Zamonaviy ta’limda ekopedagogikaning dolzarb muammolari va uni rivojlantirish imkoniyatlari

Annotasiya

Maqolada ta’limdagi islohotlar va uning modemizatsiyalashuvi professor-o‘qituvchilardan oliy ta’lim jarayonini tashkil etishda talabalami ekopedagogik fikrlashga o’rgatishga innovatsion, tizimli, tashabbuskor, ijodiy yondashuvlami talab etishi ta’kidlab o'tilgan. Shuningdek, talabalaming ekologik kompetensiyalarni izchil rivojlantirib borishini ta’minlash, ularda ekologik kompetentlikni rivojlantirishga tizimli yondashuvning o’ziga xos xususiyatlari yoritilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
45-48
92

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mamaraximov, O. (2024). Zamonaviy ta’limda ekopedagogikaning dolzarb muammolari va uni rivojlantirish imkoniyatlari. Ilm-Fan Va Innovatsiya, 1(1), 45–48. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ilm-fan-va-innovatsiya/article/view/32703
Oybek Mamaraximov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
b.f.d., dots.
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada ta’limdagi islohotlar va uning modemizatsiyalashuvi professor-o‘qituvchilardan oliy ta’lim jarayonini tashkil etishda talabalami ekopedagogik fikrlashga o’rgatishga innovatsion, tizimli, tashabbuskor, ijodiy yondashuvlami talab etishi ta’kidlab o'tilgan. Shuningdek, talabalaming ekologik kompetensiyalarni izchil rivojlantirib borishini ta’minlash, ularda ekologik kompetentlikni rivojlantirishga tizimli yondashuvning o’ziga xos xususiyatlari yoritilgan.


background image

45

“Individual ta’limiy marshrut: tuzish tamonlari, mutaxassisliklararo jamoa” nomli mavzuda

individual ta’lim yo‘nalishini ishlab chiqish tamoyillari: determinizm, onglilik, yetakchi faoliyatni
inobatga olish, ta’limning ijtimoiy moslashuv yo‘nalishi, diagnostika va korreksiyaning birligi;
bolaning rivojlanishini muntazam bosqichma-bosqich diagnostika qilish; pedagogik, psixologik va
reabilitatsiya texnologiyalarini individual tanlash; vazifalarni amalga oshirishda mutaxassislar
jamoasining birligi; individual ta’limiy marshrutni tizimli kuzatish va o‘zgartirishlar kiritish. individual
ta’limiy marshrutni ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlari yoritilgan.

“Gospital pedagogika – inklyuziyani ajralmas qismi sifatida” nomli mavzuda gospital

pedagogika tushunchasi, maqsadi va vazifalari, gospital pedagogikaning asos tushunchalari va
tamoillari, uzoq muddatli davolanish chora-tadbirlariga muhtoj bolalar va o‘smirlarning huquqlari va
ta’limga bo‘lgan ehtiyojlari, gospital maktablar – shifoxona va maktab o‘rtasidagi ko‘prik sifatida tahlil
etilgan.

“Horijiy mamlakatlarda gospital pedagogika an’analari va xususiyatlari” nomli mavzuda Buyuk

Britaniya, AQSH, Finlyandiya, Germaniya va Gresiya milliy ta’lim tizimlari tarkibidagi gospital
maktablar, ularda o‘quvchi haqidagi tasavvurlar, ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari,
yaratiluvchi infrastruktura hususiyatlari,. Evropa gospital pedagoglar uyushmasi (Hospital
Organisation of Pedagogues in Europe (HOPE)) tashkil etilish tarihi va faoliyati qiyosiy yoritilgan.

“Tibbiyot muassasalari statsionarlarida uzoq muddatli davolanayotgan bolalar uchun ta’lim

muhitini yaratish” nomli mavzuda tibbiyot muassasalarida uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarni
o‘qitishning asosiy ta’limiy omillari, tibbiyot muassasalari statsionarlarida uzoq muddatli
davolanayotgan bolalar uchun ta’lim muhit komponentlari va ularni tashkil etish hususiyatlari, tibbiyot
muassasalarida uzoq muddat davolanayotgan bolalarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari, tibbiyot
muassasalari statsionarlarida uzoq muddatli davolanayotgan bolalar bilan ishlashda pedagogik
faoliyatni individuallashtirish yo‘llari o‘rganilgan.

“Tibbiyot shifoxonalarida uzoq muddatli davolanayotgan bolalarning ta’lim olish

imkoniyatlarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash” nomli mavzuda tibbiyot shifoxonalarida uzoq muddatli
davolanayotgan bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash shakllari va
usullari. gospital maktabdagi tutor kasbiy faoliyati xususiyatlari, tibbiyot muassasalarida uzoq
muddatli davolanayotgan bolalarning ota-onalarini bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va
qo‘llab quvvatlash masalalari yoritilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1.

Ногиронлик. Электрон ресурс:

Ногиронлик - Бу нима? - Онлайн Тиббий

Энциклопедия MedLife.Uz.

2.

Ногиронлик моделларининг тўқнашуви ёхуд атамалар – янги ғоялар элчиси. Электрон

ресурс: https://exussrinvalids.files.wordpress.com/2016/12.

ZAMONAVIY TA’LIMDA EKOPEDAGOGIKANING DOLZARB MUAMMOLARI

VA UNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARIb.f.d., dots. Mamaraximov Oybek

Muratovich

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston,

oybekmamaraximov74@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada ta’limdagi islohotlar va uning modernizatsiyalashuvi professor-

o‘qituvchilardan oliy ta’lim jarayonini tashkil etishda talabalarni ekopedagogik fikrlashga o‘rgatishga
innovatsion, tizimli, tashabbuskor, ijodiy yondashuvlarni talab etishi ta’kidlab o‘tilgan. Shuningdek,
talabalarning ekologik kompetensiyalarni izchil rivojlantirib borishini ta’minlash, ularda ekologik
kompetentlikni rivojlantirishga tizimli yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

talabalar, ta’lim, ekologiya, kompetensiya, rivojlantirish, tizimli yondashuv.


background image

46

Oliy ta’limning modernizatsiyalashuvi, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlarga

bo‘lgan talabning muttasil oshib borayotganligi bilan bog‘liqdir. Islohotlar natijalari joriy qilinayotgan
oliy ta’lim tizimida bo‘lajak ekologiya sohasi xodimlarini tayyorlash bo‘g‘ini muhim o‘rin egallaydi.
Oliy ta’lim jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lajak ekologiya sohasi xodimlari ongiga yanada
ko‘proq ta’sir qilayotgan globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlarini o‘quv jarayonidagi ifodasidir.
Globallashuvning oliy ta’lim tizimiga ta’sirini ma’naviy, iqtisodiy, axloqiy jihatlarini bo‘lajak
bakalavrlarga tushuntirish, innovatsion materiallar asosida o‘tkaziladigan ma’ruzalar va amaliy
mashg‘ulotlar natijasida amalga oshirish mumkin. Talaba-yoshlarga internet ma’lumotlaridan ta’lim
jarayonida foydalanishning yangi usullarini tushuntirish lozim. “Mamlakatimizni isloh etish va
demokratlashtirish jarayoni hech qachon ortga qaytmaydigan, qat’iy va izchil tus olgani, odamlarimiz
o‘zgarib, ularning siyosiy va fuqarolik faolligi oshayotgani, ongu tafakkuri yuksalib, yon atrofda
bo‘layotgan barcha voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg‘usi, ertangi kunga ishonchi oshib borayotgani
misolida ko‘rish, anglash qiyin emas” [1].

