211
9.
Ильин Е.П. Психология творчества, креативности, одаренности. http://www.litres.ru.
ISBN 978-5-49807-239-5: - Питер, СПб.: 2009.-434 c.
10.
Jumaniyozova, M. 2022. O`qituvchining kasbiy kreativligi va uni rivojlantirish usullari.
(2022).
11.
Jumaniyozova, M. (2023). CREATIVE COMPETENCE OF THE TEACHER AND ITS
STRUCTURE. August 10, 2023 | Pages: 100-103.
12.
Gordon W.I. Synectics: the development of creative imagination. – New-York, Harper and
Row, 2001. – 180 pg.
13.
Garnett,
F.
Heutagogy,
Emergent,
Ambient.
November
18,
2010:
https://blog.bitobe.ru/article/khyutagogika-evtagogika/.
TA’LIMDA PSIXOLOGIK MODELLASHTIRISH
Psixol. f.n., dots. Soginov Nurmat Abdusamatovich
O’zbekiston Jurnalistika va axborot
kommunikatsiyalar universiteti,
n soginov @ mail.ru.
Annotatsiya
: Maqolada gap oily o’quv yurtlarida oily ma’lumotli mutaxassis kadrlarni
tayyorlashda psixologik odellashtirishdan foydalanish, modellashtirish bosqichlari, usullari,
imkoniyatlari haqida boradi. Unda muallif muhokama qilinayotgan masalaning naqadar dolzarb
ekanligini ko’rsatib o’tgan.
Kalit so‘zlar
: Modellashtirish, model’, modellashtirish klassifikatsiyasi, modellashtirish metodi,
imkoniyatlari.
“Ilm-fanda xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladigan o’z yo’limizni topmasak, ertaga yoshlarimiz bizni
kechirmaydi. Iqtisodimiz qachon barqaror bo’ladi? Fanni rivojlantirsak. Ilm-o’z-o’zidan bo’lmaydi,
unga mashaqqatli mehnat, davlat miqyosida e’tibor kerak”.
Шавкат Мирзиёев [1, 1]
Gap modellashtirish haqida borganda aytish joizki, aynan shu “modellashtirish” tushunchasi turli
kasb, fan vakillari tomonidan turlicha talqin qilinishi (izihlanishi) ham mumkin. Bu tabiiy, chunki,
hatto psixologiyada, psixikaga ta’rif berilar ekan: “ob’ektiv voqelikning sub’ktiv aks ettirilish” deb
izoh beriladi. Sub’ektiv, ya’ni har bir kasb, har bir soha vakili, voqelikdagi u yoki bu hodisani o’z
kasbi, sohasi nuqtai nazaridan aks ettirib, unga o’ziga xos izoh berishi tabiiy, shunday bo’lishi ham
kerak. Chunki bu kasb, burch, vazifa taqozosi.
“Model” tushunchasi ko’p ma’noli bo’lganligi tufayli modellashtirish turlarining yagona
klassifikatsiyasi
mavjud
emas.
Shuning
uchun
ham,
klassifikatsiyani
modellarning,
modellashtirilayotgan ob’ektlarning xarakteri, modellashtirish lozim bo’lgan sohalar, jabhalar, jihatlar
bo’yicha (texnikada, fizikada, kibernetikada va sh.k.) kassifikatsiyalash mumkin.
Maxsus adabiyotlarda [4,5,6,8,10] psixologik modellashtirish jarayonlari uch element, bosqichga
farqlab beriladi. Bular: - sub’ekt (tadqiqotchi), - tadqiqot ob’ekti, - bilayotgan sub’ekt va bilinayotgan
ob’ekt munosabatlarini belgilovchi (aks ettiruvchi).
Birinchi bosqichda
original ob’ekt haqida ayrim
ma’lumotlarning bo’lishi taqozo qilinadi. Model original-ob’ektning qandaydir muhim jihatini aks
ettirishi bilan shartlanadi. Original va model zarur va eterli darajada o’xshash, mos bo’lishligi,
muayyan tahlilni talab qiladi. Har qanday model originalning faqat qat’iy chegaralangan
mazmunidagina o’rinli bo’ladi.
Ikkinchi bosqich
, model mustaqil tadqiqot ob’ekti sifatida namoyon
bo’lishi kerak. Bunday tadqiqotlarning shakllaridan biri “model” tajribalar (eksperimentlar)
o’tkazishdir.
Uchinchi bosqichda
, bilimlarni modeldan originalga ko’chirib o’tkazish, yoki bir
vaqtning o’zida model “tilidan” original “tiliga” o’tish amalga oshiriladi. Albatta bular fanning asossiy
qoidalari, tamoyillari asosida amalga oshirilishi shart.
To’rtinchi bosqich
, model yordamida olingan
212
bilimlar (ma’lumotlar) amalda tekshirililadi va ulardan ob’ektning umumiy nazariyasini tuzish, uni
o’zgartirish yoki boshqarishda (shaxsga psixologik xizmat ko’rsatishda) foydalanish.
Modellashtirish – bu tsiklik jarayon. Uning dastlabki tsiklida kuzatilgan, ob’ekt haqidagi hato-
kamchiliklar navbatdagi tsikllarda tuzatilib (to’ldirilib) borilishi mumkin.
Psixologiya fanining murakkab ekanligini va fanning o’rganish ob’ekti bo’lmish odamning –
eng
murakkab bilish ob’ekti
ekanligini, bunda modellashtirishning naqadar murakkab ekanligida bilish
mumkin. Chunki, samolyot, atom yoki shaharning modelini tuzishda, geometric shakl, fizik o’zaro
munosabatlar, lanshaftni to’g’ri ifodalay bilish kerak. Bizning nazarimizda bularni amalga oshirish
(agar, modelchi fan tushunchalari haqida etarlicha boxabar bo’lsa) u qadar murakkablik turdirmasligi
ehtimol. Lekin, gap odam haqida, uning oilasi, ijtimoiy muhiti haqida borganda bunday xulosa qilish
o’zini oqlamasligi mumkin. Xalqimizda: “Etti o’lchab - bir kes!”-degan naql bor. Biz bubga: “Etmish
etti marta o’lchab, biron nima deyishdan (qilishdan) oldin yana o’ylab ko’r!”-deb tuzatish kiritishni
taklif qilgan bo’lardik. Buning uchun, shaxsning ham individual-psixologik xususiyatlarini, ham uning
ijtimoiylashuvi jarayonlarini, ham hayotiy yo’li, modellashtirish xususiyatlari, bosqichlari,
klassifikatsiyasi kabi omillarni inobatga olish lozimki, bularsiz modellashtirish sifati, uning foydasi
haqida gap bo’lishi ham mumkin emas.
Ma’lumki, modellashtirish, modellar klassifikatsiyalanar ekan turli jihatlarga ko’ra, ya’ni:
foydalanish maqsadiga; qo’llanish sohasiga; vaqt omilining hisobga olinishiga; tizimga ta’sir etishning
mavjudligiga; taqdim etish usuliga; bilimlar sohasiga ko’ra farqlanadi. Uning turlari: moddiy; Ideal;
belgili; matematik turlarga farqlanadi.
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ilm-fan va innovatsiya 2024” mavzusida
o’tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman sho’balaridan biri “
Ta’limda pedagogik faoliyatni
psixologik modellashtirish
” – deb atalgan ekan, shuning o’ziyoq muhokama qilinayotgan masalaning
naqadar dolzarb ekanligiga bo’lgan e’tibordan darak. Biz oliy o’quv yurtlarida turli soha va
yo’nalishlar bo’yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlab berar ekanmiz, 4 – 5 yildayoq barcha talablarga
to’la javob bera oladigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlab bera olmaymiz. Chunki kadr tayyorlash
masalasi tezda hal bo’ladigan oson ish emas. Tayyor kadr osmondan tushmaydi, uni yillar davomida:
– avvalo tanlab olish, – tayyorlash va – joy-joyiga qo’yish kerak bo’ladi. Bu ish bitta universitet,
muassasaningina ishi emas, bu jarayonga butun tizimni jalb qilish kerak. Ta’limning samaradorligi,
avvalo, shu ta’lim olayotgan sub’ektning o’ziga, uning motiviga, motivatsion jihatlariga bog’lik.
Shunday ekan, uning o’zi ham bu borada, unga berilayotgan ma’lumotlarni, ta’limni shunchaki
o’zlashtiribgina qoluvchi, ta’lim-tarbiya jarayonlarining passiv ishtirokchisi bo’libgina qolmay, balki
uning faol ishtirokchisi bo’lishi, o’z ustida mustaqil ishlay bilishi ham kerak. Uning o’zi ham o’z
ustida ishlashi, o’zini-o’zi tarbiyalashi, o’zini-o’zi takomillashtirishi kerak. Bu nafaqat bugungi
kunlarimizda yuzaga kelgan zarurat, balki bu taraqqiyot zaruratidir. Chunki, aynan shu zarurat tufayli
insoniyat o’z taraqqiyotiga, tsivilizatsiyasiga erishgan.
Shunday ekan, biz yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda, ularni u yoki bu sohada mutaxassis kadr
bo’lib etishishi uchun, ularga zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratib berishimiz kerak. Bunda ularga
beriladigan ta’lim-tarbiya “modeli”ni berishimiz kerak. Bu kerakli narsalar haqida ko’p va ho’p
gapirilgan, gapiraverish mumkin.
