Авторы

  • Джавлон Ибрагимов
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori (dsc). boburdusyorov@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129688

Ключевые слова:

birikuv sintaktik qurilmalar so‘z birikmasi tilshunoslik tobe aloqa o‘zbek tili.

Аннотация

Hozirgi davrda o‘zbek tilining barcha sathlari bo‘yicha qator ilmiy-tadqiqot ishlari mavjud. Jumladan, sintaksis, undan o‘rin olgan so‘zlar birikuvi, birikuv natijasida hosil bo‘ladigan so‘z qo‘shilmasi, so‘z birikmasi, ibora va gap kabilar yetarlicha tadqiq qilingan. So‘zlar birikuvi formal yondashuvda ham, substansial yondashuvda ham yetakchi olimlarimiz tomonidan o‘rganildi.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

446

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI TARIXIDA SO‘ZLAR BIRIKUVI MASALALARINING

O‘RGANILISHI VA UNDAGI MUAMMOLAR

IBRAGIMOV JAVLON YORMATOVICH

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc). boburdusyorov@gmail.com

Annotatsiya.

Hozirgi davrda o‘zbek tilining barcha sathlari bo‘yicha qator ilmiy-tadqiqot

ishlari mavjud. Jumladan, sintaksis, undan o‘rin olgan so‘zlar birikuvi, birikuv natijasida hosil

bo‘ladigan so‘z qo‘shilmasi, so‘z birikmasi, ibora va gap kabilar yetarlicha tadqiq qilingan. So‘zlar

birikuvi formal yondashuvda ham, substansial yondashuvda ham yetakchi olimlarimiz tomonidan

o‘rganildi.

Kalit so‘zlar:

birikuv, sintaktik qurilmalar, so‘z birikmasi, tilshunoslik, tobe aloqa, o‘zbek tili.

Kirish.

1987-yilda nashr etilgan A.G‘ulomov va M.Asqarovalar muallifligidagi “Hozirgi

o‘zbek adabiy tili. Sintaksis” kitobida so‘zlar birikuvining asosiy hosilasi sifatida gap qaraladi.

“So‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvidan so‘z qo‘shilmasi hosil bo‘ladi. Bular ikki xil: 1) gap

(

Yaproqlar ko‘m-ko‘k

); 2) so‘z birikmasi (

ko‘m-ko‘k yaproqlar

)”[1:7-8]. Tilning asosiy vazifasi

jamiyatda, insonlar orasida aloqani ta’minlash, axborot vositasi vazifasini bajarishdan iboratdir. Fikr

ifodalash vazifasini esa o‘zbek tilida asosiy sintaktik butunlik - gap bajaradi. Sintaksisning yana bir

obyekti - so‘z birikmasi esa fikr ifodalay olmaydi. Ko‘rinadiki, sintaksisning bosh birligi, asosiy

o‘rganish obyekti gap hisoblanib, so‘z birikmasi gapning tarkibiga kiruvchi, uni qurishda ishtirok

etuvchi yordamchi birlikdir. Shu sababli sintaksisning tadqiq markazida gap, uning xususiyatlari

haqidagi ta’limot yotadi.

Grammatik (sintaktik) butunliklar ularni tashkil qiluvchi birliklar soniga ko‘ra bir so‘zli, ikki

so‘zli va ko‘p so‘zli kabi turlarga bo‘linadi. Birgina so‘zdan iborat sintaktik qurilmalar, aksariyat

hollarda, birgina mustaqil so‘z bilan ifodalanadi va so‘z-gap yoki to‘liqsiz gaplar sifatida talqin

qilinadi. Bunda sintaktik qurilma tarkibida shu yagona mustaqil so‘zni kesim sifatida

shakllantiruvchi bog‘lamalar qatnashishi mumkin. “Ikki so‘zli sintaktik konstruksiya yo sodda so‘z

birikmasidan (

Lolaxonning kitobi

), yoki sodda yig‘iq gapdan (

Lolaxon keldi

) tashkil topadi” [2:9].

