31
6-rasm. Ta’limni о‘zgartiradigan texnologiyalarning о‘zgarishlari
Хулоса қилиб айтганда, kelajakdagi ta’lim tizimidagi asosiy tendensiyalar nafaqat yangi o‘quv
formatlarini izlash, balki o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilarining yangi rollari bilan bog‘liq
bo‘ladi. Shuningdek, turli xil onlayn tendensiyalarni amalda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan nazariya
haqida ko‘p ma’lumot beradi, ular qiziqarli ko‘rinadi, ammo kundalik hayotda ularga qanday ishonish
kerakligi noma’lum ҳисобланади.
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
1.
Инфографика: 5 трендов в образовании, которые формируют будущее. Инфографика: 5
2.
Новые технологии в образовании: итоги 2022 года. Электронный ресурс: Новие
технологии в образовании: итоги 2022 года (ligaedu.ru). Дата обращения: 12.04.2023.;
3.
Образование-2024: восемь главных трендов. Образование-2024: восемь главных
4.
Последние тенденции в образовании 2022 г. Электронный ресурс: Последние
тенденсии в образовании 2022 г. (myalma.ru). Дата обращения: 12.04.2023.
5.
Топ-11 трендов онлайн-образования в 2022 году. Электронный ресурс: Топ-11 трендов
онлайн-образования в 2022 году - Бееонис. Дата обращения: 10.04.2023.;
6.
ТРЕНДы в образовании 2022. Электронный ресурс: ТРЕНДИ в образовании 2022 –
Интерактивное образование (interactiv.su). Дата обращения: 9.04.2023.
7.
Тренды в образовании: почему учиться сейчас интереснее и проще, чем раньше.
Тренды образования: мировые тенденции образования в современном мире (unisender.com)
TA‘LIMDA YOSHLAR IJTIMOIYLASHUVI VA ULARDA AXLOQIY XUSUSIYATLARNI
RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI
p.f.d., professor v.b. Murtozayeva Mahfuza Murtozayevna
O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston, edelveys_2020@mail.ru
Annotatsiya:
Maqolada bolalarning o‘smirlik davri va uning o‘ziga xosligi, bolalikdan kattalik
yoshiga o‘tish vaqtida fiziologik o‘zgarishlar haqida fikr bildirilgan. Shuningdek, o‘smir yoshdagi
32
bolalarning o‘z-o‘zini anglashi, tengdoshlariga o‘xshashlikni shakllantirish va ularda hulqning paydo
bo‘lish hususiyatlari ilmiy manbalar asosida yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
bolalar, tarbiya, hulq, ijtimoiy-pedagogik, omil, o‘smir, rivojlanish, muloqot,
anglash, o‘xshashlik, shakllantirish, faoliyat, jarayon, tizim, ta’sir.
Rivojlanish davriga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri ijtimoiy iqtisodiy sohalarda raqobatdosh
bo‘la oladigan, intellektual salohiyatli, fuqarolik jamiyati talablari bilan hamnafas, innovatsion
bilimlarga ega bo‘lgan yoshlarimiz komillikning ilk cho‘qqilarini zabt etayotgani, mamlakatimiz
manfaatlarini himoya qilishga tayyorligi ta’lim va tarbiya sohasidagi islohotlarning natijasidir. Hozirgi
davr ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlar negizida yosh avlod tarbiyasiga alohida o‘rin berilgan.
Shiddat bilan rivojlanayotgan Vatanimiz kelajagi bevosita yoshlarning islohotlardagi faolligiga
bog‘liq. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
“Yoshlarimiz bilan ko‘proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini
yechish uchun amaliy ko‘mak berishimiz kerak” [1].
Taraqqiyotning yangi rivojlanish bosqichida shaxsning, shu jumladan, yosh avlodning o‘rni
alohida ahamiyatga ega. Har bir voyaga yetmagan bola ulg‘aygach, o‘z hayotining baxt-saodatini
ta’minlash uchun ijtimoiy jamiyatdagi munosib o‘rnini egallash zaruriyati paydo bo‘ladi. Bu o‘ringa
o‘zida uch axloqiy xususiyatni mujassamlashtirgan bolalargina egalik qiladi. Ular: salomatlik, sog‘lom
fikr va namunali axloqdan iborat. Shu uch fazilatning bittasidan ham mahrum bo‘lgan bola o‘z
hayotining baxt-saodatini ta’minlay olishi qiyin kechadi. Boshqa ibora bilan aytganda, inson
hayotidagi baxt-saodat jismonan sog‘lom, sog‘lom fikrli va namunali xulqli bolaga nasib etadi, shu
jihatlarga ega bo‘lgan yoshlar turli xil salbiy voqeliklardan xolis bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki,
yuqoridagi xislatlar bolalarda uchraydigan salbiy hulq ko‘rinishlarini bartaraf etishda nazariy asos
vazifasini bajaradi. Mutafakkir Abdurauf Fitrat qayd qiladiki, “Xalqning aniq maqsadi sari harakat
qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib
xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi
ularning o‘z ota-onalaridan bolalikdan olgan tarbiyalariga bog‘liq”” [2].
Farzandining baxtsiz bo‘lishini istamagan har bir ota uni mustaqil hayotga qo‘yib yuborishdan
oldin uchta axloqiy xislat bilan qurollantirib qo‘yishi kerak. Tarbiyaning mahsuli ham shunday, ya’ni
bolani tarbiya qilish uni jismonan, fikran va xulqan kamolga yetkazib, saodatga erishishga qobil
qilishdan iborat. Inson tug‘ilgan kunidan, hayotining so‘ngi vaqtigacha ta’lim va tarbiya olish
qobiliyatiga ega bo‘lsa-da, lekin uni bolalikdan tarbiyalash, unda yuqori axloqiy fazilatlarni , jismonan
salomatlikni, va teran fikrlash qobilyatini shakllantirish muhim ammaliy ahamiyat kasb etadi.
Yoshlar ijtimoiylashuvni fuqaroviy va axloqiy tarbiya deb, bilishadi. Shuningdek, bir guruh
pedagog olimlar shaxs ijtimoiylashuvini tarbiyaning asosiy maqsadi deb hisoblashadi. Biroq tarbiya
bola ijtimoiylashuvining asosiy omillaridandir. Tarbiyaning asosida ijtimoiy harakat bo‘lishi, uni
ijtimoiylashuvdan farqlaydi. Ta’kidlash lozimki, ijtimoiylashuv uzluksiz jarayondir, ya’ni inson doimo
jamiyat bilan bevosita munosabatda bo‘ladi. Tarbiya esa uzlukli jarayondir. Chunki u muayyan
vositalar orqali amalga oshirilib, zamon va makonda cheklangan bo‘ladi. Bolalarda o‘smirlik davrining
o‘ziga xosligi, bolalikdan kattalikka o‘tishdir. Bu davr fiziologik rivojlanish va jinsiy yetilishning
keskin jadallashuvi davridir. Bu davrga o‘smirlar tomonidan shaxs salbiy hulqining namoyon bo‘lishi
va ularning almashinib turishi: goh muloqotga kirishuvchan, goh aksi, goh quvnok, goho esa g‘amgin
va shu kabilardir.
O‘smirning asosiy maqsadi – o‘z-o‘zini anglash va o‘xshashlikni shakllantirish
(tengdoshlaridek bo‘lish). Bolalikdan kattalikka o‘tish hamma bolalarda ham tekis kechavermaydi.
Shunga ko‘ra o‘smirlikda bola shakllanishi jarayoni uch turga bo‘linadi:
Birinchi tur uchun davrning jo‘shqin, ziddiyatli kechishi xosdir. Uning yakuni – yangi
«Men»ning yuzaga kelishi. Bu psixik pubertatlikning arafasi bo‘lib, 11-12 yoshli o‘smirda quyidagi
alohida belgilar paydo bo‘ladi: beboshlik, urushqoqlik, bolalar o‘yinlari unga qiziq ko‘rinmaydi, undan
kattarok o‘smirlarning o‘yinlari esa tushunarsiz bo‘ladi [3].
Ikkinchi tur uchun davrning sillik, kuchli asabiylashishlarsiz bola shakllanishiga xos bo‘lgan
jarayondir. «Arafa»dan keyingi 11-13 yoshdagi qizlar va 14-16 yoshdagi o‘g‘il bolalarni o‘z ichiga
33
olgan salbiy (negativ) faza bilan almashinadi. Atrof muhitga o‘tuvchi tez o‘zgaruvchanlik va bezovta
holat, nozik tabiatlilik, jismoniy va ruxiy darmonsizlik, o‘zidan norozilik kabilar bu davrga xos asosiy
belgilardir.
Uchinchi tur uchun o‘smir shakllanishining ongli va faol ravishda o‘z-o‘zini tarbiyalash,
havotir va inqirozlarni mustaqil yengish jarayonidir. Ko‘pchilik o‘smirlarda o‘ziga va atrofidagilarga
bo‘lgan nafratni va uning natijasi bo‘lgan o‘zini yolgiz, begona va boshqalar tomonidan tushunilmagan
sezish kabi holatlarni uchratishimiz mumkin. Bu vaqtda bola asosan, qarama-qarshiliklarga, salbiy
ta’sirlarga o‘ta sezgir bo‘lib qoladi, bunday vaziyatlar bolada yoki agressiv o‘z-o‘zini ximoya qilishni
yoki passiv melanxoliyani keltirib chiqaradi. Salbiy faza yakuni – jismoniy yetilishning yakunlanish
vaqtiga to‘g‘ri keladi.
Ijobiy (yondashuv) faza o‘smirning muhitning ijobiy taraflariga (aspektlariga) ta’sirchan bo‘lib
qolishi bilan boshlanadi. Uning oldida xursandchilikning manbalari paydo bo‘ladi, ular «tabiatning
hayajonlanishi» – go‘zallikni ongli hayajonlanishini qo‘yadi.
Rivojlanish uchun qulay sharoitda xursandchilikning manbalari san’at va ilm bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, psixolog V.A.Avarinning fikriga ko‘ra: bularga «eng kuchli tangliklardan ham chiqarib
yuboruvchi» muxabbat ham qo‘shilishiga alohida urg‘u berib o‘tadi. Bu yoshda jinsiy yetilish
natijasida bola organizmida va ruxiyatida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu bolaning qiziqishlarni
kengaytiradi. Bunda boladagi qiziqishlar rivojishning ikki xususiyatini ko‘rishimiz mumkin:
Bir tomondan – yangi qiziqishlar va mayllarning paydo bo‘lishi: ijtimoiy hayotga, kompyuter
texnikasiga, virtual o‘yinlarga, rabototexnikaga, qaxramonlik va sarguzashtlarga boy kitoblarni
o‘qishga, ushbu mavzularni targ‘ib qiluvchi, dokumental, badiiy filmlarni ko‘rish, sport turlariga
qiziqish kuchayadi;
Ikkinchi tomondan – ilgari mavjud bo‘lgan qiziqishlar tizimining yo‘qolishi: undagi salbiylik,
qarama-qarshi xarakter shakllanishi kuzatiladi.
Shu ikki xususiyatning uyg‘unlashuvi bir qarashda g‘alati holatni – bolaning atrof muhitga
qiziqishi kamayishi yoki ba’zan umuman yo‘qolishi bilan xarakterlanadi . Bu salbiy holatdagi faza
davomida o‘smir o‘z bolaligiga barham beradi. Bu fazaga pessimistlik, jamoa bilan aloqalarning
buzilishi, bolalar orasidagi oldingi o‘rnatilgan munosabatlarning uzilishi, shu jumladan o‘zaro do‘stona
munosabatlar ham, yolg‘izlikka intilish, jamiyatda mavjud bo‘lgan ahloq qoidalariga bo‘ysunmaslik
kabi holatlar kuzatiladi.
Natijada ko‘pchilik o‘smirlar faoliyati individual yo‘nalishda namoyon bo‘ladi. Shuningdek,
yakkalikning cho‘qqisi o‘rta yoshdagi o‘smirlarga xosdir, katta yoshdagi o‘smirlarda uning nisbatan
kamayishi kuzatiladi. Bunday holatda bolalar o‘zining manfaatlariga daxldor bo‘lgan shaxslar hayoti
bilangina qiziqadilar.
