Shaxsning psixologik himoya mexanizmlari ayrim nizolarning sub’ektiv sabablariga bevosita ta’sir etishi mumkin. Shaxsning shaxsiy yoki guruhiy ehtiyojlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik va shaxsiy yoki guruhiy qiziqishlarini poymol qilish kabi sabablar nizoli vaziyatlarni vujudga keltiradi. Ko‘pincha jamoada qabul qilingan xulq atvor formalari, ijtimoiy shakllanib borishi bilan individ reaksiyasi aniqlanadi.
Maqolani mazmuni shundan iboratki, o‘quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir. O‘quv faoliyati ta’lim, o‘qish va o‘rgan ish degan tushunchalar bilan bevosita bog‘liqdir. Maqolada ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligidagi o‘quv faoliyati, o‘qituvchiningbilim, ko‘nikma va malakalarinipsixologik jihatdan o‘quvchilarga o‘rgatish muhimligi yoritilgan.
Ushbu maqolada shaxsning kamol topishi haqidagi ilmiy ta’limotlarni,shaxs sifatida kamol topishning xususiyatlarini farqlashda pedagogik antropologiya, shaxs haqida tushuncha, shaxsning rivojlanish jarayoni, shaxsning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va ularning tavsifi, biologik ijtimoiy omillarning o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan.