Advokatura qonunchilikdagi mavjud muammoli masalalar va ularning istiqboldagi yechimlari

Аннотация

Mustaqillik yillaridan buyon jamiyatimizda sud-huquq islohotlari yuz berishida ham qonuniy taraflama, ham amaliy tomonlama ko‘plab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu bilan birgalikda, jamiyatda ijtimoiy munosabatlar o‘zgargani sayin, fuqarolar yangi islohotlar va o‘zgarishlarga ehtiyoj sezadi.

CC BY f
69-76
94

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Худойбердиева M. (2022). Advokatura qonunchilikdagi mavjud muammoli masalalar va ularning istiqboldagi yechimlari. Сотрудничество ташкентского государственного юридического университета и палаты адвокатов в совершенствовании адвокатского института, 1(1), 69–76. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/improvement-law-institute/article/view/16674
М Худойбердиева, Ташкентский государственный юридический университет

Студентка 3 курса потока "Б" 2 группы факультета уголовной юстиции

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mustaqillik yillaridan buyon jamiyatimizda sud-huquq islohotlari yuz berishida ham qonuniy taraflama, ham amaliy tomonlama ko‘plab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu bilan birgalikda, jamiyatda ijtimoiy munosabatlar o‘zgargani sayin, fuqarolar yangi islohotlar va o‘zgarishlarga ehtiyoj sezadi.


background image

69

M.XUDOYBERDIYEVA

103

ADVOKATURA QONUNCHILIKDAGI MAVJUD MUAMMOLI
MASALALAR VA ULARNING ISTIQBOLDAGI YECHIMLARI

Mustaqillik yillaridan buyon jamiyatimizda sud-huquq islohotlari

yuz berishida ham qonuniy taraflama, ham amaliy tomonlama ko‘plab
ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu bilan birgalikda, jamiyatda
ijtimoiy munosabatlar o‘zgargani sayin, fuqarolar yangi islohotlar va
o‘zgarishlarga ehtiyoj sezadi. Huddi shuningdek, XX asrning boshlaridan
jamiyatda paydo bo‘lgan advokatlik faoliyati, davr o‘tgan sayin o‘zining
muhimligi va vakolatlari doirasi ortib bormoqda. Xususan, so‘ngi yillarda
qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar hamda ba’zi qonun o‘zgarishlari
mamlakatimizda advokatlik sohasining rivojlanishi hamda isloh bo‘lishiga
sabab bo‘ldi. Masalan, 2018-yil 4-aprelda O‘zbekiston Respublikasining
“Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini
kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra,
himoyachi ya’ni advokat jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni to‘plash va taqdim
etishga haqliligi, tergov va sud organlari tomonidan majburiy baholanishi
tayinlandi.

Shuningdek,

2017-yil

7-

fevraldagi “O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoniga muvofiq davlat organlarining
yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish hamda advokatura
institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlarini
ko‘rib chiqishda advokatlarning rolini oshirish kabi ustuvor vazifalar
belgilandi. 2020-yil 10-aprel kuni O‘zbekiton Respublikasi normativ
huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston
Respublikasi

Prezidentining

“Advokatura

institutini

yanada

takomillashtirish va advokatlar maqomini tubdan oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaror loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Mazkur qaror loyihasida advokatura sohasini kelgusida yanada isloh etish,

103

Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-kurs “‘B” potok 2-guruh talabasi


background image

70

advokatning maqomi, uning obro‘si va nufuzini yanada oshirish
maqsadida bir qator muhim ustuvor yo‘nalishlar va vazifalar belgilandi.

Advokatura - ommaviy-tashkiliy institut bo‘lib, uning rivojlanishi va

samarali faoliyati butun jamiyatning ongli o‘sishiga sabab bo‘ladi.
Mustaqillik yillaridan keyingi islohotlar va chet el tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, jamiyatda adolat va tenghuquqlilik qaror topganligining eng
muhim belgisi bu, ushbu jamiyatda advokatura insitituti qanchalik
rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar o‘zgarishi, jamiyat
taraqqiy etgani sari, har jabhada bo‘lgani kabi advokatlik faoliyatining
kamchilik va muammolari ham tuzatilib, zamonaviylashib borishi muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi. Albatta, bu sohadagi muammo va
bo‘shliqlarga ko‘z yumishimiz aslo yaramaydi. Zero, jamiyat birorta
sohaning zaiflashishi bilan o‘zining muhim funksiyasini amalga oshira
olmasligi, aholining teng darajada farovonligiga erishilmasligi mumkin.
Shu sababli ham advokatura sohasidagi ba’zi kamchiliklar va
muammolarga e’tiborimizni qaratsakda, jahon tajribasi va jamiyat
mintalitetidan kelib chiqqan holda maqbul yechimlar taqdim qilishga
harakat qilsak.

Ayrim yuridik adabiyotlarda advokat maqomiga ega bo‘lishga

talabgor shaxs quyidagi talablarga javob berishi kerakligi belgilangan,
xususan:

1)

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

2)

Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi;

3)

Yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga

ega bo‘lishi, shu jumladan, advokatlik tuzilmasida belgilangan muddatda
stajirovka o‘tagan bo‘lishi shart.

104

Advokatlik faoliyatidagi asosiy muammo va yuzaga kelgan

bo‘shliqlarga nazar soladigan bo‘lsak, avvalo, “O‘zbekiston Respublikasi
Advokatura to‘g‘risida”gi qonunidagi kamchiliklarga e’tibor qaratishimiz
lozim. Chunki bu normativ-huquqiy hujjat advokatura sohasidagi asosiy
eng muhim tartibga soluvchi qonun hisoblanadi. Ushbu qonunning 3-
moddasida Advokat bo‘lish uchun talablar belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra,

104

Rustamboyev.M.H, To‘xtasheva U.A. O‘zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati. Oliy

o‘quv yurtlari uchun darslik.


background image

71

oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilan
shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi advokat bo‘lishi mumkin. Ushbu
normadagi Oliy yuridik ma’lumotli shaxs tushunchasiga e’tiborni
qaratadigan bo‘lsak, “O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risida”gi
qonunning 11-moddasiga ko‘ra, oliy ta’lim ikki bosqichga - bakalavriyat
va magistratura bo‘linadi. Bakalavriyat o‘qish davomiyligi kamida uch yil
bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura o‘qish davomiyligi kamida bir
yil bo‘lgan oliy ta’limdir. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, advokat
bo‘lish uchun fuqaro magistratura ta’limini ham olishi kerak ekan degan
noto‘g‘ri tushuncha hosil bo‘ladi. Ammo, advokat bo‘lish uchun amalda
mutaxasissligi bo‘yicha bakalavr darajasidagi yurist bo‘lish kifoya qiladi.
Bu qonundagi anglashilmovchilik tuzatilishi lozim. Shuningdek, oliy
ta’lim deganda magistratura darajasini tushunadigan bo‘lsak, bugungi
kunda tayanch oliy ta’limi boshqa mutaxassislik bo‘lib, yuridik ta’limi
magistraturasiga ega bo‘lgan xodimlar advokat bo‘la olar ekan tushuncha
hosil bo‘layapdi. Aslida ham shunday. Ammo ushbu tartib advokat bo‘lish
uchun yetarli tayanch bilimga ega bo‘lmasdan advokatlik faoliyati bilan
shug‘ullanish imkonini bermoqda. Bu tartibni ham qonunchilikdagi
bo‘shliqlardan biri deb hisoblaymiz. Ushbu masalada xorijiy davlat
tajribasini ko‘radigan bo‘lsak, Ukraina davlatida advokat bo‘lish uchun
to‘liq oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, belgilangan darajada davlat tilini
biladigan, kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs
advokat bo‘lishi mumkin. Boltiqbo‘yi davlatlaridan Litva tajribasi juda
ham maqsadga muvofiq bo‘lib, unga ko‘ra, advokat bo‘lishi uchun
jismoniy shaxs, Litva respublikasi yoki Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat
fuqarosi, huquqshunoslik bo‘yicha bakalavriat yoki magistr darajasiga
yoki huquqshunoslik bo‘yicha kasbiy malaka darajasiga ega bo‘lishi,
kamida besh yillik yuridik ish stajiga ega yoki kamida ikki yil davomida
advokat yordamchisi amaliyotini tugatgan shaxs bo‘lishi kerak.
Shuningdek, A.Matmurodovning fikricha, yuridik mutaxassislik bo‘yicha
ilmiy darajaga ega bo‘lish advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor
shaxsni advokat bo‘lish uchun qo‘yilgan barcha talablardan ozod qiladi.
Bu fikrni qo‘llab-quvvatlayman, sababi ilmiy darajaga ega bo‘lish uchun


