BUTUN ZANJIR UCHUN OM QONUNI. ZANJIRDAN AJRALAYOTGAN ENERGIYA

Abstract

Ushbu ilmiy maqola elektr zanjirlaridagi asosiy qonunlardan biri - butun zanjir uchun Om qonunini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Elektr toki, kuchlanish va qarshilik o‘rtasidagi bog‘liqliklar matematik asosda yoritiladi. Ayniqsa, elektr yurituvchi kuch, ichki va tashqi qarshilik, tok kuchi tushunchalari to‘liq yoritilib, ular orasidagi funksional munosabatlar formulalar orqali tushuntiriladi. Zanjirdan ajralayotgan energiyaning issiqlik ko‘rinishida qanday tarqalishi, foydali va yo‘qotilgan energiya nisbatlari, Joul-Lens qonuni asosida ifodalanadi. Bu maqola o‘rta maktab o‘quvchilari, abituriyentlar hamda fizika fanidan chuqur bilim olishni istovchilar uchun foydali bo‘lib xizmat qiladi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Tilavova , D., & Nabiyeva , . F. . (2025). BUTUN ZANJIR UCHUN OM QONUNI. ZANJIRDAN AJRALAYOTGAN ENERGIYA. International Journal of Science, 3(1), 93–96. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ijsci/article/view/131187
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu ilmiy maqola elektr zanjirlaridagi asosiy qonunlardan biri - butun zanjir uchun Om qonunini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Elektr toki, kuchlanish va qarshilik o‘rtasidagi bog‘liqliklar matematik asosda yoritiladi. Ayniqsa, elektr yurituvchi kuch, ichki va tashqi qarshilik, tok kuchi tushunchalari to‘liq yoritilib, ular orasidagi funksional munosabatlar formulalar orqali tushuntiriladi. Zanjirdan ajralayotgan energiyaning issiqlik ko‘rinishida qanday tarqalishi, foydali va yo‘qotilgan energiya nisbatlari, Joul-Lens qonuni asosida ifodalanadi. Bu maqola o‘rta maktab o‘quvchilari, abituriyentlar hamda fizika fanidan chuqur bilim olishni istovchilar uchun foydali bo‘lib xizmat qiladi.


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

93

BUTUN ZANJIR UCHUN OM QONUNI. ZANJIRDAN AJRALAYOTGAN ENERGIYA

Tilavova Dilora Ikromjon qizi

NDU “Fizika va astronomiya” yo’nalishi 2-bosqich talabasi

tilavovadilora024@gmail.com

Ilmiy rahbar:

Nabiyeva Firuza Odil qizi

NDU “Fizika va astronomiya” kafedrasi o’qituvchisi

nabiyevafiruzaodilovna@gamil.com

Annotatsiya:

Ushbu ilmiy maqola elektr zanjirlaridagi asosiy qonunlardan biri - butun zanjir

uchun Om qonunini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Elektr toki, kuchlanish va qarshilik

o‘rtasidagi bog‘liqliklar matematik asosda yoritiladi. Ayniqsa, elektr yurituvchi kuch, ichki va

tashqi qarshilik, tok kuchi tushunchalari to‘liq yoritilib, ular orasidagi funksional munosabatlar

formulalar orqali tushuntiriladi. Zanjirdan ajralayotgan energiyaning issiqlik ko‘rinishida qanday

tarqalishi, foydali va yo‘qotilgan energiya nisbatlari, Joul-Lens qonuni asosida ifodalanadi. Bu

maqola o‘rta maktab o‘quvchilari, abituriyentlar hamda fizika fanidan chuqur bilim olishni

istovchilar uchun foydali bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so’zlar:

Om qonuni, elektr yurituvchi kuch (EYK), qarshilik, tok kuchi, zanjirdan

ajralayotgan energiya, Joule qonuni, tashqi va ichki qarshilik.

Aннотация:

Данная научная статья посвящена глубокому анализу одного из основных

законов электрических цепей – закона Ома для всей цепи. На математической основе

объясняются зависимости между силой тока, напряжением и сопротивлением. В частности,

подробно объясняются понятия электродвижущей силы, внутреннего и внешнего

сопротивления, силы тока, а также функциональные зависимости между ними с помощью

формул. Распределение энергии, выделяющейся в цепи в виде тепла, соотношения

полезной и потерянной энергии выражаются на основе закона Джоуля-Ленса. Статья будет

полезна старшеклассникам, абитуриентам и всем, кто хочет получить углубленные знания

по физике.

Ключевые слова:

Закон Ома, электродвижущая сила (ЭДС), сопротивление, сила тока,

выделяемая энергия, закон Джоуля, внешнее и внутреннее сопротивление.

