Yoshlarni tarbiyalashda biz uchun qadrli bo‘lgan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, o‘chmas merosimizga mehr-muhabbat ularga sodiqlik ruhini shakllanitira olsak har birimiz uchun ijobiy natija bajarayotgan ishlarimizning mahsuli ekanligi bilinadi. Maqolada inson hayotini saodatga, sof insoniy faoliyatga erishishida tarbiyaning roli to’g’risida mulohazalar bildirilgan.
Ushbu maqola Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov asarlarida ona obrazining milliy va falsafiy tahliliga bagʻishlanadi. Yozuvchi ona obrazini oʻzbek xalqining urf-odatlari, milliy qadriyatlari va oilaviy anʼanalari asosida talqin qiladi. Ushbu asarlarda ona obrazi orqali insoniylik, mehr-muhabbat, fidoyilik, va oila masʼuliyati singari jihatlar yorqin aks ettirilgan. Tadqiqotda Hoshimov asarlarida ona obrazining hissiy va ramziy maʼnosi tahlil qilinadi, shuningdek, uning ijtimoiy va madaniy ahamiyati oʻrganiladi. Asosiy diqqat ona timsolining yozuvchi tomonidan qay tarzda ifoda etilganligi, o‘quvchi qalbida qanday ta’sir uyg‘otishi hamda milliy madaniyatdagi oʻrniga qaratiladi.
Основное направление - воспитание подрастающего поколения в спорте, здоровом образе жизни, стремлении к духовному и физическому совершенствованию, любви к Родине, гордости за свою страну. Создание местных спортивных сооружений для обеспечения развития детского массового спорта в Узбекистане. Cоздание клубов по новым видам спорта, их оснащение соответствующим оборудованием и квалифицированными тренерами по спорту - основа для растущего из года в год числа детей и подростков, занимающихся физической культурой и спортом.
Inson tafakkur taraqqiyoti tarixidan ma’lumki, dastlab shaxsning kamoloti oilada shakllanadi. Oilaning milliy tarbiya borasidagi ahamiyatini amalga oshirish naqadar muhim ekanligi borasida fikr yuritamiz. Jamiyatimiz taraqqiyoti o‘zining rivojlanishi qonuniyatlariga asoslangan holda shaxs etukligini ta’minlovchi va tarbiya samaradorligini oshiruvchi omillarni vujudga keltirish talabini qo‘ymoqda.
Ushbu maqolada shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni, Sharq mutafakkirlarining oila tarbiyasi haqidagi fikrlari o‘rin olgan bo‘lib, oilada o‘quvchilar hay otini tashkil etish, ota-onaning farzand oldidagi va farzandning ota-ona oldidagi burchlari,oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi,shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni xususida mulohazalar qayd etilgan.