Ushbu maqolada shaxsning kamol topishi haqidagi ilmiy ta’limotlarni,shaxs sifatida kamol topishning xususiyatlarini farqlashda pedagogik antropologiya, shaxs haqida tushuncha, shaxsning rivojlanish jarayoni, shaxsning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va ularning tavsifi, biologik ijtimoiy omillarning o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan.
Hozirgi kunda shaxs muammosi mavzusi psixologiya uchun dolzarbdir.Bunga juda ko’p olimlar o’zlarining nazaryalarida to’xtalib o’tgan.Psixologiyaning boshqa tarmoq fanlarida ham shaxs muammosiga alohida yondashuvlar berilgan.
Ushbu maqolada shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni, Sharq mutafakkirlarining oila tarbiyasi haqidagi fikrlari o‘rin olgan bo‘lib, oilada o‘quvchilar hay otini tashkil etish, ota-onaning farzand oldidagi va farzandning ota-ona oldidagi burchlari,oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi,shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni xususida mulohazalar qayd etilgan.
Maqolada ijtimoiy muhit va shaxs talqini Sharof Boshbekovning “Temir xotin” komediyasi misolida tahlilga tortilgan.
Hozirgi kunda oʻquvchilarni ma’naviy, axloqiy, jismoniy barkamol, keng fikrli shaxs sifatida kamol toptirish, bugungi kunning asosiy vazifasi sanaladi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-sonli qarorida “Psixologik xizmatning maqsadi oʻquvchilarning ma’naviy va aqliy rivojlanishi, barkamol shaxs sifatida shakllanishi, faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari boʻyicha rivojlanishida salomatligini muhofaza qilish, uzluksiz ta’lim jarayonida oʻzligini anglash, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va namayon etishlari uchun psixologik-pedagogik shart - sharoitlar yaratishdan iborat”[1]dir deb koʻrsatilgan.
Mazkur maqolada bolalarning o‘zini-o‘zi anglashi, o‘ziga va o‘zgalarga baho berishi, oilada katta yoshdagi insonlarning bola bilan qiladigan muomala munosabati, uni o‘zini mustaqil shaxs sifatida anglashi hamda oilada maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘z-o‘zini anglashida o‘yin faoliyatining ahamiyati batafsil yoritilgan hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Temurnoma”ning jangnomasi tasvirlanayotgan voqelik va qahramonlarning tarixiy asosi mavjud bo‘lib, unda bosh qahramon sifatida buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur asos qilib olingan. “Temurnoma”da Amir Temur bilan bog‘liq tarixiy haqiqatlar xalq badiiy tafakkuri hosilasi o‘laroq Sohibqiron obrazi timsolida xalqona talqin qilingan. Xususan, bu talqinlar Amir Temurning tug‘ilishi, ma’lum vaqt otasidan ayro yashashi, yoshligida “sir” ko‘rsatib, telbaliklar qilishi, balog‘atga yetib qahramonliklar ko‘rsatishi, yerning olti tomoni – Shimol, Janub, G‘arb, Sharq, osmon va yer osti bilan aloqa bog‘lashi, eng muhimi, uning doimiy ravishda pir va eranlar homiyligida bo‘lishi tasvirlarida aks etadi. Tadqiqotning obyekti sifatida “Temurnoma: Amir Temur Ko‘ragon jangnomasi” tanlangan. Tadqiqot mavzusini yoritishda tasniflash, tavsiflash, tarixiy-qiyosiy va funksional tahlil usullaridan foydalanilgan.
Ushbu maqolada shaxs psixikasining rivojlanishiga ahamiyatli boʻlgan «Men»konsepsiyasi tushunchasi, xulq-atvor xususiyatlari,oʻz-oʻzini anglashga qaratilgan roli haqida yoritiliboʻtiladi.Shaxsning oʻz-oʻziga baho berish, shaxsning ijtimoiy psixologik xarakteristikasi "Men" tushunchasi orqali ifodalab oʻtiladi.
Ushbu maqolada izchil rivojlanayotgan, har vaqtning o‘zida yangidan-yangi kashfiyotlar kashf qilinayotgan zamonda shaxs ijtimoiylashuvi ,xulq-atvori va xatti-harakatlarining asosi va zamonga yangicha yondashuv eng asosiysi inson yaratuvchanligi haqida fikr yuritiladi...
Yoshlarga oilaviy hayot haqidagi ilmiy bilimlarni berishning ahamiyati shundan iboratki, o‘spirin yoshlarni oilaviy hayotga yetuk qilib shakllantirishda ularda oilaviy munosabatlar to‘g‘risidagi ijtimoiy-psixologik tasavvurlarini shakllantirish, to‘laqonli baxtli oila qurish uchun kasb hunarga ega bo‘lish zaruratini singdirish, nikohga yetuklik uchun nikoh omillari va oilaning asosiy funksiyalari haqidagi tasavvurlarini shakllantirish orqali ularni oilaviy hayotga tayyorlashga erishish tadqiqotimizda alohida ahamiyatga molikdir.
Musiqa sadolarining inson organizmiga ta’siri haqida Gippokrat ham gapirib o‘tgan. Maxsus kuylar yordamida qadim zamonlarda tabiblar tutqanoq va bosh og‘rig‘ini davolashgan. Aytishlaricha, kor qilgan ekan. Umuman, hozir ham odamlarga musiqa yetarlicha ta’sir o‘tkazadi. Muhim — to‘g‘ri tanlov qilishda.
Ushbu maqolada tadqiqotning maqsadi shaxs estetik faolligining shakllanishda informatsion texnologiyalarni shaxsni tarbiyalab yangicha tafkkur asosida innovatsion va transformatsion jihatlarining o’ziga xosligi va uning hozirgi islohotlar davridagi ahamiyatini ochib berishga harakat qilingan.
Ushbu maqolada Hamid Olimjon asarlaridagi adabiy-estetik ideal xususida fikr bildirilgan.
Tilning frazeologik fondi xalq madaniyati va mentalitetining qimmatli ma’lumotlar manbayi sanaladi. Frazeologizmlarda muayyan xalqning miflari, udumlari, rivoyatlari, taomillari, urf-odatlari, ma’naviyati, axloqi va h.k. haqidagi tasavvurlari mujassamlashgan bo’ladi. Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi eng qulay va faol kommunikatsiya vositasi sifatida, jamiyat a’zolari o‘rtsasidagi mavjud aloqalarni tartibga solish va uni
rivojlantirishga ham xizmat qilishi kerak. Tilning tadqiq etilishi bevosita uning jonli hayot bilan bog‘liqlikda
amalga oshirilgandagina qimmati va ahamiyati ortib boradi. Xuddi shu nuqtai nazardan yozma adabiyotdan avval ham xalq og‘zaki ijodi mavjud bo‘lgan va bugungi kungacha yetib kelgan. Xalq og‘zaki ijodining xuddi shunday namunalaridan biri sifatida maqolning o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati mavjud. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg‘ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Xalq og‘zaki ijodi namunasi sifatida maqollar mavzu jihatdan nihoyatda boy