Ta’kidlash lozimki, jamiyatda insonparvarlik fazilatlariga ega bo‘lgan qizlar soni o‘g‘il
bolalardan ortikrok, shu bilan birgalikda o‘z manfaatini ustun qo‘yuvchi – egoist bolalar soni
ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu tafovutlar jamiyatning ayollar va erkaklar uchun yaratgan rollari bilan
bog‘liqdir. Ijtimoiy munosabatlar dastlab qizlardan, so‘ngra ayol kishidan ko‘proq intizomlilikni
hamda mustakillikka nisbatan itoatkorlikni, o‘zgalar dardiga hamdard bo‘lishini, ba’zi hollarda
boshqalar fikrini o‘z fikriga nisbatan ustun qo‘yishni kutadi. Ayol kishi ko‘p jihatdan sabrli, kechirimli
bo‘lishi kerak. Bu xislatlar ko‘p jihatdan shaxsning insonparvar yo‘nalishiga xosdir. Erkak kishidagi
mardlik, faollik, agressiv xatti-harakat va ko‘proq mustaqil fikrlash va faoliyat ko‘rsatish bilan
xarakterlanadi. Shuning uchun uning jamiyatdagi xatti-harakatlariga individuallik xos bo‘ladi.
O‘g‘il bolalarda salbiy xislatlar qizlarga nisbatan kechroq namoyon shakllanadi (bu ularni
fiziologik jihatdan kechroq yetilishi bilan bog‘liq), lekin ular jo‘shqin va uzok davom etadi.
O‘smirlarning motivatsion sohasida muntazam suratda o‘zgarishlar yuz beradi, bunda ular o‘z
oldilariga qo‘ygan maqsadlariga hamda o‘z shaxsiga nisbatan qo‘ygan talablari doirasida axlokiy xatti-
harakatlarini sezilarli darajada boshqara olishlari bilan farq qiladi. Shunday qilib o‘smirlarda tashqi
muhit talabiga reaktiv ergashishdan ko‘ra, o‘z xulqini shaxsiy ideallariga nisbatan faol
muvofiqlashtirishga o‘tish jarayoni yuz beradi.
O‘smirlarda maqsadlardagi muqimlik, yetarli darajada shakllangan burch, ma’suliyatlilik
ilgargiga nisbatan ko‘proq namoyon bo‘ladi. Endilikda ijtimoiy hayotga qiziqish, biror voqea tufayli
34
emas, balki bilimlarni to‘plash, ta’lim olish jarayonida yuzaga keladi. Qayd etish lozimki, qiziqishlar
o‘smirlar tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga asoslanadi. Ko‘pincha u-bu holatga bo‘lgan qiziqish
(xobbi)ni keltirib chiqaradi. Qiziqishsiz o‘smirlik o‘yinsiz bolalikka qiyoslanadi.
O‘smirning qiziqishi kuchli va ko‘pincha bir-biriga almashinuvchan bo‘ladi, lekin ba’zan
doimiy tusga ham ega bo‘ladi; odatda ular o‘qish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Bu qiziqishlarning
ayrimlari o‘smirni shaxs sifatida yetishishini ta’minlaydi, chunki ular o‘smirning bilimga bo‘lgan
ehtiyojlarini qondiradi va unda foydali ko‘nikmalar shakllanishiga olib keladi. Ammo ma’lum bir
shaxsga xos xususiyatlarda ular shaxsni salbiy rivojlanishiga, vaqtni behuda o‘tkazishga, jamoat tartib
qoidalarini buzishga olib keladi, jumladan “azart” o‘yinlar o‘ynash, alkogol ichimliklarni ichish,
narkotik moddalarni iste’mol qilish [4].
Ideallar, bolalarning o‘ziga baho berishining, jamiyatda o‘zini tutishning o‘zlashtirilgan meyor
va qoidalarining mavjudligi o‘smir shaxsining sezilarli darajada rivojlanganligidan, motivatsiyasida va
o‘zining xatti-harakatlarini tashkil etishda jiddiy omil bo‘luvchi «ichki rejaning» shakllanishiga olib
keladi. Ammo bu «ichki reja» yagona tizimga aylanmagan, yetarli darajada umumlashmagan va muqim
bo‘lmaydi va tez-tez o‘zgarib turadi.