background image

72

ushbu sohada muayyan bilim hamda aniq yo‘nalishda ilmiy tadqiqot zarur.
Bular orqali shaxs advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yetarli
darajada bilim va salohiyatga ham ega bo‘ladi.

Advokatga qo‘yilgan yana bir talablardan biri: sudlanganlik holati

tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarning
advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emasligidir. Ammo, har
bir jamiyatda jinoyat ijtimoiy hodisa hisoblanadi, uning sodir etilmasligi
yoki umuman tugatilishiga erishish mumkin emas. Inson hayoti davomida
hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa ham huquqbuzarlik sodir etishi
mumkin. Lekin biz e’tibor qaratishimiz lozim bo‘lgan masala, uning
qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilishidir. Ehtiyotsizlikdan sodir etib,
tegishli jazoni o‘tagan shaxs agar ushbu qilmishidan chin dildan
pushaymon bo‘lsa va qayta bu qilmishni qilishdan o‘zini tiysa, javobgarlik
muddatining o‘tishini kutib o‘tirish shart emas. Ya’ni, ehtiyotsizlikdan
jinoyat sodir etgan shaxs malakali advokat bo‘lsa hamda jamiyat uchun
manfaat yetkizayotgan bo‘lsa, ehtiyotsizlikdan qilgan qilmishi uchun
javobgarlikdan qat’i nazar u o‘z faoliyatini davom ettirishi maqsadga
muvofiq. Yana shuni aytib o‘tish kerakki, jinoyatning turi, uning ijtimoiy
xavfli yoki xavfli emasligi ham advokat maqomini olish uchun asosiy
me’zon qilib olinishi kerak. Masalan, ijtimoiy xavfli bo‘lmagan jinoyat
sodir etgan shaxs, ushbu qilmishini sodir etsa ham, amalda unga
pushaymon bo‘lishi hamda uning ahamiyatini anglab yetgan bo‘lishi
mumkin. Bunday holatda sodir etilgan jinoyat advokatlik faoliyati bilan
shug‘ullanish uchun to‘siq bo‘lmasligi kerak. Ukraina qonunchiligiga
ko‘ra, belgilangan tartibda og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni sodir qilganligi
uchun, shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlangan
og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki
sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar advokat bo‘lishi mumkin emas.
Juda yaxshi mulohaza qilingan ushbu normada, amalda ehtiyotsizlikdan
sodir qilingan jinoyat og‘ir hamda o‘ta og‘ir jinoyat tarkibini bermaydi.
Shu tufayli ham biz o‘z qonunchiligimizga ushbu tartibni qo‘llasak hamda
amaldagi tartiblarga sudlanganlikka doir ba’zi o‘zgartirishlarni kiritsak
advokatlar huquqini ko‘proq amalga oshirgan bo‘lar edik.