Oliy ta’lim muassasalarida malakali va mohir pedagoglar tomonidan darslik, o‘quv va uslubiy

qo‘llanmalarning Innovatsion ta’lim texnologiyalar asosida, yangi fikrlar kiritilgan holda
tayyorlanganligiga e’tibor berish lozim. Mutaxassis pedagog oliy ta’limning pedagogika sohasidagi
har bir ma’ruza va amaliyot mashg‘ulotlariga puxta tayyorlanishi, metodik jihatdan aprobatsiyadan
o‘tgan materiallarni darslarda keng qo‘llagan holda o‘tkazilishni talab qiladi. Masalaga bunday
yondashuv hozirgi davrda oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan talabalarning ta’lim olishlari
jarayonida fanlardan atroflicha bilim olganliklarini, oila, maktab, mahalla institutlarining sa’y-
harakatlari tufayli orttirgan bilim saviyasi yuqoriligini qayd etish darkor.

Ekologik ta’limga tizimli yondashuv asosida bo‘lajak ekologiya sohasi xodimlarining ekologik
kompetentligini rivojlantirishda pedagogik faoliyat va nazorat muhitining o‘zaro ta’sirlashuvining
mexanizmlari quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: Bo‘lajak ekologiya sohasi xodimlarida ekologik
kompetentlikni rivojlantirishning asosiy maqsadi davlat buyurtmasi

va

jamiyat

talablariga

muvofiq oliy ta’lim muassasalarida malakali kadrlar tayyorlash; Davlat ta’lim standartlarida
bitiruvchining soha doirasida o‘qituvchilik, tarbiyachilik, o‘quv-metodik, ishlab chiqarish va ilmiy-
tadqiqot vazifalarini amalga oshirishi nazarda tutilgan.

Bo‘lajak ekologiya sohasi xodimlari ekologik kompetentligini rivojlantirishda ta’lim mazmuni,

o‘quv reja, dasturlar, ta’lim shakli, metod, vositalari va darsliklar, elektron axborot ta’lim resurslari
hamda boshqa didaktik materiallar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, laboratoriya jihozlari, ta’lim
texnologiyalari va boshqalardan foydalanish asosida aniqlanadi. Talabalar kelgusida faoliyatini amalga
oshirish, nazariy bilimlar va psixomotorik harakatlar asosida amaliy ko‘nikmalarni real sharoitda
qo‘llash maqsadida malakaviy amaliyot tashkil etiladi. Bunda talabalar ta’lim jarayonida egallangan
ekologiyaga oid kompetensiyalarni namoyon etish; amaliy kasbiy faoliyati jarayonida - ekologik
kompetentlikka ega, malakali kadrlarning tayyorlanganligini aniqlash va tahlil qilib borish uchun
faoliyat monitoringi amalga oshirildi.

Talabalarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishga ta’sir etuvchi obyektiv va subyektiv

omillarining ahamiyati muhim hisobladi. Jumladan, globallashuv tufayli ekologik muammolar
mamlakatimizning qator hududlarida chigallashganligi kuzatilmoqda. Bunday holat ta’lim va tarbiya
sohasi vakillarining zimmasiga ekologik masalalarni hal qilish va uning ilmiy echimini topish
muammosi

bilan shug‘ullanish mas’uliyatini oshirmoqda. “Shu borada ham jismoniy, ham ma’naviy

etuk, o‘z mustaqil fikriga ega, oqni qoradan ajratishga, taraqqiy topgan davlatlardagi tengdoshlari bilan
bellashishga qodir bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash, ularning sog‘ligini asrash, hayotga yo‘llashda
oilaning o‘rnini hech narsa bilan baholab bo‘lmasligini biz yuksak qadrlaymiz” [3].

Ekologik muammolarning ijtimoiy masalalari inson va uning faoliyati natijasida vujudga

kelayotgan ijobiy hamda salbiy jihatlarini bo‘lajak ekologiya sohasi xodimlari ham chuqur tahlil
qilishmoqda. Muammoning dolzarbligi uning bevosita shaxs barkamolligiga erishish, jamiyat
a’zolarining ekologiyaga tolerant munosabatda bo‘lishlari, milliy iqtisodiyotimizning barqaror
taraqqiyotini ta’minlash va mamlakatimizni jahondagi rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishini
ta’minlash strategiyasi bilan bog‘liqdir.


background image

47

Talabalar ekologik kompetentligini rivojlantirishiga ta’sir etuvchi obyektiv va subyektiv

omillar mavjud. Obyektiv omillarga quyidagilarni: megaomillar: kosmos, er shari va planetar
jarayonlar; makroomillar: mamlakat, davlat, xalq, jamiyat, madaniyat; mezoomillar: etnos (millat),
hududiy shart-sharoitlar, shahar va qishloqlar, yashash joyidagi ommaviy aloqa tarmoqlari;
mikroomillar: oila, maktab, do‘stlar, tengqurlar, ta’lim muassasalarini o‘z ichiga oladi.

Subyektiv omillarga talabaning ichiki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari

mazmunini anglashi kiradi.

Bo‘lajak ekologiya sohasi xodimlari tayyorlashda zarur bo‘lgan ekologik ta’lim-tarbiya

vositalaridan samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan tizimli yondashuvni taqozo etadi (1-
rasm).

1-rasm. Talabalar ekologik kompetentligini rivojlantirish

tamoyillari va omillari

Professor-o‘qituvchilarning

faoliyatini

va

talabalarning

ekologik

kompetentligini

rivojlantirishga yo‘naltirilgan bilish faoliyatining xususiyatlarini tamoyillar belgilaydi. Ta’lim
tamoyillari fan o‘qituvchilari va talabalar faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks ettiradi hamda
turli shaklda, mazmunda va turli xil yo‘sinda tashkil etiladigan ta’limning samaradorligini belgilaydi
[5]. Olimlar tamonidan bildirilgan ta’lim tamoyillarining soni va nomi to‘g‘risidagi fikrlari bir – biridan
farq qilsa ham, ularning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlarini tushunish an’anasi asosan bir xildir.
Bo‘lajak ekologiya sohasi xodimlarida ekologik kompetentlikni rivojlantirishda ta’lim tamoyillari
sifatida quyidagilar: ilmiylik, natijani oldindan ko‘ra olish; tizimlilik; izchillik; integratsiya;
insonparvarlik; maqsadga yo‘naltirilganlik, talabalarning shaxsiy va psixologik xususiyatlarini hisobga
olish; faoliyatda tarbiyalash; nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi; fanlararo, mavzulararo
aloqadorlikni ta’minlash, maqsadi, mazmun va uni shakllantirish metodlarining birligi va yaxlitligi,
ijodiy hamkorlikdagi faoliyat tamoyillaridan iborat. Ta’lim tamoyillari talabalarda ekologik
kompetentlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan va integratsiyalashgan har bir darsda didaktik
tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular ekologik ta’lim oldida turgan asosiy
maqsadlarni hal etishda alohida ahamiyatga ega.

Ta’limdagi islohotlar va uning modernizatsiyalashuvi professor-o‘qituvchilardan dars

jarayonida tashabbuskorlikni, ijodiy yondashuvni, talabalardan mustaqil fikrlashni talab qiladi. Oliy
pedagogik ta’limdagi dars – pedagogik ijodkorlikning asosiy maydonidir. Pedagogning asosiy
pedagogik ehtiyoji – o‘rgatish, etkazib berish – aynan dars jarayonida amalga oshiriladi. Shunday ekan,
dars oliy ta’lim jarayonini tashkil qilishga innovatsion va tizimli yondashuvni talab etadi. Ta’lim tizimi
isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda talabalarlarga ekopedagogikaga oid bilimlarni berish, ularni erkin,
mustaqil fikrlay oladigan kadrlar qilib tarbiyalashda, ta’limning imkoniyatlari va mohiyatini chuqur
anglash hamda amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1.

Aliqulova M.M. Bo‘lajak pedagoglarning ekologik madaniyatini rivojlantirish asoslari.

Monografiya. – T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2015. – 188 b.


background image

48

2.

Aliqulova M.M. Bo‘lajak mutaxassisda ekologik madaniyatni rivojlantirishning pedagogik

omillari. / Global oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy uslublari. Xalqaro ilmiy
konferensiya. Navoiy davlat pedagogika instituti va Buxoro davlat unversiteti. – Navoiy, 2015. – 108-
110 b.

3.