Abstract:

This scientific article is devoted to an in-depth analysis of one of the basic laws in

electrical circuits - Ohm's law for the entire circuit. The relationships between electric current,

voltage, and resistance are explained on a mathematical basis. In particular, the concepts of

electromotive force, internal and external resistance, and current strength are fully explained, and

the functional relationships between them are explained through formulas. How the energy

released from the circuit is distributed in the form of heat, the ratios of useful and lost energy, are

expressed based on the Joule-Lens law. This article will be useful for high school students,

applicants, and those who want to gain in-depth knowledge of physics.

Keywords:

Ohm’s law, electromotive force (EMF), resistance, electric current, released energy,

Joule’s law, external and internal resistance.

Kirish: Elektr toki va asosiy tushunchalar. Elektr toki

- bu elektr zaryadlarining yo‘nalgan

harakatidir. Metall simlarda tok kuchi erkin elektronlarning harakatlanishi tufayli yuzaga keladi.

Elektr toki paydo bo‘lishi uchun ikki shart zarur: 1. Zaryadlarni harakatga keltiradigan tashqi

kuch manbai (masalan, batareya yoki generator) 2. Zaryadlar harakatlanadigan yo‘l - ya’ni elektr

zanjiri.

Om qonunining fizik mohiyati:

Om qonuni ilk bor 1827-yilda nemis olimi Georg Simon Om

tomonidan formulalangan. Bu qonun kuchlanish va tok kuchi orasidagi bevosita bog‘liqlikni

ifodalaydi. Unga ko‘ra, berilgan haroratda o'tkazgichdagi tok kuchi kuchlanishga to‘g‘ri,

qarshilikka esa teskari proportsionaldir.

O‘tkazgich uchun Om qonuni:


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

94

I=

U
R

Bu yerda:

I - tok kuchi (A),

U - kuchlanish (V),

R - o'tkazgichning qarshiligi (Om)

Butun zanjir uchun Om qonuni

Agar elektr zanjirda tok manbasi (batareya, generator va hokazo) bo‘lsa, uning o‘zida ham ichki

qarshilik mavjud bo‘ladi. Shunda umumiy kuchlanish manbaning elektr yurituvchi kuchi (EYK)

bilan aniqlanadi.

To‘liq zanjir uchun Om qonuni:

I=

ε

R+r

Bu yerda:

ε

- elektr yurituvchi kuch (V),

R - tashqi zanjir qarshiligi,

R - ichki qarshilik,

I - zanjirdagi tok kuchi.

Bu formuladan ko‘rinib turibdiki, zanjirdagi tok kuchi faqat tashqi emas, balki ichki qarshilikka

ham bog‘liq bo‘ladi. Demak, manbadan olinadigan maksimal tok kuchi faqat tashqi emas, ichki

sharoitlar bilan ham chegaralangan.

Zanjirdan ajralgan energiya asosan issiqlik ko‘rinishida ajraladi. Joul-Lens qonuniga ko‘ra:

Q=I

2

Rt

Bu yerda:

Q - ajralgan issiqlik (J),

I - tok kuchi (A),

R - qarshilik (Ohm),

t - vaqt (s).

Agar ichki va tashqi qarshilikni alohida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak:

Foydali energiya (tashqi zanjirda):

Q

1

=I

2

Rt

Yo‘qotilgan energiya (ichki qarshilikda):

Q

2

=I

2

rt

Umumiy energiya:

A=Q

1

+Q

2

Foydali ish koeffitsienti (η - eta):

Zanjirdan ajralayotgan umumiy energiyaning qanchasi foydali ishga ketayotganini aniqlash uchun

foydali ish koeffitsienti (ya’ni samaradorlik) quyidagicha topiladi:

η=

R

R+r ∙100%

Bu formuladan ko‘rinadiki, manbaning ichki qarshiligi qancha kichik bo‘lsa, tizim shuncha

samarali ishlaydi.

Om qonuni nafaqat nazariyada, balki amaliyotda ham keng qo‘llaniladi: Elektr simlar va

kabellarni loyihalashda, boshqaruv qurilmalaridagi toklarni hisoblashda, uy-ro‘zg‘or

texnikalarining energiya samaradorligini aniqlashda, avtomobillar va mobil qurilmalardagi

akkumulyatorlarni hisoblashda.

Mavzuga doir masalalar va ularning yechimlari:

1. Tok manbaiga

R

1

=6 Ω

va

R

2

=18 Ω

qarshiliklar parallel ulanib, ularga ketma-ket holda

R

3

=1.5 Ω

qarshilikli rezistor ulangan. Zanjirning tashqi kuchlanishi

U=15 V

bo’lsa, zanjirdan 4

sekund davomida ajralgan energiya qanday?

Berilgan:

Yechilishi:


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

95

R

1

=6 Ω

R

2

=18 Ω

R

3

=1.5 Ω

U=15 V

t=4 s

Q−?

Umumiy qarshilikni topib olsak:

R

p

=

R

1

R

2

R

2

+R

1

=

6∙18

6+18

=4.5 Ω

,

Ketma-ket ulanganda esa:

R

3

+R

p

=R

kk

=4.5+1.5=6 Ω

R

um

=6Ω

Zanjirdan ajralgan issiqlik miqdori:

Q=

U

2

R

um

t=

15

2

6

∙4=150 J

Javob: 150 J

2. Zanjir EYKi

ε=12 V

ichki qarshiligi

r=1 Ω

bo’lgan manbaga ulangan. Bu zanjirga yana tashqi

qarshilik

R= 5 Ω

li rezistor ulandi. Sistemadan 12 sekund davomida ajralgan energiyani qanday?

Berilgan:

Yechilishi:

ε=12 V

r=1 Ω

R= 5 Ω

t=12 s

Q−?

Tok zanjiridan ajralayotgan energiyani toppish uchun quyidagi

formuladan foydalanamiz:

Q=I

2

(R+r)t

Zanjirdan oqayotgan umumiy tok kuchi:

I=

ε

R+r

=

12

1+5

=2 A

, shunga ko’ra energiyani hisoblasak:

Q=2

2

∙6∙12=288 J

Javob: 288 J

3. Tashqi qarshilik

80Ω

bo'lganda zanjirdagi tok kuchi

0,8 A

, tashqi qarshilik

15Ω

bo'lganda tok

kuchi

0,5 A

ga teng bo'ladi. EYK manbayining qisqa tutashuvdagi tok kuchi qanday?

Berilgan:

Yechilishi:

R

1

=80 Ω

I

1

=0.8 A

R

2

=15 Ω

I

2

=0.5 A

I

q

−?

Qisqa tutashuv vaqtida, tashqi qarshilik nolga teng:

I=

ε
r

formula orqali aniqlanadi.

Butun zanjir uchun Om qonuniga ko’ra tok kuchlarining ifodasi

quyidagicha.

I

1

=

ε

R

1

+r (1); I

2

=

ε

R

2

+r (2)

Bu yerdan

ε

ni topamiz:

ε=I

1

R

1

+r (3)

;

ε=I

2

R

2

+r (4)

I

1

R

1

+r =I

2

R

2

+r (5)

r=

I

2

R

2

−I

1

R

1

I

1

−I

2

(6)

ε

uchun (6) formulani qo’llasak:

ε=

I

2

I

1

(R

2

−R

1

)

I

1

−I

2

(7)

(6) va (7) formulalarga ko’ra

I

q

=

I

2

I

1

R

2

−R

1

I

2

R

2

−I

1

R

1

=

0.5∙0.8 15−80

0.5∙15−0.8∙80 =0.46 A

Javob:

I

q

=0.46 A


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

96

Xulosa:

Butun zanjir uchun Om qonuni - elektr zanjirlardagi tok kuchi, EYK va qarshilik

orasidagi bog‘liqlikni aniq ko‘rsatib beradigan asosiy fizik qonunlardan biridir. Bu qonun

yordamida zanjirdan ajraladigan energiya miqdorini, energiyaning qanday sarflanishini va

tizimning samaradorligini aniqlash mumkin. Shu sababli, fizika fanida bu qonun elektr tizimlarini

tushunish va tahlil qilishda muhim o‘rin egallaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. D.I.Kamalova, F.O.Nabiyeva “O‘qitish jarayonida o‘quv faoliyatining tarkibi va tuzilishi

(Elektromagnitizm bo‘limi misolida)”. Ta’lim fidoyilari Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №1.

12.03.2023. 380-385-b.

2. Kamalova D.I., Kamolov I.R., Nabiyeva F.O., Mardanova Y.O’. “Elektr va magnetizm (amaliy

mashg’ulotlar)”. Navoiy. Aziz kitobxon. 2025.

4. Kamalova D.I., Kamolov I.R., Nabiyeva F.O., Mardanova Y.O’. “Elektr va magnetizm

(laboratoriya mashg’ulotlari)”. Navoiy. Aziz kitobxon. 2025.

5. Mamatov.B, “ Umumiy fizika kursi. II kitob: Elektr va magnit hodisalari”, Toshkent. 2018

References

D.I.Kamalova, F.O.Nabiyeva “O‘qitish jarayonida o‘quv faoliyatining tarkibi va tuzilishi (Elektromagnitizm bo‘limi misolida)”. Ta’lim fidoyilari Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №1. 12.03.2023. 380-385-b.

Kamalova D.I., Kamolov I.R., Nabiyeva F.O., Mardanova Y.O’. “Elektr va magnetizm (amaliy mashg’ulotlar)”. Navoiy. Aziz kitobxon. 2025.

Kamalova D.I., Kamolov I.R., Nabiyeva F.O., Mardanova Y.O’. “Elektr va magnetizm (laboratoriya mashg’ulotlari)”. Navoiy. Aziz kitobxon. 2025.

Mamatov.B, “ Umumiy fizika kursi. II kitob: Elektr va magnit hodisalari”, Toshkent. 2018