tuman markaziy shifoxonalariga topshirildi.

Loyiha amalga oshirilgan yili Surxondaryoda “Project HOPE” tomonidan homiylik qilingan

obyektlarga 2 million 613 ming dollarlik insonparvarlik yordami kо‘rsatildi.

2004-yil aprelda AQShning О‘zbekistondagi elchisi Jon R.Purnel О‘zbekistonga qiymati 7

million dollardan ortiq bо‘lgan dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalarni taqdim etdi. Ushbu

insonparvarlik yordamining tashabbuskori “Zarafshon – Nyumont” О‘zbekiston-Amerika qо‘shma

korxonasi bо‘lib, 1996-yildan boshlab Amerikaning “Project HOPE” xususiy kо‘ngilli tashkiloti

bilan hamkorlik qildi. “Project HOPE” О‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan tuzilgan

shartnomalarga muvofiq, bir qator dasturlarni amalga oshirdi. Ftiziatriya va pulmonologiya instituti

bilan birgalikda JSST tomonidan silga qarshi kurash bо‘yicha tavsiya etilgan DOTS strategiyasini

amalga oshirdi. Dastur 10 ta pilot tumanni qamrab oldi. Navoiy viloyatida “Project HOPE” loyihasi

“Bolalar omon qolish” dasturini amalga oshirdi. Uning maqsadi onalik va bolalik sohasidagi

xizmatlar sifatini oshirishdan iborat bо‘ldi[7].

2002-yilning kuzida О‘zbekiston va Tojikistonning janubiy viloyatlarida onalar va bolalar

salomatligini mustahkamlash maqsadida “Sog‘lom oila” dasturi ishga tushirildi. Bu boradagi chora-

tadbirlar “Project HOPE” boshchiligidagi 6 ta tashkilotdan iborat konsorsium tomonidan amalga

oshirildi. “Sog‘lom oila” dasturining umumiy budjeti esa 22,5 million dollarni tashkil etib, YuSAID

tomonidan moliyalashtirildi.

2005-yili AQShning Xalqaro rivojlanish agentligi “Project HOPE” loyihasi tomonidan

Qashqadaryoda “Sog‘lom oila” markazi tashkil etildi hamda kerakli asbob-anjomlar, texnik jihozlar

bilan ta’minlandi[8].

2007-yilda О‘zbekistonga bir qancha muruvvat yordami yuklari keltirildi. Jumladan,

“Novartis Pharma” (Shveysariya), “Imres B.V.” va “Maers Land” (Niderlandiya) farmatsevtik


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

430

kompaniyalari, shuningdek, “YuNFPA”, “YuNISEF” xalqaro tashkilotlari, Koreyaning “UNIDUS”

korporatsiyasi “Projekt GE” “North West Medical Teams” (AQSh) kabi tashkilotlar tomonidan

amalga oshirilgan muruvvat yordami yuklari alohida e’tiborga loyiqdir[9].

2007-yilda AQShning “Project Hope” xayriya tashkiloti О‘zbekiston Respublikasiga

insonparvarlik yuklarini bir necha bor taqdim etdi. Shu yili xorijiy mamlakatlardan О‘zbekistonga

yuborilgan muruvvat yuklarining yillik umumiy qiymatining 61,5 % AQSH hisobiga tо‘g‘ri keldi.

2008-yil 25-oktyabrda ham AQShning yana bir tashkiloti “Fizishens viz heart” qarashli 8 mln.

dollardan ortiq qiymatdagi dori-darmon va tibbiy jihozlar ortilgan insonparvarlik yuki

О‘zbekistonga keldi[10].

AQShning “Medical Times International” tashkiloti 2005-yildan О‘zbekistonda tibbiyot

tizimi bilan yaqin hamkorlik qila boshladi.

2009-yil 16-dekabrda О‘zbekistonlik sud-tibbiyot ekspertlari AQShning bu sohadagi

laboratoriyalarini borib kо‘rdi. О‘zbekistonning 5 nafar laboratoriya xodimlari AQShning ekspert

va kriminalistik laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi. Ular Kaliforniya, Texas, Jorjiyadagi va

Kolumbiya okrugidagi soha mutaxassislari bilan uchrashdi. Toshkent, Urganch va Farg‘ona

laboratoriyalari sud-tibbiyot ekspertlarining safarini AQSH departamentining “International Visitor

Leeadership Program” loyihasi doirasida moliyalashtirildi.

