70
придается положительному переносу грамматических навыков по родному языку на РКИ,
благодаря чему становится возможной оптимизация количества выполняемых речевых
упражнений, т.е. экономия учебного времени. Автор пишет: «Интегративный подход
предполагает опору на процесс переноса знаний, умений, навыков из родного (казахского) в
область неродного (русского) языка. Вероятные пути осуществления положительного переноса,
а также возникновения интерференции, определяются через сопоставление языковых явлений»
[Майгельдиева, 2010, с. 6]. В интерпретации Ш.М. Майгельдиевой, интегративный подход
предполагает собой сочетание разнородных методик и приемов. Эффективность такого
сочетания может зависеть от целого ряда факторов, в том числе от мастерства педагога. Тем не
менее, сложно отрицать тот факт, что в этом смысле методика преподавания РКИ находится
под влиянием такой характерной для современной научной мысли тенденции, как тенденция к
интеграции. Мы имеем в виду, в частности, увеличение числа научных дисциплин,
находящихся на стыке различных областей научного знания, что отражается, в том числе, на
характере их наименований и объектов исследования (ср., «психолингвистика»,
«лингвометодика», «этнолингвокультурология», «этнопсихолингвистика» и мн. др.). Вполне
естественно, что тенденция к сложному комбинированию разнородных методов и приемов
обучения проявляется и в современной теории и практике преподавания РКИ в виде различных
версий интегративного подхода.
Список использованной литературы
1.
Постановление Президента Республики Узбекистан № ПП-5117 от 19 мая 2021
года «О мерах по поднятию на качественно новый уровень популяризации изучения
иностранных языков в Узбекистане» (Электронный ресурс) URL: https://lex.uz/docs/5426740.
Дата обращения: 14.03.2022 г.
2.
Ахмедова Л.Т., Лагай Е.А. Современные технологии преподавания русского языка и
литературы. - Т.: Fan va texnologiya, 2016. – 296 с.
3.
Балыхина Т.М. Методика преподавания русского языка как неродного (нового):
Учебное пособие для преподавателей и студентов. - М.: Издательство Российского
университета дружбы народов, 2007.– 185 с.
4.
Майгельдиева Ш.М. Интегративный подход к обучению практическому курсу
русского языка в системе филологического образования студентов казахской аудитории (на
материале лексико-семантических групп глаголов) Автореф. дисс. … докт. пед. наук. – Алматы,
2010. – 48 с.
5.
Пугачев И.А. Интегративная модель профессионально ориентированного обучения
русскому языку иностранных бакалавров технического и естественнонаучного профилей:
Автореф. дисс. … докт. пед. наук. – М., 2016. – 50 с.
6.
Щукин А.Н. Методика преподавания русского язык как иностранного: Учебное
пособие. – М.: Высшая школа, 2003. – 334 с.
ZAMONAVIY TA'LIMNI JISMONIY TARBIYA VA SPORT VOSITASIDA
TAKOMILLASHTIRISH
p.f.n., dots. Dekhkambayeva Zulfia Abubakirovna
TMC instituti, O‘zbekiston, z_abubakirovna@jbnuu.uz
Annotatsiya:
Maqolada yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish
zaruriyati, jismoniy tarbiya va sportning xususiyatlari masalalari tahlil etilgan. Yoshlarni jismoniy
tarbiya va sportga jalb etishga qaratilgan ustuvor vazifalarga oid fikrlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
jismoniy tarbiya, sport, chidamlilik, epchillik, egiluvchanlik.
71
Mamlakatimiz yoshlarini har bir sohada qo‘llab-quvvatlovchi hamda ularning suyanchiga
aylanuvchi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 2017 yil 30 iyun sanasida tashkil etildi hamda O‘zbekistonda
30 iyun “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi [1]. Shu bilan birga Prezidentimizning Yoshlar ma’naviyatini
yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari
surishlari yurtimizda yoshlarga ayniqsa ularning uyushmagan qatlamiga e’tibor davlat siyosati
darajasida qaratilayotganligini yaqqol isbotidir. Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etishga
qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi [2]. Jumladan,
yoshlarni jismoniy tarbiya
va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilishdir. Ushbu ustuvor vazifani bajarishda jismoniy tarbiya
va sport alohida axamiyat kasb etadi.
Jismoniy tarbiya va sport inson tanasini chiniqtiribgina qolmay tanada ruhning tetikligini
ta’minlaydi xamda imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi, inson vijdonini uyg‘otishda iymon-
e’tiqodini butun qilishda, g‘ururli bo‘lishda, adolatsizlikka qarshi turishda va irodali bo‘lishga katta
yordam beradi. Uning baquvvatligi o‘ziga ishonchni shakllantirish bilan birga adolatsizlikka qarshi
kurashishga undaydi.
