Maqolada jaydari zotli qo‘chqorchalarni xo‘jalik sharoitida boqish va qo‘shimcha oziqlantirishdan keyingi go‘sht mahsuldorligi va nazorat so‘yimi natijalari to‘g‘risidagi tajriba ma’lumotlari keltirilgan
Mazkur maqolada qo‘ychilikning halq xo‘jaligidagi ahamiyati, hozirgi holati, rivojlantirish istiqbollari, dunyo miqiyosida va mamlakatimizdagi qo‘ylarning bosh soni, shuningdek, qo‘ychilikda mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar taxlil qilingan, tegishli xulosa va tavsiyalar berilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2050 yilga borib, insonlar soni 9.1 mlrd. ga etib, ularni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda katta muammolar paydo bo‘ladi. Hayvon oqsiliga bo‘lgan talab keskin oshib ketishi natijasida, keyingi 35 yil davomida go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarishni 72% ga oshirish talab etiladi. Bu esa foydalanilayotgan qishloq xo‘jalik er maydonlarining 3/2 qismida chorva mollarini etishtirish taqazo etadi. Bu esa o‘z navbatida er maydonlaridan, suv zahiralaridan samarali foydalanish, atrof muhitga ajraladigan is gazining keskin ko‘payishiga sabab bo‘lishi bilan bir qatorda, juda katta miqdorda ozuqa mahsulotlari etishtirish muammosini ham keltirib chiqaradi. Mazkur muammolarni hal etish uchun muqobil manba sifatida ozuqabop hasharotlardan foydalanish zaruriyati paydo bo‘lmoqda.