Oliy ta'lim muassasalarida yoshlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning dolzarb muammolari

CC BY f
67-68
0
Поделиться
Гульямова, Н. (2024). Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning dolzarb muammolari. Наука и инновации, 1(1), 67–68. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/ilm-fan-va-innovatsiya/article/view/32716
Надира Гульямова, Наманганский инженерно-технологический институт
П.ф.б.ф.д. (PhD) - доктор философии
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada yoshlarning ijtimoiy pcdagogik tafakkurini rivojlantirish va sohaga oid fanlarni o'qitishning samaradorligini ta’minlashga oid fikrlar yoritilgan.


background image

67

толерантности студентов сообразно выделенным компонентам: структурным (когнитивный,
мотивационный, интерактивно-деятельностный) и функциональным (ориентировочный,
операциональный, рефлексивный) [2].

Перспективным направлением педагогической науки является систематизация

коммуникативных способностей, научное обоснование методов и форм их освоения в
зависимости от коммуникативных ситуаций и специфики профессиональной деятельности
студентов. В целом, результаты диссертационного исследования позволяют заключить, что
коммуникативная толерантность является предиктором профессиональной успешности
субъекта в коммуникативной деятельности, а её формирование можно рассматривать как один
из ресурсных аспектов педагогической деятельности.

Литература

1. Медетова Р.М. Формирование толерантности у школьников на основе использования

национальных традиций: Автореф. … д-ра пед. наук. – Т., 2020.

2. Trenholm S., Jensen А. Interpersonal сommunication. – Oxford: University Press, 2004. – 434

p.

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA YOSHLAR IJTIMOIY FAOLLIGINI

RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

P.f.b.f.d. (PhD) Gulyamova Nadira Gafurovna

Namangan muhandislik-texnologiya institute

gulyamovanadira@mail.ru

Annotatsiya:

Maqolada yoshlarning ijtimoiy pedagogik tafakkurini rivojlantirish va sohaga

oid fanlarni o‘qitishning samaradorligini ta’minlashga oid fikrlar yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

yoshlar, tarbiya, ijtimoiy pedagogik, bilim, rivojlantirish, pedagogik faoliyat,

o‘qituvchi, dars.


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik mazmundagi iqtisodiy islohotlar,

pedagogik ta’limning barcha jabhalarini modernizatsiyalash masalasi bilan o‘zaro bog‘liqdir.
Muammoning dolzarbligi shundaki, davr yoshlari chuqur bilim olish zaruriyatini, fan o‘qituvchilaridan
ijtimoiy fanlar asosida berilayotgan ta’limning sifatini yanada takomillashtirish zaruriyatini talab
qilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha
bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali
vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana
bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini men
juda-juda istardim. Mana ulug‘ ajdodimiz nima deb yozganlar: “Xalqning aniq maqsadi sari harakat
qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib
xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi
ularning o‘z ota-onalaridan bolalikdan olgan tarbiyalariga bog‘liq”” [1].

Ta’limdagi islohotlar ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini yuksaltirish zaruriyati

bilan birga ilmiy asoslangan metodik usullardan foydalanishni ham taqoz etadi. Ayniqsa, o‘quv fan
dasturlari asosida o‘qitiladigan darslarning sifatini oshirishga alohida e’tibor berilish zarur. Dars
davomida talabalar ijtimoiylashuvni yuksaltirish masalasiga innovatsion usulda yondashilishi va ta’lim
mazmunini ilmiy, ijodiy, integratsion yondoshilgan fikrlar asosida yoritilishi maqsadga muvofiqdir.
Pedagogikaga oid ijtimoiy fanlarni o‘qitishning samaradorligini ta’minlashda yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ijodiy jarayon fan o‘qituvchilari
faoliyatining asosiy qismini tashkil etishi darkor. Muammoning yechimiga bunday munosabat ta’lim
sifatini oshirish, uzluksiz ta’limdagi islohotlarning chuqurlashuvida har bir pedagogning shaxsiy
ma’suliyatini ta’minlash masalasi bilan bog‘liqdir. Ushbu pedagogik faoliyat, o‘qituvchining darsga
yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi, bo‘lajak dars mavzusiga doir qo‘shimcha adabiyotlar bilan yaqindan
tanish bo‘lish vazifasini ilgari suradi [3]. Shuningdek, o‘qituvchi darsni tashkil qilishi, uning
samaradorligini yuksaltirish uchun zamonaviy ta’limdan, so‘ngi avlod darsliklari va o‘quv
qo‘llanmalardan foydalanish zaruriyatini vujudga keltiradi.


