Diabet ko'p yillik o'rganishlar va yangi zamonaviy davolash usullariga qaramay, kasallik, ayniqsa sanoati rivojlangan mamlakatlarda rivojlanib bormoqda. JSST ma’lumotlariga ko'ra, so'nggi o'n yilliklar ichida qandli diabet bilan ogrigan bemorlar soni ikki barobarga oshgan va 160 millionga teng bo'lib, 2025 yilga borib ikki barobar ko'payishi taxmin qilinmoqda. Qandli diabetning katta ijtimoiy aamiyati shundaki, mikro va makroangiopatiyalarning qon- tomir asoratlari tufayli erta nogironlik va o'limga olib keladi. Kasallik bilan bogliq xarajatlarning doimiy o'sishi sogliqni saqlash uchun ogir yuk bo'lib kelmoqda. Qandli diabetning eksperimental modellari nafaqat kasallikning patofizilogiyasini tushunish uchun balki turli dori darmonlarning antidiabetik ta’sir mexanizmini xam qo'llash uchun qimmatli ma’lumotlarni olish imkonini beradi.