Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishning o`ziga xos xususiyatlari

Abstract

Mazkur maqolada alohida ta’lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta’lim bcrishning o'ziga xos xususiyatlari o’rganilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
CC BY f
43-45
680

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Kulmatov, B. (2024). Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishning o`ziga xos xususiyatlari . Наука и инновации, 1(1), 43–45. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ilm-fan-va-innovatsiya/article/view/32702
B Kulmatov, Uzbek State University of World Languages
"dekani" in English is "dean".
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada alohida ta’lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta’lim bcrishning o'ziga xos xususiyatlari o’rganilgan.


background image

43

8.Paulston, C. B. 1997. ―Introduction.‖ In: C. B. Paulston and G. R. Tucker (eds,). The early days of

sociolinguistics: memories and reflections, pp. 3- 9. Dallas, TX: Summer Institute of Linguistics.
9.Sociolinguistics, 1997 ISBN : 978-0-333-61180-7 Dell Hymes
10.Milroy J. William Labov, Principles of linguistic change. Volume I: Internal factors (Language in

Society 20). Oxford: Blackwell, 1994. Pp. xix + 641. Journal of Linguistics. 1995;31(2):435-
439. doi:10.1017/S0022226700015693

11.Zentella, A. C. 1997. Growing up bilingual: Puerto Rican children in New York. Oxford: Blackwell.

ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARGA TA’LIM BERISHNING

O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Kulmatov B.G.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dekani

Anotatsiya.

Mazkur maqolada alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishning

o`ziga xos xususiyatlari o`rganilgan.

Kalit so`zlar:

nоgirоnlik,

invаlidlik, kаsаllik, shikаstlаnish, mаyib-mаjruhlik, ijtimоiy yоrdаm,

himоyаgа muhtоj shаxs.

Inklyuziv ta’lim tizimiga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’limi muassasalari kiradi.

Uning maqsadi alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini inobatga olgan
holda bolalarni o‘qitish va o‘qitishda to‘siqsiz muhit yaratishdir. Ushbu chora-tadbirlar majmuasi
ta’lim muassasalarining texnik jihozlanishini hamda o‘qituvchilar va boshqa talabalar uchun ularning
nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus o‘quv
kurslarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. О‘zbekiston respublikasi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan

2021 yil 12-oktabrdagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid
normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi

638

-son qaror qabul qilindi. Mazkur

hujjat 13.10.2020 yildagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4860-son qarorga muvofiq ishlab
chiqilgan.

2020-2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasida alohida

ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha bir
qator vazifalar belgilandi. Mazkur vazifalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan “Inklyuziv ta’lim.
Gospital pedagogika” fani 2024-2025 o`quv yilidan “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” ta’lim
yo‘nalishi talabalari uchun o`qitilishi o`quv rejaga kiritildi. Mazkur fan
talabalarda imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim muhitida ta’lim-tarbiya berishning kasbiy
kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Fanni o‘qitish jarayonida quyidagilarni
shaklalntirishga yo‘naltirilgan:

talabalarda inklyuziv ta’lim ijtimoiy va ta’limiy siyosatning yangi hodisasi sifatidagi nazariy

g‘oyalarni ishlab chiqish;

inklyuziv ta’lim sharoitida alohida ehtiyojlarga ega bolalarni psixologik qo‘llab-quvvatlashning

ijobiy xorijiy tajribasini tahlil qilish;

inklyuziya jarayonida alohida ehtiyojlarga ega bolalarni qulay ta’limiy muhitini tashkil etish,

inklyuziv ta’lim sharoitida ta’limiy-tarbiyaviy va korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni rejalashtirish va
tashkil etish, inklyuziv ta’lim sharoitida ta’limiy-tarbiyaviy va korreksion-rivojlantiruvchi ishlarning
yo‘llari, usullari, vositalari va mazmunini tanlash va uni asoslash;

inklyuziv ta’limning aniq pedagogik muammolarini hal qilishda pedagogik hodisani tavsiflash,

izohlash, prognozlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

talabalarda insonparvarlikka yo‘naltirilgan professional dunyoqarashni, alohida ehtiyojlarga ega

bolalar muammolarini tushunish va qabul qilishni shakllantirish; alohida ehtiyojlarga ega bolalar bilan
ishlashga shaxsiy tayyorgarligini va ularga pedagogik yordami ko‘rsatish uchun bilim olish.

“Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika” fani 4 ta modulga quyidagicha ajratilgan:
I-modul. Inklyuziv ta’limning metodologik va nazariy asoslari;


background image

44

II-modul. Inkyuziv ta’lim texnologiyalari;
III-modul. Alohida ehtiyojlarga ega o‘quvchilar inklyuziv ta’limining xususiyatlari;
IV-modul. Gospital pedagogika asoslari.
“Inklyuziv ta’limning metodologik va nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi modulda

inklyuziv ta’lim mazmuni va mohiyati, inklyuziv ta’limning uslubiy asoslari, inklyuziv ta’limning
psixologik-pedagogik va tashkiliy shartlari о‘rganilgan.