Ahmedjonova A. Komil inson davr talabi. – T.: Yangi asr avlodi, 2004. – 150 b.

4.

Murtozayeva M.M. Talabalarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik

mexanizmlarini takmorlashtirish // Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. – Namangan,
2022. – 4-son. – B. 710-714 (13.00.00; №30).

5.

Hasanboyev J., To‘raqulov X.A., Alqarov I., Usmanov N.O‘. Pedagogika. – T.: Fan va

texnologiya, 2011. – 482 b.

РАЗВИТИЕ ЭКОЛОГО-ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ

ПЕРЕВОДЧИКОВ НА ОСНОВЕ ИНТЕГРИРОВАННОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Li Kunlin

China Construction Steel Structure Co., Ltd.

1960933488@qq.com

Аннотация:

В данной статье интеграция экологического образования, важность его

развития, материалы, относящиеся к экопедагогике, за счет изучения научных выводов,
студентов и молодежи, за счет изучения деятельности человеческой личности, имеют
непосредственное отношение к сложившийся экологической ситуации, а также необходимость
регулярных действий в социальном обществе по расширению внутреннего мира будущих
переводчиков и их экологической ответственности.

Ключевые слова:

студенческая молодежь, экологическое образование, интеграция,

развитие, экопедагогика, социальное общество.


Комплексные реформы, проводимые в системе непрерывного образования направлены

на развитие гражданского общества и становление демократического правового государства. В
этом процессе особое место занимает решение экологических проблем и основная движущая
сила экологического воспитания молодежи. Высшие учебные заведения играют важную роль в
реформировании образовательного процесса и подготовке высококвалифицированных кадров,
востребованных на рынке труда. По всей республике созданы филиалы всех ведущих
университетов и институтов, которые считаются основным высшим учебным заведением в
своей области [2]. Филиалы начали работать не только в областных центрах и крупных городах,
но и в отдаленных районах.

В высших учебных заведениях расширяется объем образования на основе

образовательных программ двойного диплома в сотрудничестве с рядом престижных высших
учебных заведений СНГ и Европы. Только в 2019/2020 учебном году на базе совместных
образовательных программ в сотрудничестве со 104 ведущими университетами США,
Германии, Франции, Италии, Финляндии, Нидерландов, Турции, Индонезии предлагается 83
направления подготовки бакалавров и 64 специальности магистратуры. Израиле и 22 других
странах подготовка была начата [1].

В развитии эколого-педагогической компетентности студентов, среди студентов высших

учебных заведений все большее значение приобретают регулярно организуемые и проводимые
мероприятия-конкурсы, посвященные экологическим проблемам, детских художественно-
творческих образцов, выставки, мероприятия, способствующие развитию экотуризма. Еще
одним из практических и воспитательных мероприятий экологического движения по развитию
эколого-педагогической компетентности у молодежи Узбекистана являются «Лучший город»,
«Лучший район», «Лучшее учреждение», «Лучший район», «Экология Ташкента: молодежная
инициатива», «Мой город – мой дом» эколого-просветительские мероприятия формируют у
молодежи новые аспекты экологической культуры, экологического сознания, внимания к

Bibliografik manbalar

Aliqulova M.M. Boiajak pedagoglaming ekologik madaniyatini rivojlantirish asoslari. Monografiya. - T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2015. - 188 b.

Aliqulova M.M. Bo’lajak mutaxassisda ekologik madaniyatni rivojlantirishning pedagogik omillari. I Global oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy uslublari. Xalqaro ilmiy konferensiya. Navoiy davlat pedagogika instituti va Buxoro davlat unversiteti. - Navoiy, 2015. - 108-110 b.

Ahmcdjonova A. Komil inson davr talabi. - T.: Yangi asr avlodi, 2004. - 150 b.

Murtozayeva M.M. Talabalarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takmorlashtirish // Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. - Namangan, 2022.-4-son. - B. 710-714 (13.00.00; №30).

Hasanboyev J., To’raqulov X.A., Alqarov I., Usmanov N.O'. Pedagogika. - T.: Fan va texnologiya, 2011.- 482 b.