background image

68

Uzluksiz ta’lim tizimida tashkiliy asosini belgilab beruvchi hujjat hisoblangan o‘quv rejasida

pedagogikaga oid fanlar doirasida bilimlarni chuqur o‘rgatilishiga alohida e’tibor berilgan. Ijtimoiy
fanlar majmuasini o‘rganishdagi asosiy vazifalar sirasiga talabalar ma’naviy, axloqiy, siyosiy
madaniyatini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kelajakda milliy iqtisodiyotimizning
taraqqiyoti uchun o‘zlarining bevosita ishtirok etishlari, shaxsiy hissalarini qo‘shishlari kabi
tushunchalarni shakllantirish vazifasi ham kiradi. Talabalar o‘quv dasturlariga kiritilgan maxsus
mavzularni o‘rganishi, ular ustida mustaqil ishlarni bajarishi tufayli mamlakatimizda olib borilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmunini va maqsadini, fuqarolik jamiyati rivojlanishidagi
ahamiyatini tushunib oladilar. Shuningdek, demokratik va huquqiy davlatning rivojlanish bosqichlari,
fuqarolik jamiyati sharoitida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarimizning mohiyati, davlatimizning yoshlar
kamolotini ta’minlash uchun olib borayotgan izchil siyosat mazmunini anglagadi. Ushbu darslar
samaradorligi, yoshlar demokratik islohotlar chuqurlashuvi sharoitda inson kamoloti, shaxs ijtimoiy,
iqtisodiy, huquqiy manfaatlarining yechimi, yoshlar uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy
imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni anglab olishi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun pedagogikaga oid
ijtimoiy fanlarni o‘rganish jarayonida, yurtimizdagi demokratik islohotlar mazmunini tushuntirishga
qaratilgan mavzular o‘quvchilar diqqat markazida bo‘lmoqda. Ta’kidlash lozimki, mavzular mazmuni
o‘quvchilar fuqarolik jamiyati rivojlanishi jarayonining ijtimoiy jihatlarini bilib olishlariga yordam
bermoqda. Shu jihatdan qaralganda, yoshlarga ijtimoiy pedagogik bilimlar zamonaviy ilmiy, uslubiy
manbalar asosida o‘qitilishi ta’lim sifatini ta’minlovchi omillardan hisoblanadi.

Yoshlarda ijtimoiy pedagogik bilimlarning rivojlanishi asosida tafakkurining kengayishi, ular

shuurida ijtimoiylashuvga oid bilimlar majmuasining qaror topishi muhimdir. Ijtimoiylashuv –
shaxsning jamiyat yaratgan bilim va normalarni o‘rganishi hamda xulq-atvorni o‘zlashtirishi orqali
ijtimoiy munosabatlarda qatnashishidir [2]. Shuningdek, yoshlar ijtimoylashish jarayonida real
hayotdagi mavjud oila, mahalla, din, ta’lim va tarbiya muassasalaridagi ijtimoiy muhit kuchli ta’sir
etadi. Ijtimoiy munosabatlarda qatnashish tajribasini o‘zida rivojlantirgan yoshlargina kelajakda,
barcha sohalarda muntazam taraqqiyotni ta’minlovchi, raqobatbardosh yetuk mutaxassis bo‘lishi
muqarrar.

Xulosa sifatida qayd qilish lozimki, yosh avlod tarbiyasida ijtimoiy pedagogik bilimlarni

rivojlatirishning samaradorligi shundaki, ularda ijtimoiylashuvga oid tafakkurning yuksalishiga xizmat
qiladi. Shuningdek, ushbu jarayonning muhim xususiyatlaridan yana biri, yosh avlodning ijtimoiy
jamiyatimizda erishilgan barcha yutuqlarning asosini ta’lim-tarbiya va ijtimoiylashuvga yo‘naltirilgan
siyosat tashkil etgani to‘g‘risidagi tushunchalarga ega bo‘lishidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24

yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi ma’ruzasi. 7 dekabr 2016 yil.

2.

Aliqulova M.M. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va voyaga yetmagan yoshlar

tarbiyasining ijtimoiylashish tendensiyalari. Raqamli iqtisodiyet: Muammolar, yechim, istiqbollar.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya. Samarqand–2020. 32-34 betlar.

3.

Gulyamova N.G. Menejment yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy faollikni rivojlantirishning

pedagogik mexanizmlari. Monografiya. – Namangan: Usmon Nosir media nashriyoti, 2021. − 104 b.

ИНТЕГРАТИВНЫЙ ПОДХОД К ИНТЕНСИФИКАЦИИ ОБУЧЕНИЯ РУССКОМУ

ЯЗЫКУ КАК ИНОСТРАННОМУ

Джалалова Сайёра Мирхайдаровна

старший преподаватель кафедры Узбекского языка и классической восточной литературы

Международной исламской академии Узбекистан

djalalova.sayyora62@gmail.com

Исамова Пакиза Шамсиевна

доцент кафедры Педагогики и психологии УзГУМЯ

00isamova@gmail.com

Библиографические ссылки

Shavkat Mirziyoyevning O'zbckiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 illigiga bag'ishlangan marosimdagi ma’ruzasi. 7 dckabr 2016 yil.

Aliqulova M.M. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va voyaga yetmagan yoshlar irbiyasining ijtimoiylashish tcndensiyalari. Raqamli iqtisodiyet: Muammolar, yechim, istiqbollar. Lespublika ilmiy-amaliy konferensiya. Samarqand-2020. 32-34 bctlar.

Gulyamova N.G. Mcncjmcnt yo'nalishi talabalarida ijtimoiy faollikni rivojlantirishning cdagogik mexanizmlari. Monografiya. - Namangan: Usmon Nosir media nashriyoti, 2021. - 104 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов