Teshabayeva Dilfuza

Узгумя

Teshabayeva Dilfuza Mо‘minovna 1995 yilda  Farg‘ona davlat pedagogika instituti rus filologiyasi fakultetini  tamomlagan. 1995 - 2000 yillarda  О‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi fakultetida ta’lim olgan. 1995 - 1998 yillarda  О‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti aspirantura bо‘limida, 2001 - 2004 yillarda О‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti  doktoranturasida  tahsil olgan.

2000 yil  22 sentabrda M. Ulug‘bek nomidagi Milliy universiteti xuzuridagi  DK 067.02.10  raqamli  Ixtisoslashgan kengashda “Речевой этикет делового письма в торговой сфере (на материале узбекского и русского языков)” mavzusidagi 10.02.20 - Qiyosiy-tarixiy, tipologik va chog‘ishtirma tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik ixtisosligi bо‘yicha  bajarilgan nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2012 yil 24 martda О‘zDJTU  qoshidagi  K.067.04.02  raqamli  Ixtisoslashgan kengashda “Ommaviy axborot vositalari  tilining nutq  madaniyati aspektida tadqiqi (О‘zbekiston Respublikasi OAV misolida)” mavzusidagi 10.02.19 – Til  nazariyasi ixtisosligi bо‘yicha doktorlik  dissertatsiyani muvaffaqiyatli  himoya qilgan.

2014 yilda О‘zbekiston Respublikasi OAK tomonidan ta’sis etiladigan dotsent, 2019 yilda professor ilmiy unvoniga ega bulgan.

     1999 - 2013 yillar davomida О‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ommaviy axborot vositalari tili va uslubi kafedrasi о‘qituvchisi, katta о‘qituvchisi,  dotsenti, 2013 - 2017 yillarda О‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jahon adabiyoti va adabiyotshunoslik kafedrasining mudiri, 2017-2021 yillarda О‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ikkinchi chet tilini intensiv о‘qitish kafedrasining mudiri, 2021 yildan xozirgi kunga kadar madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda.

           D.M.Teshabayeva 200 ga yaqin jumladan: bir nechta darslik, o`quv-qollanma va monografiyalar muallifi. 2019 yili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi buyrug’i asosida D.Teshabayeva rahbarligida Mediаlingvistikа vа tаhrir kitobi yaratildi.

            Shu kungacha, D.M.Teshabayeva rahbarligida 21 nafar tadqiqotchi filologiya fanlari boyicha falsafa doktori ilmiy darajasiga erishdi. Hozirgi kunda 10 dan ortiq falsafa doktori va fan doktorligi boyicha tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.

Hozirda, O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil 27.01. raqamli ilmiy kengash va ilmiy seminar,  O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi  PhD.03/30.12.2019 fil.14.01 raqamli ilmiy kengash va ilmiy seminar, Qoraqalpoq davlat universiteta huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07 raqamli ilmiy kengash a’zosi.

Google Scholar
HammasiBilan boshlanadi 2020 г.
Iqtiboslar statistikasi66
h-indeks22
i10-indeks00
inLibrary
Hammasi 2022 - 2023
Iqtiboslar statistikasi 11 0
h-indeks 1 1
inR 46.34 3.78