Jismoniy tarbiya va sportning yuqoridagi xususiyatlarini inobatga olib, quyidagi takliflarni
berishni ma’qul deb bildik:
−
mahalla fuqarolar yig‘inlari a’zolari shtat tarkibida oliy ma’lumotga ega jismoniy tarbiya va
sport sohasi vakili ishlashini ta’minlash hamda o‘sha soha vakili boshchiligida tashabbuskor
yoshlardan xamda faxriy sportchilardan iborat guruh tuzish;
−
guruh zimmasiga mahallalarda yoshlar qatlami orasida sport musobaqalarini tizimli
o‘tkazishni xamda iste’dodli yoshlarni kashf qilishni, to‘y marosimlarimizda milliy sport turlari
bo‘yicha musobaqalar tashkil etishni va ommalashtirish vazifalarini yuklash;
−
yoshlar o‘rtasida maxallalar, sektorlar, tumanlararo va viloyat bosqichi musobaqalarini
davomiy o‘tkazib borish;
−
MFY binolari oldida “Mahallamiz iftixorlari” nomli tasviriy oyna tashkil etib u yerda
mahalladagi iqtidorli yoshlarni fotosuraftlarini o‘rnak sifatida ilib qo‘yish lozim.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda mutasaddi tashkilotlar, boshqarmalar, ta’lim
muassasalari ayniqsa sektor rahbarlari ma’suliyat bilan o‘z nazoratiga olishlari ijobiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Zero yoshlar muammolarini umummilliy masala sifatida e’tiborga olinishi globallashuv
davrining eng muhim talabidir.
Zamonaviy ishlab chiqarish va hayot sharoitlari ancha darajada insonning harakatlanish
faolligini kamaytirgan. Akademik A.I. Bergning ma’lumotlariga qaraganda (2000 yil) o‘tgan asrda
mushak energiyasining ishlab chiqarishda sarflanishi 94 % ni, hozirgi paytda esa faqat 1 % ni tashkil
etadi [4]. Harakatlarnig kamligi insonning salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Jismoniy tarbiya va sport
bilan muntazam shug‘ullanish, ertalabki badantarbiya, jismoniy mashqlar tanaffuslari, sayrlar,
sayyohlik gipodinamiyaning harakatga ochlik o‘rnini to‘ldirishga qaratilgan. AQShdagi Stenford
universiteti mutaxassislarining tadqiqotlari buni tasdiqlaydi, amerikalik olimlar insonlarni jismoniy
mashqlar bilan shug‘ullanishga ishontiradigan ko‘plab fikrlarni keltiradilar.
Jismoniy mashqlar asosli ravishda sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismidir, chunki
jismoniy faolliksiz insonning nafaqat jismoniy, balki ruhiy ahvoli ancha yomonlashadi, insonning
intellektual imkoniyatlari pasayadi [3]. Amerikalik mualliflar taklif etgan mashqlar tizimida ular
mushaklarni maqsadli kuchaytirib ishlatish yoki biror jismoniy fazilatlarni (epchilik, chidamlilik, tezlik
va hokazolar) maxsus rivojlantirishga doir biror alohidagi mashqlarni bermaydi. Sog‘lom turmush
tarzini yuritish uchun, ularning fikricha, aerob mashqlar bajarilishi lozim.
Aerob mashqlar – mushaklarning yirik guruhlarini ritmik ishlatuvchi mashqlar deyiladi. Ular
jismoniy yuklar bilan bevosita bog‘liq bo‘lmaydi, lekin to‘qimalarning kislorod bilan ta’minlanishiga
hamda uning ko‘proq iste’mol qilinishiga yordam berishi lozim. O‘rtacha kuchlanishli yuklar bilan
yigirma minutdan kun ora yoki hech bo‘lmasa haftasiga uch marta shug‘ullansa, aerob mashqlarning
istalgan turi yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi. Aerob mashqlarga piyoda yurish yoki sayrlarni,
yugurish, joyida turib yugurish, suzish, konkida uchish, zinapoyada ko‘tarilish, eshkak eshish,
skeytbordda, rolikli konkida uchish, raqs tushish, basketbol, tennis kiritiladi. Ko‘rib turganingizdek,
bu mashqlarning barchasi hech qanday maxsus jismoniy malakalarni talab etmaydi. Ularning hammasi
72
o‘ziga xos, shug‘ullanuvchi uchun qiziqarli shaklda bajariladi. Tabiiyki, bu ham jismoniy tarbiya bilan
shug‘ullanish uchun zarur. Demak, to‘laqoli sog‘lom turmush tarzini yuritish uchun qo‘shimcha omil
bo‘ladi.
Jismoniy
mashg‘ulotlar
jarayonida
mushak-bo‘g‘im
apparati
muvaffaqiyatli
mustahkamlanishi, tana vaznining kamayishi, yog‘lar almashinuvi yaxshilanshi, qon zardobida
xolesterin kamayishi, arterial qon bosimining darajasi me’yorga tushishi, markaziy asab tizimining
yaxshilanishi, kuchli chiniqish ta’siri yuzaga kelishi, organizmning turli ekstremal ta’sirlarga
chidamliligi mustahkamlanishi isbotlangan, ya’ni jismoniy mashqlarning ta’siri organizmning amalda
barcha a’zolari va tizimlarining ishida namoyon bo‘ladi, lekin ularning yurak-qon tomir tizimiga
bo‘lgan ta’siri eng muhimdir. Yaxshi jismoniy holatda bo‘lish quyidagi tarkibiy qismlaridan tashkil
topadi:
1) Chidamlilik – uni sog‘lom yurak ta’minlaydi. Yurak uchun eng yaxshi mashqlar – organizm
eng ko‘p kislorod iste’mol qiladigan mashqlardir. Piyoda yurish, yugurish, velosipedda yurish, suzish,
aerobika organizmning chidamliligini oshiradi.
2) Epchillik – yaxshi jismoniy holatda bo‘lgan inson o‘z harakatlarini muvozanatlashtira olishi
va tez reaksiyaga ega bo‘lishi lozim.
3) Mushak kuchi –kuchli mushaklar qomatni jozibali qiladi. Kuchni oshirishga qaratilgan
mashqlarda organizmga qo‘shimcha kislorod talab etilmaydi.
4) Mushak chidamliligi – takrorlanuvchi harakatlar mushaklarni charchamay, intensiv
ishlashga o‘rgatadi.
5) Egiluvchanlik – kuchli sog‘lom va elastik mushaklar har qanday yoshda, ayniqsa keksa
yoshida harakatchanlikni saqlab qolishga imkon beradi. Egiluvchanlikni gimnastika, badminton,
raqslar, chang‘ida uchish va hokazolar rivojlantiradi.
Mazkur omillarga rioya etish organizmning salomatligini ta’minlashga asos bo‘ladi. Salomatlik
belgilari eng avvalo bu insonning jismoniy salomatligi ko‘rsatkichlari: yoshi, vazni, tomir urishi, qon
bosimi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, qo‘l kafti hamda barmoq muskullari kuchi va shu kabilarda namoyon
bo‘lishini, shuningdek, insonning ruhiy va axloqiy salomatlik belgilari va me’yorlari (xulqi, zararli
odatlari va shu kabilar) sanaladi.
Salomatlik odam organizmining tashqi muhitning mutassil o‘zgarib turadigan sharoitlariga
moslashish xususiyatidir. Tashqi muhit iqlim omillari va sharoiti mehnat va dam olishni to‘g‘ri tashkil
etish, ovqatlanish ratsioni, ijtimoiy muhit kabilarni o‘z ichiga oladi. Yoshlar sog‘lom turmush tarzi
omillariga ko‘nikma asosida amal qilishi, zararli tasir ko‘rsatuvchi omillardan ongli ravishda
himoyalanishi shaxsiy va tibbiy salomatlikni taminlashga asos bo‘lib, odam organizmining aqliy,
ruhiy, jismoniy holatlari faoliyatining muvozanatlashgan birligi sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 30 iyunda
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV-qurultoyida so‘zlagan nutqi. – Toshkent, 30.06.2017.
2. Shopo‘latov.A.N. Jismoniy tarbiya va sport orqali uyushmagan yoshlarning faolligini
oshirish yo‘llari./ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti. Uyushmagan yoshlar bilan ishlash
bo‘yicha ilmiy - amaliy Konferensiya to‘plami. – Toshkent, 2017. – B. 23.
3. Sharipova D, Toirova M., Muhamedova S. Agar bolam sog‘lom bo‘lsin desangiz. – T.: - Ilm
ziyo, 2006. – 80 b.
4. Taylakov N.I. Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil
o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik vositalari va texnologiyalari. IIItom. Monografiya
/N.I.Taylakov. – Toshkent: “Navro‘z” nashriyoti, 2019 yil. – 320 b.