“Inkyuziv ta’lim texnologiyalari” deb nomlangan ikkinchi modulda ta’limning universal dizayni

va individual ta’limiy reja, ta’lim tashkilotlarida alohida yordamga muhtoj bolalarni ta’lim olishini
qo‘llab-quvvatlash texnologiyalari yoritilgan.

“Alohida ehtiyojlarga ega o‘quvchilar inklyuziv ta’limining xususiyatlari” deb nomlangan

uchinchi modulda o‘quvchilar va sinfdagi xilma-xillik, ta’limiy tashkilotda inklyuziv muhitni
loyihalash, Individual ta’limiy marshrut: tuzish tamonlari, mutaxassisliklararo jamoa tahlil etilgan.

“Gospital pedagogika asoslari” deb nomlangan tо‘rtinchi modulda gospital pedagogika –

inklyuziyani ajralmas qismi sifatida, horijiy mamlakatlarda gospital pedagogika an’analari va
xususiyatlari, tibbiyot muassasalari statsionarlarida uzoq muddatli davolanayotgan bolalar uchun
ta’lim muhitini yaratish, tibbiyot shifoxonalarida uzoq muddatli davolanayotgan bolalarning ta’lim
olish imkoniyatlarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash bayon etilgan.

“Inklyuziv ta’lim mazmuni va mohiyati” nomli mavzuda inklyuziv ta’limni haqida umumiy

ma’lumot, nogironlik ta’rifi, nogironlik modellari, nogironlikning tibbiy modeli, nogironlikning
ijtimoiy modeli, inklyuziv ta’limda qiyinchiliklar va yondashuvlar, inklyuziv ta’limni
rivojlantirishning shartlari, inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash 7 ustuni, alohida ehtiyojlarga ega va
bunday qiyinchiliklarga ega bo‘lmagan bolalarning shaxs xususiyatlari va kognitiv rivojlanishi uchun
integratsiya tizimining afzalliklari, inklyuziv ta’limni pedagogik amaliyotga joriy etishning dolzarbligi
yoritilgan.

“Inklyuziv ta’limning uslubiy asoslari” nomli mavzuda inklyuziv ta’lim konsepsiyalari, ta’lim

va tarbiya nazariyalari, inklyuziv ta’lim tamoyillari, tizimli, aksiologik, antropologik, sinergetik,
shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga asoslangan, kompetentsiyaga asoslangan yondashuvlar – ijtimoiy va
ta’limiy inklyuziyasining nazariy va uslubiy asoslari sifatida, inklyuziv ta’limni tashkil etish
metodologiyasining fanlararo xususiyati o‘rganilgan.

“Inklyuziv ta’limning psixologik-pedagogik va tashkiliy shartlari” nomli mavzuda inklyuziv

ta’limning psixologik-pedagogik shartlari, inklyuziv ta’limning tashkiliy shartlari, differentsial ta’lim
tushunchasi va mohiyati, Inklyuziv va tabaqalashtirilgan ta’limning qiyosiy tavsiflari yoritilgan.

“Ta’limning universal dizayni va individual ta’limiy reja” nomli mavzuda ta’limning universal

dizayni, ta’limning universal dizaynining asosiy tamoyillari, differensial ko‘rsatmalar tushunchasi,
individual ta’lim dasturi tushunchasi, individual ta’limiy marshrut tushunchasi, har bir alohida holat
uchun individual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish zarurati tahlil etilgan.

“Ta’lim tashkilotlarida alohida yordamga muhtoj bolalarni ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash

texnologiyalari” nomli mavzuda o‘quv materialini moslashtirish va modifikasiyalash texnologiyasi,
bosqichma-bosqich qo‘shish texnologiyasi, maxsus ehtiyojlarga ega bolalarni ta’limiy muassasalarda
psixologik-pedagogik qo‘llab quvvatlash texnologiyasi, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab,
o‘rta maxsus va oliy ta’limda inkyuziv ta’lim texnologiyalari, inkyuziv muhitda mashg‘ulot/dars
tuzilishi to‘g‘risida ma’lumotlar yoritilgan.

“O‘quvchilar va sinfdagi xilma-xillik” nomli mavzuda o‘quvchilar va ular tomonidan ta’limiy

materialni o‘zlashtirish usullari, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar toifalari, ta’limdagi
qiyinchiliklar va ta’lim olish qobiliyatining buzilishi o‘rtasidagi farqlash, ta’limdagi qiyinchiliklarning
asosiy shakllari bayon etilgan.

