PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
97
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TO‘GARAKLARI TASHKIL ETISH
USULLARI
Abdusamatov Anvar Abduraxmonovich
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
Mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsdan tashqari musiqa
to‘garaklarini tashkil etish faoliyati, metodikasi, ish olib uslublari haqida tavsiya va tushunchalar
bayon etilgan. Shuningdek, musiqa to‘garaklari orqali o‘quvchilarda san’at, xalq ijodiyoti,
ma’naviyat, madaniyatga muhabbat hissini uyg’otish mumkinligi bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
umumiy o‘rta ta’lim, musiqa madaniyati, ta’lim va tarbiya, estetika, to‘garak,
metodika.
So‘nggi yillarda milliy musiqiy boyliklarni tiklash, to‘plash, nashr qilish hamda ta’lim-tarbiya
maqsadlarida foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslarini o‘rganish bo‘yicha e’tiborga molik
ishlar amalga oshirilmoqda. Qudratli tarbiyaviy ta’sirchanlikka ega bo‘lgan xalq musiqa
ijodiyotidan ta’lim tizimida, xususan, umumta’lim maktablarida dars va darsdan tashqari (turli
madaniyommaviy tadbirlar, badiiy havaskorlik to‘garaklari, ko‘rik-tanlovlarga tayyorgarlik va
hokazo) faoliyatlarda keng foydalanishni yanada kuchaytirish, birinchidan, ta’lim mazmunini
boyitsa, ikkinchidan, ta’limning milliy negizini mustahkamlaydi. Musiqa fanidan sinfdan tashqari
ishlar, to‘garaklarni tashkil etish insоn shахsini хаr tоmоnlаmа uyg’un kаmоlоtini tа’minlаshdа
sаn’аtning jumlаdаn musiqаning аhаmiyati kаttа. Zеrо sаn’аt аsаrlаri vоsitаsidа kishining bаdiiy
dunyo kеngаyib mа’nаviyati shаkillаnаdi. Mа’nаviyatni shаkillаntirish esа, dаvrning muхim
vаzifаsi bulib, uni хаl etish niхоyatdа dоlzаrb. Yurtbоshimiz tа’kidlаgаnidеk, «Mа’nаviyat
insоnning, хаlqning, jаmiyatning, kuch qudrаtidir. U yo‘q jоydа хеch qаchоn bах-tu sаоdаt
tаrаqqiyot bo‘lmаydi. Sаn’аt vоsitаsidа musiqа mаdаniyati, bоlа shахsining mа’nаviyatini
shаkllаntirishni izchil аmаlgа оshirishdа umumtа’lim mаktаblаrning аyniqsа rо’li juda kаttа.
Xo‘sh, umumta’lim maktablarida xalq musiqa ijodiyotini o‘rganishda nimalarga e’tibor berish,
ta’limiy va tarbiyaviy faoliyatni qanday tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi? Ushbu
yo‘nalishdagi tadqiqiy izlanishlar quyidagi pedagogik talab va mezonlar asosida ish tutish ijobiy
natijalarga erishish imkonini berishni ko‘rsatdi:
1. Umumta’lim maktablarida darsdan tashqari faoliyatda xalq musiqa ijodiyoti namunalaridan
foydalanishda ularni ma’lum mezon va talablarga ko‘ra tanlash muhim ahamiyatga ega. Bu
o‘rinda:
a) xalq musiqa ijodiga mansub asarlarning har bir sinfning musiqiy mavzulari (yil, chorak)ga va
dastur talablariga mosligi;
b) asarlarning o‘quvchilarning musiqiy qiziqishi, qobiliyati va ijrochilik imkoniyatlariga to‘g‘ri
kelishi;
d) tanlangan asarlar o‘quvchilarning musiqiy dunyoqarashi va tafakkurini, pirovard natijada milliy
madaniyatini shakllantirish nuqtayi nazaridan tarbiyaviy ta’sirchanlikka ega bo‘lishi;
e) o‘quvchilarda o‘qishga, mehnatga, ijodiy izlanish, ijtimoiy foydali ishlarga rag‘bat uyg‘otishi;
f) xalq musiqa ijodiyoti namunalarining hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotmagan umumxalq
bayramlari, madaniy-ma’rifiy va ommaviy tadbirlar mavzulariga mosligi; g) asarlarni o‘rganishda
ta’limning boshqa tarkibiy qismlarini (musiqa savodi, musiqa adabiyoti, musiqa ijodkorligi)
o‘zlashtirish uchun ahamiyatliligi yoki ijobiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga egaligiga e’tibor
qaratilishi muhimdir.