Shu o‘rinda ikki so‘zli sintaktik qurilmalar sirasiga nafaqat sodda yig‘iq gaplar, balki sodda yoyiq

gap (

Bugun boraman

), qo‘shma gap (

Kulsang – yutqazasan

tipidagi qo‘shma gaplar) kabilar ham

kirishi mumkinligini ta’kidlab o‘tish lozim. Ko‘p so‘zli sintaktik qurilmalar esa murakkab so‘z

birikmasi (

osmonda uchayotgan qush

), sodda gap (

Bugun hikoyani yakunladi

), qo‘shma gap (

Ko‘p

o‘qisang, ko‘p bilasan

)dan iborat bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.

So‘z qo‘shilmalari, so‘z birikmalari va gaplar hosil

bo‘lishi uchun so‘zlar o‘zaro muayyan biriktiruvchi vositalar bilan birikishi lozim. Bu vositalar

tilning boshqa sathlarida o‘rganilishi orqali sintaksisning morfologiya va leksikologiya bilan zich

bog‘liq ekanligi asoslangan. So‘z birikmasi va gaplarni hosil qilishda ular ma’lum bir shaklda

bo‘lishi talab etiladi. Bu esa sintaksis vam leksikaning morfologiyaga tayanishini anglatadi. Bunday

bog‘lanish, ayniqsa, sintaksis bilan morfologiyaning munosabatida juda aniq seziladi: so‘zlar

birikuvini ta’minlashda ularni bir-biriga bog‘lash vazifasini kelishik, shaxs-son, egalik shakllari

kabilar bajaradi. Demak, “bular morfologik hodisalar bo‘lishiga qaramay, funksiyasi

sintaktikdir”[1:8]. So‘zlarning bunday aloqalarida birikmani hosil qiluvchi so‘zlarning bir-biriga

grammatik va ma’noviy jihatdan mos bo‘lishi lozim. Shuningdek, birikmaning a’zolari mansub

bo‘lgan so‘z turkumlari ham o‘zaro mutanosib bo‘lishi boshqa turkum juftliklariga nisbatan ko‘proq

birikma hosil qilishi asosida isbotlangan. Sintaktik butunlik hosil qilishda material sifatida so‘zlar

ishtirok qiladi. So‘zlarning o‘zaro tanlanishi, masalan, sifat ot bilan ko‘proq birikma hosil qilishi

(

aqlli bola

: shaxs va uning belgisi), ot o‘ng tomondan ko‘proq fe’lga birikishi (

chol nasihat qildi

:

shaxs va uning harakati) kabilarda namoyon bo‘ladi. Bunday mos kelishlik bo‘lmaganligi uchun,


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

447

masalan, sifat bilan son birika olmaydi. Albatta, bu tilshunoslikda ko‘p qirrali tushuncha

hisoblanadigan valentlik haqidagi fikrlardir.

O‘zbek tilshunosligidagi formal yondashuvda sintaktik aloqa turlari haqida fikr yuritilar ekan,

birikmani hosil qiluvchi unsurlar teng va tobe munosabatda bo‘lishi, teng aloqa natijasida so‘z

tizmasi, tobe aloqa natijasida gap va so‘z birikmasi hosil bo‘lishi haqida xulosaga kelinadi. Lekin

ba’zi olimlarda teng munosabatdagi qismlardan tuzilgan so‘z birikmalari ham mavjudligi haqidagi

fikrlar yo‘q emas. “So‘z birikmasini bu tarzda tushunish masalaning faqat bir tomoni bilangina

bog‘liq ko‘rinadi. Negaki, komponentlarining tenglik asosida munosabatga kirishuvidan tashkil

topuvchi so‘z birikmalari ham mavjud ekanligi bugungi tilshunoslikda to‘liq e’tirof

etilmoqda”[3:11-12].