O‘smirning o‘z shaxsiga bo‘lgan talablari doimiy suratda tashqaridan qo‘llab-quvvatlashlarga
muxtoj bo‘ladi. Qator motivlarning muqim emasligi, gaplari va xatti-harakatlarining o‘zgaruvchanligi
shundan dalolat beradi.. Shuningdek, ushbu yoshdagilarga o‘ylangan orzulari omadsizlikka uchrashiga
sabab bo‘luvchi yuqori talablarning qo‘yilishidan dalolat beruvchi, maqsadlarning imkoniyatlar bilan
mos emasligi xarakterlidir.
Ta’kidlash lozimki, ma’rifatli oila bolalarining tarbiyasi bilan tizimli shug‘ullanadi va ular
tarbiyasini uzluksizni ta’minlashga harakat qiladi. Ular istiqbollarining saodatli yoki falokatli
bo‘lishini tarbiya jarayoniga bog‘liq holda ko‘rishadi. “Ular bir qavmning tarbiyasiga yetgan ozgina
nuqson borib-borib katta zararga sabab bo‘ladi, deb aniq ishonadilar” [2].
Tarbiya o‘smirning to‘g‘ri rivojlanishiga asos bo‘ladi. Ota-ona, o‘qituvchi, tarbiyachilar uchun
o‘smirning rivojlanishi murakkab ijtimoiy jarayon hisoblanadi. O‘smirni shakllanishi natijasida, uni
xotirasi, nutqi, his-tuyg‘ulari o‘sadi. Har bir shaxs hayotidagi bu davr atrof muhit, ijtimoiy rivojlanish
bilan, qobiliyati va bolaning ruxiyati, uning yaqinlari orasidagi o‘zaro munosabatlaga bog‘liq. Bu
sabablar shaxsni tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Tarbiya jarayonida bola axloqan shakllanadi. Bolalar tabiat, o‘simlik, hayvonot dunyosi bilan
tanishib borishi, tashqi va ichki olam, odamlar bilan o‘zaro muloqot, inson kamolotiga katta ta’sir
ko‘rsatadi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, yangi rivojlanish bosqichida O‘zbekiston jamiyati a’zolari,
shu jumladan, bolalarga xos bo‘lgan bilish jarayonining barcha imkoniyatlaridan samarali
foydalanishlari zarur. Ijtimoiy-pedagogik metodologiyaga asoslangan holda, murakkab fenomen
bo‘lgan bolalarda uchraydigan salbiy hulqning sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish maqsadida
innovatsion pedagogik usullardan foydalanishning mazmunini anglash uchun uning nazariy asoslarini
bilish lozim. Pedagogika sohasida jumladan, salbiy hulqga ega bo‘lgan bolalar tarbiyasida innovatsion
tarbiyaviy ishlar jarayonlarini amaliyotdagi boshqaruvga ijtimoiy-pedagogik nuqtai-nazardan qarash,
uning tabiati, xarakteri, natijalari, mazmuniga yangicha, ilmiy asosda yondashuv zaruriyatini vujudga
keltiradi.
Yuqoridagi fikrlarni amalga oshirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga
muvofiq.
Birinchidan, har bir bolaning, jumladan, negatiav axloqiga ega bo‘lgan o‘quvchining mahallada
yashashini hisobga olib, mahalla,oila, maktab va O‘zbekiston yoshlar tashkiloti bo‘limi, nodavlat
notijorat tashkilotlar hamkorligida ushbu guruhga mansub bo‘lgan bolalar tarbiyasiga qaratilgan
kompleks tadbirlar rejasini ishlab chiqish va uni amaliyotga tadbiq etish.
Ikkinchidan, bolalar hulqida negativ axloqiy shakllarni bartaraf qilishda innovatsion
pedagogik usullardan foydalanishni takomillashtirish uchun ularni ijtimoiy faolligini oshirish
maqsadida muzeylar, botanika va hayvonat bog‘lari, istirohat va dam olish maskanlariga olib borishni
tashkil etish, buning uchun davlat va xususiy mulkdorlar moliyaviy mablag‘laridan foydalanish
35
mexanizmini yaratish va undan samarali foydalanish kerak. Shuningdek, ushbu faoliyatga malakali
pedagoglarni jalb etish.
