KOGNITIV LINGVISTIKA DOIRASIDA TUSHUNCHA VA KONSEPTGA OID YONDASHUVLARNING QIYOSIY TAHLILI

Шахло Каримжонова
Mazkur maqolada kognitiv lingvistika sohasida mavjud bo‘lgan yondashuvlar turlari – psixolingvistik, neyropsixolingvistik, semantik, mantiqiy, madaniy, individual-nutqiy va lingvokulturologik yondashuvlar keng qamrovda tahlil qilinadi. Y.Balashova va A.V.Kostin tomonidan ilgari surilgan nazariy yondashuvlar asosida til va tafakkur o‘rtasidagi murakkab munosabatlar ochib beriladi. Ushbu yondashuvlarning har biri tilni inson bilish jarayoni, madaniy merosni saqlash vositasi hamda individual tafakkur ifodasi sifatida o‘rganishga xizmat qiladi. Ayniqsa, “tushuncha” va “konsept” terminlari o‘rtasidagi semantik farqlar, ularning amaliy qo‘llanilishi kognitiv lingvistika doirasida qiyosiy tahlil qilinadi. Maqola kognitiv yondashuvlarning interdisiplinar xususiyatlarini ochib berar ekan, tilshunoslikda zamonaviy ilmiy qarashlarning uyg‘unlashuvini aks ettiradi.

Просмотров

0

Загрузок

hh-index

0

Цитаты