RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
508
TA’LIMDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI
TATBIQ ETISH MUOMMOLARI VA YECHIMLARI
SUYAROV ADHAM BEGMURADOVICH
Axborot texnalogiyalari va menejment universiteti
“Filologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi
YO’LDOSHOVA OZODA NARZULLA QIZI
Axborot texnalogiyalari va menejment universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya.
Maqolada raqamli texnologiya, ta’limda raqamli texnologiyadan foy-dalanish,
raqamli texnologiyani ta’lim tizimi vostilari, raqamli texnologiyasini ustunliklari, narsalar interneti
(Internet of Things, IoT),
kengaytirilgan haqiqat
(AR),
virtual haqiqat
(Virtual haqiqat,VR)
haqida
tushuncha berilgan.Maqolada za-monaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni ta’lim sohasidagi
foydali tomon-lari va bazi kamchiliklari va yechimlari haqida, ta’lim resurslarning hayotimizda
turgan o’rni qanchalik muhimligi to’g’risida so’z yuritiladi.
Kalit so‘zlar.
raqamli texnologiya, ta’limda raqamli texnologiya, axborot kommu-nikatsiyasi,
ta’lim resurslari, o’quv materiallari, o’quv jarayonini tashkil etish, pedagoglarning tayyorgarligi,
o’quvchilarning tengsizligi, infrastrukturani rivoj-lantirish.
Kirish.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib boryapti va har bir
sohada zamon bilan hamqadam odimlashni taqozo etmoqda. Axborot olish va foydalanish tezligi
juda yiriklashgan hozirgi davrda ta’lim tizimida raqamli texno-logiyalardan foydalanish ta’lim
sifatini oshirish va ijtimoiy faol yoshlarni tarbiya-lashda katta ahamiyatga ega. Biz ilgari ta’lim
dasturlarini an’anaviy usuli ya’ni ma’ruzani yirik xajmli kitoblar va qo`llanmalar orqali amalga
oshirilgan shaklida olib borganmiz.Bu esa o`z navbatida ta’lim sifatining u qadar yuqori bo`lishini
ta’minlamagan. Hozirda ta’lim sifatini ko’tarishda ta’limni raqamlashtirish jara-yoni boshlangan.
Metod va metodologiyalar.
Ta’lim tizimining hozirgi holati noan’anaviy ta’lim
texnologiyalarining roli ortib borayotgani bilan tavsiflanadi. Ta’lim oluvchi tomonidan ularning
yordami bilan bilimlarni o’zlashtirish an’anaviy texnologiyalarga qaraganda ancha tezdir. Ushbu
texnologiyalar bilimlarni rivojlantirish, egallash va tarqatish xarakterini o’zgartiradi,
o’rganilayotgan fanlarning mazmunini chuqurlashtirish va kengay-tirish, uni tezda yangilash,
samaraliroq o’qitish usullarini qo’llash, shuningdek, har bir kishi uchun ta’lim olish imkoniyatini
sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. Raqamli texnologiyani o’zi nima degan savolga
quyidagicha javob beramiz:
bu – xo’jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo’lib, unda ishlab
chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko’rinishdagi katta ma’lumotlar majmui
va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi. Olingan natija-larni amaliyotda ishlatish esa
an’anaviy ho’jalik yuritish shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon
beradi.
Misol sifatida turli xildagi avto-matik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini,
masofaviy meditsina xizmatlari ko’rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida mahsulot yetish-tirish
va uni yetkazib berishni, turli xildagi tovarlarm saqlash va ularni sotish jara-yonlarini keltirish
mumkin. Biz bu maqolada ta’lim tizimida raqamlashtirish o’rni-ga to’xtalib o’tamiz.
Hozirgi kunda ta’lim sohasini yanada rivojlantirish va bugungidan ham keng-roq bilimlarni
egallash uchun bizga raqamli texnologiyalar ko’mak beradi. Bundan tashqari butun dunyo uchun
ilm o’chog’i desak mubolag’a bo’lmaydi. Ta'lim tizi-mini isloh qilishning muhim yo'nalishlaridan
biri axborot kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar bilan ta'lim jarayonini tizimli
integrasiyalash va uni bosh-qarish hisoblanadi. Islohotlar jarayonida bosh vazifa qilib o'quv
jarayonini tashkil etish, uning mazmunini tubdan yangilash, raqamli texnologiyalarni qo'llash, kom-
pyuterlashgan muhitda o'qituvchining pedagogik faoliyati va o'quvchilarning bilim olish jarayonini
tashkil etish belgilanadi.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
509
Ta'lim jarayonlariga axborot kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni qo'llashda avvalo
ta'lim muassasalarida axborotlashtirishni tashkil etish, ya'ni bar-cha o'quv, ma'muriy va xo'jalik
xizmatlarini, kutubxona va boshqaruv bo'limlarini yagona tarmoqqa birlashtirish, ularning Internet
tizimiga chiqish imkoniyatlarini yaratish kerak, shu borada o’qituvchi internet tarmog’ida o’ziga
kerakli bilimlarni egallaydi lekin
“tangani ikki tomoni bo’lganidek’’
o’qituvchini chalg’ituvchi
infor-matsiyalar ham bor bunga yechim qilib o’quvchilarning telefoniga yopiq dastur o’tnatib turli
xildagi g’oyalardan saqlash mumkin, ta'lim muassasasida o'quv jara-yonini nazorat qilish, hujjatlar
elektron almashuvini hamda axborot texnologiyalari negizida maxsus o'quv-metodik materiallarni
yaratish orqali o'quvchilarning mustaqil ta'lim faoliyatini tashkil etish kabi vazifalarni amalga
oshirish zarur bo'ladi. O’quvchilar mustaqil o’rganish jarayonida ko’plab yangi bilimlarni egal-laydi.
Chunki o’quvchilar izlanish jarayonida barcha manbalarni o’qib tahlil qiladi.
Tahlil va natijalar.
Raqamli texnologiyalar orqali ta’lim berilsa ta’lim oluvchilarga ta’lim
olish usullari osonlashmoqda. Bunda esa ta’lim tizimi vostilari rolini multimediyalar, kodoskop,
kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar
bajarib beradi. Ta’lim beruvchilarga bunday vositalar bilan dars mashg’ulotlar o’tkazish ta’lim
sifatini oshirishni ta’minlaydi. Onlayn darslarda raqamli texnologiyalar qo`llanilishi yaxshi samara
berishi hammamizga ma’lum. Masalan, televideniya orqali berib borilgan onlayn darslar raqamli
ta’lim olishning bir turi deb olsak bo’ladi.
Demak, raqamli ta’limda:
♦ xohlagan joyida va xohlagan vaqtida ta’lim olish imkoniga ega;
♦ internetdan axborot olish va undan foydalanish madaniyati shakllanadi;
♦ ta’lim tizimini yangi bosqichga ko`taradi;
♦ vaqt va mablag` sarfini keskin kamaytiradi;
♦
“raqamli dunyo”
da yo`qolib qolmaslik va yaxshi ish topishda ustunliklarga ega bo`lishligi
kabilar.
Raqamli ta’lim tizimini yuksalishiga Wi-Fi zonalar IT parklar ochilishi katta xizmat qiladi.
Ta’lim beruvchilarni raqamli texnologiyalar bilan ishlash qobili-yatini o`stirish va internet orqali
turli ochiq kurslar tashkil etish imkoniyati tug’iladi. Bu esa o’z navbatida ta’lim beruvchilarni o`z
ustida ko`proq ishlashi va raqobat tufayli ta’lim sifatini yanada ortishiga xizmat qiladi. Bundan
tashqari raqamli texnologiyalar yana sun’iy intellekt texnologiyasini joriy etish soliq to’lashdan
bo’yin tovlash holatlarini aniqlash, firibgarliklarni oldini olish, ma’lu-motlarni tahlil qilish va
takrorlanuvchi jarayonlarni avtomatlashtirish hamda shaf-foflikni oshirishda qo’l kelsa, katta hajmli
ma’lumotlar — Big data esa soliq organlariga kelib tushadigan katta hajmdagi ma’lumotlarni
saqlash, qayta ishlash, tushumlarni yanada yaxshiroq bashorat qilish hamda to’lovchilar va soliq
organlari o’rtasidagi hujjat almashinuvini yaxshilash imkoniyatini beradi. Raqamli texnolo-giyalarni
o’zlashtirish insoniyat tarixidagi boshqa innovatsiyalarga qaraganda tezroq sodir bo’lmoqda: bor-
yo’g’i yigirma yil ichida raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining qariyb
50 % ni qamrab olishga va ular-ning yordami bilan jamiyatni o’zgartirishga muvaffaq bo’ldi.
Raqamli texnologiyalarni qo'llash axborotlarni mantiqiy tartiblash va tizim-lashtirishga
yordam beradi.
Yagona ta'lim muhitini yaratish va o'quvchilarming samarali bilim olishlarini tashkil etish
o'qituvchining tayyorgarligining yuqori talablar darajasida bo'lishi dars mazmunining maqsadga
muvofiqligi, axborotlarning tizimlashtirilishin ta'min-lash axborot-ta'lim muhitini yaratish va uni
rivojlantirishda tizim yondashuvni amalga oshirishni shart qilib qo'yadi. Ta'limni
raqamlashtirishning mazmunini
birinchidan,
axborot va kommunikasiya texnologiyalarini joriy
etish orqali o'quv-chilarga ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirishni;
ikkinchidan,
o'quvchilarning
mustaqil ta'lim olish imkoniyatlarini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini o'zlashtirish va
qo'shimcha ta'lim resurslaridan foydalanishni tashkil etish orqali ta'lim sifatini oshirish
imkoniyatlariga yo'naltirilgan bo'ladi. O'quv jarayonida mus-taqil ta'lim salmog'ini ortishi yangi
ta'lim resurslaridan foydalanishni taqozo etadi. Yangi ta'lim resurslari ta'lim jarayonini boyitish,
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
510
qiziqarli qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion vositalar va materiallardir.
Bugungi kunda texno-logiyalar rivojlanishi bilan ularning turlari ham ko'payib bormoqda. Mana bir
nechta misollar:
Raqamli platformalar va ilovalar:
Interaktiv o'quv platformalari
(masalan, Khan Academy,
Coursera, ed X)
: Turli fanlar bo'yicha bepul yoki pullik kurslar, mashqlar va testlarni taklif etadi.
Ular o'quvchilarga o'z tempida o'rganish imkoniyatini beradi.
O'yinlashtirilgan ta'lim ilovalari
(masalan, Duolingo, Kahoot!)
: O'qishni o'yin elementlari
orqali qiziqarli va motivatsiya beruvchi qiladi. Til o'rganish, viktori-nalar va boshqa interaktiv
mashg'ulotlar uchun keng qo'llaniladi.
Virtual laboratoriyalar va simulyatsiyalar
(masalan, PhET Interactive Simu-lations)
: Fan va
texnika fanlarini amaliyotda o'rganish uchun xavfsiz va qulay muhit yaratadi. Tajribalar o'tkazish,
jarayonlarni vizuallashtirish imkonini beradi.
Onlayn hamkorlik vositalari
(masalan, Google Workspace for Education, Microsoft Teams for
Education)
: O'quvchilar va o'qituvchilar o'rtasida real vaqt rejimida hamkorlik qilish, hujjatlar bilan
ishlash va muloqot qilish imkoniyatini beradi.
Tahlil va natijalar.
♦
Infrastruktura yetishmasligi:
Ko'pgina ta'lim muassasalarida zamonaviy
texno-logiyalar uchun zarur bo'lgan internet aloqasi, kompyuterlar va boshqa qurilmalar yetarli
emasligi.
♦
Pedagoglarning tayyorgarligi:
O'qituvchilarning zamonaviy texnologiyalardan samarali
foydalanish ko'nikmalarining yetarli emasligi. Ko'pchilik pedagoglar yan-gi texnologiyalarni
o'zlashtirishga va ularni dars jarayoniga integratsiya qilishga qiynalishlari mumkin.
♦
Kontentning mosligi va sifati:
Raqamli ta'lim resurslarining o'quv dasturlariga mosligi va
ularning sifati har doim ham talablarga javob bermasligi mumkin.
♦
Infrastrukturani rivojlantirish:
Ta'lim muassasalarini zamonaviy kompyuterlar, proyektorlar,
interaktiv doskalar va barqaror internet aloqasi bilan ta'minlash. Hu-kumat va xalqaro tashkilotlar
tomonidan investitsiyalarni ko'paytirish.
♦
Pedagoglarni o'qitish va malakasini oshirish:
O'qituvchilar uchun zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanish bo'yicha muntazam treninglar va semi-narlar tashkil etish. Onlayn
kurslar va o'z-o'zini o'qitish resurslarini yaratish. Tajri-bali o'qituvchilar bilan tajriba almashish
dasturlarini yo'lga qo'yish.
♦
Sifatli raqamli kontentni yaratish va tanlash:
O'quv dasturlariga mos, interaktiv va sifatli
raqamli ta'lim resurslarini ishlab chiqish. Mavjud ochiq ta'lim resurs-laridan (OER) samarali
foydalanish.Kontentni baholash va takomillashtirish mexa-nizmlarini yaratish.
Xulosa.
Raqamli texnologiyalar - virtual haqiqat
(Virtual haqiqat, VR)
. Insonning virtual
haqiqatda bo’lishiga imkon beruvchi texnik qurilmalarning paydo bo’lishi ushbu texnologiyani
ko’ngilochar sohada talabga aylantirdi. Virtual haqiqatning dubulg’alari va kostyumlari,
ixtisoslashtirilgan xonalar sizga noma’lum dunyoga kirishga imkon beradi, bu sizning barcha
harakatlaringiz virtual olamdan javob berish uchun dasturlashtirilgan, bu sizga o’zingizni 100% ga
o’rganish imkonini beradi. Xulosa sifatida aytish mumkinki raqamli texnologiyalarni turli sohalarga
na-faqat ta’lim tizimiga joriy etilishi mamlakat ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda katta rol
o`ynaydi. Zamonaviy ta’limni tashkil etish va ta’lim samaradorligini orti-shiga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Mirziyoyev Sh.M. Kitob mahsulotlarini chop etish va rivojlantirish, kitob mutolaasi va
kitobxonlik madaniyatini targ'ib qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida./-Xalq so'zil gazetasi,
2017-yil 13-yanvar
2.Abduqodirov A.A. Masofali o'qitish modellari va ularning sinflari. // Fizika, matematika va
informatika jumali. Toshkent, 2004. - №5.-B. 50-56.
3. Begimkulov U.Sh. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagogik ta'limni tashkil
etish //Pedagogik ta'lim jurnali. Toshkent, 2004. - № 1. B. 25-27.
4. Суяров, А. Б. (2025). ТЕХНОЛОГИИ ОРГАНИЗАЦИИ ДИСТАНЦИОН-НОГО
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
511
ОБУЧЕНИЯ. ZAMIN ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 1(2), 9-15.
5. Tolipov O., No'monova N.Ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik
texnalogiyalar.G'G' Xalq ta'limi.-Toshkent, 2002.-N 3.23-29b.
6. Суяров, А. Б. (2025). СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ В МЕТОДИКЕ ПРЕПО-ДАВАНИЯ
ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКОВ. YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI,
Volume 2 Issue 7 [March 2025] (2), 217-225.
7. Xasanov J, Saribaev H, Niyozov G, Hasanbaeva O, Usmonboeva M. Pedagogika fanidan
izohli lug'at. T.: Fan va texnika, 2009
8. Begmuradovich, S. A. (2025). EINSATZ VON INFORMATIONSTECHNO-LOGIE IM
FREMDSPRACHENUNTERRICHT. СОВРЕМЕННОЕ ИССЛЕДО-ВАНИЯ, 1(3), 97-102.