Advokat bo‘lishga qo‘yilgan yana bir talab shuki, shaxsning


background image

73

mumolaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi advokat
bo‘lishni istisno etadi. Ammo, advokatlikka nomzod shaxsning hujjatlari
uchun uning muomalaga layoqatli yoki layoqatli emasligini tasdiqlaydigan
yagona hujjat bu tegishli shifokorning tibbiy ma’lumotnomasidir. Ushbu
holatda shaxsning muomalaga layoqatli, layoqatsiz yoki cheklangan
ekanligini bitta tekshiruv xulosasi bilan e’tirof etish qiyin. Ko‘pchilik
holatlarda faqat shifokor ma’lumotnomasi shaxsning muomalaga layoqatli
ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Mavsumiy yoki
vaqti-vaqti bilan qo‘zg‘aydigan ruhiy kasalliklar borki, bu birgina
shifokorning tekshiruvi bilan aniqlanmay qolishi mumkin. Bu kelgusida
advokatning maqomiga putur yetkazadigan holatlarga olib kelishi
mumkin.

Shuningdek,

O‘zbekistonda muomala layoqati cheklangan kishilarning sudda yoki
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida yagona reyestri
yuritilmaydi. Bu esa ba’zi anglashilmovchiliklarni hamda advokatlik
obro‘siga to‘g‘ri kelmaydigan shaxslarning ushbu kasbga kelib qolishiga
sabab bo‘ladi.

Advokat bo‘lish uchun shaxs O‘zbeksiton Respublikasi fuqarosi

bo‘lishi lozimligi belgilangan bo‘lib, ushbu tartib ham bugungi kunda
muhim rivojlanishlarning yo‘lini to‘smoqda. Davlat o‘z fuqarolarining va
faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarining huquq va erkinliklarini himoya
qilish uchun, boshqa davlat fuqarolariga ham, o‘z fuqarolari kabi shart-
sharoitlar yaratib berishi kerak. Agar shaxs yetarli bilim va malakaga,
davlat qonunchiligi va tizimini bilsa hamda advokat bo‘lish uchun tegishli
talablarga to‘g‘ri kelsa, uning davlat fuqarosi bo‘lishi shart emas. Negaki,
jamiyat raqobat va tajribalar almashinuvi bilan rivojlanadi. Chet
davlatlardan advokatlarning mamlakatimizga kelib faoliyat yuritishi,
fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqini himoya qilishi, O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosi bo‘lgan advokatlar uchun tajriba va isloh bo‘lish
me’zoni bo‘ladi. Davlatimizda, chet el fuqarolarining ta’lim olishlari
imkoniyat yaratilib berilganligini hisobga olib, ularning ishlashi va
o‘zlarini rivojlantirishga ham imkoniyat berilishi lozim.Yana bir
anglashilmovchilik

shundaki,

advokat

stajyoriga

O‘zbekiston

Respublikasi fuqaroligi talabi qo‘yilmagan. Bu amalda, chet el fuqarosi


background image

74

yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs stajyor bo‘lib, amaliyot o‘tay oladi, ammo
advokatlik maqomini ola olmaydi degan noaniqlikni keltirib chiqaradi.
Shuning uchun ham, ushbu tartibni isloh qilish advokatura sohasidagi juda
muhim talablarimizdan biridir Chet el tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, turli
davlatlarda, misol uchun Yevropa Ittifoqiga birlashgan davlatlarda bir
davlatning advokati boshqa ushbu ittifoqqa birlashgan davlatning
fuqarolari va tashkilotlari huquqini himoya qilishga imkoniyat yaratilib
berilgan. Rivojlangan davlatlar hisoblanadigan Janubiy Koreya va
Yaponiya davlatlarida ham advokat bo‘lish uchun mazkur davlat fuqarosi
bo‘lish talabi qo‘yilmagan. Bundan xulosa qilib aytganda, biz ham xorijiy
fuqarolar

va

fuqaroligi

bo‘lmagan

shaxslarning

O‘zbeksiton

Respublikasida advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyat
yaratib berishimiz har jihatdan foydali degan fikrdamiz.

