Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish mexanizmi

inLibrary
Google Scholar
doi
 
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
46-49
932
476
Поделиться
Махкамова, М., & Асимова, Ф. (2022). Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish mexanizmi. Научные исследования и инновации в индустрии 4.0., 1(1), 46–49. https://doi.org/10.47689/4.v1i1.3492
Мамлакат Махкамова, Ташкентский государственный технический университет

д.э.н., профессор

Феруза Асимова, Ташкентский государственный технический университет

докторант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Жаҳон ҳамжамиятига интеграциялашаётган Ўзбекистон Республикаси учун ҳам иқтисодий ривожланишнинг усутувор йўналишларини аниқлаб олиш каби муҳим масалалар Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида” ПФ-4947-сонли Фармонида белгилаб берилди [1]. Қайд этиш керакки, мазкур меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатда Ўзбекистон Республикасини тараққий эттиришнинг бир қанча йўналишлари билан бир қаторда “Иқтисодиётни ривожлантириш ва либераллаштиришнинг устувор йўналишлари” бўлинмасида таркибий ўзгартиришлами чуқуриаштириш, миллий иқтисодиётнинг етакчи тармоқларини, хусусан, саноат ишлаб чиқаришини модемизация ва диверсификация қилиш ҳисобига унинг рақобатбардошлигини ошириш масалаларига қаратилган мулоҳазалар келтириб 0ътилди. Бундан ташқари, мамлакат миқёсида саноат ишлаб чиқаришини ривожлантиришга доир бир қанча меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатлар ҳам ишлаб чиқилди. Дастлабки йўналиш Ўзбекистонда саноат ишлаб чиқаришининг муайян бир тармоқларини ривожлантиришга қаратилган меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатлардир.

Похожие статьи


background image

Научные исследования

и инновации в индустрии 4.0

I-

Республиканская научно

-

техническая конференция

(Ташкент,

13-15

марта

2022

года)

46

SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT

SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMI

Maxkamova Mamlakat Abdukadirovna,

iqtisod fanlar doktori, professor, Toshkent Davlat Texnika

Universiteti,Toshkent shahri

Asimova Feruza Abdusattorovna,

Toshkent Davlat Texnika Universiteti, doktarant, Toshkent shahri

Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashayotgan O‘zbekiston Respublikasi

uchun ham iqtisodiy rivojlanishning usutuvor yo‘nalishlarini aniqlab olish kabi
muhim masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida” PF–4947-sonli Farmonida belgilab berildi [1].

Qayd etish kerakki, mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatda O‘zbekiston

Respublikasini taraqqiy ettirishning bir qancha yo‘nalishlari bilan bir qatorda
“Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”
bo‘linmasida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning
yetakchi tarmoqlarini, xususan, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya va
diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga
qaratilgan mulohazalar keltirib o‘tildi.

Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini

rivojlantirishga doir bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi.

Dastlabki yo‘nalish O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan

bir tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardir.

Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, yangi industrial

tarmoqlarni shakllantirish, sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va ularni
qayta jihozlash, mahsulotlar eksportini oshirish bilan bog‘liq ishlar bevosita
investitsion jarayon bilan bog‘liq. Shunday ekan, sanoat ishlab chiqarishini
taraqqiy ettirishga doir qabul qilingan me’yoriy aktlar bevosita investitsiya
faoliyatini yuritishga oid tashkiliy-huquqiy hujjatlar bilan uzviy bog‘liq ravishda
ishlab chiqilishi va bir-birini to‘ldirishi tabiiy. O‘zbekiston Respublikasida ham
investitsiya faoliyatiga oid ko‘plab me’yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan
bo‘lib, ularning eng asosiysi bu “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni hisoblanadi [2].

Mamlakatimiz sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv

samaradorligini oshirishda korxonaning strategik rivojlanish maqsadlarida
innovatsion faoliyatga oid rivojlanish yo‘nalishlarini shakllantirish,
innovatsiyalarni amaliyotga tabiq etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni
ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bunda innovatsion boshqaruv maqsadlari
daraxtini shakllantirishda yuqorida taklif etilgan usuldan foydalanish yuqori
samaradorlikka erishish bilan bir qatorda, korxonaning innovatsion
rivojlanishining barqarorligini ta’minlash uchun zamin yaratadi [3].


background image

Научные исследования

и инновации в индустрии 4.0

I-

Республиканская научно

-

техническая конференция

(Ташкент,

13-15

марта

2022

года)

47

Sanoat korxonalari innovatsion faoliyatini boshqarish samaradorligini

baholashda yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, kadrlarni o‘qitish va
kvalifikatsiyasini oshirish xarajatlari hamda progressiv texnikalarning o‘rtacha yillik
qiymat omillarini hisobga olgan holda aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

1-jadval

Sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini baholash

reyting mezonlari [4]

Reyting mezonlari

Ballar

1. Innovatsion muhit

0-30

Innovatsion korxona

0-10

Innovatsion salohiyat

0-10

Korxonaning raqobatbardoshlik darajasi

0-5

Ishlab chiqarish darajasi

0-5

2. Ishchi xodimlar uchun ajratilgan kapital

0-15

Korxonada band bo‘lgan ishchilar soni

0-5

Ishchi xodimlarni mehnat salohiyati

0-5

Ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni bajargan xodimlar soni

0-5

3. Innovatsion faoliyat natijadorligi

0-20

Ilmiy ishlanma va takliflarni bajaradigan xodimlar soni

0-5

Ilmiy tadqiqot va ishlanmalar soni

0-5

Ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni bajargan sanoat korxonalar soni

0-5

Sanoat korxonalari bo‘yicha joriy qilingan texnologik innovatsiyalar soni

0-5

4. Innovatsion faoliyat uchun sarflangan mablag‘lar

0-15

Ilmiy ishlanma va takliflar uchun xarajatlar

0-5

Marketing va tashkiliy innovatsiyalarga xarajatlar

0-5

Texnika-texnologiyalar uchun innovatsiyalarga xarajatlar

0-5

5. Korxonaning iqtisodiy rivojlanish holati

0-20

Innovatsion faol korxonalarning ulushi

0-5

Korxonaning rentabellik darajasi

0-5

Korxonaning mehnat unumdorligi darajasi

0-5

Korxonaning yalpi sanoat mahsulotlaridagi ulushi

0-5

Jami:

100

Reyting mezonlari

Ballar

Tahlillar ko‘rsatishicha, 2008–2020-yillarda mamlakatimizda korxonalarning

innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishi yuqori emas. Xususan,
korxonalar xo‘jalik yuritish amaliyotida innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
korxonalar sonining ortishiga parallel ravishda innovatsiyalarni joriy qilish
ko‘rsatkichi ham ortib borgan. 2008-yilda innovatsion faoliyat o‘z amaliyotiga
to‘g‘ri kelgan har bir korxonaga o‘rtacha 2,2 ta innovatsion loyiha to‘g‘ri kelgan
bo‘lsa, 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich 2,4 taga teng bo‘ldi.


background image

Научные исследования

и инновации в индустрии 4.0

I-

Республиканская научно

-

техническая конференция

(Ташкент,

13-15

марта

2022

года)

48

Shuningdek, korxonalar innovatsion faoliyatining samaradorligi

ko‘rsatkichi, ya’ni korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan jami innovatsion
mahsulotlari (tovarlar, ishlar va xizmatlar) hajmi bilan innovatsion loyihani
amaliyotga tatbiq etish uchun sarflangan jami xarajatlar o‘rtasidagi nisbat
o‘rganilayotgan davrda 2008-yildagi 2,5 barobarlik ko‘rsatkich 2020-yilga kelib
o‘rta hisobda 4,0 barobarga teng bo‘ldi (1-rasm) [5]

1-rasm. O‘zbekistonda korxonalarning innovatsion faoliyati bilan bog‘liq

ko‘rsatkichlar tahlili

Ushbu holat bevosita korxonalarda innovatsion loyihalarni amaliyotga

tatbiq etish bo‘yicha boshqaruv amaliyotining birmuncha takomillashganligidan
dalolat beradi. Ammo korxonalar innovatsion boshqaruvining rivojlanganlik
darajasi xalqaro talablarga to‘liq mos kelmaydi.

Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish, korxonaning

innovatsion boshqaruvi samaradorligi ko‘rsatkichlari ta’sirida o‘zgarishi
mumkin bo‘ladi. Ya’ni sanoat korxonasida innovatsion boshqaruv to‘g‘ri
tashkil etilgan bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari texnik va
yexnologik jihatdan zamon talablariga qanchalik mos bo‘lgani sari ishlab
chiqarish hajmi shunchalik yuqori sur’atda ortadi.

Asosiy e’tiborni mamlakatimizda sanoat korxonalarining innovatsion

boshqaruvi mexanizmini rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan davlat
dasturlarini ishlab chiqishga qaratish maqsadga muvofiq. Bunda hududiy tamoyil
asosida sanoat korxonalarini innovatsion rivojlantirish yo‘liga o‘tkazish zarur.
Shuningdek, viloyatlar kesimida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarini
ishlab chiqarish jarayonlarini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish, ularni
global darajadagi raqobatbardoshlik indeksi ko‘rsatkichlarini muntazam ravishda
takomillashtirish imkoniyati vujudga keladi.

Sanoat korxonalarini innovatsion rivojlantirish va uning

raqobatbardoshligini oshirishning taraqqiy etgan mamlakatlar amaliyoti tahlili
ko‘rsatishicha, ushbu mamlakatlarda bozor mexanizmining amal qilishida
davlat va xususiy sheriklik tamoyiliga ustuvorlik qaratilgan hisoblanadi.

5,0

4,3

3,7

15,0

4,0

3,5

3,4

11,7

3,0

3,0

10,0

2,2

2,5

2,4

2,0

2,0

7,0

1,8

1,7

1,9

5,0

6,1

5,0

1,0

2,5

3,6

4,2

4,5

4,1

4,0

1,9

0,0

1,0

1,5

0,0

2008 y 2009 y 2010 y 2011 y 2012 y 2013 y 2014 y 2015 y 2016 y 2017 y 2018y 2019y 2020 y

Innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi har bir korxonaga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha innovatsion loyihalar

soni, birlik


background image

Научные исследования

и инновации в индустрии 4.0

I-

Республиканская научно

-

техническая конференция

(Ташкент,

13-15

марта

2022

года)

49

Sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati, ularning rivojlanishidagi

mavjud muammolarini monitoring qilish hududiy innovatsion sanoat
markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, sanoat korxonalarining
uzoq muddatli davr uchun mo‘ljallangan innovatsion rivojlanish dasturlari va
ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari hududiy sanoat korxonalarini
rivojlantirish markazlari tomonidan o‘rganilib, ularni moliyalashtirish va tegishli
imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligiga doimiy ravishda

ichki va tashqi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatib turadi. Zamonaviy iqtisodiy
munosabatlar tizimida ichki omillar qatoriga tadbirkorlik qobiliyati, korxona
personali, kommunikatsiya samaradorligi, korxonaning tashkiliy tuzilishi,
innovatsion faoliyatning bozorga yo‘naltirilganligi va innovatsiyalar uchun
resurslarning yetarlilik darajasi kabi omillar kiradi. Korxonaning innovatsion
boshqaruvi samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi omillarga esa
mamlakatda maslahat va konsalting xizmatlari, moliyaviy yordam, innovatsion
faoliyatni rag‘batlantirish va qonunchilik kabi omillar inobatga olinishi zarur.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “2017–

2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot
tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ–3012-son qarori.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ID-9413-son “O‘zbekiston

Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish
kontseptsiyasi to‘g‘risida” gi qarori.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-aprelda “Ilm-fan

sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5047-son Qarori / lex.uz.

4. Sarimsakov D.X. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

dissertatsiyasi avtoreferati, 2021.

5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari

https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/social-protection-2.

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “2017-2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to'g‘risida"gi PQ-3012-son qarori.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ID-9413-son “O'zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish kontseptsiyasi to'g'risida” gi qarori.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-aprelda “llm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5047-son Qarori / lex.uz.

Sarimsakov D.X. Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati, 2021.

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma’lumotlari https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/social-protection-2.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов