Soxta ekvivalcntlar, “aldoqchi so‘zlar” tarjima muammolari bo‘yicha bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan127. Jumladan, Maxtumquli she’rlari tarjimasidagi soxta ekvivalentlar ham J.Sharipov tarjimasi misolida o‘rganilgan. Lckin shoir asarlarining boshqa tarjimonlar tomonidan amalga oshirilgan tarjimalarida ham, shuningdck, umuman, yaqin tillardan qilingan va qilinayotgan tarjimalaming barchasida ham soxta ekvivalcntlar tarjimasi bilan bog‘liq xato-kamchiliklaming ko‘plab uchrashi mazkur masalani qaytadan kun tartibiga qo‘yib, jiddiy o‘rganishni taqozo qiladi. J.Sharipov tarjimalarining muvaffaqiyatini ta’minlagan asosiy omil aslida o‘zbek va turkman tillari o‘rtasidagi o‘zaro mushtaraklik hisoblanadi.