2. Xalq musiqa ijodiyoti namunalaridan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishda sinfda
o‘rganilgan mavzularni mustahkamlash nuqtayi nazaridan yondashish. Dars va darsdan tashqari
jarayonda xalq musiqasi namunalarini o‘rganish, ijro etish ishlari ular haqidagi tarixiy, adabiy,
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
98
nazariy manbalardan imkon qadar ko‘proq foydalanish orqali amalga oshirilishi lozim. Bu
pedagogik talab musiqa darslarining asosiy faoliyat turlari mazmuni va mohiyatiga muvofiq holda
ish yuritishni nazarda tutadi. Ya’ni erkin tanlov asosida o‘rganilgan asar ayni vaqtdagi asosiy
maqsad va hal etilayotgan vazifalarga ijodiy yondashish xarakterida bo‘lishi lozim.
3. Darsdan tashqari faoliyatda o‘rganish uchun tanlab olingan namunalar o‘quvchilarning
an’anaviy mumtoz va folklor yo‘nalishida mustaqil bilim olishga bo‘lgan talab va istaklariga mos
kelishi va o‘qituvchi tomonidan mashg‘ulotlarni tashkil etishda e’tiborda tutilishi lozim. Bu
pedagogik sharoit o‘z mazmunida o‘quvchilarning musiqiy iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga
chiqarish uchun izchil va maqsadli mashg‘ulotlar olib borishni nazarda tutadi. Shuningdek,
umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarga imkon qadar
keng va ommaviy jalb qilishni, sinfdan tashqari ishlarda o‘zaro aloqadorlikni kuchaytirishni
uqtiradi.
4. Xalq musiqa ijodiyotiga murojaat qilganda, ularning qaysi mahalliy uslubga xosligi, janri,
ijrodagi cholg‘ular ishtiroki, raqs jo‘rligi kabilarga e’tibor berish eng muhim shartlardan
hisoblanmog‘i lozim. Chunki bu jihatlar xalq musiqasining eng muhim xususiyatlarini aks ettiradi
va o‘quvchilarning umummusiqiy biluv darajasining takomillashuviga, milliy musiqaning o‘ziga
xos uslublarini, ijrochilik an’analarini chuqur o‘zlashtirishlariga ijobiy ta’sir etadi, ta’kidlab
o‘tilgan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarga erishishni kafolatlaydi.
5. Umumta’lim maktablarida musiqa o‘qituvchisi darsdan tashqari faoliyatda o‘quvchilarni xalq
musiqa ijodiyoti bilan tanishtirib borishga nazariy, amaliy va uslubiy jihatdan doimiy ravishda
tayyorgarlik ko‘rib, o‘z bilim va malakalarini oshirib borishi lozim. Chunki o‘qituvchi-
murabbiyning bu faoliyatdagi muvaffaqiyati uning xalq tarixi, madaniyati, urf-odatlari va
an’analari, shuningdek, musiqa san’ati sohasida qanchalik keng bilim va malakaga ega ekanligiga
hamda shaxsiy namunasiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida
xalq pedagogikasi asoslariga tayanish, Sharq mutafakkirlarining dono fikr-mulohazalaridan,
shuningdek, jahon umuminsoniy qadriyatlaridan foydalanish lozim. Maktabdan tashqari ta’lim
muassasalari oldida turgan vazifa yagona ichki estetik tarbiya tizimlarini yaratishdir. Bu tizimlar
shaxsning har tomonlama yaxshi rivojlanish butunligini belgilaydi.
