Abdulla Qodiriyning “Yig‘indi gaplar” maqolasida jamiyatdagi
juda ko‘p muammolar, jumladan iqtisodiyot, ma’orif, san’at va madaniyatning rivojlanishdan ancha orqada qolganligi aytib o‘tilgan. Bu kamchiliklarni bartaraf etish hukumat rahbarlarining qo‘lida ekanligini ta’kidlangan. Ushbu maqolasi orqali hukumat rahbarlari Yo‘ldosh Ohunboboyev va Akmal Ikromovni qattiq tanqid qilib, ularni tartibga chaqiradi. “Yig‘indi gaplar” maqolasida muammo faqat ma’orifda
emas, balki mamlakat boshqaruv tizimining o‘zi xato ekanligini qayta-qayta ta’kidlagan