Yana bir muammoli masalaga e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak,

advokatlik byurosi advokatlik faoliyatini yakka tartibda amalga oshirish
uchun advokat tomonidan ta’sis etilgan tuzilma hisoblanib, u o‘z
faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda o‘zlariga
tegishli bo‘lgan turar joylarda amalga oshirishi mumkin. Bundan kelib
chiqsak, advokat advokatlik byurosi faoliyatini o‘z turar-joyida ham
amalga oshirishi mumkin. Jamiyatda bilamizki, turli darajadagi va turli
mintalitetdagi oilalar mavjud, o‘zining muammosini hal qilish maqsadida
kelgan fuqaro advokatning uyida erkin tarzda o‘z muammolarini gapirishi
va qulay muhitning yaratilishi qiyin masala. Shuningdek, fuqaroda
advokatning oilaviy muhiti turlicha tassavvur uyg‘otishi mumkin. Shu
sababli ham advokatlik byurolarining bu tarzda tashkil etilishini maqsadga
muvofiq hisoblamayman. Boshqa davlat tajribalariga nazar tashlasak,
Qirg‘iziston Respublikasida advokat advokatlik faoliyatini yakka tartibda
advokatlik idorasi shaklida yoki advokatlar kollegiyasi yoki advokatlik
byurosi shaklidagi advokatlik tashkiloti orqali amalga oshirishi mumkin.
Tadqiqotchi A.Matmuradovning fikricha, davlat har bir fuqaroning yuridik
yordam olish huquqini ta’minlash maqsadida advokatni aholi uchun qulay
joylarda zarur binolar bilan ta’minlashi kerak.

105

Shunday ekan,

fuqarolarning erkin va to‘siqlarsiz o‘z muammolariga yechim berilishiga

105

Odil sudlov huquqiy, ilmiy-amaliy nashr


background image

75

erishish, bu advokatlik tuzilmalarining qay tarzda tashkil etilganligi bilan
ham bog‘liq, albatta.

Yana bir qonunchilikka kiritilishi kerak bo‘lgan o‘zgartirish shundan

iboratki, qonunda advokat himoyachilik yoki vakillik vazifasini
bajarayotganda o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan tafsilotlar yuzasidan guvoh
sifatida so‘roq qilinishi mumkin emas. Ushbu normaga, advokat stajyori,
advokat yordamchisi, shuningdek, advokatlik tuzilmasi texnik xodimi ham
kiritilishi lozim deb hisoblayman. Ushbu shaxslar, o‘ziga bog‘liq yoki
bog‘liq bo‘lmagan hollarda material yoki uning qismi bilan tanish bo‘lishi
mumkin. Shu sababli ham ularni guvohlikka chaqirish, mantiqan mumkin
emas. Ammo qonunchilik ushbu tartibni belgilab qo‘ymagan.

Belgilangan tartibda stajirovka o‘tashni istagan shaxs istalgan

advokatlik tuzilmasiga stajirovka o‘tash uchun murojaat qilishi mumkin.
Ammo stajirovka muddati davomida boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish
mumkin emas. Ushbu tartib ko‘pgina yuristlarning advokat bo‘lish uchun
tegishli tartibda stajirovka o‘tash uchun advokaturaga murojaat qilishga
to‘sqinlik qilmoqda. Chunki, ular asosiy ish joylarini tashlab stajyorlik
faoliyati bilan shug‘ullanishi, ularni hech qanday moddiy manfaatdor
qilmaydi. Bu o‘z navbatida advokat stajyorlari sonining qisqarib ketishiga
sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun ham, mening taklifim, stajyor asosiy ish
joyidan ajralmagan holatda istalgan advokatlik tuzilmasida stajirovka
o‘tashi maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Yoki advokatlik tuzilmasi
rahbari stajyorning vijdonan va mas’uliyatli harakat qilishi uchun aniq
mexanizmni va rag‘batlantirish choralarini ishlab chiqishi lozim. Stajyor
faoliyati juda ko‘plab mamlakatlarda mavjud bo‘lib, turli davlatlarda uning
o‘tash muddatlari turlicha. Qonunchilikdagi so‘ngi o‘zgarishlarga ko‘ra,
stajirovka o‘tash muddati dastlab, bir yildan olti oyga so‘ng uch oyga
qisqartirildi. Bu ko‘plab yuridik sohadagi kadrlarning advokatlik sohasini
tanlashlariga imkoniyat beradi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, islohot va yangilanishlar qatori,