Demak, talabalarga qanday ta’lim berishdan qat’iy nazar, avvalo ularga berilayotgan
ma’lumotlarni modellashtirish, ya’ni o’rganilayotgan, o’zlashtirilayotgan ma’lumotlar o’tmishda
qanday bo’lganligi va kelajakda nimalar bo’lishi ehtimolligidan kelib chiqqan holda bir modelga, ya’ni
ularni idrok qilishlariga osonroq, samaraliroq bo’lishiga erishishimiz lozim. Buning uchun, har bir fan
yoki mavzu bo’yicha berilayotgan tayanch tushunchalarni ham mafkura, ham tarix, ham falsafa
chig’irig’idan o’tkazib (ularga qiyosan), bu ma’lumotlar, bu ta’limotlarning yuzaga kelishi va
rivojlanishida o’tmish mutafakkirlarimiz, ajdodlarimiz qo’shgan hissalari haqidagi ma’lumotlarni
berish kabilar bilan bog’lagan holda modellashtirish kerak. Ya’ni, fan va mavzu doirasida berilayotgan
materiallarni (modelni) mafkuraviy, falsafiy, tarixiy manbalarga, milliy qadriyatlarimizda (originalda)
qanday aks ettirilganligiga o’xshashlik jihatlariga urg’u berib, imkon qadar ularni milliy mafkuramiz,
milliy mentalitetimizga borlagan holda bersak, ularda zarur milliy g’urur, milliy tuyguni shakllantira
213
olsakkina, ta’lim-tarbiyada kutilgan natijaga erishishimiz mumkin. Aks holda barcha say-
harakatlarimiz zoye ketishi ehtimol.
Yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda, jumladan psixologiya fanlari bo’yicha ma’lumotlarni
berishda, fan ta’limotlari, fan tushunchalarini yoritib o’tishda modellashtirishdan foydalanishda biz,
fan o’qituvchilari u qadar nochor (qashshoq, ojiz) emasmiz. O’tmish ajdodlarimizdan, milliy
qadriyatlarimizdan shunday boy ilmiy-ma’naviy meroslar qolganki, ularni bugungi yoshlarimizga
modellashtirilgan holda etkazishda, Biz boshqa millat, yurt vakillari, hamkasblarimiz oldida
ojizligimiz, uyalib qoladigan joyimiz yo’q [11]. O’zbek xalq og’zaki ijodiyoti namunalari, doston,
ertaklar, ming yillar chig’irig’idan o’tgan asotirlarlarimizda [3,5,7,9] bayon etilganlarni modellashtirib,
ya’ni ularni model tuzishni birinchi bosqichida: model original-ob’ektning qandaydir muhim jihatini
aks ettirish (qayta tiklashi, imitatsiya qilishi) bilan shartlab ham, ikkinchi bosqichdagidek, model
yaratishda tajribalarga asoslanish kabi masalalarda etarlicha o’tmish ajdodlarimiz tajribalari mavjud.
Agar, model yaratishda shu ikki bosqich bo’lsa, navbatdagi bosqichlar (tsikllar)ning davom etishi oson
kechadi. Bunday imkoniyatlarga ega ekanligimiz bilan har qahcha fahrlansak arziydi. Hozirgi vaqtda
odam faoliyatining biron bir sohasida modellashtirishdan foydalanilmayotganligini ko’rsatish qiyin.
Istiqbolda har bir tizim o’zi uchun o’zining modelini tuzishi mumkin. Har bir texnik yoki tashkiliy
loyihani ro’yobga chiqarishdan oldin uni modellashtirish amalga oshiriladi. Shunday ekan, ta’limni
psixologik modellashtirishda ham orqada qolmaslik kerak.
ADABIYOTLAR:
1.
Мирзиёев Ш.М. Илм-фан ривожи тараққиётга, бунёдкорлик фаровонликка хизмат
қилади. //Халқ сўзи. № 149. 2018 йил 21 июль.
2.
Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг
олий саодатдир /И.А.Каримов; – Тошкент: “O'zbekiston” НМИУ, 2015.
3.
Беруний Абу Райхон. Ҳиндистон. Танланган асарлар. 2-жилд. –Тошкент, 1963.
4.
Глинский Б. А. Моделирование как метод научного исследования. –М., 1965.
5.
Грин Р. 48 законов власти. - Пер. с англ. Е.Я.Мигуновой. – М.:РИПОЛ КЛАССИК, 2002.
6.
Забродин Ю.М. “Модель личности” в психодиагностике; для практических психологов.
Кн.1. – М.,1994.
7.
Низомулмулк. Сиёсатнома ёки сияр ул – мулук. – Тошкент.:Адолат, 1997.
8.
Jumaniyozova, M. (2022). METHODS OF DETERMINING THE INTEGRATIVE
CREATIVITY OF SOCIO-HUMANITARIAN TEACHERS.
9.
Самарский А.А., Михайлов А. П. Математическое моделирование: Идеи. Методы.
Примеры. – М.: Наука, 1997.
10.
To’raev B. Abu Rayhon Beruniy. – T.:Tafakkur, 2015.
11.
Таранов П.С. Приемы влияния на людей. –М.:“ФАИР-РRЕСС”,2003.
12.
Турсун А.М. Зукколар китоби. –Т.: “Муҳаррир”, 2010.
EFFECTIVE USE OF MODERN TECHNOLOGY IN THE DEVELOPMENT OF
PEDAGOGY
Shakir Mamatalievich Urishov
TDSHU (Tashkent State University of Oriental Studies)
Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor.
Abstract:
The advancement of modern pedagogical technologies has had a profound impact on
the field of pedagogy, transforming traditional teaching methods and creating exciting new possibilities
for educators and learners alike. This article explores the role of these technologies in facilitating the
development of the science of pedagogy. It discusses the benefits, challenges, and future prospects of
integrating technology into educational practices, showcasing the potential to enhance learning
