E-tijorat bu elektron tijoratni anglatadi va elektron vosita orqali tovarlar va xizmatlar savdosiga tegishli bo‘lgan B2B, B2C, C2C va shunga o‘xshash imkoniyatlar iste’molchilarning afzalliklari va iste’mol bozorlariga kelajakdagi muammolar uchun elektron infratuzilmani rivojlantirishga yordam beradi. Elektron tijorat biznesda o‘z inqilobini shakklantirdi, Internet (NET) bilan raqobat shaklini o‘zgartirdi, komputer aloqa tarmog‘i iste’molchilar va biznes uchun elektron tijorat bozorini yaratdi. Internet va Internetga asoslangan texnologiyalarning rivojlanishi bilan an’anaviy bozorlar va global elektron bozor o‘rtasidagi farqlar, masalan, biznes kapitali hajmi va boshqalar – asta sekin torayib bormoqda. Komputerning arzonligi va internetdan foydalanishning ortib borayotgani buning sabablaridan biridir