Uchinchidan, bolalar hulqida negativ axloqiy shakllarni bartaraf qilishda ijtimoiy pedagogik
usullardan kengroq foydalanish jarayonida Vatanimiz xududida demokratik islohotlar natijasida, yangi
taraqqiyot davrida yaratilgan sanoat majmualari, tiklangan madaniy yodgorliklar, barpo etilgan
haykallar, madaniyat markazlari, sport inshoatlariga ekskursiyalar uyushtirish maqsadga muvofiq.
To‘rtinchidan, bolalar hulqida negativ axloqiy shakllarni bartaraf qilishda ijtimoiy pedagogik
usullardan yana biri, huquqiy tarbiyaga e’tibor berish maqsadida, ushbu guruhga oid bolalar bilan
huquqni muhofaza qilish organlari vakillarining muntazam uchrashuvlarini uyushtirish kutilgan ijobiy
natijani beradi.
Beshinchidan bolalarni musiqa, rasm chizish, sport bilan shug‘ullanish, kompyuter texnikasini
o‘rganish, internet saytlardan foydalanish, badiiy kitoblarni tizimli o‘qishga jalb etish ulardagi salbiy
xulq ko‘rinishlarini bartaraf etishda muhim omil rolini bajaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1.
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24
yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi ma’ruzasi. 7 dekabr 2016 yil.
2.
Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. (J.V: Ilmiy risolalar). – T.: “Ma’naviyat”, 2010. – 304
b.
3.
Maxmudov R.M. va b. Pedagogika: Ma’ruzalar kursi. - T.: O‘zIIV Akademiyasi, 2014. –
204 b.
4.
Murtozayeva M.M. O‘quvchilarning ta’lim jarayonini ijtimoiy pedagogik loyihalashtirishda
innovatsion usulllar. – T.: “Fan va texnologiya”, 2017. – 158 b.
5.
Ro‘ziyeva R.X. Jamiyatning ma’naviy yangilanishida milliy va umuminsoniy qadriyatlar
uyg‘unligini shakllantirish masallari. Falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan
diss.... – T.: O‘zbekiston milliy universiteti , 2012 yil. – 56 bet.
XORIJIY TILLARNI O‘QITISHNING MOTIVASION YONDASHUVLARI
Shamshetova Anjim Karamiddinovna
O‘zDJTU. Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti,
psixologiya fanlari doktori
Annotatsiya
Ushbu ilmiy makolada xorijiy tillarni o‘qitishning motivasion yondashuvlari, ilmiy va amaliy
xulosalar keng yoritib berilgan. Xorijiy tillarga bo‘lgan munosabatlarni sabablari va talaba yoshlarda
bir tomonlama yo‘nalishga qaratilgan izlanishlar ekanligini ta’kidlaydi.
Kalit so‘zlar
: xorijiy tillar, motivatsiya, ilmiy tadqiqot ishi, chet tillarga bo‘lgan qiziqishlar,
o‘qitish metodikasi.
Jamiyatimizda turli soha mutaxassislari o‘z ona tilini mukammal bilish bilan bir qatorda, bir
nechta xorijiy tillarni bilishlari va muloqot qila olishlari zarurati kundan kunga ortib bormoqda.
Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatishni ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish va sohani
rivojlantirish uchun tizimli ishlarni tashkil etish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama
barkamol qilib tarbiyalash, buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga katta e’tibor
qaratilmoqda. Prezidentimizning 2021 yil, 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni
o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni
o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi..
Xorijiy tillarga bo‘lgan yoshlarimizda qiziqishlari yil sayin ortib borishini hisobga olgan holda
xorijiy tillarni o‘rganish va o‘qitish tizimini yanada zamonaviy metodlar bilan takomillashtirish hamda
chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani oshirish nihoyatda katta rol uynaydi. Bizga ma’lumki,
til o‘rganishning va uni o‘rgatishning psixologik o‘ziga xosligi chet tilidagi matnni idrok etish, chet
tilidagi so‘zlarni xotirada saqlashi, o‘quvchilar chet tilini o‘zlashtirishi jarayonida ularning o‘zga
