INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
86
PSIXOLOGIYA FANINING HAYOTIMIZDAGI O’RNI
Durmatova Nilufar Shuxratovna
Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi
Ergasheva Aziza Abduhalimovna
Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi
Annatatsiya:
Ushbu maqolada bugungi kunda psixologiya faniga boʻlgan ehtiyoj, psixologiya
fanining bugungi kundagi oʻrni haqida bayon qilingan. Psixologiya faniga boʻlgan qiziqishning
yildan yilga oshib borishi sabablari tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar:
psixologiya, psixologik metodlar, psixika, xarakter, psixologik mahorat,
Sechenov, Beruniy, Farobiy.
Аннотация:
В данной статье описывается необходимость науки психологии сегодня,
роль науки психологии сегодня. Анализируются причины ежегодного роста интереса к
психологии .
Ключевые
слова:
психология,
психологические
методы,
психика,
характер,
психологические навыки, Сеченов , Беруний , Фарабий .
Annotation :
This article describes the need for the science of psychology today, the role of
psychology today. Reasons for year-by- year increase in interest in psychology are analyzed.
Keywords:
psychology, psychological methods, psyche, character, psychological skills,
Sechenov, Beruniy, Farabiy.
Psixologiya ( yunonchadan olingan boʻlib, " ruh, qalb, ong, xarakter " degan maʼnoni
anglatadi ) shaxslarning psixikasini, ruhiy holatini oʻrganuvchi fan. Psixologiya faniga ehtiyoj
qadimdan yuzaga kela boshlagan. Bunga sabab qilib, dastlabki odamlar paydo boʻlishini va
ularda gʻayritabiiy oʻzgarishlar ( tush, uyqu, oʻlim ) paydo boʻlishini olishimiz mumkin.
Keyinchalik bu gʻayritabiiy oʻzgarishlarga diniy qarashlar orqali baho bera boshlaydilar.Har bir
din targʻibotchilari oʻzlarining diniy qarashlaridan kelib chiqib turli xil izoh bildiradilar.
Masalan, tush - bu oʻlimning bir turi, unda ruh tanadan chiqib oʻzining xudosining yoniga
boradi deb oʻylaydilar. Insonlar onggi rivojlanishi natijasida bu hodisalarga ilmiy qarashlar
vujudga keladi va psixologiya fan sifatida oʻrganib boriladi. Psixologiya fani fan sifatida
shakllanib borishida va turli xil insoniyat uchun nomaʼlum boʻlgan holatlarlarning fanda oʻz
izohini topishida bir qancha olimlarning hissasi kattadir. Ular rus olimi Sechenov (1829 - 1905 )
va uning shogirdlari (ular fanga nomaʼlum boʻlgan koʻplab hodisalarni tahlil qiladilar va
ularning nazariyalari orqali psixologiya fani ancha rivojlanadi ), rus olimi Pavlov ( 1849 -
1936 ), nemis olimi Leybnis ( 1646 - 1716), ingliz faylasufi Jon Lokk ( 1632 - 1704 ), ingliz
tadqiqotchisi Gartli ( 1705 - 1757 ), fransuz Didro ( 1713 - 1784 ) (ular tafakkur, idrok kabi
tushunchalarga taʼrif berishgan ), Gobbs ( 1588 - 1679 ) ( psixologiya faniga salmoqli hissa
qoʻshgan olimlardan biri, u ruh tushunchasini inkor qiladi va harakatni yagona voqealik deb
hisoblaydi ).
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
87
Psixologiya fanining Sharq mamlakatlarida ham rivojlantirib, psixologiya fanini
oʻrganganishga yetarlicha hissa qoʻshgan olimlarimiz mavjud. Masalan, Beruniy yunon , rim va
boshqa Gʻarb mamlakatlari olimlarining asarlarini qunt bilan oʻrganadi va hayotga tadbiq qiladi.
U psixologiya hayvonlarda ham , insonlarda ham mavjudligini, ammo ularning bir- biridan farq
qilishini tushunadi. Hayvonlar psixologiyasi ongsizlikka xoslangan, yaʼni ular oʻz - oʻzini
boshqarish xususiyatiga ega emas, ular fikrlash, oʻylash kabi xususiyatlarga ham ega emas,
fikrlash, oʻylash, aql, idrok oʻrnini ularda reflekslar bajaradi. Insonlar esa oʻz - oʻzini
boshqarish, fikrlash, mantiqiy oʻylash va xulosaga kelish, tafakkur qilish, idrok, diqqat kabi
xususiyatlarga ega.
Yana bir Sharq mutafakkir olimlaridan biri - Farobiy.U juda koʻp sohalarni prgangan va
tahlil qilgan.Masalan, etika, estetika, psixologiya, falsafa, matematika. Psixologiyaga oid
qarashlari, asosan, axloq munosabatlari bilan bogʻliq, yaʼni Farobiyning fikricha, insonning
ahloqi, xulq - atvori shakllanishida, rivojlanishida tashqi muhit va orttirilgan tajribalar muhim
ahamiyatga ega. Haqiqattan ham, tashqi muhit insoniyat rivojlanishida ham katta rol oʻynaydi.
Muhit yaxshi boʻlsa, ya'ni shaxslar yashayotgan muhit qay darajada sogʻlom boʻlsa, u muhitda
aqlan, xulqan rivojlangan, yetuk, oʻz qarashlariga, fikriga ega insonlar yetishib chiqadi. Tajriba
insonlarni mukammallik sari yetaklaydi. Tajribalar qayta xatoga yoʻl qoʻyishdan saqlaydi va
katta hayotiy omildir.
Hozirgi kunda koʻrishimiz mumkinki, maktablarda koʻp oʻquvchilar orasida psixologik
muammoli oʻquvchilar ham mavjud. Eʼtibor qaratadigan boʻlsak, ular yashab, rivojlanadigan
muhit sogʻlom emas, yaʼni farzandga boʻlgan ota - onaning eʼtibori, mehri kam. Ularga dars
oʻtish jarayonida yoki ular bilan muloqot jarayonida turli xil toʻsiqlar uchraydi. Agar ularning
holatiga psixologik yechim berilmasa yoki oldi olinmasa, ularning avlodlarida ham ushbu
jarayonlar uchrashi mumkin.
Bundan tashqari, ayrim xulqi ogʻir ota-onadan tugʻilgan bolalar orasida ham turli xil
muammolar uchraydi. Albatta, buning uchun psixologik mahoratga ega, tajribali psixologlar
bolalar bilan, nafaqat bolalar, balki ularni voyaga yetkazayotgan ota-onlar bilan ham ishlashi
zarur. Hozirgi kunda shunday muammolarning oldini olish maqsadida turli xil chora tadbirlar
olib borilmoqda, yaʼni maktablarda psixologlar xulqi ogʻir bolalar, oʻsmirlar bilan ishlashmiqda
yoki psixologlar aholi psixologiyasini yaxshilash maqsadida markazlar tashkil qilingan.
Psixologik qarashlar va nazariyalar hayotimizda biz uchun juda zarurdir. Masalan,
oʻqituvchilar dars jarayonida turli xil psixika egalari bilan muloqotda boʻladilar va ular bilan til
topishish uchun, ularga darsni tushuntirish uchun ham psixologik mahorat va bilimga ega
boʻlishlari lozim. Bundan tashqari, shifokorlar bemorlar bilan ishlash jarayonida ham tibbiy
jihatdan ham ruhiy jihatdan ularga koʻmak berishlari lozim yoki mehmonxona xodimlari va
tarjimonlar ham koʻp muloqotda boʻladilar va ularga ham muloqot jarayonida turli xil
muammolarga duch kelmasliklari uchun psixologik bilimlarga ega boʻlishlari kerak.
NATIJA VA MUHOKAMALAR:
Tadqiqotlar va tahlillar shuni ko‘rsatdiki, psixologiya fani
insonning ruhiy salomatligini ta’minlashda, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda va
shaxsiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashda beqiyos ahamiyatga ega. Oila, maktab, ish joyi kabi
hayotiy muhitlarda psixologik bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish ziddiyatlarni hal qilish,
stressni yengish, hamda sog‘lom muhit yaratishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
So‘rovnoma natijalari ham ko‘pchilik insonlar psixologik maslahatlarga ehtiyoj sezayotganini
ko‘rsatdi.Psixologiyaning hayotimizdagi o‘rni haqida o‘rganilgan faktlar shuni tasdiqlaydiki, bu
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
88
fan nafaqat kasbiy psixologlar uchun, balki har bir inson uchun zarur bilim sohasidir. Insoniyat
hayotida yuzaga keladigan stress, depressiya, tashvish, munosabatlar muammosi kabi holatlar
psixologik yondashuvlar orqali yechim topmoqda. Ayniqsa, zamonaviy jamiyatda raqobat
kuchaygani va axborot oqimi oshgani sari insonlarning psixologik barqarorligi
muhimlashmoqda. Shu bilan birga, maktab va oliy ta’lim tizimida psixologiyaga e’tiborni
kuchaytirish orqali yoshlarda sog‘lom tafakkur va ijobiy ruhiy holatni shakllantirish mumkinligi
aniqlanmoqda.
Xulosa.
Psixologiya fani hayotimizning barcha jabhalarida amaliy ahamiyatga ega bo‘lib,
insonlarning o‘zini anglash, boshqalarni tushunish va ijtimoiy muhitga moslashuvchan
bo‘lishiga xizmat qiladi. Bugungi kunda har bir soha vakilining psixologik savodxonligi yuqori
bo‘lishi, shaxsiy va jamoaviy muvaffaqiyatga erishishda muhim omil hisoblanadi. Shu sababli,
psixologik bilimlarni ommalashtirish va bu borada keng jamoatchilikni xabardor qilish jamiyat
rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi.kunda yoshlarning psixologik holatini aniqlash
maqsadida turli xil psixologik testlar va metodlar qoʻllashmoqda. Bundan tashqari, harbiy
bilim yurtlariga va davlat idoralariga maʼlum bir lavozim uchun fuqarolarni qabul qilishda ham
psixologik testlardan foydalanishadi. Oʻtish davridagi bolalar bilan ishlash jarayonida ularni
stress holatlariga tushunmasligimiz uchun ham, avval ularning psixologiyasini oʻrganishimiz
kerak. Oʻtish davridagi bolalarning psixologiyasi juda ham nozik boʻladi. Shuning uchun oilada
ota-onalar bolalari bilan murosaga kelishishlari uchun ham psixologik mahorat va bilimlarga
ega boʻlishlari lozim. Buning uchun psixologik kitoblarni koʻproq mutolaa qilish kerak. Bir
soʻz bilan aytganda psixologiya bizga har jabhada zarurdir.
Foydalanilgan adabiyotlar :
E.Gʻoziyev " Umumiy psixologiya " .Toshkent.2002
P.I.Ivanov , M.E.Zufarov "Umumiy psixologiya ".Toshkent 2008.
F.I.Xaydarov , N.I.Xalilova " Umumiy psixologiya" .Toshkent 2010.
G.I.Ivanov "Umumiy psixologiya " Oʻqituvchi 1967.
Y.M.Fayziyev , E.H.Eshboyev "Umumiy va tibbiy psixologiya " .Abu Ali ibn Sino nomidagi
tibbiyot nashriyoti 2013.