Bu aniqlangan yangi bilimlar tizimini singdirish, o‘rganish, fikrlash, mulohaza etish, munosabat,
baholar, g‘oyalar, mukammal bilimni oshirish va o‘zo‘zini tarbiyalashdir. Darsdan tashqari
ishlarda estetik tarbiya mazmuni, birinchi navbatda, tizimli tatbiq etishga ko‘ra uch vazifa birligi
— ilmiy, rivojlanib borish, psixologik va pedagogik jarayonlar mushtarakligi, ta ’lim jarayonida
jamiyat talablarini e’tiborga olish, yangicha bilimlarga amal qilish va hokazo qoidalar asosida
tarkib topishi kerak. Ular asosida o‘quvchi shaxsiyatiga nisbatan yo‘nalish belgilanadi. Bu
maqsadlarga erishish uchun o‘quvchilar bilan to‘garak tashkil etish, san’atning ayrim turlarini,
milliy va jahon madaniyatini o‘rganish va boshqa tarbiya shakllaridan foydalanish mumkin.
Darsdan tashqari ishlarning barcha turlarida amalga oshiriladigan va yana qayta tiklanadigan turli
dasturlarida shaxsning shakllanishiga, uni ma’naviy mas’uliyat bilan yashashga o‘rgatishni
shakllantirishga e’tibor qaratilishi lozim. Ayniqsa, o‘rta va katta yoshdagi o‘quvchilarni o‘z bilim
va malakalarini mustaqil oshirishlariga o‘rgatish kerak. Estetik tarbiyaning yangi shakllari va
mazmunini topish zarur.
Jumladan, folklor milliy ansambllari, milliy raqs va qo‘shiqlar, san’atning milliy-an’anaviy turlari
nazariyasi va tarixini o‘rganish, qadimiy estetik tarbiya vosita-uslublarini tiklash lozim.
Qobiliyatli va iste’dodli tarbiyalanuvchiga alohida munosabatda bo‘lish kerak. Ommaviy
tadbirlardan (suhbatlar, madaniyat, san’at namoyandalari bilan uchrashuv, konferensiyalar,
hisobot chiqishlari, «Navro‘z», «Qo‘shiq bayrami», «Raqs bayrami», «Bolalar bastakorlari bilan
uchrashuvlar», «Qo‘shiq olamiga sayohat», «Bir qo‘shiq tarixi», «Yalla va laparlar kechasi», Xalq
qo‘shiqlari bayrami», «Maqom kechasi», «Sahna ustalari bilan uchrashuv» kabi tadbirlari va
hokazolar) keng foydalanish lozim. Ya’ni san’atning aniq turlari va ifoda vositalarining o‘ziga
xosligi tasvirdagi, musiqa va hokazolar zamiridagi ifodani, badiiy vositalarni amaliy o‘zlashtirish
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
99
natijasidir. Bu borada asosiy vazifa to‘laqonli badiiy va ijodiy asarni chuqur his etishdir.
Maktabdan va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilar qiziqishiga suyanilgan holatda
ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv jarayonini to‘ldiradi va kengaytiradi. O‘quvchilarning
mustaqil bilim olish uslubini o‘zlashtirishlariga, ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini
oshirishiga imkoniyat yaratadi. Darsdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki,
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlariga muvofiq uslublar vositasida jamoat foydasi uchun ommaviy
guruh, alohida ishlash orqali tarbiyaviy ish tashkil etiladi. To‘garak dasturlarining rang-barangligi,
ular mazmunidagi yangiliklar o‘smir yigit va qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi
imkoniyatlar tug‘diradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Ho‘jayeva M. Umumta’lim maktablarida musiqa o‘qitish metodikasi. O‘z.D.K.tahrir-
nashriyot bo‘limi. Toshkent., 2008-yil.
2.
Karimova D.A. “Musiqa o‘qitish metodikasi: boshlang’ich sinflarda musiqa tinglash
faoliyati”, “Science and Education” Scientific Journal March 2023 / Volume 4 Issue 3
3.
Kiyamov N.S. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida musiqiy madaniyatni
shakllantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish.
Pedagogika fan. doktori diss...
Samarqand. 2019
4.
Mavlonova R, Abdurahimova R. Pedagogik mahorat. Fan va texnologiya nashriyoti. T.,
2009-yil.
5.
Толипов Ў.Қ., Усмонбоева М. Педагогик технология : назария ва амалиёт. – Т.:
“Фан”, 2005
6.
Umarova S.R. “Birinchi sinfda musiqa o‘qitishning mazmuni”, Ученый XXI века • 2022
• № 3 (84)
7.
Xoliqov A. Pedagogik mahorat. Darslik. “Iqtisod-moliya” nashriyoti. Toshkent 2011-yil.