Bunda

S.Shodiyev

“O‘zbek

tilining

mazmuniy

sintaksisi”dagi

A.Ahmedovning fikrlariga tayanadi. Olim gap bilan so‘z birikmasi o‘zaro predikativ va

nopredikativ birliklar sifatida farq qilishi haqida fikr yuritar ekan, aynan so‘z birikmasi haqida

quyidagi fikrlarni bildiradi: “So‘z birikmasi kam deganda, ikki mustaqil so‘zning nopredikativ

birikuvidan hosil bo‘ladigan sintaktik birlikdir. So‘z birikmasiga faqat tobe aloqa asosida hosil

bo‘lgan butunliklar emas, shu bilan birga, teng aloqa asosida hosil bo‘lgan konstruksiyalar ham

kiradi”[4:17]. Fikrimizcha, teng huquqli qismlardan tuzilgan birikuvlarning so‘z birikmasi deb

nomlanishi ommalashmadi va o‘z ilmiy tasdig‘ini topmadi. Aksincha, tadqiqot, darslik va

qo‘llanmalarda tobe aloqa natijasida hosil bo‘lgan nopredikativ (predikativ birikmalar gap sifatida

talqin qilinadi) birikmalar so‘z birikmasi sifatida qayd etildi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Sintaktik qurilmani hosil qilayotgan unsurlar bajarayotgan

sintaktik vazifasiga qarab formal tilshunoslik vakillari tomonidan sintaktik aloqa predikativ va

predikativ bo‘lmagan; predikativ bo‘lmagan aloqaning o‘zi yana aniqlovchili, to‘ldiruvchili, holli

kabi turlarga ajratiladi. Birikmalarning aniqlovchili, to‘ldiruvchili va holli kabi turlarga ajratilishi

tobe so‘zning sintaktik vazifasiga nisbatan belgilanadi. Aslida so‘zning sintaktik vazifasi gap

tarkibida namoyon bo‘ladi (shu sababli ham

gap bo‘lagi

jumlasi mavjud). Birikmaning gap

tarkibiga yaxlit kirishini hisobga olgan holda aniqlovchili, to‘ldiruvchili va holli kabi birikmalarni

ajratish mumkin bo‘ladi.

Birikmani hosil qiluvchi unsurlar bir-biri bilan har xil tarzda bog‘lanadi, ya’ni sintaktik aloqa

turli vositalar bilan hosil qilinadi. So‘zlar orasidagi aloqaning turli vositalar bilan ifodalanishi

birikmani hosil qiluvchi unsurlarning turkumi, ularning leksik-grammatik xususiyatlari, boshqacha

aytganda, valentligiga ham bog‘liq, albatta. An’anaviy tilshunoslikda sintaktik aloqa so‘z

birikmasini hosil qiluvchi so‘zlar, gap bo‘laklari, va hatto, qo‘shma gapning tarkibiy qismlari

bo‘lgan sodda gaplar orasida ham kuzatiladigan hodisa sifatida baholanadi. Qismlari orasidagi teng

grammatik munosabatga asoslangan so‘z tizmalari orasida ham sintaktik aloqa mavjudligini inkor

etib bo‘lmaydi.

Sintaktik aloqani ta’minlovchi vositalar sifatida so‘z shakllari, yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi

va ohang ajratiladi. “Sintaktik aloqa vositalarining ko‘rinishlari quyidagicha: formal-grammatik

vositalar, leksik-grammatik vositalar, pozitsion vositalar va intonatsion vositalar”[1:15]. Bunda

formal-grammatik vositalar so‘zning qanday morfologik vositalar bilan shakllanganligini anglatgan

bo‘lsa, leksik-grammatik vositalar muayyan so‘zning lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra o‘ziga mutanosib

so‘zni tanlashi nazarda tutiladi. Sintaktik aloqani ifodalovchi bu vositalar nafaqat so‘z birikmasi va

gaplarni, balki so‘z tizmalarini (

kitob va daftar

tipidagi teng aloqa natijasida hosil bo‘lgan

birikuvlarni) ham hosil qiladi.

