Сегодня туризм является не только перспективным и быстроразвивающимся сегментом рынка услуг, но и естественным инструментом расширения рынков сбыта. В статье освещается роль событийного туризма в массовых мероприятиях анализируется современное состояние действительности туризма в Узбекистане и за рубежом. На сегодняшний день туризм является не только перспективным и быстрорастущим сегментом туристического рынка, но и эффективным средством продвижения регионов. В статье обозначена роль событийного туризма на данном этапе. Представлены основные понятия терминологии «событийный туризм», «привлекательный маркетинг» и др
Syujetning klassik shakli, asosan dramatik, epik va liro-epik asarlarda uchraydi. Syujet (fransuzcha syujet) - tasvirlanayotgan yoki bayon etilayotgan narsa degan ma’noni anglatadi. Qahramonlarning o’zaro murakkab munosabatlari asar syujetini tashkil qiladi. Qahramonning o’zaro munosabatlari esa voqeada namoyon bo’ladi. Shu ma’noda voqea-hodisalar sistemasi asar syujetining asosini tashkil etadi. Shunday asarlar ham bo’ladiki, ularda voqealar tartibi ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Odatda, sarguzasht xarakteridagi asarlar syujetida xuddi shu holat seziladi. Masalan, X.To’xtaboyevning «Sariq devni minib...» romanida syujetning shu turi mavjud. Shunday asar bo’ladiki, ularning syujetda xarakterlar ham shaklan, ham mazmunan birinchi o’rinda turadi. Bunday asarlarda voqealar tizmasi u qadar tashkil qiluvchilik kuchiga ega bo’lmaydi. Asarda voqea-hodisalar xarakterlar mantiqi asosida tartiblashtiriladi. Voqealar tartibi esa tez tez o’zgarib, yangilanib turadi. Ba’zan bir bobdagi voqea keyingi bobda davom etmaydi. Voqeadan mantiqan voqea kelib chiqmaydi. Odatda, avtobiografik asarlar shunday xarakterga ega bo’ladi. Masalan, Oybekning «Bolalik» N.Safarovning «Navro’z» va hakozo.
Bizga ma’lumki, biz ko‘rib chiqqan sud tibbiyotiga oid barcha mahalliy va xorijiy adabiyotlarda inson so‘lagi tarkibi, uning tarkibidagi (oqsil va fermentlar jinoiy ishlarni ochishdagi voqea joyida qoldirgan va dalil sifatidagi sudga oid tasdiqlavchi asosiy ko‘rsatma ekanligi, shu jihatidan so‘lak va uning dog‘larini, tarkibiy qismlarini o‘rganish sud tibbiyotida, inson hayotiga suiqasd qilish, nomusga tajovus qilish va boshqa bir qancha jinoyatlarda shaxsni aniq identifikatsiyalash zarurligini taqoza etadi. Inson aralash so‘lagining solishtirma og`irligi 1002-1007 ga teng bo‘lib, u yopishqoq suyuqlikdir. Uning tarkibida hujayra elementlari bo‘lganligi tufayli, u xira-oqish ko‘rinishga ega. Aralash so‘lak oqsillari hazm qiluvchi, himoyalovchi, ajratuvchi, bufer va boshqa bir qator vazifalarni bajaradi. Aralash so`lakda 100 dan ortiq fermentlar mavjud. Bu fermentlardan- amilazaga sud tibbiyotida alohida ahamiyat beriladi
Huquqshunostlik va Yuridik psixologiya fani O‘zbekiston Respublikasida yurisprudensiya, yuridik ta’lim rivojlanishida nazariya va amaliyotning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan sud-huquq islohotlarini amaliy jihatdan ta’minlovchi fandir. Zero, sudlarda ko‘rilayotgan har bir ishda haqiqatni aniqlamasdan turib uni to‘g‘ri va adolatli hal etish, inson huquq va erkinliklarining qonuniy himoyasini ta’minlash mumkin emas. Yuridik psixologiya fanini o‘rganish orqali shaxsni gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarning qonuniy huquq va erkinliklarini buzilishining oldini olish hamda jabrlanuvchining huquqlarini to‘liq kafolatlashga erishiladi.
Mazkur maqolada badiiy asar strukturasida sarlavhaning ahamiyati xususida mulohaza yuritiladi. Asar sarlavhasida muallif g‘oyaviy,estetik qarashlarining namoyon bo‘lishi yoritiladi. Ma’no nuqtalarining yaxlitlik kasb etishi mohiyatni aniq ravshan anglatish imkonini berib, asar estetik quvvatini oshiradi. Sarlavhada tabiatdagi unsurlar nomi vositasida ramziylik, ishoraviylik ortib boradi. Badiiy muloqotga kirishayotgan san’atkor kitobxonga ma’lum axborot, yangilikni yetkazibgina qolmay, uni ijodiy yondashuvga chorlashi darkor.
Tarkibdagi ilk semiotik markaz sarlavha bo‘lib, unda muallif g‘oyasi, konsepsiyasi jo bo‘ladi. Sarlavha ilk taassurot, muallif hamda kitobxonning ruhiy muloqoti debochasi. San’atkorlar borlig‘i, iste’dodi, ijodiy niyatini baholash shu lahzadan boshlanadi. “Yur, tog‘larga ketamiz”, “Qoyalar ham yig‘laydi”, “Saodat sohili” kabi qissalar maskan nomi bilan quvvatlanadi. Makon tasviri estetik zavq beribgina qolmay, shu maskan bilan bog‘liq asosiy voqea, kalitga ishora beradi.
Ilk jumla muloqotning ibtidosi, qahramon hamda kitobxonning g‘aybona uchrashuvi, kompozitsion sathning muhim belgisi. Keyingi holatu vaziyat, dialogu monolog debochasi. Mavzu, muammolar borasidagi ilk taassurot, bu keyingi bosqichga ko‘tarilish, faollikni jadallashtirish jarayoni. Qissada epigraf poetik mazmunni umumlashtirish, badiiy niyatni uqishda muhim sanaladi. Muallif yoritayotgan masalaga doir zarur ko‘chirma (she’r, hikmat, maqol, hadis kabi)ni kiritib, g‘oyaviy, hissiy salmoqdorlikni oshiradi. U asosiy ma’noni o‘zida jo aylagani, qahramon holatini asoslashi, fikrni tasdiqlashi bilan e’tiborni tortadi.
Ushbu maqolada Qadimgi Misr tarixi bo’yicha manbalar tahlili asosida siyosiy jarayonlar bog’liq voqea hodisalar ochishga harakat qilingan.