Fikrimizcha, AQSH va О‘zbekiston hamkorligida sil kasalligiga qarshi kurash tadbirlariga

jiddiy e’tibor qaratilgan edi. 2008-yil YuSAIDning moliyaviy kо‘magida О‘zbekistonning sil

kasalliklari klinikalarining tibbiyot xodimlari о‘qitildi. Foydalanilgan ma’lumotlar bazasi qariyb

93000 silga chalinish holatini о‘z ichiga olgan edi.

2009-yil sentyabrda О‘zbekistonda YuSAIDning navbatdagi dasturi yakunlandi.

Toshkentdagi “Poytaxt” biznes markazida YuSAID va “Projekt Hope” Loyihasining yakuniy

anjumani о‘tkazildi. Tahlillar shuni kо‘rsatadiki, unda О‘zbekistonda silga qarshi kurash bо‘yicha

besh yillik Dastur faoliyati natijalari taqdim etildi. Tadbirda О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni

saqlash vazirligi, turli tibbiyot institutlari, fondlar va О‘zbekiston ilmiy markazi vakillari ishtirok

etdi. 2004-yildan 2009-yilgacha Dasturlarni о‘tkazishga 4 mln.ga yaqin AQSh dollari sarflandi. 150

nafardan ortiq jurnalist va 200 nafarga yaqin mahalla vakili sil haqidagi ma’lumotlar bilan

tanishtirildi va о‘qitildi. Ularning yordamida 35 ming nafar odam sil alomatlaridan о‘z vaqtida

tibbiy yordam kо‘rsatilishidan voqif etildi.

2010-yil 9-iyunda AQSH hukumati О‘zbekistonda bolalar immunitetini oshirish bо‘yicha

milliy kompaniyani qо‘llab quvvatladi. YuSAID grantlar ajratish yо‘li bilan bolalarda

kamquvvatlikning oldini olish bо‘yicha О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni

qо‘llab-quvvatladi. Bunda bolalarning poloiomiyelitga chidamliligi bо‘yicha umummilliy

safarbarlik о‘tkazish talab etildi.

2013-yil yanvardan О‘zbekistonda sil kasalligiga tashxis qо‘yishning yangi andozalari joriy

etildi. AQShning Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot departamenti hamda kasalliklarni nazorat

qilish va oldini olish markazi talabiga kо‘ra, AQShga kelayotgan barcha immigrantlar va qochoqlar

sil kasalligi yuzasidan oldindan tekshiruvdan о‘tishlari shart. Kasalliklarni nazorat qilish va oldini

olish markazining Global migratsiya va karantin bо‘limi immigrant va qochoqlarga sil kasalligi

tashxisini qо‘yuvchi va davolovchi tibbiyot xodimlari uchun texnik yо‘riqnomalar ishlab chiqdi.

2014-yil 28-noyabrda AQShning YuSAID agentligi tо‘rt yillik muvaffaqiyatli hamkorlik

loyihasini yakunladi. Ushbu loyiha О‘zbekistondagi silga qarshi xizmatni yaxshilashda AQSH

hukumati kо‘rsatayotgan yordamning asosiy qismi bо‘ldi. YuSAID va JSST О‘zbekiston

Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sil kasalligining kasalxonada yuqishini qisqartirishga

doir sa’y-harakatlarini qо‘llab-quvvatlab, 413 943 AQSH dollari so‘mmasidagi infeksiyani nazorat

qiluvchi tashxis qо‘yish uskunalarini taqdim etdi. 2015-yil 20-fevralda О‘zbekiston hukumati va

YuSAID 7,5 mln. dollardan ortiq qiymatli sil kasalligiga qarshi kurashish bо‘yicha yangi besh yillik

qо‘shma dasturni ishga tushirdi. YuSAID dasturi aholining nochor qatlamlarida sil kasalligini

tashxis qilish va undan davolanishlariga kengroq imkoniyat yaratish, О‘zbekistonning Xorazm,


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

431

Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida laboratoriya tashxisi qо‘yish va bemorni davolashga

yо‘naltirilgan yondashuv sifatini ta’minlashni maqsad qilib qo‘ydi. Dasturni “Project HOPE”

tashkilotining filiali YuSAIDning moliyaviy kо‘magida, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan yaqin

hamkorlikda joriy etdi.

2015-yil 30-noyabrda YuSAID dasturi sil kasalligiga qarshi kurashish bо‘yicha “Project

HOPE” о‘zbek loyihasi bilan hamkorlikda 7,5 mln. nafar aholiga ega tо‘rtta viloyatda ommaviy

tadbirlar о‘tkazdi va bu ishga 4000 nafar kishini jalb etdi. 2012-yildan buyon 55 yoshdan oshgan

tekshirilayotgan kishilar sonini ikki baravar oshirishga erishgan О‘zbekiston hukumati endilikda

erta bosqichlarda bepul ravishda sil kasali tashxisi qо‘yilishini va sil kasaliga chalinganligi gumon

qilingan kishilarning davolanishini ta’minlash bо‘yicha tadbirlarni olib bordi.

2015-yil 10-dekabrda Toshkentda AQShning О‘zbekistondagi elchixonasi kо‘magida va

YuSAIDning sil kasalligini nazorat qilish hamkorlik loyihasining moliyaviy kо‘magida

“О‘zbekiston Respublikasi sil kasalligiga qarshi dasturining yutuq va vazifalari” mavzusidagi

konferensiya bо‘lib о‘tdi. Konferensiyada butun О‘zbekistondagi 90 nafardan ortiq shifokor-

ftiziatrlari, laboratoriya mutaxassislari va tibbiy о‘quv yurtlarining о‘qituvchilari ishtirok etdi.

Qо‘shma majlislarni JSST Yevropa byurosi, Yevropa supra-milliy referens-laboratoriyasi, “Chegara

bilmas shifokorlar” tashkiloti va “Management Science for Health” xalqaro ekspertlari о‘tkazdi.

2016-yil 22-sentyabrda esa YuSAIDning Sil kasalligiga qarshi kurashish dasturi doirasida sil

kasalligi bо‘yicha о‘zbekistonlik olti nafar mutaxassisga, shu jumladan, Xorazm, Buxoro, Navoiy

va Qashqadaryo viloyatlaridagi sil kasalligi davolash muassasalari rahbarlariga Nyu-Jersi shtatidagi

(AQSH) Ratgers universiteti huzuridagi xalqaro sil kasalligi institutida sil kasaligining oldini olish,

tashxis qо‘yish va davolash ilg‘or tajribasi о‘rgatildi.

2021-yil fevralda Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida YuSAID tomonidan viloyatdagi

12 ta sog‘liqni saqlash muassasalariga tibbiy asbob-uskunalar topshirildi. AQSH hukumati va

xalqaro hamkorlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli О‘zbekistonda sil kasalligi va u bilan

bog‘liq о‘lim kо‘rsatkichlarini kamaytirishga erishildi. Tadbir davomida YuSAIDning sog‘liqni

saqlash bо‘yicha guruh rahbari Anna Meltser shunday dedi “Mazkur tadbir mamlakatda, shu

jumladan, Sirdaryo viloyatida ham sog‘liqni saqlash xizmatlarini takomillashtirish bо‘yicha AQSH

va О‘zbekiston orasida doimiy hamkorlik о‘rnatilganligini namoyish etadi. Birgalikdagi sa’y-

harakatlarimiz natijasida О‘zbekiston fuqarolarining sog‘ligi va farovonligini yaxshilashda

muvaffaqiyatga albatta erishamiz”. AQShlik ishlab chiqaruvchi “Welch Ally” tomonidan hadya

qilingan tibbiy uskunalar YuSAIDning Markaziy Osiyoda sil kasalligini tugatish bо‘yicha loyihasi

yordamida yetkazib berildi. Uskunalar Sirdaryo viloyatidagi sil kasalligi ambulatoriyalariga (barcha

tuman, shaharlariga) Guliston, Shirin, Yangiyer shaharlaridagi silga qarshi dispanserlar va

kasalxonalarga hamda Sirdaryo viloyat sil va о‘pka kasalliklari markazlariga topshiriladi.

2021-yilning 24-martida О‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va YuSAID hamkorligida

Butunjahon sil kasalligi kuniga bag‘ishlangan – “Tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlik” mavzusida

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bо‘lib о‘tdi. “AQSH hukumati silga qarshi kurashda

О‘zbekiston hukumati bilan doimiy hamkorlik qilib keldi, bu kabi kо‘p yillik sheriklikdagi sa’y-

harakatlarimiz natijasida biz sil kasalligi ta’sirini yumshatishga va о‘zbekistonlik oilalarning

farovonligini oshirishga о‘z hissamizni qо‘shishga muvaffaq bо‘lmoqdamiz”, – deb ta’kidladi.

Xalqaro press-klubning jonli efirida ishtirok etgan AQShning О‘zbekistondagi elchixonasi

missiyasi boshlig‘ining о‘rinbosari Alan Meltser JSSTning ma’lumotiga kо‘ra tuberkulyozga qarshi

olib borilgan tadbirlarning natijalari bо‘yicha О‘zbekiston ftiziatriya xizmati bо‘yicha 53 ta

mamlakat orasida kuchli uchtalikdan о‘rin oldi.

YuSAIDning “Markaziy Osiyoda silni tugatish bо‘yicha” loyihasi doirasida ham

О‘zbekistonda kо‘plab ishlar amalga oshirildi. AQShning “Welch Allyn” ishlab chiqaruvchi

kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan tibbiy asbob-uskunalar viloyatlardagi sil kasalligi

dispanserlari, kasalxona va poliklinikalariga tarqatildi. YuSAIDning Markaziy Osiyoda sil

kasalligini tugatishga qaratilgan loyihasi doirasida Farg‘ona, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida natijali


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

432

ishlar amalga oshirildi. YuSAID ushbu sohadagi mutaxassislarning tayyorgarligini oshirish, dori

vositalari, tibbiy va laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash, sil kasalligining oldini olish, aniqlash

va davolash jarayonini tezlashtirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining sil kasalligiga qarshi

kurash bо‘yicha milliy dasturi bilan samarali hamkorlik qildi. 2021-yildan YuSAIDning sil

kasalligiga qarshi kurash bо‘yicha milliy dasturi va aholining sil kasalligi bо‘yicha xabardorligini

oshirish va sil bilan bog‘liq stigma va mintaqaviy va milliy darajada turli tadbirlar va raqamli

dasturlarni amalga oshirishni boshladi.

Tahlillar shuni kо‘rsatadiki, О‘zbekiston AQSH bilan sog‘liqni saqlash sohasining eng

jiddiy muammolaridan biri hisoblangan saraton kasalligiga qarshi kurash bо‘yicha hamkorlikda

qator loyihalarni amalga oshirdi. 2009-yil 29-iyunda taniqli Amerikalik onkolog, “Maunt Cinay”

Tibbiyot maktabi rahbari, Klinik onkologiyasi amerika jamiyatining a’zosi Eliot Belenkov “Tibbiy

jihatlar va sut bezi saratoni muammosini hal etishda jamoatchilik tashkilotlarining roli” Xalqaro

forumida qatnashdi. Forum О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sut bezi saratoni

bilan kurash bо‘yicha “Hayot uchun” xotin-qizlar hamjamiyati va Respublika onkologik ilmiy

markazi tomonidan tashkil etilgan edi.

О‘zbekiston “Virusli gepatitning “B”, “S” turlarini barvaqt aniqlash usulini bosqichma-

bosqich amaliyotga joriy qilish, ushbu kasalliklarning asoratlar keltirib chiqarishining oldini olish

va davolashda maxsus terapiyani о‘tkazish bо‘yicha tadbirlari doirasida “CDAF” fondi (AQSH)

bilan hamkorlikda loyiha samarali amalga oshirildi. Olib borilgan tadbirlar о‘z ijobiy natijasini

kо‘rsatdi. 2000-yilda О‘zbekistonda 57,8 ming, 2010-yilda 36,4 ming nafar kishi virusli gepatitga

chalingan bо‘lsa, 2020-yilda bu kо‘rsatkich 11,5 mingtani tashkil etgan.

2020-yil kuzida YuSAID agentligi О‘zbekistonga 200 ta sun’iy nafas oldirish apparatini va

unda qо‘llaniladigan vositalarni bepul topshirdi. YuSAID ushbu apparatdan foydalanish bо‘yicha

tibbiyot xodimlarini о‘qitish ishlariga ham yordam berdi.

О‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash choralarini qо‘llab-quvvatlash

uchun tibbiy jihozlarni yuborish masalasi Vashingtondagi elchixonada Oq uy ma’muriyati, AQSH

Davlat departamenti va YuSAID vakillari bilan о‘tkazilgan qator maslahatlashuvlarda muhokama

qilingan. 2020-yilning 28-iyul kuni AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazlari

(CDC) О‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga qiymati 902 000 dollarga teng tibbiyot vositalari

va laboratoriya jihozlarini hadya qildi. Taqdim etilgan vositalar 25 000 ta COVID-19 testlarini

о‘tkazish imkonini berdi. Ushbu texnologiya odam organizmida virusli DNK mavjudligini kasallik

belgilari paydo bо‘lishidan avval aniqlaydi, bu esa sog‘liqni saqlash muassasalariga bemorni juda

erta izolyatsiya qilish imkonini yaratdi. AQShning bu borada О‘zbekistonga kо‘rsatgan umumiy

yordami 6 million dollardan oshdi.

2020-yil avgustda AQShdan О‘zbekistonga umumiy qiymati 2,5 million dollar bо‘lgan

о‘pkani sun’iy nafas oldiruvchi 200 ta apparat yuborildi. Bu apparatlar AQSH prezidenti Donald

Tramp ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan insonparvarlik yordamining bir qismi sifatida xayriya

qilindi. Apparatlar О‘zbekiston sog‘liqni saqlash muassasalarining texnik infratuzilmasini hisobga

olgan holda maxsus buyurtma asosida Amerikaning “Zoll Medical Corporation” kompaniyasi

tomonidan ishlab chiqarilgan. Ular statsionar davolanishda, havo tibbiy transportida yoki tez

yordam mashinalarida tashish paytida intensiv terapiya uchun ishlatildi. Amerika tomonidan taqdim

etilgan ushbu apparatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan viloyatlardagi 62 ta tibbiyot

muassasasi о‘rtasida taqsimlandi.

2021-yil 19-fevralda YuSAID va О‘zbekistonning Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy

palatasi bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlari uchun COVID-19 bilan kasallangan intensiv

terapiyaga va о‘pkani sun’iy ventilyatsiyasiga muhtoj og‘ir bemorlarni davolashni takomillashtirish

bо‘yicha onlayn-trening о‘tkazildi. Trening YuSAIDning “COVID-19 ga qarshi kurashda Sog‘liqni

saqlash tizimining barqarorligini mustahkamlash” loyihasi doirasida amalga oshirildi. Treningda

“Zoll” sun’iy nafas oldirish uskunasidan foydalanish usullari va COVID-19 bilan kasallangan og‘ir

bemorlar uchun kislorod terapiyasini о‘rganishdi.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

433

Xullas, О‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasidagi xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligida

AQSH yetakchi о‘rinlardan birini egalladi. Umuman, О‘zbekistonga yuborilgan insoparvarlik

yordamining katta qismi AQSH hisobiga tо‘g‘ri keldi. AQShning bu tadbirlarida hukumat bilan

birga turli xayriya tashkilotlari, shifokorlar faol ishtirok etishdi.

ADABIYOTLAR:

1. Эвсюкова Т. Мифы Советский и Американский // Народное слова.–1992 1 май.

2. Ўзбекистон буюк келажак сари.–Тошкент.: Ўзбекистон, 1998.– Б.667. (689).

3. Зокирова К.О, Тўхтаматова Д.Ў, Мирзабоева С.А. Ўзбекистода соғлиқни сақлаш ва

ҳамширалик иши таълими тизимидаги ислоҳотлар.Ҳамширалик иши фаолиятини олиб

бориш жойлари // Ҳамширалик иши асослари ўқув қўлланмаси.– Т, 2001.– Б.24.

4. O‘z MA, M-37-fond, 1-ro‘yxat, 8124-ish, 13-varaq.

5. O‘z ITTH MA, 1-fond, 7-ro‘yxat, 3725-ish, 130-varaq.

6. Соатова И. Шошилинч ёрдам хизматида янги имкониятлар // O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash,

2012 yil 2 noyabr.

7. Шукурзода М. АҚШ-Ўзбекистон ҳамкорлиги рақамларда (1992-2016).-Тошкент, 2015. -

Б.229.

8. G‘afforov Sh. Virusli gepatit, unga qarshi kurashishda mamlakatimiz tibbiyotida erishilayotgan

natijalar // Yangi O‘zbekiston, 2022 yil 5 fevral. 26-son, (548) –B.5.

9. .

Firdavs G’ulom o’g, E., & Farangiz, A. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA

O’ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN’ANALARNING

QAYTA TIKLANISHI.

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni

hamda rivojlanish omillari

,

5

(2), 35-42.

10. Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ

ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ.

TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA

INNOVATSION G ‘OYALAR

,

1

(7), 45-49.

11. Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF

SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY.

Academicia Globe:

Inderscience Research

,

3

(09), 59-63.

12. Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher

professional training.

ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT

REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071

,

11

(04), 15-20.

13. BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter

xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida.

«ACTA NUUz»

,

1

(1.2), 78-

82.

14.

Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL

(ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES.

Theoretical & Applied

Science

, (3), 72-75.

15.

Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES.

In

НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ

(pp. 160-162).

16.

Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan.

Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences

,

1

(5), 1159-1163.

17.

Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining

ahamiyati.

Journal of Social Sciences

,

2

(01).

18.

Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK.

Journal of

Social Sciences

,

4

(01).

19. Nоmоzоv,

Xurshid.

"ОMMАVIY

АXBОRОT

VОSITАLАRINING

IJTIMОIY

FUNKSIYАSI."

TAMADDUN NURI JURNALI

1.64 (2025): 253-255.

20. Nоmоzоv, X. (2025). ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY

FUNKSIYАSI.

TAMADDUN NURI JURNALI

,

1

(64), 253-255.

21. Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

434

MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI.

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq

etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

,

41

, 632-636.

22. Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN

FOYDALANISH SOHALARI.

MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR

SCIENTIFIC SOLUTIONS

,

1

(2), 113-118.

23. Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban

development in Samarkand region during the years of independence.

International Journal of

Artificial Intelligence

,

1

(1), 410-414.

24. Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). Administrative-territorial division and demographic

indicators of Samarkand during the years of independence.

International Journal of Artificial

Intelligence

,

1

(1), 405-409.

25. Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on

experience.

Western European Journal of Historical Events and Social Science

,

2

(4), 93-97.

26. Bo‘ronov, O. Qishloq joylarda tibbiy profilaktika va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni

ta’minlash ishi tarixi.

Journal of Social Sciences

,

1

(02).

27. Buronov, O. (2025). Changes In The Murobak Gas Processing Plant In The Years Of

Independence.

Zien Journal of Social Sciences and Humanities

,

40

, 62-67.

28. Бўронов, О. Қишлоқ врачлик пунктларида тиббий кадрлар салоҳиятини оширишга

қаратилган давлат сиёсати. Ўтмишга назар.№ 7.2023.

Ўтмишга назар

, (7.2023).

29. Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on

experience.

Western European Journal of Historical Events and Social Science

,

2

(4), 93-97.

30. Khamidovich, K. G. (2020). The history of turkestan sanitary work.

Journal of Critical

Reviews

,

7

(9), 1126-1129.

31. Каромов, Г. Х. (2020). ИСТОЧНИКОВЕДЕНИЕ И ИСТОРИОГРАФИЯ ИСТОРИИ

МЕДИЦИНЫ В ТУРКЕСТАНЕ.

ББК 1 E91

,

205

.

32. Каромов, Г. Х. (2019). Особенности городской культуры Самарканда Раннего

Средневековья.

Евразийское Научное Объединение

, (1-7), 373-374.

33. Khamitovich, K. G. (2022). HISTORY OF HEALTH WORKS IN TURKESTAN

ASSR.

INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY

RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036

,

11

(10), 68-72.

34. Khamitovich, K. G. (2022). Measures in the Sphere of Maternal and Child Health in

Uzbekistan.

Miasto Przyszłości

,

29

, 12-15.

35. O’G’Li, N. X. S. (2023). YUKSAK AXBOROT MADANIYATI–INTERNET-MAKON

RESURSLARIDAN RATSIONAL FOYDALANISH SHARTI.

Research Focus

,

2

(6), 105-

110.

36. Shavkat o’g’li, N. X. (2022). THREATS TO INFORMATION SECURITY IN

EDUCATIONAL INSTITUTIONS.

Gospodarka i Innowacje.

,

22

, 229-231.

37. EGAMBERDIYEV, F. (2024). O ‘SMIR BASKETBOLCHILARDA IRODAVIY SIFATLAR

SHAKLLANISHIGA

TA’SIR

ETUVCHI

OMILLARNING

PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI.

«ACTA NUUz»

,

1

(1.3), 248-252.

Библиографические ссылки

Эвсюкова Т. Мифы Советский и Американский // Народное слова.–1992 1 май.

Ўзбекистон буюк келажак сари.–Тошкент.: Ўзбекистон, 1998.– Б.667. (689).

Зокирова К.О, Тўхтаматова Д.Ў, Мирзабоева С.А. Ўзбекистода соғлиқни сақлаш ва ҳамширалик иши таълими тизимидаги ислоҳотлар.Ҳамширалик иши фаолиятини олиб бориш жойлари // Ҳамширалик иши асослари ўқув қўлланмаси.– Т, 2001.– Б.24.

O‘z MA, M-37-fond, 1-ro‘yxat, 8124-ish, 13-varaq.

O‘z ITTH MA, 1-fond, 7-ro‘yxat, 3725-ish, 130-varaq.

Соатова И. Шошилинч ёрдам хизматида янги имкониятлар // O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, 2012 yil 2 noyabr.

Шукурзода М. АҚШ-Ўзбекистон ҳамкорлиги рақамларда (1992-2016).-Тошкент, 2015. -Б.229.

G‘afforov Sh. Virusli gepatit, unga qarshi kurashishda mamlakatimiz tibbiyotida erishilayotgan natijalar // Yangi O‘zbekiston, 2022 yil 5 fevral. 26-son, (548) –B.5.

. Firdavs G’ulom o’g, E., & Farangiz, A. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN’ANALARNING QAYTA TIKLANISHI. Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari, 5(2), 35-42.

Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ. TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA INNOVATSION G ‘OYALAR, 1(7), 45-49.

Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(09), 59-63.

Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher professional training. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071, 11(04), 15-20.

BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida. «ACTA NUUz», 1(1.2), 78-82.

Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL (ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES. Theoretical & Applied Science, (3), 72-75.

Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES. In НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ (pp. 160-162).

Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1159-1163.

Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining ahamiyati. Journal of Social Sciences, 2(01).

Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK. Journal of Social Sciences, 4(01).

Nоmоzоv, Xurshid. "ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY FUNKSIYАSI." TAMADDUN NURI JURNALI 1.64 (2025): 253-255.

Nоmоzоv, X. (2025). ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY FUNKSIYАSI. TAMADDUN NURI JURNALI, 1(64), 253-255.

Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI. Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari, 41, 632-636.

Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN FOYDALANISH SOHALARI. MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS, 1(2), 113-118.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban development in Samarkand region during the years of independence. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 410-414.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). Administrative-territorial division and demographic indicators of Samarkand during the years of independence. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 405-409.

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on experience. Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(4), 93-97.

Bo‘ronov, O. Qishloq joylarda tibbiy profilaktika va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash ishi tarixi. Journal of Social Sciences, 1(02).

Buronov, O. (2025). Changes In The Murobak Gas Processing Plant In The Years Of Independence. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 40, 62-67.

Бўронов, О. Қишлоқ врачлик пунктларида тиббий кадрлар салоҳиятини оширишга қаратилган давлат сиёсати. Ўтмишга назар.№ 7.2023. Ўтмишга назар, (7.2023).

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on experience. Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(4), 93-97.

Khamidovich, K. G. (2020). The history of turkestan sanitary work. Journal of Critical Reviews, 7(9), 1126-1129.

Каромов, Г. Х. (2020). ИСТОЧНИКОВЕДЕНИЕ И ИСТОРИОГРАФИЯ ИСТОРИИ МЕДИЦИНЫ В ТУРКЕСТАНЕ. ББК 1 E91, 205.

Каромов, Г. Х. (2019). Особенности городской культуры Самарканда Раннего Средневековья. Евразийское Научное Объединение, (1-7), 373-374.

Khamitovich, K. G. (2022). HISTORY OF HEALTH WORKS IN TURKESTAN ASSR. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036, 11(10), 68-72.

Khamitovich, K. G. (2022). Measures in the Sphere of Maternal and Child Health in Uzbekistan. Miasto Przyszłości, 29, 12-15.

O’G’Li, N. X. S. (2023). YUKSAK AXBOROT MADANIYATI–INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN RATSIONAL FOYDALANISH SHARTI. Research Focus, 2(6), 105-110.

Shavkat o’g’li, N. X. (2022). THREATS TO INFORMATION SECURITY IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Gospodarka i Innowacje., 22, 229-231.

EGAMBERDIYEV, F. (2024). O ‘SMIR BASKETBOLCHILARDA IRODAVIY SIFATLAR SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. «ACTA NUUz», 1(1.3), 248-252.