Rivojlangan mamlakatlarda o‘z hayotiy maqsadlarini belgilashda oilaviy munosabatlarni tartibga solish, farzand tarbiyasida muhim manzil barqaror oila – tarbiya maskanni yaratish, oilaviy munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va yoshlarni oilaga tayyorlashni amaliy yo‘llarini yaratish muhim hisoblanadi. Dunyoda bugungi kunda bir qancha ilmiy-tadqiqot olib boruvchi markazlarda oila va ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorligida barkamol farzandni shakllantirishda ta’lim-tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, jamiyatdagi shaxslar o‘rtasida barqaror munosabatlarning o‘rnatilishi kabi masalalar yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Maqolada oilalardagi ijtimoiy munosabatlar barqarorligini ta’minlashning pedagogik asoslari haqida so‘z yuritiladi.
Ma’lumki, barcha ichki va shaxslararo muammolar, nizolar va inqirozli vaziyatlar stress va depressiyaga olib kelmaydi. Bu barqaror kayfiyat va ichki uyg‘unlikni saqlashga imkon beradigan shaxsning psixologik barqarorligi kabi hodisa sifatida ko‘rsatiladi. Shaxsning bu sifati bir nechta jihatlarni o‘z ichiga oladi, ular orasida qat’iyatlilik, muvozanat, mavjud qiyin vaziyatlarga qarshilik ko‘rsata olishi bilan ajralib turadi. Bu insonga hayot qiyinchiliklariga, vaziyatlarning noqulay bosimiga dosh berishga, sog‘lig‘ini va turli sinovlarda ishlash qobiliyatini saqlab qolishga imkon beradi [1]. Rus psixologiyasida psixologik barqarorlik, qiyin va ekstremal hayotiy vaziyatlar muammosi Yu.V.Shcherbatыx, D.A.Leontev, N.V.Grishina, K.Muzdibaev, T.L.Krukova, L.V.Kulikov, I.P.Shkuratova va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan.