Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) maʼlumotlariga ko‘ra har yili dunyoda 1,41 mln.dan ortiq bemorlarda prostata kasalligi qayd etilib, ularning 70-80% da patologik jarayon rivojlanadi. Ushbu kasallik asosan erkaklik jinsiy gormonlar taʼsirida yuzaga kelganligi sababli, davolashda gormonoterapiya usullaridan foydalaniladi. Gormonoterapiyaning barcha usullarida yetarlicha no‘juya taʼsirlar kuzatilishi sababli, bugungi kunda jahon tajribasida, gormonoterapiyaning turli kombinatsiya usullaridan foydalanib kelinmoqda. Shu sababli tadqiqot ishi prostata bezi saratonini davolash uchun yangi kombinatsiyani o‘rganishga bag‘ishlangan.