So‘z shakllari deyilganda, birikmani hosil qiluvchi unsurlarning aloqa-munosabat shakllari

(egalik, kelishik, shaxs-son shakllari kabilar) bilan o‘zgarishi tushuniladi. “O‘zbek tilida so‘z bir

grammatik ko‘rsatkichli yoki birdan ortiq grammatik ko‘rsatkichli formada bo‘lishi mumkin”

[5:207]. Masalan,

bola

– bosh kelishik, birlik shaklda, ya’ni ikkita grammatik ko‘rsatkichga ega

hisoblansa,

bolalarimizni

– tushum kelishigi, ko‘plik va egalik shakllari bilan o‘zgargan, ya’ni

uchta grammatik ko‘rsatkichga ega sanaladi. Albatta, bu o‘rinda faqat so‘zni boshqa so‘zga

bog‘lovchi vositalar emas, balki umuman, grammatik shakllar tavsiflangan. Ma’lum bir so‘zda uni


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

448

faqat hokim (

kitobni

so‘zidagi tushum kelishigi), faqat tobe (

kitobim

so‘zidagi egalik shakli) yoki

ham hokim, ham tobe so‘zlarga (

kitobimni

so‘zidagi egalik va kelishik shakllari) bog‘lovchi

grammatik shakllar qo‘llanishi mumkin. Tobe aloqaning moslashuv va boshqaruv kabi turlari

so‘zning grammatik shakllar yordamida o‘zgarishi natijasidagi birikuvlarda kuzatiladi.

Tahlil va natijalar.

Sintaktik aloqani ifodalashda yordamchilardan bog‘lovchi va

ko‘makchilar vosita sifatida ishtirok etishi mumkin. Bunda ko‘makchilar so‘z birikmasidagi tobe

so‘zni hokim so‘zga bog‘lashda xizmat qilsa (masalan, muvaffaqiyat uchun kurashmoq),

bog‘lovchilar so‘z tizmalaridagi grammatik jihatdan teng so‘zlarni (masalan,

sabab va oqibat

),

bog‘langan va ergashgan qo‘shma gap qismlarini (masalan,

Ruxsat berildi va o‘z nutqini boshladi –

bog‘langan qo‘shma gap, Indinga boraman, chunki bugun sovuq bo‘ldi – ergashgan qo‘shma gap

)

bog‘lovchi vosita bo‘lib kela oladi.

So‘zning tartibi, uning o‘zgarishi hokimlik va tobelikni ko‘rsatib turuvchi qo‘shimchalar

aksariyat hollarda qo‘llanadigan o‘zbek tilida birikmani hosil qiluvchi unsurlarning grammatik

maqomiga deyarli ta’sir qilmaydi. Tartibning o‘zgarishi, asosan, mantiqiy urg‘u va ko‘tarinkilikni

ta’minlash maqsadida poetik talab bilan sodir bo‘ladi. Poetik nutq talabidan boshqa hollarda jonli

so‘zlashuvda tinglovchining nutq davomida biror narsa yoki voqeani unutishi va zudlik bilan nutqqa

olib kirishi lozim bo‘lganda tartib o‘zgarishini kuzatishimiz mumkin (masalan,

Biz ham borganmiz,

maktabga

). Lekin hokim-tobelikni ko‘rsatuvchi qo‘shimchalar mavjud bo‘lmagan hollarda so‘z

tartibining grammatik vosita sifatidagi ahamiyati oshadi. Sifatlovchi-sifatlanmish munosabatida bu

yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan,

Issiq havo

va

Havo – issiq

birikuvlarida mazmun o‘zgarmagan

bo‘lsa ham, grammatik maqom, munosabat farqli. Birinchi birikuv so‘z birikmasi sifatida qaralsa,

