Past intensiv lazer nurlanishi eksperimental va klinik tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Past intensiv lazer nurlanishining asosiy parametrlarini, masalan: to‘lqin uzunligi, qurilmalarning chiqish quvvati, ishlab chiqish rejimi, shuningdek lazer terapiyasining quvvat
oqimining zichligi, energiya zichligi, nurlanish chastotasi ko‘rinishidagi dozalash parametrlarini va impuls kuchi va ta‘sir qilish muddatini o‘rganish muhimdir. Lazer terapiyasining terapevtik ta‘sirining xususiyatlari ushbu barcha parametrlarning ko‘rsatkichlariga bog‘liq.