advokatura sohasidagi kamchiliklarimiz ham yetarli. Advokat statusi va
nufuzini oshirish, uning jamiyatdagi o‘rnini oshirish hamda shu orqali
aholining huquqiy savodxonligini oshirish eng ustuvor vazifalarimizdan
hisoblanadi. Advokat - inson huquqlarining haqiqiy himoyachisi bo‘lishi
kerak. Buning uchun biz advokatura va advokatning vakolatlari va


background image

76

vazifalarini kengaytirishimiz hamda ularga qo‘yilgan ba’zi bir
cheklovlarni yo‘qotishimiz lozim. Zero, himoya huquqi muqaddasdir. Bu
huquqqa hech qanday to‘siqlar bo‘lmasligi va bu orqali jamiyat a’zolari
qonuniy jihatdan himoyalana olishlari darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Неъматов, Жасур. "Purpose and features of methodology for

interrogation in criminal proceedings." Общество и инновации 1.2
(2020): 251-259.

2.

Неъматов, Жасур, and Бектурсун Муродкосимов. "Судлар

фаолиятини

рақамлаштириш–Ўзбeкистоннинг

халқаро

рейтинглардаги ўрнини яхшилашга хизмат қилади." Актуальные
вопросы

и

перспективы

цифровизации

судебно-правовой

деятельности 1.01 (2022): 131-138.

M.E.MAHAMMADALIYEVA

106

ADVOKATLIK QASAMYODI: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA

Mamlakatimiz huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik

jamiyatini barpo etish yo’lidan dadil odimlab borar ekan, bu borada
ko’zlangan maqsadga erishish, avvalo, huquq tizimida keng va samarali
islohotlarni amalga oshirishni, fuqarolarning huquqiy bilimi va
savodxonligini kengaytirishni, shuningdek, ularni malakali yuridik
yordam bilan har qachongidanda ko’ra to’liq va odilona ta’minlashni
taqazo etadi. Chunonchi, huquqiy demokratik davlatda fuqarolar huquqini
himoya qilish mazmun jihatidan davlat siyosati darajasidagi muhim
masalalar sirasiga kiradi desak mubolag’a bo’lmaydi. Boisi biz
bosqichma-bosqich qurib borayotgan fuqarolik jamiyatida fuqarolar
davlatga emas, aksincha davlat fuqarolarga xizmat qilmog’i, ularning
huquq va erkinliklarini ta’minlamog’i lozim. Be’jizga asosiy qomusimiz
bo’lmish Konstitutsiyamizning 2-moddasida “Davlat xalq irodasini ifoda
etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor

106

Toshkent davlat yuridik universiteti 3-kurs talabasi

Библиографические ссылки

Неъматов, Жасур. "Purpose and features of methodology for interrogation in criminal proceedings." Общество и инновации 1.2 (2020): 251-259.

Неъматов, Жасур, and Бектурсун Муродкосимов. "Судлар фаолиятини рақамлаштириш–Ўзбeкистоннинг халқаро рейтинглардаги ўрнини яхшилашга хизмат қилади." Актуальные вопросы и перспективы цифровизации судебно-правовой деятельности 1.01 (2022): 131-138.