ikkinchi birikuv gap sifatida baholanadi. Hokim-tobelik maqomi ham, albatta, o‘zgargan. Demak,

so‘z tartibi sintaktik aloqani ifodalovchi vosita sifatida hokim-tobelikni ko‘rsatuvchi qo‘shimchalar

mavjud bo‘lmaganda, aksariyat hollarda bitishuv aloqasida ahamiyatli bo‘ladi. O‘zbek tilida o‘zaro

birikkanda bitishuv aloqasini hosil qiluvchi so‘zlar mansub turkumlar ham tadqiq qilingan. “O‘zbek

tilida bitishuvli birikmalar quyidagi so‘z turkumlari bilan tuziladi: 1. Ravish-fe’l:

Dokladchi sekin

gapirdi.

2. Ravishdosh+fel:

kulib so‘zladi.

3. Sifatdosh- fe’l:

o‘qigan o‘qitdi.

4. Taqlidiy so‘z+fe’l:

piq-piq yig‘ladi.

5. Sifat (olmosh, ravish, son kabi)+ot:

keng dala, beshta o‘quvchi, yangi bino, bu

bola, uch bahodir”

[6:13].

Ohang ham turli sintaktik aloqalarni, grammatik-fikriy holatni ifodalovchi vositalardan biridir.

Zero, ohang nutqdagi bo‘laklarning bir butun, yaxlit ekanligini ifodalaydi, gapning mazmunan va

grammatik jihatdan tugalligini, gapdagi so‘z va birikmalarning, ayrim gaplarning har xil

munosabatlarini ifodalaydi, gap mazmun-mundarijasidagi turli holatlarni, gapning turini, undagi

qismlar chegarasini, ba’zi bir bo‘laklarning ajratilganligini bildiradi. Ohang orqali so‘zlarning

guruhlanishi, bu guruhlanishning gap mazmuniga ta’sir qilishini ta’kidlab o‘tish lozim. Masalan,

1.

Baland darvozali / uy (darvoza baland) — baland / darvozali uy (uy baland). 2. Haligi oq ko‘ylakli

/ o‘g‘lini chaqirdi (ota oq ko‘ylakli) — haligi / oq ko‘ylakli o‘g‘lini chaqirdi (bola oq ko‘ylakli).

Ohang nafaqat so‘z birikmasi mazmunini, balki gaplar mazmunini, ular orasidagi munosabatni,

ifoda maqsadiga ko‘ra turini ham o‘zgartirishi mumkinligi isbot talab qilmaydi.

Xulosa va takliflar.

Sanab o‘tilgan sintaktik munosabatni ta’minlovchi vositalarning (so‘z

shakllari, yordamchilar, so‘z tartibi, ohang) bir nechtasini bitta sintaktik qurilma (so‘z birkmasi yoki

gap)ning o‘zida kuzatishimiz mumkin bo‘ladi. Masalan,

uyga tomon ketmoq, yerga qarab gapirmoq

kabi birikmalarda ham kelishik (-

ga

), ham ko‘makchilarni (

tomon, qarab

) sintaktik aloqani

ta’minlovchi vosita sifatida ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, bir sintaktik munosabat turli yo‘llar

(vositalar) bilan ifodalanishi ham mumkin. Masalan, sintaktik jihatdan bir xil bo‘lgan bo‘laklarning

munosabati sanash ohangi bilan ifodalanganidek, bog‘lovchi vositasida ham ifodalanishi mumkin

(

kitob, daftar - kitob va daftar

); vosita ma’nosini anglatgan boshqaruv munosabati kelishik formasi

bilan ifodalana olganidek, ko‘makchi yordami bilan ham ifodalana oladi (

telefonda gaplashmoq —

telefon orqali gaplashmoq

); sabab, atash kabi ma’nolarning ifodalanishi ham shunday (

Farhod shu

doridan davo topdi.— Farhod shu dori sababli davo topdi. Chol o‘yinchoqni nevarasiga oldi. —


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

449

Chol o‘yinchoqni nevarasi uchun oldi).

