Bugungi kunda to‘yinmagan poliefir smolalar asosida olingan kompozitsion materiallar xalq xo‘jaligining deyarli barcha sohalarida ishlatib kelinmoqda. Bularga misol qilib mashinasozlik, qurilish, kimyoviy texnologiya, lak-bo‘yoq sanoati va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni aytish mumkin. Ular asosida yana uy-ro‘zg‘or buyumlari, santexnika jihozlari, bezak mahsulotlari va boshqa o‘nlab mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.