Mustaqil yurtimiz rivojlanishida ta’lim-ta’rbiya ma’salasi katta etiborda bo’lib bu mavzuning dolzarbligini anglanadi. Birinchi Prezidentimiz mustaqillikning birinchi kunlaridanoq
ta’lim-ta’rbiya ma’salasiga e’tibor berishini yoshlar ongini, tafakkurini o’zgartirmasdan turib yangi jamiyat qurib bo’lmaydi, ong, g’oya, tafakkur, ta’lim-tarbiya bilan uzviy bog’liq, bir-birini to’ldiradi deganlarida haq edilar.
Tilning frazeologik fondi xalq madaniyati va mentalitetining qimmatli ma’lumotlar manbayi sanaladi. Frazeologizmlarda muayyan xalqning miflari, udumlari, rivoyatlari, taomillari, urf-odatlari, ma’naviyati, axloqi va h.k. haqidagi tasavvurlari mujassamlashgan bo’ladi. Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi eng qulay va faol kommunikatsiya vositasi sifatida, jamiyat a’zolari o‘rtsasidagi mavjud aloqalarni tartibga solish va uni
rivojlantirishga ham xizmat qilishi kerak. Tilning tadqiq etilishi bevosita uning jonli hayot bilan bog‘liqlikda
amalga oshirilgandagina qimmati va ahamiyati ortib boradi. Xuddi shu nuqtai nazardan yozma adabiyotdan avval ham xalq og‘zaki ijodi mavjud bo‘lgan va bugungi kungacha yetib kelgan. Xalq og‘zaki ijodining xuddi shunday namunalaridan biri sifatida maqolning o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati mavjud. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg‘ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Xalq og‘zaki ijodi namunasi sifatida maqollar mavzu jihatdan nihoyatda boy