Диана Джумабаева, луиза Латипова , Ангелина Ракхимова
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ta’siri tahlil qilinadi. Bugungi tezkor raqamli rivojlanish davrida ta’lim sohasida zamonaviy texnologiyalar, xususan, interfaol platformalar, mobil ilovalar va o‘quv o‘yinlari orqali bolalarning matematik qobiliyatlarini erta yoshdan rivojlantirish mumkinligi isbotlanmoqda. Ayniqsa, son, miqdor, shakl, o‘lcham, tartib va fazoviy tushunchalarni bolalarga qiziqarli, vizual va mustaqil o‘rganishga undaydigan raqamli vositalarning afzalliklari yoritiladi. Maqolada shuningdek, raqamli vositalarning ta’limiy samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar keltirilib, raqamli texnologiyalar orqali bolalarning kognitiv (bilish) rivojlanishiga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatishi misollar asosida asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri tanlangan va pedagogik maqsadga yo‘naltirilgan raqamli vositalar orqali bolalarda matematik tafakkurni erta shakllantirish samaradorligi ortadi.