KIMYO FANINI O‘QITISHDA VARIATIV REJA ASOSIDA DIFFERENSIAL YONDASHUV: O‘QUVCHILARNING TAYYORGARLIK DARAJASIGA MOS TA’LIM

Фаррух Темиров
Ushbu maqolada kimyo fanini o'qitishda variativ reja asosida differensial yondashuvni qo'llash masalalari ko'rib chiqilgan. Zamonaviy ta'lim tizimida har bir o'quvchining individual xususiyatlari, qobiliyatlari va tayyorgarlik darajasini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada o'quvchilarning boshlang'ich bilim darajasi, o'zlashtirish tezligi va qiziqishlariga mos ravishda kimyo darslarini tashkil etishning samarali usullari tahlil qilingan.Variativ rejalashtirish orqali turli darajadagi o'quvchilar uchun moslashtirilgan topshiriqlar, tajribalar va o'quv materiallari tayyorlash metodikasi yoritilgan. Maqolada keltirilgan yondashuv o'quvchilarning kimyo faniga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning individual imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish va ta'lim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Differensial ta'limning afzalliklari, qo'llash bosqichlari va kutilayotgan natijalar ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili hamda amaliy tajribalar asosida bayon etilgan.

Просмотров

0

Загрузок

hh-index

0

Цитаты