Qo‘shma gapda sabab munosabati intonatsiyaning o‘zi bilan

ham, bog‘lovchi bilan ham ifodalanadi (

Bahodir ko‘p yugura olmadi: biroz tobi qochgan edi.—

Bahodir ko‘p yugura olmadi, chunki biroz tobi qochgan edi

).

Ko‘rinadiki, formal tilshunoslikda so‘zlar birikuvi nutqiy tomondan chuqur tahlil qilingan va

bunga doir jiddiy tadqiqotlar bajarilgan edi. Substansial tilshunoslik oldida so‘zlar birikuviga doir

ana shu to‘plangan natijalarni tizimlashtirish, umumlashtirish, ya’ni lisoniy mohiyatini aniqlash

vazifasi turar edi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Ибрагимов Ж.Ё., Лисоний имкониятларнинг нуткий вокеланиши тадкики омиллари.

ЎзМУ хабарлари. Тошкент, 2017. № 1/5. - Б. 403-406 (10.00.00 № 15).

2. Ibragimov J.Y., Analysis of practical implementation of language opportunites as a social

need. International Journal of Anglisticum. Literature, Linguistics & Interdisciplinary Studies.

Volume: 7, Issue:91 - Macedonia, 2018. - P. 34-40 (CV Impact factor-6.88).

3. G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. – Toshkent: O‘qituvchi,

1987, -B.7-8.

4. Abdurahmonov G‘, Sulaymonov A, Xoliyorov X, Omonturdiyev J., Hozirgi o‘zbek

adabiy tili. Sintaksis, - Toshkent: O‘qituvchi. 1979. - B.9.

5. Shodiyev S.E., Turg‘un so‘z birikmalarining sintaktik direvatsiyasi, filol.fan.b.fal.dok

(PhD) diss. Samarqand, 2020, - B. 11-12.

6. Ahmedov A. Sintaktik birliklar tarkibi // O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi. –Toshkent,

1992. - B.17.

7.

Shoabdurahmonov Sh., va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, - Toshkent: O‘qituvchi,

1980. - B.207.

O‘rinboyev B., Hozirgi o‘zbek adabiy tili, o‘quv qo‘llanma, Samarqand: SamDU, 2001, - B.13.

Библиографические ссылки

Ибрагимов Ж.Ё., Лисоний имкониятларнинг нуткий вокеланиши тадкики омиллари. ЎзМУ хабарлари. Тошкент, 2017. № 1/5. - Б. 403-406 (10.00.00 № 15).

Ibragimov J.Y., Analysis of practical implementation of language opportunites as a social need. International Journal of Anglisticum. Literature, Linguistics & Interdisciplinary Studies. Volume: 7, Issue:91 - Macedonia, 2018. - P. 34-40 (CV Impact factor-6.88).

G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. – Toshkent: O‘qituvchi, 1987, -B.7-8.

Abdurahmonov G‘, Sulaymonov A, Xoliyorov X, Omonturdiyev J., Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis, - Toshkent: O‘qituvchi. 1979. - B.9.

Shodiyev S.E., Turg‘un so‘z birikmalarining sintaktik direvatsiyasi, filol.fan.b.fal.dok (PhD) diss. Samarqand, 2020, - B. 11-12.

Ahmedov A. Sintaktik birliklar tarkibi // O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi. –Toshkent, 1992. - B.17.

Shoabdurahmonov Sh., va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, - Toshkent: O‘qituvchi, 1980. - B.207.

O‘rinboyev B., Hozirgi o‘zbek adabiy tili, o‘quv qo‘llanma, Samarqand: SamDU, 2001, - B.13.