“Ta’limiy tashkilotda inklyuziv muhitni loyihalash” nomli mavzuda alohida yordamga muhtoj

bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotida korreksion dasturini ishlab chiqish algoritmi, inklyuziv
talimiy muhitni yaratishda pedagogolar jamoasining faoliyat mazmuni, inklyuziv talimiy muhitni
yaratishda ota-onaning ishtiroki, tarmoqli shakllar inklyuziv talimiy muhitni yaratish manbalari sifatida
o‘rganilgan.


background image

45

“Individual ta’limiy marshrut: tuzish tamonlari, mutaxassisliklararo jamoa” nomli mavzuda

individual ta’lim yo‘nalishini ishlab chiqish tamoyillari: determinizm, onglilik, yetakchi faoliyatni
inobatga olish, ta’limning ijtimoiy moslashuv yo‘nalishi, diagnostika va korreksiyaning birligi;
bolaning rivojlanishini muntazam bosqichma-bosqich diagnostika qilish; pedagogik, psixologik va
reabilitatsiya texnologiyalarini individual tanlash; vazifalarni amalga oshirishda mutaxassislar
jamoasining birligi; individual ta’limiy marshrutni tizimli kuzatish va o‘zgartirishlar kiritish. individual
ta’limiy marshrutni ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlari yoritilgan.

“Gospital pedagogika – inklyuziyani ajralmas qismi sifatida” nomli mavzuda gospital

pedagogika tushunchasi, maqsadi va vazifalari, gospital pedagogikaning asos tushunchalari va
tamoillari, uzoq muddatli davolanish chora-tadbirlariga muhtoj bolalar va o‘smirlarning huquqlari va
ta’limga bo‘lgan ehtiyojlari, gospital maktablar – shifoxona va maktab o‘rtasidagi ko‘prik sifatida tahlil
etilgan.

“Horijiy mamlakatlarda gospital pedagogika an’analari va xususiyatlari” nomli mavzuda Buyuk

Britaniya, AQSH, Finlyandiya, Germaniya va Gresiya milliy ta’lim tizimlari tarkibidagi gospital
maktablar, ularda o‘quvchi haqidagi tasavvurlar, ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari,
yaratiluvchi infrastruktura hususiyatlari,. Evropa gospital pedagoglar uyushmasi (Hospital
Organisation of Pedagogues in Europe (HOPE)) tashkil etilish tarihi va faoliyati qiyosiy yoritilgan.

“Tibbiyot muassasalari statsionarlarida uzoq muddatli davolanayotgan bolalar uchun ta’lim

muhitini yaratish” nomli mavzuda tibbiyot muassasalarida uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarni
o‘qitishning asosiy ta’limiy omillari, tibbiyot muassasalari statsionarlarida uzoq muddatli
davolanayotgan bolalar uchun ta’lim muhit komponentlari va ularni tashkil etish hususiyatlari, tibbiyot
muassasalarida uzoq muddat davolanayotgan bolalarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari, tibbiyot
muassasalari statsionarlarida uzoq muddatli davolanayotgan bolalar bilan ishlashda pedagogik
faoliyatni individuallashtirish yo‘llari o‘rganilgan.

“Tibbiyot shifoxonalarida uzoq muddatli davolanayotgan bolalarning ta’lim olish

imkoniyatlarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash” nomli mavzuda tibbiyot shifoxonalarida uzoq muddatli
davolanayotgan bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash shakllari va
usullari. gospital maktabdagi tutor kasbiy faoliyati xususiyatlari, tibbiyot muassasalarida uzoq
muddatli davolanayotgan bolalarning ota-onalarini bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va
qo‘llab quvvatlash masalalari yoritilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1.

Ногиронлик. Электрон ресурс:

Ногиронлик - Бу нима? - Онлайн Тиббий

Энциклопедия MedLife.Uz.

2.

Ногиронлик моделларининг тўқнашуви ёхуд атамалар – янги ғоялар элчиси. Электрон

ресурс: https://exussrinvalids.files.wordpress.com/2016/12.

ZAMONAVIY TA’LIMDA EKOPEDAGOGIKANING DOLZARB MUAMMOLARI

VA UNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARIb.f.d., dots. Mamaraximov Oybek

Muratovich

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston,

oybekmamaraximov74@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada ta’limdagi islohotlar va uning modernizatsiyalashuvi professor-

o‘qituvchilardan oliy ta’lim jarayonini tashkil etishda talabalarni ekopedagogik fikrlashga o‘rgatishga
innovatsion, tizimli, tashabbuskor, ijodiy yondashuvlarni talab etishi ta’kidlab o‘tilgan. Shuningdek,
talabalarning ekologik kompetensiyalarni izchil rivojlantirib borishini ta’minlash, ularda ekologik
kompetentlikni rivojlantirishga tizimli yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

talabalar, ta’lim, ekologiya, kompetensiya, rivojlantirish, tizimli yondashuv.

References

Ногиронлик. Электрон ресурс: Ногиронлик - Бу нима? - Онлайн Тиббий Энциклопедия McdLifc.Uz.

Ногиронлик модслларининг туқнашуви ёхуд атамалар - янги ғоялар элчиси. Электрон ресурс: https://exussrinvalids.riles.wordpress.com/2016/12.